Bayon qilingan geometrik metodlar bir talay konstruktiv masalalar yechish yo’llarini ko’rsatsada, ba’zan ulardan foydalanish g’oyat murakkablashtiradi, ayrim hollarda ulardan butunlay foydalanib bo’lmaydi. Bu kamchilikni yo’qotish yo’lidagi urinishlar natijasida algebraik metod vujudga kelgan. Bu metodning boshqa metodlardan afzalligi shundaki, geometrik metodlarda faqat geometrik nazariyadagina foydalanilsa algebraik metodda geometrik nazariyalar bilan birga algebraik qoidalar ham keng miqyosda ishlatiladi. Geometrik nazariya bilan algebra qoidalarini birga ishlatish ya’ni algebrani geometriyaga tatbiq etish, algebraik tushunchalar bilan geometrik tushunchalar orasidagi bog’lanishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |