Ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-
ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni
muhofaza qilish
Mehnatni muhofaza qilish
tushunchasi
Mehnatni muhofaza qilishda
o‘quv ustaxonalariga
qo‘yiladigan talаbalar
O‘quv ustaxonalarini jihozlashda ustaxona binosini tanlash
va unga nisbatan qo‘yiladigan quyidagi talablarni e’tiborga
olish zarur
1. Har bir kasb uchun ajratilgan ustaxona maydonining yetarliligi. Ustaxona gruppadagi o‘quvchilar uchun
yetarli darajada ish o‘rinlarini joylashtirish imkonini beradigan maydonga ega bo‘lishi kerak. Yakka tartibda
foydalaniladigan ish o‘rinlari soni o‘quvchilar sonidan kam bo‘lmasligiga erishmoq kerak. Bu birinchidan ish
o‘rinlarining yetarli bo‘lmasligi ayrim o‘quvchilarning ishsiz qolishiga, kasblarni puxta o‘rganib, yetarli darajada
mehnat ta’limi malakalari hosil qila olmasliklariga sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, ish o‘rinlari yetarli
bo‘lmagan taqdirda o‘quvchilar o‘zlariga topshirilgan ishlarni bajarish uchun joy axtaradi, bo‘sh qolgan ish
o‘rni, asbob-uskunalardan foydalanishga majbur bo‘ladi. Bu esa dastgohlarning, asbobuskunalarning ishdan
chiqishiga sabab bo‘ladi, o‘quvchilarning javobgarligini susaytiradi. Shuning uchun chilangarlik o‘quv
ustaxonasida yakka tartibda foydalaniladigan ish o‘rinlari yetarli bo‘lmagan taqdirda ayrim o‘quvchilarga
metall qirqish stanoklarida bajariladigan ishlarni topshirish mumkin. Ular boshqa ishlar uchun zarur bo‘ladigan
detallar tayyorlash bilan shug‘ullanadilar. Shu tariqa guruhdagi barcha o‘quvchilarni mashg‘ulot davomida ish
bilan ta’minlashga erishish mumkin. O‘quv ustaxonalarida yakka tartibda foydalaniladigan ish o‘rinlaridan
tashqari umum foydalanadigan ish o‘rinlari, qo‘shimcha jihozlar ham bo‘ladi.
Ustaxona binosining maydoniga qarab
ish o‘rinlarini boshqa ko‘rinishlarda ham
joylashtirish mumkin. Masalan,
dastgohlar bir o‘rinli bo‘lib, maxsus
o‘rindiqlik yoki o‘rindiq sifatida
kursilardan foydalaniladigan bo‘lsa,
ularni bir necha qator joylashtirilib,
dastgohlar orasidan yo‘laklar qoldiriladi.
Yo‘laklarning kengligi kamida 60 sm
bo‘lib, qatorlar orasi 90—100 sm bo‘ladi
(4-rasm, a). Bu hol ish vaqtida
o‘quvchilarning bir-birlariga halal
bermasliklariga, xavfsizlikning to‘la
ta’minlanishiga, o‘qituvchi yoki ustaning
dastgohlarni oralab yurib, ishlarni erkin
kuzatishlariga imkon beradi.Ustaxona
maydoni torroq bo‘lganda dastgohlar
yonma-yon, bir-biriga jipslab o‘rnatilib,
ular orasida yo‘lak qoldirilmaydi
Ustaxona maydoni tor bo’lganda guruhni to‘la
ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida
dastgohlar bir-biriga teskari qilib, orqama-orqa
o‘rnatiladi (4-rasm, v). Ish o‘rinlarini
joylashtirishning yuqorida bayon etilgan
barcha hollarida ish vaqtida xavfsizlikni to‘la
ta’minlash maqsadida dastgohlarga ihota to‘ri
o‘rnatilishi shart. Ularni dastgohlarga sharnirli
yoki suqma qilib o‘rnatish tavsiya etiladi.
SHunday qilinganda tushuntirish, yozish, chizish
ishlarini olib borishda ihota to‘rining tushirish
yoki yelib qo‘yish mumkin bo‘ladi. Ihota to‘riga
texnik hujjatlarni osib qo‘yshi uchun ramkalar,
yoritish lampalari o‘rnatiladi. Dastgohlarni bino
devoriga qadab, yonma-yon qilib jips
o‘rnatilsa ( 5-rasm), ularga ihota to‘ri
o‘rnatishga hojat qolmayda. Bunday hollarda
ramka va yoritgichlar devorga o‘rnatilib, xona
o‘rtasiga yozuv stollari joylashtirilishi mumkin.
2. O‘quv ustaxona binosining yetarli darajada yoritilishi. Ustaxona binosi uning joylanishiga
qarab tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan yetarli darajada yoritilishi kerak. Yoritilish tabiiy bo‘lgan
holda yorug‘likning binoga sharq, janub, g‘arb sharqi-janubiy yoki janubi-g‘arbiy
tomonlardan tushgani yaxshi. Ustaxona binosining tabiiy yorug‘lik bilan yoritilishini ta’minlash
maqsadida deraza romlarining katta va yetarli bo‘lishi talab etiladi. Deraza romlarining
umumiy yuzasi pol yuzasining 1 : 4 qismigatyong bo‘lishi yetarli hisoblanadi, bundan kam
bo‘lgan hollarda qo‘shimcha sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlanadi. Xonalarni sun’iy yo‘l bilan
yoritishda har bir ish o‘rniga tushadigan yorug‘likning 200—150 lyuks bo‘lishi kifoya qiladi. Ish
o‘rinlari tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan yoritilishidan qat’i nazar, ish o‘rinlarini joylashtirishda
yorug‘likning old yoki o‘ng tomonidan yoki tik tushadigan bo‘lishiga e’tibor beriladi. Bu
maqsadda chilangarlik ish o‘rinlarini sun’iy yorug‘lik bilan yoritishda ularning joylanishiga
qarab yoritgichlarni shipga, devorlarga yoki har bir ish joyiga maxsus tutqichga o‘rnatiladi.
Bunda kunduzgi yorug‘lik beradigan yoki armaturali lampalardan foydalanish o‘rinlidir
3.O‘quv ustaxona binosining isitilishi. O‘quv ustaxonasida olib boriladigan amaliy
mashg‘ulotlarda maxsus kiyim kiyib ish qilishni hisobga olib, yil faslining turli davrlarida xona
haroratining 16—20° o‘rtasida bo‘lishi ta’minlanishi zarur (yoz faslida deraza romlarini ochish,
shamollatish yo‘li bilan, qish faslida turli xil, yong‘inga nisbatan xavfsiz isitgichlar yordamida
isitish. yo‘li bilan). Haroratning bundan ortib yoki pasayib ketishi salomatlikka zarar yetkazadi.
Ustaxona binosi taxta polli, quruq, zax bo‘lmasligi talab etiladi. Zax bino salomatlikka zarar
yetkazishi bilan bir qatorda yog‘och buyumlarning nam tortib cho‘kishiga, shakl va
o‘lchamlarining o‘zgarishiga, metall material va asboblarning, stanoklarning zanglab ishdan
chiqishiga sabab bo‘ladi. Binolarning taxta polli va quruq bo‘lishi elektrlashtirilgan qismlardagi
elektr ta’siridan saqlanishning ehtiyot choralaridan biridir.
4. O‘quv ustaxona binosi shamollatiladigan bo‘lishi kerak. Chilangarlik ustaxonasida charxlash
ishlarini olib borganda, ish o‘rinlari va xonani yig‘ishtirishda ko‘p miqdorda chang ko‘tariladi.
«Chang zararli, undan qoch» degan sanitariya-gigiyena talabiga amal qilib, ustaxonada
ko‘tariladigan changni yo‘qotish maqsadida bino maxsus shamollatgich — ventilyator yordamida
yoki deraza romlari, fortochkalarni ochish yo‘li bilan changdan tozalanadi, shamollatilib havosi
yangilanadi. Chang zararli. ekanligini hisobga olib, xonalarni tozalash ishlarini mashg‘ulotdan
so‘ng navbatchi o‘quvchilargina olib boradi. Chang ko‘tarilmasligining oldini olish maqsadida
polni nam latta bilan artish yoki yuvish tavsiya etiladi.. Ustaxona binosida qo‘l yuvgich, sovun,
sochiq bo‘lishi. «Salomatlik —tuman boylik» deydi xalqimiz. Salomatlik garovlaridan biri ozodalikdir.
Shuning uchun sanitariya-gigiyena talablariga ko‘ra mashg‘ulotdan so‘ng yuz-qo‘lni yuvish zarur.
Buning uchun ustaxonada ixtiyoriy bir turdagi qo‘l yuvgich, sovun va sochiq bo‘lishi kerak
5.Ustaxona binosining elektr energiyasi bilan
ta’minlanishi. Binoni yoritish, stanoklarni
elektr energiyasi bilan ta’minlash
maqsadida binoga uch fazali elektr
tarmog‘i kiritiladi. Xavfsizlik texnikasi
qoidalariga to‘la amal qilgan holda elektr
tarmog‘i umumiy taqsimlagich shitga
ulanib, undan xonalardagi yoritish tarmog‘i
va stanoklarga taqsimlanadi. Xavfsizlikni
ta’minlash maqsadida har bir xonaga
yoritish tarmog‘i uchun alohida, stanoklar
uchun alohida umumiy saqlagichli rubilnik
o‘rnatish, shuningdek, har bir stanokka
alohida-alohida saqlagichli rubilniklar
o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Bu hol bir
stanokni ishga sozlash yoki remont qilish
vaqtida boshqalarining to‘xtab yoki yoritish
tarmog‘ining uzilib qolmasligini ta’minlaydi,
ayrim ko‘ngilsiz hollarning oldini olishga
yordam beradi.
6. Ustaxona binosida aptechka qutisining
bo‘lishi. O‘quv ustaxonasida amaliy
mashg‘ulot vaqtida o‘quvchilar
jarohatlanishi, tobi qochishi mumkin. Bunday
hollarda birinchi yordam tariqasida turli xil
dorilar ichkiziladi, jarohatlangan yer, dorilanib
bog‘lanadi. Buning uchun ustaxona binosida
har xil dori-darmonlar, bint, paxta solib
qo‘yilgan aptechka qutisi o‘rnatiladi. Undagi
dorilarning yetarliligini ta’minlash, ularni
yangilash va to‘ldirib turish ishlari ustaxona
mudirining (maktab meditsina
hamshirasining) vazifasidir.
O‘quv ustaxonalarini jihozlash mehnat ta’limi o‘qituvchisining zimmasiga tushadi. Shuning
uchun pedagogika institutlarining ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar
davomida, mehnat ta’limi darslarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan laboratoriya-
amaliy mashg‘ulotlarda talabalarga o‘quv ustaxonalarini jihozlash xususida keng tushunchalar
berilib, ayrim tayanch maktablarning o‘quv ustaxonalari bilan tanishtiriladi. Chilangarlik Mehnat
muhofazasi—ishchining hayoti va salomatligi uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga
qaratilgan texnikaviy, sanitariya-gigiena va huquqiy tadbirlar majmuidir. Ishlab chiqarishda
xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda texnikaviy me’yorlarga, ishlab chiqarish sanitariyasi va
gigienasiga rioya kilish muhim hisoblanadi. Texnikaviy me’yorlar ishlovchilarni mehnat
predmetlari va vositalarining ta’siridan himoya qilish bo‘yicha amaliy choralarni belgilaydi.
Mehnatni muhofaza qilish - mehnat jarayonida
insonning xavfsizligini, hayoti va sog’lig’i, ish qobiliyati
saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, tashkiliy, Texnikaviy, sanitariya-gigiyena,
davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda
vositalari tizimi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi,
salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash,
sog’lom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari
yuz Berishi xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda
jarohatlanishlarga yo’l qo’ymaslik kabilar Mehnat
muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
Mehnat sharoitlari – mehnatni amalga
oshirish chog’idagi ijtimoiy va ishlab
chiqarish omillari yig’indisi.
Mehnatda mayib bo’lish – ishlab
chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida
ishchining kasbga oid mehnat
qobiliyatini vaqtincha yoki turg’un
yo’qotishi.
Maktab o’quv ustaxonalari sanitariya-giGena, mehnat xavfsizligi,
o’quv jarayonini tashkil qilishning qator zamonaviy talablariga javob
berishi zarur.
Maktablar har xil loyihada qurilgan bo’lganligi sababli, maktablarning o’quv ustaxonalari
ba’zi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, ustaxona Bevosita maktab binosi
ichida yoki maktab binosi yoniga qurilgan bo’lishi mumkin. Ustaxonaning ikkala turi xam
kombinasiyalashgan yoki ixtisoslashtirilgan bo’ladi. Alohida binoda joylashgan ustaxona
ayrim afzalliklarga ega bo’ladi: bu yerda odatda, materiallar va tayyor mahsulotlarni
saqlashga yetarli joy ajratiladi, hamda har bir yo’nalishi yoki bo’lim uchun xonalarga
jamlanadi. O‘quv ustaxonasining maydoni guruhdagi o‘quvchilarning soniga qarab
yetarli darajada ish o‘rinlarini joylashtirish imkonini beradigai bo‘lishi kerak. Umumiy o’rta
ta’lim muassasalarining yangi majmualarini, o’quv ustaxonalarini qurishda ta’lim
muassasalarini loyihalashtiruvchi tashkilotlarning loyihalariga amal qilish lozim. O’quv
ustaxonalarini birinchi qavatga joylashtirib, kelgusida uni kengaytirish mumkinligini nazarda
tutgan holda rejalashtiriladi. Ustaxonalarda bajariladigan ishlar natijasida shovqin
chiqishini hisobga olib, ularni imkon boricha binoning alohida qavatiga yoki nazariy
mashg’ulotlar o’tkaziladigan binolardan uzoqroqda joylashtirish Kerak.
O’quv ustaxonalarida
ishlashga qulay sharoit yaratish
uchun quyidagilar bo’lishi
zarur: - havoning harorati qish
paytida 15-16 ºS dan past
bo’lmasligi, yozda esa 20 ºS
dan oshmasligi Kerak. Ustaxona
binosida havo almashinishi
tabiiy yoki sun’iy ravishda
amalga oshiriladi. Ustaxona
poli iliq, yuzasi tozalash uchun
qulay, sirpanmaydigan bo’lishi
talab etiladi. Devorlar ochiq
rangga, ship esa binoni
yaxshiroq yoritilishi uchun oq
rangga bo’yaladi.
Guruhdagi o‘quvchilar soni 25 dan kam
bo‘lmasligini e’tiborga olib, individual
(yakka) ish o‘rinlari o‘quvchilar sonidan kam
bo‘lmasligiga erishmoq zarur. Ish o‘rinlari
yetishmasa, ba’zi o‘quvchilar ishsiz qoladilar,
buning oqibatida ular yetarli darajada
mehnat malakalari hosil qila olmaydilar,
kasblarni puxta o‘rgana olmaydilar. Ikkinchi
tomondan, ish o‘rinlari yetarli bo‘lmagan
hollarda o‘quvchilar o‘zlariga topshirilgan
ishni bajarish uchun joy axtarishadi, bo‘sh
qolgan ish o‘rnidan, asbob-uskunalardan
foydalanishga majbur bo‘ladi. Bu esa
dastgohlarning, asbobuskunalarning ishdan
chiqishiga olib keladi, o‘quvchilarning
mas’uliyatini susaytiradi.
Oldindan ma'lumki tartib intizom va ishni to'g'ri tashkil qilishga ko'p narsa bog'liqdir. Tartib intizom
ishning yarimidir deb bekorga aytilmagan. Bu fikr maktab ychun ikki barobar to'g'ridir.
Jihozlarning joylashishidagi tartib, ish joylarini tashkil qilish, xavfsiz ish sharoitini yaratish
o'quvchilarni mehnat va texnologk fanlar bo'yicha tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Tartib,
maqsadli tashkilot bo'lib, mehnatni ilmiy jihatdan tashkil qilishning bir qismi hisoblanadi. Agarda
bunga yaxshi o'ylangan uslubiy dars va o'quv ob'ektining yaxshi sistemasi biriktirilsa, o'quv-
tarbiyaviy ishlar yuqori darajada ta'minlangan bo'ladi. Ish o‘rinlarining yetarli bo‘lishini ta’minlash
bilan bir qatorda ularning balandligini o‘quvchilarning bo‘yiga moslash ham alohida
ahamiyatga ega. Bu maqsadda balandligi o‘zgaradigan yoki har xil balandlikdagi dastgohlar
o‘rnatilib, o‘quvchilar bo‘ylariga qarab tegishli joylarga taqsimlanadi. Agar o‘quv ustaxonasida
bir xil o‘lchamdagi dastgohlar mavjud bo‘lsa, ish o‘rinlarining balandligini o‘quvchilarning
bo‘yiga moslash uchun ularning oyoqlari ostiga har xil balandlikdagi taglik taxtalar qo‘yib
beriladi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida taglik taxtalarning uzunligi dastgoh uzunligiga teng
bo‘lib, eni 60 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ish o‘rinlarining balandligi o‘quvchilarning bo‘ylariga mos bo‘lmasa, ular tez charchaydilar, ish
sifati, gigiyena qoidalari buziladi. Ayniqsa egovlash ishlarini bajarishda o‘quvchining bo‘yi ish
o‘rniga mos kelmasa, egovlanayotgan sirtlar tekis va to‘g‘ri burchakli bo‘lib chiqmaydi.
Chilangarlik dastgohlari har xil konstruksiyada bo‘lib, yog‘ochdan yoki metalldan tayyorlanadi.
Ular doim tortma yashikli qilib tayyorlanadi. Ularga asbob-uskuna va materiallar joylashtiriladi.
Ustaxona binosi maydonining keng-torligiga qarab dastgohlar turli variantlarda joylashtirilishi
mumkin. Agar dastgohlar xona o‘rtasiga ketma-ket yoki qarama-qarshi qilib ikki yoqlama
joylashtirilsa, ularga albatta ihota to‘ri o‘rnatilishi shart. Ihota to‘ri ish vaqtida metall
parchasining uchib ketib, qarshisidagi o‘quvchilarni jarohatlanishdan saqlaydi. Bunday hollar
zubila yordamida qirqish, parchinlash, bolg‘alash ishlarini bajarish vaqtida ro‘y beradi, boshqa
turdagi ishlarda sodir bo‘lmaydi. Shuning uchun bunda ihota to‘ri o‘rnatilmasa ham bo‘ladi.
Ihota to‘ri o‘qituvchining o‘z ish o‘rnida turib tushuntirish ishlarini olib borishida,
doskadagi yozuvlarni, chizmalarni o‘quvchilarning ko‘rishiga, shuningdek,
o‘qituvchining o‘quvchilar ishini nazorat qilishiga xalal beradi. Shuning uchun ihota
to‘rlarini keraksiz hollarda olib qo‘yish, kerak bo‘lganda qayta o‘rnatish imkonini
beradigan qilib moslash kerak. O‘quvchilar ustaxonada hamma vaqt amaliy
mashg‘ulotlarni bajarish bilan shug‘ullanmasdan darsning tashkiliy qismida, nazariy
materiallarni o‘rganishda, ish yuzasidan instrukt o‘tkazayotganda, yozish, chizish ishlarini
qiladi. Shuning uchun har bir ish o‘rniga bittadan kursi yoki dastgohning o‘ziga
moslashtirilgan aylanuvchi o‘rindiq o‘rnatiladi Yozish, chizish dastgohning ish taxtasi
ustida olib borilsa, o‘quv qurollari, kiyim-boshlar (maxsus kiyim kiyilishidan qat’i nazar)
ifloslanadi. Shuni ye’tiborga olib, ustaxona maydoni keng bo‘lgan hollarda, yozuv stoli
yoki parta qo‘yilsa, juda yaxshi bo‘ladi, buning imkoni bo‘lmagan taqdirda
dastgohning tortma yashigiga o‘rnatiladigan maxsus sharnirli yozuv taxtasidan
foydalanish mumkin.
O‘qituvchining ish o‘rni o‘quv ustaxonalarini jihozlashning yeng muhim yelementlaridan
biri hisoblanadi. Shuning uchun, ustaxona maydoni yetarli bo‘lgan hollarda,
o‘qituvchining ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etishga va barcha kerak-yaroqlar bilan to‘liq
jihozlanishiga alohida ye’tibor berish kerak, chunki o‘qituvchi o‘z ish o‘rnida doskadan,
texnika vositalardan foydalanib, har xil o‘quvko‘rgazma qurollarini namoyish qiladi,
tushuntirish ishlarini olib boradi, dastgoh va asbobuskunalardan foydalanish usullarini
ko‘rsatadi. O‘qituvchining ish o‘rni poldan 20—30 sm balandroq, bo‘lgan maxsus
maydonchaga joylashtiriladi. Bu narsa o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilayotgan ish
usullarini o‘quvchilarning bemalol ko‘rishiga, tushuntirishlarini yaxshi eshitishiga,
shuningdek, o‘quvchilarning bajarayotgan ishlarini o‘qituvchining kuzatib borishiga
imkon beradi. O‘quv xonalarida uskunalarni joylashtirishda yong‘in xavfsizligi, mehnatni
muxofaza qilish va sanoat sanitariyasining quyidagi talablariga rioya qilish lozim bo‘ladi.
Xonalar inventar va uskunalar bilan ortiqcha to‘ldirilib tashlanmasligi kerak. Dastgohlar,
stanoklar, mashinalar hamda dastgoh qatorlari o‘rtasidagi o‘tish joylari belgilangan
norma doirasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, stanoklar, mashinalar chekka qatori bilan
ustaxona devorining o‘rtasi 0,5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Stanoklar oldida
himoya ekrani va elektr blokirovka bilan taominlangan bo‘lishi zarur. Xona (kabinet)da
qo‘l yuvish, ustki kiyim va korjomalarni saqlash uchun ham sharoit yaratilishi kerak.
O‘quvchilarning individual ish o‘rnini tashkil qilish.
O‘quvchining individual ish o‘rni o‘quv ustaxonasida
ma’lum satx-maydonni eagallaydi, hamda yetarli
asbob-uskuna, moslamalar bilan jixozlangan bo‘lishi
shart. O‘quvchilar bu yerda metallga ishlov berish,
yig‘ish va boshqa ishlarni o‘rganadilar va bajaradilar.
Buning uchun har bir ish turiga mos vositalar, asbob-
uskunalar kerak bo‘ladi. O‘quvchilarning ish o‘rinlarini
ratsional jixozlash, o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy
pedagogik texnologiyalarga mos ravishda
o‘tkazishga, mehnat samaradorligini va ish sifatini
oshirishga, o‘quvchilarning charchab qolishini
kamaytirishga yordam beradi.
Me’yor bo‘yicha bir ish o‘rniga 3,5 yoki 4m 2
maydon ajratiladi. Bu maydon chilangarlik
dastgohini o‘rnatishga va o‘quvchilarning xavfsiz
ishlashi, harakatlanishini ta’minlaydi. Chilangarlik
dastgoxlari o‘quvchi bo‘yiga mos ravishda
bo‘lishi kerak. Chizma, sxema, texnologik karta va
boshqa texnologik xujjatlarni joylashtirish uchun
dastgohda maxsus taglik o‘rnatiladi. Chizma
ishlarini bajarish uchun maxsus yig‘ma stolcha va
balandligi sozlanadigan stul bo‘lishi shart.
O‘quvchilarning ish o‘rnini jixozlashda tanlab
olinayotgan jixoz va asbob-uskunalarning
tavsifnomasini tahlil qilish, xususan,
konstruksiyasining ratsionalligi, estetik bajarilish,
o‘quv jarayonida ishlatilishi qulayligi va
imkoniyatiga e’tibor berish kerak. Tanlab olingan
jixoz dastgox har bir o‘quvchining mehnat ta’limi
bo‘yicha DTS da rejalangan mehnat usullari,
jarayonlari, mashqlari va harakatlarning
bajarilishini ta’minlanishi kerak va barcha o‘quv
ishlab chiqarish ishlarini bajara olish imkonini
berishi kerak.
O‘quv ustaxonasining yetarli darajada yoritilishi. Ustaxona binosi joylashishiga qarab tabiiy
yoki sun’iy yo‘l bilan yoritiladi. Ustaxona tabiiy yo‘l bilan yoritilganda yorug‘likning binoga
sharq, janub, g‘arb yoki sharqi-janubiy, janubi-g‘arbiy tomonlardan tushgani ma’qul.
Shuningdek, ustaxonaning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilishini ta’minlash maqsadida deraza
romlarining katta va yetarli bo‘lishi talab etiladi. Deraza romlarining umumiy yuzasi pol
yuzasining 1:4 qismini tashkil etsa, yetarli hisoblanadi, bundan kam bo‘lgan hollarda bino
qo‘shimcha ravishda sun’iy yorug‘lik bilan yoritiladi. Xonalarni sun’iy yo‘l bilan yoritishda har
bir ish o‘rniga tushadigan yorug‘likning 100—150 luks bo‘lishi kifoya qiladi. Ish o‘rinlarining
tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan yoritilishidan qat’i nazar, ish o‘rinlarini joylashtirishda yorug‘likning
old yoki chap tomondan, yo tik tushadigan bo‘lishiga e’tibor beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quv xonalarini rejalashtirishda quyidagi umumiy talablarga
amal qilinadi:
1. O‘quv ustaxonalari mashg‘ulotlarni amaliy ta’lim dasturiga muvofiq o‘tkazishga
moslashtirilgan bo‘lishi kerak. 2. Har bir bo‘lim maydoni va asbob-uskunalari miqdoriga ko‘ra
hamda egallanadigan kasb, ixtisoslikka muvofiq 25-30 yoki 12-15 nafar talabalar guruhini bir
vaqtning o‘zida o‘qitishga mo‘ljallanadi. 3. Guruhlarni frontal (yalpi) o‘qitishga mo‘ljallangan
bo‘lishi kerak. 4. Tayyorlanadigan har bir kasb va ixtisoslikning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda, alohida bo‘limlar, shuningdek, asboblar va materiallar saqlanadigan
omborxona, mexanika bo‘limi va hokazolar tashkil etiladi. 5. Texnologik jarayon jihatidan
bog‘liq bo‘lgan bo‘limlarni bir-biriga yaqinroq joylashtirish zarur. 6. Silliqlaydigan, jilvirlaydigan
va charxlaydigan dastgohlar, odatda, alohida binoga o‘rnatiladi. Agar buning iloji bo‘lmasa,
bunday dastgohlar ustiga havoni so‘rib oluvchi ventilyatsiya o‘rnatiladi.
7. Ish jarayonida ko‘p miqdorda gaz, chang yoki kuchli shovqin chiqaradigan bo‘limlar
to‘liq izolyatsiya qilinadi. 8. Ustaxonalar dasturning mazkur mavzusi o‘rganilayotganda osib
yoki o‘rnatilib qo‘yiladigan kerakli ko‘rsatmali qurollar, jadvallar, o‘quv ishlab chiqarish
ishlarining ro‘yhati bilan ta’minlanadi. 9. Ustaxona devorining bir tomoniga o‘quvchilarga
tegishli ko‘rsatgichlar o‘rnatiladi. 10. Ustaxonaning barchaga yaxshi ko‘rinadigan joyiga
birinchi yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan dori – darmon solingan aptechka va
qaynatilib sovutilgan suvli bak qo‘yiladi. 11. Tahsil oluvchilarning ish o‘rnidagi individual
asbob-uskunalari komplekti va zarur jihozlar uchun maxsus moslamalar bo‘lishi kerak. 12.
Ustaxonada
tozalash
uchun ishlatiladigan materiallar, qirindi, qipiqni
yig‘ishga
mo‘ljallangan qopqoqli yashik; ularni yig‘ishtirib olish uchun hokandoz, belkurak,
ustaxonani tartibga keltirish uchun supurgilar bo‘lishi kerak. 13. Ustaxonada yong‘inga
qarshi zaruriy inventarlar bo‘lishi shart.
Ustaxonaning isitilishi. O‘quv
ustaxonasida olib
boriladigan amaliy
mashg‘ulotlarda
o‘quvchilarnnng maxsus
kiyimda ishlashlarini hisobga
olib, yil faslining turli
davrlarida xona
temperaturasining 16—20° S
atrofida bo‘lishi
ta’minlanadi. Bu
temperatura o‘quvchilar
organizmi uchun eng
maqbul temperatura
hisoblanadi,
Ustaxona polining taxta va
havosi namligining normal
bo‘lishi. Ustaxona zax
bo‘lmasligi kerak. Zax bino
o‘quvchilarning salomatligiga
zarar yetkazish bilan bir
qatorda dastgohlarning,
yog‘och asbob-uskunalarning,
shkaflarning nam tortib
bo‘kishiga, shakl va
o‘lchamlarining o‘zgarishiga,
asboblar metall qismlarining,
stanoklarning zanglab ishdan
chiqishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun o‘quv
ustaxonalari polining taxta va
havosi namligining normal
bo‘lishi talab etiladi.
Ustaxonaning shamollatiladigan
bo‘lishi. O‘quv ustaxonasida
yog‘och ishlanadigan tokarlik
stanogi, arralash va randalash
stanoklari bilan ishlaganda,
mashg‘ulotdan so‘ng ish o‘rinlari
va ustaxonani yig‘ishtirishda chang
ko‘tariladi «Chang zararli, undan
qoch» degan gigiena talabiga
amal qilib, ustaxonada
ko‘tarnladigan changni yo‘qotish
maqsadida bino maxsus
shamollatgich yordamida yoki-
deraza romlarini ochish yo‘li bilan
changdan tozalanadi —
shamollatiladi. Bu ishni
mashg‘ulotdan so‘ng navbatchi
o‘quvchilar bajaradi. Chang
ko‘tarilmasligi uchun polga suv
sepish tavsiya etiladi. Ustaxonada
qo‘l yuvish uchun suv, sovun,
sochiq bo‘lishi va hammasi joy-
joyida turishi talab etiladi.
Ustaxonaning elektr energiyasi bilan ta’minlanishi. Ustaxonani yoritish, stanoklarni elektr
energiyasi bilan ta’minlash maqsadida binoga uch fazali elektr liniyasi o‘tkaziladi.
Xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘la amal qilgan holda elektr liniyasi umumiy taqsimlagich
shchitga tortilib, undan xonalarga, yoritish tarmog‘i va stanoklarga taqsimlanadi.
Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida har bir xonaga yoritish tarmog‘i uchun alohida,
stanoklar uchun alohida umumiy duradgorlik o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilar mehnatini
ilmiy tashkil etish, isrofgarchilikka qarshi kurashib, uning oldini olish, xalq xo‘jalngining
barcha tarmoqlarida, ayiiqsa xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishda
tejamkorlikka qat’iy rioya qilishga, uning tejamkor bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi.
O‘quv ustaxonalarini estetik jihatdan jihozlash o‘quvchilarning fikrini jalb etish, kasbga xavas
uyg‘otish, xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilishda muhim ahamiyatga egadir. Shuning
uchun barcha turdagi ish o‘rinlarni tashkil qilishga, ko‘shimcha jixozlarni, ko‘rgazmali o‘quv
qo‘llanmalarini joylashtirishda alohida e’tibor berish zarur. O‘quv ustaxonalarini jixozlashda
yuqori sinf o‘quvchilari tayyorlagan ish namunalarini namoyish qilish yosh hunarmandlarning
o‘rganayotgan kasbiga qiziqishini ortib borishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ustaxonalar
bevosita maktab binosi ichida yoki maktab yoniga kurilgan aloxida binoda bo‘lishi lozim.
Ustaxonalar ikkita ixtisoslashtirilgan xona duradgorlik va chilangarlik o‘quv ustaxonalari
orasiga yoki ulardan bir xil masofadagi uzoklikda joylashtiriladi. Asbobxonada kerakli asbob-
uskunalar, xom-ushyo materiallari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar saqlanadi. Me’yor
bo‘yicha o‘quv ustaxonalar maydoni - 70m 2 gacha, asbobxona maydoni - 20m 2 gacha
bo‘ladi. Biriktirilgan (kombinirovanniy) o‘quv ustaxonasi maydoni - 90m 2 gacha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |