Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet25/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Qon aylanish sistemasi
Suyakli baliqlarning qon aylanish sistemasi ba’zi xususiyatlari bilan tog’ay baliqlarning qon aylanish sistemasidan farq qiladi.



30-rasm. Suyakli baliqlarning qon aylanish sistemasi:


1-yurak bo’lmachasi; 2-yurak qorinchasi; 3-aorta sug’oni; 4-qorin aortasi; 5-olib keluvchi jabra arteriyalari; 6- olib ketuvchi jabra arteriyalari; 7-aorta ildizi; 8-orqa aorta; 9-uyqu arteriyasi; 10-o’mrov osti arteriyasi; 11-dum venasi; 12-o’ng keyingi kardinal vena; 13- chap keyingi kardinal vena; 14-buyrakning darvoza sistmasi; 15-ichak osti venasi; 16-jigarning darvoza sistemasi; 17-kyuver oqimi; 18-jigar venasi; 19-oldingi kardinal vena (venoz qonli tomirlar qora rangda berilgan).

Jumladan arterial konusi bo’lmasligi bilan akuladan farq qiladi, uning o’rnida aorta so’g’oni hosil bo’lgan bo’lib, bu aortaning kengaygan qismi hisoblanadi klapan va ko’ndalang yo’lli muskullari bo’lmasligi bilan yurak bo’lmalaridan farq qiladi. Aorta so’g’onida. Yonbosh venalari yo’qolgan. Chap kardinal vena chap buyrakni kapillyar to’rini hosil qilib quyuladi, o’ng kardinal vena uzluksiz bosh qismida joylashgan. Yurak, yurak oldi xaltachasi bilan tugaydi, yurak bo’lmasini yuqori qismida venoz sinus joylashgan bo’lib, voronka shaklida tanadagi barcha venoz qonni yig’ib oladi. Yurak bo’lmasining pastki tomonida yorqin-qizil rangdagi yurak qorinchasi joylashgan. Bo’lmacha va qorincha devori bir-biridan qalinligi bilan farqlanadi. Yurak bo’lmachasi devori yupqa, qorincha devori esa yo’g’on bo’ladi.


Qorinchadan qorin aortasi boshlanadi uning asosi kengayib aorta so’g’onini hosil qiladi. Qorin aortasidan venoz qonni olib keluvchi arteriya jabra arteriyasi nomi bilan jabralarga keladi, shundan so’ng kislorod bilan to’yinib, jabradan olib ketuvchi arteriyalar juft aorta ildiziga tushadi va undan orqa aortaga o’tadi. Arterial qon uyqu arteriyasi nomi bilan baliqning bosh qismini arterial qon bilan ta’minlaydi.
Orqa aortadan qon butun tanaga tarqaladi va barcha organlar oshqozon, ichaklar, jinsiy organlar, buyraklar, xullas tananing boshi va dumini qon bilan ta’minlaydi. Ichi yorilgan baliqning buyraklari orasidan orqa aorta yaxshi ko’rinadi.
Venoz qon yurakka toq dum venasi va juft orqa va oldingi kardinal venalar orqali qaytadi. O’ng kardinal vena kyuver kanaliga uzluksiz boradi, chapi esa buyrakda kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Shunday qilib buyrakning darvoza sistemasi faqat chap buyrakda rivojlangan.
Orqa kardinal vena, oldingi kardinal venaga quyulib, kyuver oqimini hosil qiladi. Ichak osti venasi jigar orqali o’tadi u yerda kapillyarlarga bo’linadi va jigarning darvoza sistemasini hosil qiladi. Jigardan jigar venasi chiqib venoz sinusga qo’yiladi.
Ayiruv organlari
Suyakli baliqlarning ayiruv organlari tog’ayli baliqlarnikiga o’xshash, lekin ayiruv sistemasi ko’payish organlari bilan bog’lanmagan. Uzun qizil-qoramtir chanoq buyraklari (mezonefros) umurtqaning ikki yonida suzgich pufaklarini ustida joylashgan. Volfov kanali siydik yo’li vazifasini bajaradi va buyrakning ichki burchagiga taqalgan bo’ladi. Suyakli baliqlarda siydik pufagi rivojlangan.
Ko’payish organlari
Ko’payish organlari erkaklarida juft urug’dondan va urg’ochilarida toq tuxumdondan iborat. Suyakli baliqlarda tog’ayli baliqlardan farq qilib, erkaklarida va urg’ochilarida mustaqil jinsiy yo’llari ya’ni ikkilamchi jinsiy yo’llar mavjud bo’lib, volfov va myuller kanallari bilan umumiyligi yo’q. Jinsiy yo’llar orqali jinsiy mahsulotlar jinsiy teshik orqali tashqariga chiqadi. Shunday qilib suyakli baliqlarning erkaklarida volfov kanali faqat modda almashinuvi qoldiq mahsulotlarini chiqarish, ya’ni siydik yo’li vazifasini bajaradi. Urg’ochilarida myuller kanali yo’q.
Baliqlarning ko’payish organlari yil mavsumi va yoshga bog’liq hola har-xil rivojlanishi mumkin. Ko’payish vaqtida jinsiy organlari kuchli kattalashadi.
Markaziy nerv sistemasi
Bosh miya suyakli baliqlarda tog’ayli baliqlarga nisbatan biroz sodda tuzilgan (31-rasm).

31-rasm. Zog’ara balig’i bosh miyasining yuqoridan ko’rinishi:
1-burun kapsulasi; 2-hidlov bo’lagi; 3-oldingi miya; 4- o’rta miya; 5-miyacha; 6-uzunchoq miya;
7-orqa miya; 8-miya chuqurchasi.

O’lchami kichkina oldingi miya qopqog’ida nerv moddasi yo’q. Katta yarim sharlar (yon qorinchalari) bo’rmalarga ajralmagan, oldingi miya juda kichkina. O’rta miya va miyacha biroz rivojlangan.


Bosh miyani ochish uchun miya qopqog’i ehtiyotlik bilan olinadi. Zog’ara balig’ini chap qo’lga olinib yelka tomonini yuqoriga qilib boshi o’ziga qaratiladi. Miya qopqog’ining orqa tomonidan qaychi bilan kesiladi. Ish baliq boshining oldingi qismini kesish bilan yakunlanadi. Shundan so’ng miya qopqog’i pintset yordamida ehtiyotlik bilan ochiladi.
Oldingi miyada bosh miya katta yarim sharlari shakllangan. Uning qopqog’i epiteliydan iborat bo’lib, miya moddasi yo’q. Oldingi miyaning asosiy qismi targ’il tanadan iborat. Oraliq miya-katta yarim sharlar bilan qoplangan. Uning orqa tomonidan surilsa, kichkina ilmoqsimon o’simta ya’ni epifiz, (ichki sekretsiya) bezini ko’rish mumkin.
O’rta miya va uning ko’ruv bo’laklari bosh miyaning boshqa bo’limlariga nisbatan juda katta bo’ladi. Miyachasi ham katta va o’rta miya bo’shlig’iga o’sib kirgan.
Uzunchoq miya orqa miya bilan tutashgan. Uzunchoq miyada rombsimon chuqurchani (to’rtinchi qorincha) ko’rish mumkin. Katta yarim sharlarning oldingi qismidan hidlov bo’lagi chiqadi, undan-hidlov nervlari chiqib burun kapsulasiga boradi.
Suyakli baliqlarda bosh miyani pastki tomonidan ko’rish uchun uzunchoq miyani keskin va oldinga surish kerak. Uni yirik ko’ruv nervi ushlab turadi, u oraliq miya tagidan chiqib, umurtqalilar uchun xos bo’lgan kesishma (xiazma)ni hosil qiladi. Oraliq miyaning pastki tomonidan chiquvchi yumaloq o’simta-gipofiz bezini ko’rish mumkin.



Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish