Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet28/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Vistseral suyaklar.
Suyakli baliqlarning vistseral yoylari ham tog’ayli baliqlarning vistseral yoylariga o’xshaydi, jag’ yoyi, til osti yoyi va jabra yoylaridan iborat. Jag’ yoyi birlamchi va ikkilamchi jag’lardan iborat. Birlamchi jag’ xondral suyaklardan tashkil topib, akulaning jag’ yoyiga gomologdir. Ustki jag’da ularning oldingi qismi uchida joylashgan bir juft tanglay suyak orqasida (pastki jag’ bilan birikkan joyda) bir juft kvadrat suyakdan iborat bo’lib, bu suyaklarni orasida uchta qanotsimon suyaklar bor, bulardan bittasi keyingi xondral qanotsimon suyak, qolgan ikkitasi qoplag’ich suyaklardir. Suyakli baliqlarda tutib turish vazifasini birlamchi jag’ emas, balki qoplag’ich suyaklardan tashkil topgan ikkilamchi jag’ni tashkil qilgan jag’ oldi suyagi va ustki jag’ suyaklaridan iborat bo’ladi. Ustki va katta tish suyagi esa pastki jag’ vazifasini bajaradi. Pastki jag’ tarkibiga xondral qo’shilish suyagi va buning orqa chetiga o’rnashgan kichkina burchak suyagi kiradi.
Til osti yoyi faqat xondral suyaklardan tashkil topgan. Uning ustki elementi hisoblangan osma suyak o’zining ustki uchi bilan miya qutisining eshitish bo’limiga tegib turadi. Pastki uchi ingichka qo’shimcha suyakchaga va kvadrat suyagiga tutashadi. Shunday qilib, osma suyak simplektikum bilan birga jag’ osma suyagi vazifasini bajaradi. Demak, zog’ora baliqning bosh skeleti ham akulada bo’lgani kabi giostilik tipda bo’ladi. Til osti yoyining pastki elementi ham akulalarning gioid tog’ayiga gomolog bo’lib, juft gioid suyaklardan tashkil topgan. Gioidning ikkala tomoni toq kapula suyagi bilan qo’shilib tilni ham ushlab turadi.
Suyakli baliqlarda yangi hosila-jabra qopqog’i bo’ladi, u qopqoq oldi, qopqoq osti va oraliq qopqoq suyaklardan tashkil topgan.
Umurtqa pog’onasi
Suyakli baliqlarda umurtqa pog’onasi xuddi tog’ayli baliqlar singari amfitsel (ikki tomoni botiq) tipda tuzilgan. Umurtqalar orasida xorda qoldiqlari saqlanib qolgan. Xorda qoldiqlari umurtqa tanasini teshib o’tgan tor naylar orqali bir-biriga qo’shiladi.
O’q skeleti gavda va dum qismlarga bo’linadi va bu bo’limlarning umurtqalari tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi.

34-rasm. Suyakli baliqlarning gavda va dum umurtqalarining tuzilishi (yon va oldi tomondan ko’rinishi):1-umurtqa tanasi; 2-yuqorigi yoyi; 3-orqa miya kanali; 4-ko’ndalang o’simtalar; 5-qovurg’a; 6-yuqorigi qiltanoq o’simta; 7-qo’shimcha o’simtalar; 8-pastki yoy; 9-gemal kanal; 10-pastki qiltanoq o’simta.


Gavda umurtqasining tana qismi, yuqorigi va pastki yoylardan iborat bo’lib, ular tuzilishi jihatidan farq qiladi.


Tana bo’limi umurtqalarining ko’ndalang kesimi yumaloq bo’lib, uning tomonlaridan ko’ndalang o’simtalar chiqadi, bu o’simtalarga qovurg’alar kelib tutashadi. Umurtqalarning o’stki yoylaridan ustki o’simtalar chiqadi va bu yoylar qo’shilib ostist o’simtani hosil qiladi. Ustki yoylarni qo’shilishidan hosil bo’lgan nayning ichida orqa miya joylashadi.
Dum umurtqalarining pastki yoylari o’zaro qo’shilib pastki o’simtani hosil qiladi. Pastki yoylarning birikishidan gemal kanal vujudga keladi, bunda qon tomirlari joylashgan. Ko’pchilik suyakli baliqlarda qovurg’a muskullariga o’rnashgan ingichka suyaklar kelib qo’shiladi, bu suyaklar qiltanoqlar deb ataladi.
Suyakli baliqlarda umurtqa pog’onasi tog’ayli baliqlarning singari miya qutisi bilan harakatsiz qo’shilib ketgan.
Yelka kamari skeleti.
Xondral kelib chiqishga ega bo’lgan, kuchli reduktsiyalashgan birlamchi yelka kamaridan ya’ni ikkita kichkina almashuvchi kurak va uning ostida joylashgan korakoid suyaklaridan iborat.

35-rasm. Suyakli baliqlarning yelka kamari va ko’krak suzgichi:


1-kurak; 2-karakoid;3-kleytrum; 4- kleytrum usti suyagi; 5-orqa ensa suyagi; 6-radialiyalar; 7-suzgich shu’lalar;
Bu suyaklar yirik qoplovchi kleytrum suyagi bilan harakatsiz qo’shilib ketadi. Bu suyak o’z navbatida tepa orti suyagi va tepa usti suyagi bilan qo’shiladi. Bu suyaklar juft bo’lib, ikkilamchi kamar skeletini hosil qiladi.
Chanoq kamari skeleti
Chanoq kamari oddiy tuzilgan bir juft uchburchak suyak plastinkadan iborat.



36-rasm. Suyakli baliqlarning chanoq kamari va qorin suzgichlari:
1-chanoq suyagi; 2-suzgich yoylari.
Juft suzgichlari skeleti
Ko’krak suzgichi sezilarli soddalashgan. Akulalarning ko’krak suzgich qanoti skeletida bo’lgan bazaliyalar suyakli baliqlarda reduktsiyalashgan, radialiyalari mavjud bo’lib, undan terili suyak shu’lalar tarmoqlangan
Qorin suzgichi skeletida bazali ham, radialiya ham bo’lmaydi. Suzgich shu’lalari to’g’ridan-to’g’ri chanoq suyagiga birikkan bo’ladi.
Toq suzgichlari skeleti
Toq orqa va anal suzgichi terisimon suzuvchi suyak shu’lalardan iborat. U yumshoq yoki qattiq bo’lishi mumkin. Ichki skleti muskulda joylashgan radialiyalaridan iborat.
Suyakli baliqlarda dum suzgichi gomotserkal tipda tuzilgan ya’ni teng pallali.

37-rasm. Suyakli baliqlarning gomotserkal dum suzgichi:
1-o’q skeleti; 2-suzgich yoylari.

Uning ustki pallasi ichiga umurtqa pog’onasining oxirgi uchi joylashgan bo’lib, pastki pallasi asosi esa kuchli o’sib, keng tortgan qiltanoq (ostist) o’simta-gipouraliyalar ushlab turadi. Tashqi skeleti teri shu’lalaridan iborat.





Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish