Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet31/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Vistseral bosh skeleti.
Vistseral skeletida tog’ay ko’p saqlangan amfibiyalarda, jag’ yoyi tog’ay va suyak elementlaridan tashkil topgan.
Tanglay kvadrat tog’ayi (dastlabki yuqori jag’lar) o’zining oldingi uchi bilan miya qutisining hidlov bo’limiga, keyingi uchi bilan bosh skeleti asosiga eshitish kapsulasiga tutashib turadi va umrbod tog’ay holicha saqlanadi.
Teri hisobidan hosil bo’lgan ikkilamchi jag’ni tashkil qilgan suyaklar: juft jag’aro va yuqori jag’ suyaklari, tanglay kvadrat tog’ayiga tegib turadi. Bu suyaklarda mayda tishchalar bo’ladi. Bularni keyingi tomonida tanglay kvadrat tog’ayini ustida qoplovchi kvadrat-yonoq suyagi hosil bo’ladi. Pastki tomonidan esa qanotsimon suyak qoplab turadi.
Birlamchi pastki jag’, mikkel tog’ayi ham tog’ay holicha qoladi. Faqat uning oldingi uchi suyaklanib, juft iyag-jag’ suyagini hosil qiladi. Bularga qoplovchi tish suyaklari qo’shilib turadi. Mikkel tog’ayining keyingi qismida uzun burchak suyagi va boshqa bir nechta mayda qoplovchi suyaklar bo’ladi. Mikkel tog’ayining bo’g’im o’simtasi orqali pastki jag’ tanglay kvadrat tog’ayining keyingi qismiga harakatchan qo’shiladi.
Amfibiyalarda jabra qopqog’ini to’liq redaktsiyalanishi va autostelik tipda jag’larni miya qutisiga birikishi, til osti yoyining asosiy funktsiyasini yo’qolishiga olib kelgan.
Til osti yoyining pastki elementi-gioid va amfibiyalarning lichinkalarida ham saqlangan jabra yoylari metamorfoz davrida til osti apparatiga aylangan. Til osti apparati tog’aydan tuzilgan toq plastinkadan iborat, undan ikki juft o’simta shoxchalari chiqadi, oldingi uzunroq shoxchalar tog’aydan hosil bo’lgan va gioidga gomologdir. Oldingi shoxchalar orqaga yo’naladi, so’ngra yuqoriga ko’tarilib halqumni yon tomonidan o’rab oladi va eshituv kapsulalarning devorlariga birikadi. Orqa shoxchalar suyakdan iborat bo’lib, til osti platinkasidan orqaga yo’nalgan. Til osti apparati og’iz-halqum bo’shlig’ining tagini mustahkamlaydi.


Umurtqa pog’onasi
Baqaning umurtqa pog’onasi to’qqizta umurtqadan tashkil topgan bo’lib, baliqlardan farq qilib to’rt bo’limdan iborat: bo’yin, tana, dumg’aza, dum
.

49-rasm. Baqaning o’q skeleti va chanoq kamari:


I-bo’yin bo’limi; II-gavda bo’limi; III-dumg’aza bo’limi; IV-dum bo’limi (urostil).
Bo’yin bo’limi-bitta umurtqadan iborat bo’lib, ikkita qo’shilish yuzasi bilan bosh skeletiga harakatchan qo’shilgan, uning tanasi uncha katta emas.
Gavda bo’limi-dumsiz amfibiyalarda, yettita umurtqadan iborat bo’ladi. (dumli vakillarida 14 dan-63 gacha). Bu umurtqalar oldingi tomonidan ichkariga botib kirgan, orqa tomoni esa bo’rtib chiqqan, ya’ni protsel tipda bo’ladi.

50-rasm. Baqa gavda qovurg’asining oldidan (A) va yuqoridan (B) ko’rinishi:
1-orqa miya kanali; 2-umurtqa tanasi; 3-yuqorigi ostist o’simta; 4-ko’ndalang o’simta; 5-qo’shiluv o’simtasi.

Bu umurtqalarning hammasidan orqa miya kanalini o’rab oladigan va ustida ostist o’simtali bo’lgan ustki yoylar bor. Umurtqalarning yon tomonidan katta ko’ndalang o’simtalar chiqadi, umurtqa ustki yoylari asosining oldingi va keyingi tomonida bir juftdan kalta qo’shiluv o’simtalari bor, bu o’simtalar keyingi umurtqalardagi shunday o’simtalarga qo’shilish uchun xizmat qiladi. Qovurg’alari yo’q, dumg’aza bo’limi – bo’yin umurtqasi singari, bitta umurtqadan iborat bo’lib, uning kuchli ko’ndalang o’simtalariga chanoqning yonbosh suyaklari qo’shiladi. Dumg’aza bo’limida pastki o’simtalari bo’lmaydi.


Dum bo’limi-umurtqalari bitta suyakchadan iborat bo’lib, urostil deb ataladi. Dum umurtqasi bir nechta umurtqalarning qo’shilishidan embrional rivojlanishi davrida hosil bo’ldi. Dumli amfibiyalarning dum bo’limida 20-36 ta alohida umurtqalari bo’ladi.


Harakat organlari kamarlari
Yelka kamari ochiq halqa yoki yoy shaklida bo’lib, tana umurtqasining oldingi qismida joylashgan.

51-rasm. Baqaning yelka kamari va oldingi oyoq suyaklari:


1-kurak; 2-kurak usti tog’ayi; 3-karakoid; 4-prokarakoid; 5-umrov; 6-to’sh suyagi; 7-to’sh oldi suyagi; 8-karakoid usti tog’ayi; 9-to’shning tog’ay qismi; 10-to’sh oldining tog’ay qismi; 11-elka suyagi; 12-bilak (bilak va tirsak) suyagi; 13-kaft usti (bilaguzuk); 14-kaft suyagi; 15-barmoq falangalari.
Bu yoyning har bir bo’lagi quruqlik umurtqalilari uchun harakterli bo’lgan uch elementdan: kurak, karakoid va prokarakoiddan tashkil topgan. Ana shu uchta asosiy element erkin oyoqlar skeleti birikadigan joyda bir-biriga duch keladi. Kurak bo’g’imning dorzal tomonida, karakoid bilan prokarakoid esa ventral tomonidan turadi, shuning bilan birga prokarakoid korakoiddan oldinroqda turadi. Amfibiyalarning kurak suyagi, baliqlarning kurak suyagiga to’g’ri keladi. Tog’ay prokarakoidda qoplag’ich suyakdan iborat umrov suyagi bor. Kurakning distal uchiga serbar kurak usti tog’ayi birikadi. Korakoid usti tog’ayi yelka kamarining ventral qismini tashkil etadi. Undan oldingi tomonga to’sh oldi suyagi, keyingi tomoniga esa to’sh deb ataladigan suyak joylashgan. To’sh oldi va to’sh suyagining uchida tog’ay bo’ladi. Qovurg’alar bo’lmaganidan to’sh suyagi o’q skeletiga qo’shilgan emas, ko’krak qafasi yo’q, shunga ko’ra oldingi oyoqlar kamari to’sh elementlari bilan birga muskullar orasida erkin yotadigan yoy hosil qiladi, bu amfibiyalar uchun harakterlidir.
Chanoq kamari quruqlik umurtqalilari singari uch juft suyak elementdan: yonbosh, qo’ymich va qov suyagi elementlaridan iborat. Yonbosh suyagi uzun bo’lib, proksimal uchi dumg’aza umurtqasidagi ko’ndalang o’simtaga birikadi, distal uchi esa bir-biriga qo’shilib qo’ymich kosasini ya’ni son suyagining boshchasiga kelib birikadigan chuqurchani hosil qilishda ishtirok etadi. Qo’ymich kosasini hosil qilishda qo’ymich suyaklari bilan qov elementlari ham ishtirok etadi, bu tog’ay holatida bo’ladi.

52-rasm. Baqaning chanoq kamari va keyingi oyoqlari skeleti:


1-yonbosh suyagi; 2-o’tirg’ich suyagi; 3-qov tog’ayi; 4-son suyagi; 5-boldir (katta va kichik boldir) suyagi; 6-oyoq kafti; 7-tovon oldi suyakchalari; 8-tovon; 9-oltinchi barmoq qoldig’i; 10-barmoq falangalari.

Amfibiyalarda kamar skeletlarining yagona sistema asosida tuzilishi baliqlarga nisbatan progressiv holat deb qarash mumkin.


Erkin oyoqlilar skeleti.
Baqalarda oldingi va orqa oyoqlari gomodinamik holatda ya’ni yagona sxema asosida qurilgan. Barcha umurtqali hayvonlar uchun harakterli bo’lgan besh barmoqli tipda tuzilgan. Oldingi va orqa oyoqlar o’xshash bo’lib, uchta asosiy bo’limlardan tashkil topgan.

53-rasm. Quruqlik umurtqalilarining oyoq tuzilishining sxemasi:


A-odingi oyoq: I-elka; II-bilak; III-oyoq kafti (bilaguzuk, kaft, barmoq falangalari); B-orqa oyoq; I-son; II-boldir; III-oyoq kafti (tovon, kaft, barmoq falangalari).
I-bo’lim-oldingi oyoqda bitta yelka suyagi; orqa oyoqda bitta son suyagidan tashkil topgan.
II-bo’lim-oldingi oyoqda, bilak ikkita suyakdan: bilak va tirsak suyakdan iborat; orqa oyoqda boldir suyagi ikkita katta va kichik boldirdan iborat.
III bo’lim-oldingi oyoqda, oyoq kafti o’zi ham-uchta kenja bo’limdan iborat bo’ladi: 1) tovon, 9-10 suyakchadan tashkil topgan bo’lib, birinchi qatorda uchta element, ikkinchi qatorda bita-ikkita element, uchinchi qatorda beshta elementi bor; 2) kaft bir qator o’rnashgan beshta uzun suyakdan iborat; 3) barmoq falangalari, har qaysisida bir-nechtadan suyak bo’lib, uzunasiga o’rnashgan besh qatordan iborat.



Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish