Mavzu bo’yicha topshiriqlar:
Suyakli baliqlar tangachalarini va yoshini aniqlashni o’rganish.
Suyakli baliqlarning yorish usullarini o’rganish.
3. Suyakli baliqlarning skeleti: tana va dum umurtqalarning tuzilishi; bosh skeleti; suzgich qanotlari skeletini tuzilishini o’rganish.
4. Suyakli baliqlarning skelet mulyajini tayyorlashni o’rganish.
13- mashg’ulot. Suvda ham quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar sinfi - Amphibia. Ko’l baqasining teri tuzilishi.
Turning sistematik holati
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar-Vertebrata yoki bosh
skeletlilar – Craniata
Katta sinf. To’rt oyoqlilar - Tetrapoda
Sinf. Suvda va quruqlikda yashovchilar-Amphibia
Turkum. Dumsizlar – Ecaudata yoki Anura
Tur. Ko’l baqasi – Rana ridiruda Pall
Jihozlar:
Yangi o’ldirilgan baqa
Tayyor preparatlar: Baqani yorilgan organlarini o’rganish.
Tablitsalar: baqaning tashqi tuzilishi; teri tuzilishini o’rganish.
Preporaval jihozlar (skalpel, qaychi, pintset, preparaval nina, kantselyariya tug’nag’ichi).
Vannochkalar.
Shisha naychalar.
Ishning mazmuni
Suvda va quruqlikda yashovchilar yoki amfibiyalar dastlabki quruqlikda chiqqan, sodda tuzilishdagi umurtqali hayvonlar hisoblanadi. Ikkinchi tomondan suv bilan bog’liqligi saqlanib qolingan. Bu xususiyat embrional va postembrional rivojlanish davrida yaqqol ko’zga tashlanadi. Suvda va quruqda yashovchilarning ko’pchiligida tuxum qo’yishi va uning rivojlanishi suvda ketadi. Tuxumdan chiqqan lichinka-itbaliq ham suvda yashaydi. Tuzilishidagi ba’zi belgilar: jabra orqali nafas olish, ikki kamerali yurak, bitta qon aylanish doirasi, yon chiziq organi va boshqa belgilari tipik suv hayvonlariga o’xshash bo’ladi. Suvda va quruqda yashovchilarda metamorfozdan keyin tipik quruqlik umurtqalilariga o’xshash belgilar vujudga keladi.
Voyaga yetgan amfibiyalar uchun o’pka orqali nafas olish harakterli. Yuqoridagilarga mos holda qon aylanish sistemasida: yurak uch kamerali bo’ladi, o’pka orqali qon aylanish yuzaga keladi, jabra arteriyasiga gomologik bo’lgan uyqu arteriyasi, aorta yoyi va o’pka arteriyasi shakllangan. Quruqlik umurtqalilari uchun harakterli bo’lgan orqa vena yuzaga kelgan.
Sezgi organlari sezilarli murakkablashgan: ko’zda shox qatlamli qavariq, linzasimon ko’z gavhari bor. Ko’zni ifloslanishi va qurib qolishidan himoya qiluvchi harakatchan qovoqlar bo’lishi, ostki va ustki qovoqlardan tashqari, ko’zning oldida pirpirovchi uchinchi qovoq ham bo’ladi. Bu belgilar baqalarni uzoqni ko’rish imkonini beradi. Amfibiyalarda baliqlardan farq qilib o’rta quloq ham shakllangan, shuningdek eshitish suyakchasi ham mavjud. Hazm qilish kanali ham baliqlarga nisbatan birmuncha ixtisoslashgan. Quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun xos bo’lgan besh barmoqli tipda bo’ladi.
Yuqoridagilarga qaramasdan amfibiyalarda quruqlikda yashashga moslashishi uncha katta emas. Bu ularning o’pkasini sodda tuzilganligi uchun terisi ham nafas olishda ishtirok etish orqali namoyon bo’ladi. Uch kamerali yuragi, unga tushgan qonni to’liq ajralishini ta’minlay olmaydi. Shu hisobiga tanasi ko’p yoki kam miqdorda aralash qon bilan ta’minlanadi. Harakat organlari hali unchalik kuchli rivojlanmaganligi uchun tanasining doimo tik turgan holda ko’tara olmaydi.
Siydik tanosil sistemasi, baliqlarga o’xshash bo’lib, deyarli ulardan farq qilmaydi. Amfibiyalar baliqlarga o’xshab poykilotermli bo’lishi (tana haroratining doimiy emasligi) bilan harakterlanadi.
Tashqi tuzilishi.
Baqaning tanasi bosh va gavdaga bo’lib o’rganiladi. Bo’yin qismi deyarli sezilmaydi, bosh tanaga tashqi tomondan to’g’ridan-to’g’ri birikib ketganga o’xshaydi. Dumi yo’q (dumsizlarga xos). Juft harakat organlari-oldingi va orqa oyoqlardan iborat.
Teri qoplag’ichlari yalang’och, shilimshiq bezlar joylashgan. Shoxsimon teri hosilalari kuchsiz rivojlangan. Teri epidermisida ko’p hujayrali bezlar joylashgan. Uning asosiy funktsiyasi shilimshiq modda ishlab chiqarib terini qurib qolishidan saqlash, muhimi teri orqali nafas oladi va tashqi ta’sirlardan himoya qiladi. Ba’zi amfibiyalarda teri bezlari (zaharli suyuqlik ajratadi) va dushmanlaridan himoya vositasi hisoblanadi. Baqalarda terining kutis qavati kuchsiz rivojlangan.
Shunday qilib amfibiyalar terisida baliqlardan farq qilib, tangachalarning yo’qligi, hamda teri bezlarining ko’p ho’jayraliligi bilan farq qiladi.
Baqaning terisi tanadan osongina ajratiladi, buni terini tortish orqali aniqlash mumkin, teri ostida limfa bo’shliqlari joylashgan. Bu bo’shliqlar chegarasi orqali tana bilan tutashgan bo’ladi.
Baqaning yassi boshining oldingi qismida katta og’iz teshigi joylashgan. Boshning ikki yon tomonida bo’rtgan ko’zlari yuqorigi va pastki qovoqlar bilan o’ralgan bo’ladi. Ko’zning orqasida nog’ora pardasi joylashgan.
38-rasm. Yashil baqa bosh qismining yon tomonidan ko’rinishi:
1-og’iz teshigi; 2-tashqi burun teshigi; 3-yuqorigi qovoq; 4-pastki qovoq; 5-nog’ora pardasi; 6-tashqi rezanatorlar.
Yuqorigi va pastki qovoqlardan tashqari pirpirovchi uchinchi qovoq ham mavjud. Amfibiyalar ko’zining tashqi tuzilishi baliqlarga nisbatan taqqoslaganda farq qiladi. Hayvonning quruqlikka chiqishi munosabati bilan ko’z gavhari qavariq (baliqlarda yassi) bo’ladi.
Baliqlarda ko’z olmasining o’lchami nisbatan katta bo’lganligi sababli, tashqi tomondan bo’rtib chiqib turadi, ichki tomonidan og’iz bo’shlig’iga kirib turadi. Shu hisobiga suv yuzasida turganda ham tashqi muhitni kuzatib turadi. Ko’z muskullarining qisqarishidan ko’z og’iz bo’shlig’iga botib kiradi, bu bilan ovqatni og’iz bo’shlig’idan qizilo’ngachga o’tishiga yordam beradi. Ko’zni ustidan bosib ko’rib, ko’z olmasini og’iz bo’shlig’iga botib kirishiga ishonch hosil qilinadi. Tashqi burun teshigi maxsus klapan bilan yopiladi. Nog’ora pardani tashqi tomondan o’rta quloq yopib turadi. Bu baliqlarga nisbatan progressiv belgi bo’lib, hayvonning quruqlik hayot tarzi bilan bog’liq.
O’rta quloq bir uchi bilan og’iz-halqumga ochiluvchi, ikkinchi uchi bilan nog’ora pardaga tiralgan tayoqsimon suyakka joylashgan. Dumsizlar va dumlilarda nog’ora parda va nog’ora bo’shlig’i yo’q. Baqada og’izining ikki yon tomonida rezanatorlar yoki ovoz xaltachalari bo’lib, sayragan vaqtda ovozni kuchaytirib beradi. Qo’ng’ir baqalarda rezanatorlar kam rivojlangan yoki umuman rivojlanmagan, ba’zida bo’ynining tagida teri ostida joylashganligi uchun sezilmaydi.
Tashqi tuzilishini o’rganishda davom etiladi va baqaning og’zi ochiladi. Pintset, igna yoki barmoqni kiritib, yuqori jag’dagi mayda tishlar tekshiriladi. Pastki jag’da esa tishlar yo’q (qurbaqada tishlar yo’q). Pintset yordamida muskuldor, yopishqoq va oldingi uchi ikkiga ajralgan tilini ko’rish mumkin.
39-rasm. Og’zi ochiq holatdagi baqa:
1-tili; 2-hoanalar; 3-evstaxiev nayi; 4-hiqildoq yorig’i; 5-dimog’ tishlari.
Baqa og’iz bo’shlig’ining yuqori qismida, oldingi uchiga yaqin joyda ikkita teshik joylashgan bo’lib, bular ichki burun teshiklari yoki xoanalar hisoblanadi. U teshiklar tashqi burun teshigi bilan bog’langan bo’lib, bunga igna tiqish orqali ishonch hosil qilish mumkin. Xoanning orqa tomonida ikki guruh dimog’ tishchalari joylashgan. Biroz orqada ko’z olmasi aniq sezilib turadi. Og’iz bo’shlig’ining tubini aniq ko’rish uchun yuqorigi va pastki jag’larning birlashgan orqa uchlarini qaychi bilan qirqib, ularni pastga va yuqoriga joylashgan bir juft teshik-Yevstaxiev nayini ko’ramiz. O’rta quloq bo’shlig’ini birlashtirib turuvchi yo’l Yevstaxiev nayi deb ataladi. Bu nayning fiziologik ahamiyati o’rta quloq bo’shlig’ini og’iz bo’shlig’i bilan tutashtiradi. Og’iz bo’shlig’ining pastki tomonida, tilning orqa tomonida hiqildoq yorig’i joylashgan, u juft cho’michsimon tog’aylardan hosil bo’lgan. Hiqildoq yorig’i orqali havo nafas yo’llariga o’tadi. Og’iz bo’shlig’ining tubida og’iz burchaklari atrofida, erkaklarida kichkina teshiklar bo’lib, bu rezanatorlarga boradi.
Baqalarning harakat organlari tipik quruqlik hayvonlari singari besh barmoqli tipda. U baliqlarning juft suzgichlariga gomologdir. Baliqlarning suzgich qanotlari bitta richagdan iborat bo’lsa, baqaning oyoqlari uch richagli tuzilmadan tashkil topgan. Oldingi oyoqlarida yelka, bilak, oyoq kafti, orqa oyoqlari-son, boldir, oyoq kafti qismlaridan iborat.
Baqalarning orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun va kuchli taraqqiy etgan. Bu esa boshqa turkumlaridan farq qilib, sakrab harakatlanishga yordam beradi. Baqaning oldingi oyoqlarida barmoqlari to’rtta. Quruqlikda yashovchi boshqa tipik besh barmoqli hayvonlar bilan solishtirilsa, baqaning birinchi barmog’i reduktsiyalashgan.
Erkak baqalarning oldingi barmog’ining ostida bittadan bo’rtma, qadoq bor, bu qadoq bo’rtma urchish vaqtida kattalashadi, chunki urg’ochisini ushlab turishida, yetilgan tuxumlarni suv chiqishiga yordam beradi va tashqi urug’lanishni yuzaga keltiradi.
Erkak baqalarda rezinator hamda oldingi oyoqlaridagi qadoq tana jinsini aniqlashda yordam beradi.
Orqa oyoqlari juda uzun, bu oyoqdagi beshta barmoqlari orasida serbar suzgich parda tortilgan. Barmoqlarida tirnoq bo’lmaydi. Suvda yashovchi baqa turlarining barmoqlari orasida suzgich pardasi kuchli taraqqiy etgan. Barmoqlarning ichki tomonida falangalar chegarasida qo’shuvchi bo’rtmalar, tovon qismida tashqi va ichki tovon bo’rtmalari bo’lib, ular dumsiz amfibiyalar turkumi uchun sistematik ahamiyatga ega.
Yorish uchun tayyorlangan baqani vannachaning ichiga chalqanchasiga (qorin tomonini yuqoriga qaratib) yotqiziladi, so’ngra oyoqlari va tumshug’ini to’g’anag’ich bilan parafin to’ldirilgan vannachaga qadaladi. Shundan so’ng pintset bilan qorin tersini yuqoriga ko’tarib, keyingi oyoqlarning asosidan bir oz oldinroqda qaychi uchi bilan ko’ndalangiga ozgina kesib davom ettiriladi va tumshug’igacha terisi bo’yiga kesib boriladi.
Terining ichkaridan gavdaga yopishgan joylari skalpel yoki qaychi bilan qirqiladi. Hosil bo’lgan teri parchalarini baqaning yon tomoniga yoyib to’g’nag’ich bilan qadaladi va terining ichki yuzasi tekshiriladi. Bunda mayda qon tomirlar bilan qoplanganligi ko’riladi, ya’ni bu qon tomirlar juft teri arteriyasi va katta teri venasi tarmoqlangan bo’ladi. Terida qon tomirlarning ko’pligi teri bilan nafas olishini ko’rsatadi.
Gavdaning o’rta qismida qorinning to’g’ri muskuli joylashgan. Gavdaning oldingi qismida juft ko’krak muskullari joylashgan bo’lib, gavdaning o’rta qismidan boshlanadi. Ko’krak muskullarining oldida pastki jag’lar orasida jag’ osti muskullari joylashgan bo’lib, bu muskul nafas olish mexanizmida muhim rol o’ynaydi. Qorin muskulini bo’yiga kesishni toki to’sh suyagigacha davom ettiriladi. Keyin pintset bilan tush suyagini yuqoriga ko’tarib, qaychi bilan o’rtasidan kesib, ikkiga ajratiladi va oldingi oyoqlaridan to’g’anag’ichlarni olib, oyoqlarni yon tomonlarga yanada tortib vannaga qaytadan qadaladi, qorin devori ham kesiladi va teri bilan birga qo’shib vannaga qadaladi. Suvda va quruqda yashovchilar poyklotermli sovuq qonli hayvonlar guruhiga kiradi, ya’ni ularning gavda harorati doimiy bo’lmay atrofdagi muxit haroratiga bog’liq bo’ladi. Suvda va quruqda yashovchilarning hayoti atrofidagi muxitning namligiga ham bog’liqdir. Bu teri orqali nafas olishning ular hayotiga katta rol o’ynashiga nafas olish ekanligi bilan birga, ba’zi vaqtda yaxshi rivojlanmagan o’pka orqali nafas olishning o’rnini bosadi, suvda va quruqlikda yashovchilarning xech narsa bilan qoplanmagan yalong’och terisi hamma vaqt nam bo’ladi. Terining ustidagi nam doim bug’ga aylanib turadi, atrofda nam qancha kam bo’lsa teri
ustidagi nam shu yerga ko’p bug’lanadi. Teri ustidagi namning bug’lanishi gavda haroratining doimiy pasayib turishiga sabab bo’ladi. Shunga ko’ra xavo qancha quruq bo’lsa gavda harorati shuncha pastga tushadi. Gavda temperaturasining havo namligiga va poyklotermlilik bilan birgalikda shunga sabab bo’ladiki, bug’lanish paytlarida muxit harorati 2-3 0C past bo’ladi. Suv va quruqlikda yashovchilarning namlik haroratiga ko’p jihatdan bog’liq bo’lganligi uchun ular sahrolarga va qutb tomonlarda deyarli uchramaydi. Ekvator tomonga ularning turlari borgan sari ortib boradi. Masalan: Kavkazda 12 tur amfibiyalar uchrasa, teritoriyasi Kavkazdan olti barobar katta keladigan O’rta Osiyoda hammasi bo’lib uch tur uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |