Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet27/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Suyakli baliqlarning skelet tuzulishini o’rganish

Suyakli baliqlarning skeleti tog’ayli baliqlardan farq qilib, deyarli to’lig’icha suyakdan iborat. U ikki xil suyakdan tashkil topgan bo’lib, tog’ay yoki xondral suyaklar tog’ay to’qimasining sekin-asta suyak to’qimasiga almashinishdan hosil bo’ladi, bunday hosil bo’lgan suyak shaklan tog’ayga o’xshab qoladi.


Qoplag’ich suyaklar chin teridan hosil bo’ladi va tog’ay rivojlanish davrini o’tamaydi. Suyakli baliqlarning kalla suyagida ko’p suyaklarning bo’lishi bilan harakterlanadi, miya qutisi to’liq shakllangan, jag’ yoylari mavjud, shuningdek ikkilamchi jag’lar va jabra qopqoqlari yuzaga kelgan. O’zida yuqorigi va pastki yoylarni tutuvchi umurtqa pog’onasi, amfitsel tipdagi umurtqalardan iborat. Umurtqaning tana bo’limiga qovurg’alar birikkan bo’lib, u tog’ayli baliqlarga o’xshab nafaqat yuqori tomondan, balki yon tomondan tana bo’shlig’ini qoplab turadi.
Juft suzgichlar skeleti soddalashgan: ko’krak suzgichlarida bazaliya, qorni so’rgichlarida esa radial yo’q.


Bosh skeleti
Ensa bo’limi: pastki ensa, yon ensa, yuqori ensa suyaklari.
Yon bo’limi: quloq suyaklari, asosiy ponasimon suyak, qanot ponasimon suyak, ko’z ponasimon suyak, yon hidlov suyagi, burun suyagi, ko’z yoshi suyagi.
Miya qopqog’i: tepa, peshona, o’rta hidlov (oraliq) suyagi.
Bosh suyagining ostki tomoni: parasfenoid, soshnik (dimog’) suyagi.
Vistseral skelet.
Ustki jag’ suyagi va tanglay kvadrat tog’ayi: jag’aro va ustki jag’ suyaklari, tanglay, kvadrat suyagi
Pastgi jag’: qo’shuv suyagi (mikkel tog’ayiga gomolog), tish va burchak suyagi.
Til osti yoyi: giomandibulyar, simplektikum, gioid, kopula.
Jabra yoylari.
Jabra qopqog’i.
Umurtqa pog’onasi
Umurtqa bo’limlari: tana va dum.
Tana (amfitsel) umurtqasi va uning tuzilishi: tana qismi yuqorigi yoy, yuqoriga o’tkir qiltanoq o’simta, ko’ndalang o’simta.
Dum umurtqasining pastki o’tkir (qiltanoq) o’simtasi.
Suzgich qanotlar, kamari.
Yelka kamari: kurak, karakoid, kleytrum.
Chanoq kamari: chanoq suyagi.
Suzgich qanotlar
Ko’krak suzgichlar: radialiya (bazaliya yo’q), suzgich shu’lalari.
Qorin suzgichlar: suzgich shu’lalari (bazaliya va radialiya yo’q).
Dum suzgich: dum suzgichning yuqori pallasiga birikkan dum umurtqasi va suzgich shu’lalari.
Miya qutisi
Suyakli baliqlarning bosh skeleti tuzilishidagi murakkabligi bilan harakterlanadi, chunki ko’p sondagi xondral va qoplag’ich suyaklar yuzaga kelgan.



32-rasm. Suyakli baliqlar bosh skeletining tuzilishi:
1-pastki ensa suyagi; 2-yon ensa suyagi; 3-ustki ensa suyagi; 4-quloq suyaklari; 5-asosiy ponasimon suyak; 6-qanot-ponasimon suyak; 7-ko’zponasimon suyak; 8-oraliq hidlov suyagi; 9-yon hidlov suyagi; 10-bosh tepa suyagi; 11-peshona suyagi; 12-burun suyagi; 13-parasfenoid; 14-dimog’ suyagi; 15-tang’lay suyagi; 16-kvadrat suyagi; 17-qanotsimon suyak; 18-jag’aro suyak; 19-ustki jag’ suyagi; 20-qo’shuv suyagi; 21-tish suyagi; 22-burchak suyagi; 23-giomandibulyar; 24-simplektikum; 25-jabra yoylari.

Ensa bo’limi ensa teshigi atrofida to’rta ensa suyagidan iborat. Ensa teshigi yuqorisida yuqori ensa suyagi, yon qismida-juft yon ensa suyagi, pastida esa (pastki) asosiy ensa suyakdan iborat. Bu bo’limning barcha suyaklari tog’ay kelib chiqishga ega bo’lib, tog’ayli baliqlarda miya qutisining ensa bo’limini hosil qiladi. Miya qutisining yon tomoni beshta eshitish suyakchalaridan tashkil topgan bo’lib, tog’ayli baliqlardagi eshitish kapsulasi vazifasini bajaradi.





33-rasm. Oq sla (sudak) balig’inig bosh suyagining yon tomondan ko’rinishi;
A-umumiy tuzilishi; 1-yuqorigi ensa suyagi; 2-yon ensa suyagi; 3-eshituv suyakchalari; 4-peshona suyagi; 5-tepa suyagi; 6-o’rta hidlov suyagi; 7-burun suyagi; 8-yon hidlovsuyagi; 9-ko’z yoshi suyagi; 10-parasfenoid; 11-dimog’ suyagi; 12-qanot – ponasimon suyagi; 13-ko’z osti yoyi; 14-tang’lay suyagi; 15-kvadrat suyagi; 16-jag’aro suyak; 17-yuqorigi jag’ suyak; 18-giomandibulyar; 19-simplektikum; 20-qanotsimon suyak; 21-tish suyagi; 22-qo’shuv suyagi.

Ko’z kosasining orqasida eshitish kapsulasi joylashgan.


Miya qutisining old qismidagi ko’z bo’limida ko’zaro to’siqni hosil qilishda ishtirok etuvchi, suyakli baliqlarning ko’pchiligida tog’ayligicha qoladigan ponasimon suyaklar yoki sfenoidlar yotadi, ya’ni toq asosiy ponasimon suyak, juft qanot ponasimon suyak va juft ko’z-ponasimon suyaklar bo’ladi.
Miya qutisining qopqog’i qator suyaklardan tashkil topgan. Juft bosh tepa suyagi, peshona suyagi va burun suyagi, pastki qismida esa katta toq parasfenoid suyagi o’rnashgan. Parasfenoid suyak butun miya qutisi uchun asosiy to’siq vazifasini bajaradi va uning oldida toq dimog’ suyagi ham bo’ladi. Miya qutisining yon tomonlarida yuqorida aytilgan suyaklardan tashqari ko’z kosasini halqadek o’rab olgan mayda ko’z atrofi suyakchalari bor, bulardan oldingisi ko’z yoshi suyagidir.



Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish