Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet30/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Mavzu bo’yicha topshiriqlar:



  1. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning kelib chiqishini o’rganish.

  2. Suv va quruqlikda yashovchilar sinfining umumiy biologik va morfologik tavsifini o’rganish.

3. Sinfning sistematikasini o’rganish.
4. Amfibiyalarning teri tuzilishini va mulyajini tayyorlashni o’rganish.
14-Mashg’ulot: Baqaning skelet tuzilishi muskulaturasi


Turning sistematik holati:

Tip. Xordalilar – Chordata


Kenja tip. Umurtqalilar-Vertebrata yoki bosh
skeletlilar – Craniata
Katta sinf. To’rt oyoqlilar - Tetrapoda
Sinf. Suvda va quruqlikda yashovchilar-Amphibia
Turkum. Dumsizlar – Ecaudata yoki Anura
Tur. Ko’l baqasi – Rana ridiruda Pall


Jihozlar:

  1. Yangi o’ldirilgan baqa

  2. Tayyor preparatlar: Baqani yorilgan organlarini o’rganish.

  3. Tablitsalar: baqaning tashqi tuzilishi; skeleti va teri tuzilishini o’rganish.

  4. Preporaval jihozlar (skalpel, qaychi, pintset, preparaval nina, kantselyariya tug’nag’ichi).

  5. Vannochkalar.

  6. Shisha naychalar.

Ishning mazmuni

Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfining tipik vakili baqaning skeleti quruqlikda yashovchi umurtqalilarga xos bir qator progressiv belgilarga ega.


Xususan oyoqlarining tipik besh barmoqli tipda tuzilganligi, kamar va oyoq skeletlarining uchta gomodinom elementlardan shakllanganligi, chanoq kamarining o’q skeleti bilan bog’liq bo’lishi, bosh skeletining autostiliya tipda tuzilganligi, ya’ni tanglay-kvadrat tog’ayining bosh skeletiga qo’shilib ketganligi, til osti yoyining boshqa elementlarga aylanganligi, jabra qopqoqlari butunlay, yoylari esa qisman reduktsiyalanganligi, umurtqa pog’onasining bir necha bo’limlaga ajralganligi, ularning progressiv belgilari hisoblanadi. Bosh skeletida suyaklarning kam bo’lishi, umurtqa pog’onasi bo’yin va qo’ymich bo’limlarining kam taraqqiy etganligi, qovurg’alar bo’lmasligi, dum umurtqalarning bitta suyak-urostilga aylanganligi, chanoq kamaridagi yonbosh suyagining uzun bo’lishi va sakrab yurishiga moslashishi tufayli baqa oyoqlari skeleti quruqlikda yashovchi boshqa hayvonlarnikiga nisbatan juda boshqacha tuzilgan, bu xususiyatlar amfibiyalarning skelet tuzilishidagi moslashish belgilari hisoblanadi.
Miya qutisi
Ensa bo’limi: ikkita yon ensa suyagi, ensa teshigi, ensa bo’rtmasidan iborat.
Miya qutisining yon bo’limi: oldingi quloq, tangachasimon, ponasimon, hidlov suyagidan iborat.
Miya qutisining qopqog’i: burun, peshona, tepa suyagi, miya qutisining tubi, parasfenoid, juft dimog’ suyagi, tanglay suyagi, qanotsimon suyak.


Vitseral suyaklari.
Yuqori jag’ suyaklari: jag’ aro, yuqori jag’, tanglay-kvadrat suyagi. Pastki jag’ suyaklari: tish va burchak suyaklari. Til osti plastinkasi: til osti plastinkasi va ikki juft shoxchalari.
Umurtqa pog’onasi bo’limlari: bo’yin, tana, dumg’aza, dum.
Tananing protsel umurtqalari va uning tuzilishi.

Harakat organlari kamarlari.


Yelka kamari: kurak, karakoid, umrov, kurak usti tog’ayi, to’sh suyagi, to’sh oldi suyagi.
Chanoq kamari: yonbosh suyagi, quymich suyagi, qov tog’ayi, quymich kosasi.
Juft harakat organlari.
Oldingi oyoqlari, yelka, bilak suyagi, tirsak suyagi, bilaguzuk, kaft, barmoq falangalari.
Orqa oyoqlari: son suyagi, katta va kichik boldir suyaklari, tovon oldi, tovon, barmoq falangalari.
Baliqlarga nisbatan sezilarli o’zgarishlar yuzaga kelgan. O’ziga xos quruqlik hayvonlari belgilarini hosil qilgan. Ko’proq o’zgarish miya qutisining vistseral qismida yuzaga kelgan, ya’ni tanglay kvadrat tog’ayi o’zining oldingi uchi bilan miya qutisining hidlov bo’limiga, keyingi uchi bilan bosh skeletini asosiga eshitish kapsulasiga tutashib turadi va umrbod tog’ay holicha qoladi, shuning uchun amfibiyalarning bosh skeleti jag’ yoyining birikishiga ko’ra autostilik tipga kiritiladi.
Barcha amfibiyalar singari, baqaning miya qutisi ham bir oz xondral suyaklarga ega bo’lib, deyarli nuqul tog’aydan tashkil topgan, bu tog’ay juda kam qoplag’ich suyaklar bilan qoplangan.

48-rasm. Baqa bosh skeletining ustki (A) va ostki (B) tomondan ko’rinishi:
1-yon ensa suyagi; 2-peshona tepa suyagi; 3-burun suyagi; 4-jag’aro suyak; 5-oldingi eshituv suyagi; 6-tangachasimon suyak; 7-parasfinoid; 8-dimog’; 9-tang’lay suyagi; 10-qanotsimon suyak; 11-ponasimon hidlov suyagi; 12-ustki jag’ suyagi; 13-kvadrat – yonoq suyagi; 14-ko’ruv nervi chiquvchi teshik; 15-uchlik nerv chiquvchi teshik; 16-qo’shiluv bo’rtmasi; 17-tang’lay kvadrat tog’ayi.

Miya qutisining ensa bo’limida xondral kelib chiqishiga ega bo’lgan ikkita yon ensa suyaklari bo’ladi. Yon ensa suyaklarining har-birida bittadan qo’shiluv bo’rtmasi ya’ni ensa qo’shiluv bo’rtmasi mavjud bo’lib, bu yordamida bosh skeleti birinchi bo’yin umurtqasiga harakatchan tarzda birikadi. Yuqorigi va pastki ensa suyaklari taraqqiy etmagan bo’lib, bu qismlar tog’ayligicha saqlanib qolgan.


Miya qutisining yon bo’limi-eshitish kapsulasi sohasi bo’lib, tog’aydan iborat. Bunda ikkita oldingi quloq suyaklari bo’lib, ular ensa suyagining yoni hamda oldida joylashgan. Oldingi quloq suyaklarining tashqi tomonidan juft qoplovchi tangachasimon suyak kelib tutashgan.
Miya qutisi ko’z bo’limining oldingi qismi bitta halqamsimon, ponasimon-hidlov suyagi bilan o’ralgan. Uning yuqorigi va pastki tomonlari peshona-tepa suyaklari hamda parasfenoid bilan qoplangan. Miya qutisining hidlov bo’limi, barcha amfibiyalarda, nuqul tog’ayligicha qolgan. Miya qutisining yon tomondagi tangachasimon suyaklardan tashqari barcha suyaklari xondral kelib chiqishga ega.
Miya qutisining qopqog’i-qoplag’ich suyaklardan shakllangan. Baqalarda miya qutisining asosiy qismini peshona-tepa suyagi, hamda parasfenoid tashkil qiladi. Bu suyak peshona va tepa suyaklarini qo’shilishidan hosil bo’lgan (faqat dumsiz amfibiyalar uchun xos). Peshona-tepa suyaklarining oldingi qismida, juft burun suyaklari joylashgan.
Miya qutisining tubini kuchli qoplag’ich suyak-parasfenoid qoplab turadi. Uning oldida juft tanglay suyagi va juft dimog’ suyagi o’rnashadi. Dimog’ suyagida mayda tishlar joylashgan bo’lib, uning oldida juft ichki burun teshiklari-xoanalar bo’ladi.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish