Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet33/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Ovqat hazm qilish sistemasi
Amfibiyalarning hazm sistemasini suyakli baliqlarnikiga nisbatan taqqoslaydigan bo’lsak, ancha murakkablashgan va ixtisoslashgan.
Hazm kanali og’iz yorig’idan boshlanib, og’iz-halqum bo’shlig’iga ochiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu bo’shliqda til joylashgan. Og’iz bo’shlig’iga birinchi bo’lib amfibiyalarda paydo bo’lgan so’lak bezlarining chiqarish yo’llari ochilgan. So’lak baqalarda faqat ovqat luqmasini ho’llash uchun xizmat qiladi va ovqatga ximyaviy ta’sir ko’rsatmaydi. Og’iz-halqum bo’shlig’i kalta va serbar qizilo’ngachga ochiladi.

41-rasm. Baqaning ichagi:
1-qizilungach; 2-oshqozon; 3-o’nikki barmoqli ichak; 4-ingichka ichak; 5-to’g’ri ichak; 6-kloaka; 7-to’g’ri ichakning kloakasi tutashgan joyi; 8-siydi pufagi.
Qizilo’ngach o’z navbatida hajmdor va bukilgan shakldagi oshqozonga ochiladi. Oshqozon devori qizilo’ngach devoriga nisbatan qalin muskulli bo’ladi. Oshqozonning keyingi qisqargan uchi, ingichka ichakning oldingi qismi o’n ikki barmoqli ichakka ochiladi.
Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak orasidagi tutqichda siyrak va sariq rangli oshqozon osti bezi joylashgan. Ingichka ichak bir necha buklamlar hosil qilib, yo’g’on ichakka o’tadi, yo’g’on ichakdan kalta to’g’ri ichakka, undan esa to’g’ri ichak kloakaga ochiladi.
Jigar uch pallali yirik organ bo’lib, yurakdan keyin joylashgan. Uning pastki yuzasida yumaloq shakldagi qoramtir-ko’k rangli o’t pufagi bo’ladi. Jigarni orqa yuzasidan o’t yo’li o’tadi va o’n ikki barmoqli ichakka qo’yiladi.
Ichakning ingichka bo’limi tutqichida yumaloq taloq joylashgan bo’lib, bunda qonning shaklli elementlari hosil bo’ladi.
Nafas olish organlari
Amfibiyalarda nafas olish baliqlarga nisbatan boshqa tipda. Ularda ovol shakldagi, yupqa devorli o’pkalar shakllangan. O’pkaning ichki yuzasi kataklarga bo’lingan. Agar o’pkalarni havo bilan to’ldirilsa uning devorlaridagi qon tomirlarni ko’rish mumkin. Voyaga yetmagan baqalarda (oksidlanish yuzasi kam) nafas olishda teri muhim rol o’ynaydi. Masalan, yashil baqalarda qonni oksidlovchi kislorodning teri orqali o’tishi 50 % tashkil etadi. O’pka orqali nafas olish tufayli ichki nafas teshigi yoki xoanalar yuzaga kelgan bo’lib, ular tashqi burun teshigini og’iz- halqum bilan tutashtirib turadi.
Nafas yo’li tananing bo’yin qismi yo’qligi tufayli juda qisqa bo’ladi. Baqalarda nafas olish mexanizmi havo (nasos) berish tipida bo’ladi. Nasos rolini og’iz-halqum bo’shlig’i bajaradi, og’iz-halqum bo’shlig’ining tagi pastga tushirilganda uning hajmi oshadi va havo tashqi burun teshiklari va xoanalar orqali bo’shliqqa tortib olinadi. Bu vaqtda hiqildoq yorig’i berk bo’ladi. Keyin hiqildoq yorig’i ochiladi, tashqi burun teshigining klapanlari yopiladi, og’iz-halqum bo’shlig’ining tagi yuqoriga ko’tariladi va havo og’iz-halqum bo’shlig’idan hiqildoq yorig’i orqali o’pkalarga kiradi.
Nafas chiqarish vaqtida tashqi burun teshiklarining klapanlari yopiladi, og’iz-halqum bo’shlig’ining tagi pastga tushadi va hiqildoq yorig’i orqali havo o’pkalardan tortib olinadi, bunga qorin muskullarining qisqarishi yordam beradi. Keyin hiqildoq yorig’i yopiladi, og’iz-halqum bo’shlig’ining tagi yana ko’tariladi va havo tashqariga haydab chiqariladi. Keyin nafas olishning yangi fazasi boshlanadi.
Qon aylanish sistemasi. Amfibiyalarning qon aylanish sistemasi o’ziga xos tarzda shakllangan bo’lib, baliqlarning qon aylanish sistemasidan sezilarli farq qiladi. O’pkaning yuzaga kelishi muosabati bilan ikkinchi qon aylanish doirasi va uch kamerali yurak shakllangan. Baliqlardagi jabra arteriyalarining o’rnini uyqu arteriyasi, aorta yoyi va o’pka arteriyasi egallaydi. Yuksak (dumsiz) amfibiyalarda keyingi kardinal vena o’rniga keyingi kovak vena, qorin venasi hosil bo’lgan. Amfibiyalarning teri orqali nafas olish tufayli, teri qon tomirlarining yaxshi rivojlanganligi harakterli belgilaridan biri hisoblanadi.
Baqaning yuragi uch kamerali bo’lib, u o’ng va chap yurak bo’lmasi va yurak qorinchasidan tuzilgan.

42-rasm. Yorilgan baqa yuragining qorin tomondan ko’rinishi (kesmasi):


1-o’ng yurak bo’lmasi; 2-chap yurak bo’lmasi; 3-qorincha; 4-ikkala yurak bo’lmasidan yurak qorinchasiga ochiluvchi atrioventikulyar klapan; 5-arterial konus; 6-umumiy arteriya stvoli; 7-teri-o’pka arteriyasi; 8-aorta yoyi; 9-umumiy uyqu arteriyasi; 10-uyqu bezi.

Ikkita yurak bo’lmasi bitta, umumiy teshik orqali yurak qorinchasi bilan bog’lanadi. O’ng yurak bo’lmasining hajmi bir oz kattaroq bo’lib, chunki unga tanadan qaytgan venoz qon keladi. Chap bo’lmaga esa, faqat o’pkadan qaytgan arterial qon keladi.


Yurak qorinchasining devori qalin bo’lib, uning ichki yuzasi ko’p sondagi g’adir-budir ipchalar bilan qoplangan bo’lib ular orasida xaltasimon chuqurchalar joylashgan.
Baqa yuragining yuqorida ko’rsatilgan qismlaridan tashqari yurakning o’ng bo’lmasi bilan bog’langan venoz qo’ltig’i (sinusi), hamda yurak qorinchasining o’ng tomonidan chiquvchi arterial konus shakllangan.
Arteriyal konusdan uch juft arteriyal qon tomirlari (arteriyal yoy) chiqib, baliqlarning jabra arteriyalariga gomologdir. Arterial konusdan chiquvchi har bir tomir alohida teshiklar bilan boshlanadi. Arterial stvolning o’ng va chap tomonidan chiquvchi uchta qon tomirlar (yoylar) boshlanishida umumiy holda bo’lib, so’ngra har biri alohida tarmoqlarga ajraladi.
Birinchi juft qon tomirlar-uyqu arteriyalari deb atalib baliqlarning birinchi juft jabra arteriyalariga gomologdir. Uyqu arteriyalari qonni boshga olib keladi. Bu arteriyalar umumiy arterial stvoldan umumiy uyqu arteriyasi bo’lib chiqadi va shu zahoti tashqi va ichki uyqu arteriyalariga ajraladi.



43-rasm. Baqa arteriyasi sistemasining sxemasi:


1-qorincha; 2-o’ng yurak bo’lmasi; 3-chap yurak bo’lmasi; 4-arterial konus; 5-umumiy uyqu arteriyasi; 6-aorta yoyi sistemasi; 7-o’mrov osti arteriyasi; 8-orqa aorta; 9-yonbosh arteriyasi; 10-chanoq arteriyasi; 11-qo’ymich arteriyasi; 12-ichak – tutqich arteriyasi; 13-o’pka arteriyasi; 14-teri arteriyasi; 15-uyqu bezi; 16-tashqi uyqu arteriyasi; 17-ichki uyqu arteriyasi; (venoz qonli arteriya qora rangda, arterial va aralash qonli arteriya esa shtrixlangan).

Ajralgan joydan uyqu «bezchalari» joylashgan bo’lib, ular uyqu arteriyalarida qon bosimini boshqaradi.


Aorta yoyidan chiquvchi ikkinchi juft qon tomirlar arterial stvolning qorin tomonidan chiqadi va (baliqlarning ikkinchi juft jabra arteriyalariga gomolog) tananing keyingi qismiga tarmoqlanadi va bu yoy aorta yoyi deb ataladi. O’ng va chap aorta yoylaridan oldingi oyoqlarga katta umrov osti arteriyasi chiqadi. Ular yurakdan pastroqda bir-biri bilan qo’shilib orqa aortani hosil qiladi.
Nihoyat uchinchi juft arteriyalar arterial stvolning orqa tomonidan chiqadi va baliqlarning to’rtinchi juft jabra arteriyalariga gomolog bo’lib, bu o’pka teri arteriyasi deyiladi. Undagi qon o’pkalarga harakatlanadi. Teri arteriyalari ham teriga tomon tarmoqlanadi va baqa suvda turganda qonni oksidlanishida katta ahamiyatga ega. Orqa aorta qon tomiri bir qancha arteriyalarga bo’linib, tanadagi ichki organlar hamda tananing keyingi qismidagi organlarni va orqa oyoqlarni qon bilan ta’minlaydi.
Baqaning venoz qoni gavdaning keyingi qismi hamda orqa oyoqlardan va chanoqdan son venasi bilan qo’ymich venasiga yig’iladi Har qaysi tomondan bu venalar qo’shilib, juft umumiy yonbosh venasini hosil qiladi va buyraklarga borib kapillyar to’riga ajraladi.



44-rasm. Baqa venoz sistemasining sxemasi:


1-venoz sinus; 2-tashqi bo’yinturuq vena; 3-ichki bo’yinturuq vena; 4-katta teri venasi; 5-o’mrov osti venasi; 6-oldingi kovak vena; 7-keyingi kovak vena; 8-chanoq venasi; 9-qo’ymich vena; 10-yonbosh vena; 11-buyrakning darvoza venasi; 12-ichak osti venasi; 13-jigarning darvoza venasi; 14-jigar venalari; 15-qorin venasi; 16-o’pka venasi (arterial qonli venalar shtrixlangan).

Demak, yonbosh venalar buyrak qopqa venasi hisoblanadi. Son venalarining qo’shilishidan qorin venasi hosil bo’ladi va bu vena jigarga borib kapillyar turini hosil qiladi.


Ichakdan, oshqozon va qizilo’ngachdan qaytgan venoz qoni jigar qopqa venasiga yig’iladi. Bu qon tomiri ham jigarga kirib kapiliyarlar to’rini hosil qiladi. Shunday qilib amfibiyalarda jigar qopqa venasi jigar venasi va qorin venasidan hosil bo’ladi. Venoz qon buyrak kapiliyarlaridan o’tib, buyrak venalariga tushadi va ular qo’shilib toq keyingi kovak venani hosil qiladi. Bu venaga jinsiy yo’llardan kelgan venalar qo’shiladi. Keyingi kovak vena jigarni markazidan o’tib, o’ziga jigar venalarini qo’shib oladi va bu ham vena sinusga quyiladi. Vena sinus o’ng yurak bo’lmasiga ochiladi. O’pkalarda tozalangan arterial qon o’pka venalariga boradi va ular qo’shilib chap yurak bo’lmasiga quyiladi. Amfibiyalarda ikkita qon aylanish doirasi aniq namoyon bo’ladi, ya’ni katta va kichik qon aylanish doirasi, lekin yurak qorinchasi ham to’liq ajralmagan, yurak qorinchasida qon aralash holda bo’ladi.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish