Mavzu bo’yicha topshiriqlar:
O’rta Osiyoda yashovchi amfibiyalarning amaliy ahamiyati va ulardan foydalanish muammolarini o’rganish.
2. Amfibiyalar biologiyasi: asosiy ekologik guruhlari,ovqatlanishi nasl uchun qayg’urish usullarini o’rganish. 3. Amfibiyalarning ko’payishi va rivojlanishini o’rganish.
4. Amfibiyalarning ichki a’zolarini fiksatsiya qilishni o’rganish.
16-mashg’ulot Sudralib yuruvchilar sinfi – Reptilia. Tuxumining tuzilishi, murtak pardalarining hosil bo’lishi va rivojlanishi.
Turning sistematik holati:
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar-Vertebrata yoki bosh
skeletlilar – Craniata
Katta sinf. To’rt oyoqlilar – Tetrapoda
Sinf. Sudralib yuruvchilar-Reptilia
Turkum. Tangachalilar – Squamata
Tur.Kaltakesaklar – Lacertilia
Jihozlar;
Kaltakesaklar (hozir o’ldirilgan, fiksatsiya qilingan kaltakesak)
Tayyor preparatlar: yorilgan kaltakesak, ko’payish organlari.
Sudralib yuruvchilarning har-xil tulumlari (mulyaji).
Tablitsalar: toshbaqa, ilon, kaltakesakning tashqi tuzilishi, kaltakesak, toshbaqa ilon tanasida qalqonchalarning joylashishi; samka (urg’ochi) va samets (erkak) baqaning ko’payish organlari;
Preporaval jihozlar (skalpel, qaychi, pintset, preporaval nina, kantselyariya to’g’nag’ichlari)
Vannochkalar.
Ishning mazmuni
Sudralib yuruvchilar-yuqori umurtqali hayvonlarning dastlabki sinfi hisoblanadi. Ular amfibiyalardan yuqori tuzilganligi va quruqlik muhitiga xos moslanishlarni yuzaga keltirganligi bilan ajralib turadi. Amfibiyalarga nisbatan yuqori tuzilganligini avvalo markaziy nerv sistemasida, xususan bosh miya va sezgi organlarida ko’rish mumkin. Sudralib yuruvchilarda bosh miyaning oldingi miya yarim sharlari kuchli rivojlangan. Oldingi miya yarim sharlari kul rang miya moddasi bilan qoplangan sudralib yuruvchilarda miya gumbazi yoki neopalliumning hosil bo’lishi bilan harakterlanadi. Sudralib yuruvchilarning progressiv xususiyatlaridan biri skeletining deyarli to’liq suyakka aylanganligi, haqiqiy ko’krak qafasini hosil bo’lishi, tananing oldingi qismini mustahkamlanishga olib kelgan. Chanoq kamarining mustahkam bo’lishida unga dumg’aza umurtqasining ikkita ko’ndalang o’simtalari birikishi hisoblanadi, bu esa orqa oyoqlarning mustahkamligini ta’minlaydi. Erkin oyoqlar skeletida bilaguzukaro (interkarpal) va tovonaro (intertarzal) suyaklari juda harakterli bo’lib birikkan.
Asosan suyakdan iborat bo’lgan bosh skeleti umurtqa pog’onasi bilan bitta ensa burtmasi orqali birikkan. Sudralib yuruvchilarda bo’yin qismining paydo bo’lishi hamda birinchi umurtqada atlant va epistrofeyning hosil bo’lishi boshning harakatchanligini ta’minlagan.
Sudralib yuruvchilarda nafas olishi faqat o’pka orqali amalga oshadi. Yaxshi rivojlangan o’pka ikkita bronxga ajraladi va o’pka ichiga kiradi. O’pkaning ichki qismi ko’plab katakchalarga bo’linganligi tufayli uning ichki yuzasi to’liq qisqaradi. Hamma vakillarida o’pka bir xil takomillashmagan. Kaltakesak va ilonlarda o’pka ko’p katakchalarga bo’linmagan, toshbaqa va timsohlarda murakkab tuzilgan.
Sudralib yuruvchilarning qon aylanish sistemasi amfibiyalarga nisbatan, ancha murakkablashgan ko’pchilik sudralib yuruvchilarda yuragi uch kamerali, bundan tashqari yurak qorinchasida to’liq bo’lmagan to’siq ham shakllangan (timsohlarda yurak to’rt kamerali). Arterial stvoli uchta mustaqil qon tomirlarga bo’lingan bo’lib, bu tomirlarning har biri alohida yurak qorinchalarining turli qismlaridan chiqadi.
Bir juft zich tanacha shaklidagi chanoq buyraklari (metanefros)ning hosil bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega.
Sudralib yuruvchilarning quruqlik muhitiga moslashish xususiyatlarini, ularning ichki urug’lanishida, tuxumning o’lchami, yirik bo’lishida va murtak pardasining hosil bo’lganligi bilan namoyon bo’ladi. Tuxumini yirik bo’lishi qattiq po’choq bilan qoplanganligi, sariqlik moddasini ko’p bo’lishi, murtakni suvdan tashqarida lichinkasiz bosqichi orqali amalga oshadi. Murtakning rivojlanish jarayonida murtak pardasi yoki amnion parda hosil bo’lishiga qarab yuqori umurtqalilar alohida guruhga ajraladi.
Sudralib yuruvchilarning terisi muhim moslanish belgisi hisoblanadi. Undan shoxsimon ko’rinishga ega bo’lgan tangacha (qalqon) hosil bo’lib, hayvonni tashqi tomondan qoplab tanani qurib qolishdan saqlaydi. Sudralib yuruvchilarning terisida deyarli bezlar yo’q. Harakterli xususiyatlari ular doimiy ravishda po’st tashlaydi, ya’ni eski shoxsimon qavat tushib, o’rniga teri hosilalari hosil bo’ladi.
Tananing bosh, bo’yin, gavda va dum qismlarga bo’linganligi; oldingi va orqa oyoqlar; shoxsimon qoplam; tangacha qalqon; og’iz teshigi; til, ko’z, va harakatchan qovoqlar; eshitish teshigi; burun teshigi; tepa suyagi teshiklari; son sohasidagi teshikchalar.
Hazm qilish sistemasi: og’iz bo’shlig’i; tishlar; til; halqum, qizilo’ngach, oshqozon, o’n ikki barmoqli ichak, ingichka, yo’g’on, to’g’ri ichak; jigar; o’t pufagi; oshqozon osti bezi.
Nafas olish organlari: hiqildoq yorig’i; traxeya, bronxlar, o’pka.
Qon aylanish sistemasi; uch kamerali yurak (ikkita) bo’lmacha va qorinchalar to’liq bo’lmagan qorinchadagi to’siq. Preparat va rasmdan qon aylanish sistemasini kuzatish yoki o’rganish.
Ayiruv organlari: chanoq buyraklari; siydik yo’li, siydik pufagi.
Ko’payish organlari: urug’don; urug’ yo’li; urug’ pufagi; tuxumdon, tuxum yo’li.
Markaziy nerv sistemasi: bosh miya, (oldingi miya yarim sharlari, oraliq miya, o’rta miya, miyacha, uzunchoq miya).
Vertikal yo’nalishda bosh miya qismlarini kesish.
Ko’payish organlari
Uncha katta bo’lmagan oq rangdagi juft ovol tanacha-urug’donlar, umurtqa pog’onasining bel bo’limining ikki tomonida turadi. Urug’donlardan urug’ naychalari chiqib urug’don ortig’ini hosil qiladi va bulardan urug’ yo’llari chiqadi. Kloakaga ochilishdan oldin urug’ yo’li siydik yo’li bilan qo’shiladi va umumiy teshik bilan kloakaga ochiladi. Urug’don ortig’i qorin buyragi (mezonefros) ning qoldig’i hisoblanadi, urug’ yo’llari esa, mezonefrosning chiqarish yo’li volf kanaliga gomologdir. Erkaklarining kloakasining yon devorida kopulyativ organlari bor. Bu organ juft, ichi bo’sh xaltachalardan iborat.
Urg’ochilarida juft tuxumdon bo’ladi, tuxumdonning tashqi yuzasi g’adir-budir tanacha ko’rinishida bo’lib, umurtqa pog’onasi bel bo’limining ikki yonida joylashgan Yetilgan tuxum hujayralar tana bo’shlig’iga tushadi, u yerdan tuxum yo’li voronkasiga o’tadi. Tuxum yo’llari myuller naychalariga gomolog bo’lib, kloakaga mustaqil teshik bilan ochiladi. Tuxum yo’llarining keyingi bo’limlari kengayib, bachadonni hosil qiladi.
Homilador urg’ochi kaltakesaklarda bachadon devori kuchli kengayib tuxumni qabul qilishga moslashgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |