Urchishi: Sudralib yuruvchilar quruqlikda urchib, quruqlikda rivojlanadi, hattoki suvda yashaydigan turlari ham timsohlar, dengiz ilonlari va dengiz toshbaqalari urchish vaqtida quruqlikka chiqadi. Sudralib yuruvchilarda urug’lanish hodisasi ichki bo’ladi, gatteriyani hisobga olmaganda barcha reptiliyalarda qo’shilish organi bor. Urchish davrida jinsiy uyg’onish kuzatiladi ya’ni ularning aktivligi oshadi, toshbaqalar bilan kaltakesaklarning sametslari bir-biri bilan urishadi. Ko’pchilik sudralib yuruvchilar terisimon yoki qattiq ohaksimon po’st bilan qoplangan bir nechta (8-16) katta tuxum qo’yadi (toshbaqalar, timsohlar). Tuxumida po’st bo’lganligi uchun quruqlikda namlik kam (3-15%) bo’lgan yerlarda ham rivojlana oladi. Ular tuxumlarini yerga gekqonlar, ba’zi agamalar bilan iguanalar pol yorig’i va daraxt po’stlog’i tagiga qo’yadi, timsoh tuxumini yerga yoki daraxt po’stlog’i tagiga qo’yadi.
Tuxumning rivojlanishi haroratga bog’liq, shu munosobat bilan
u 2-3 barobar o’zgarishi mumkin. Bizdagi reptiliyalar faunasining ko’p turlari q 12 q 15 0 S rivojlana boshlaydi, lekin 40 42 0 S harorat tuxumga halokatli ta’sir etadi. Tuxumning rivojlanishi uchun optimal harorat 20 30 0 S bo’ladi. Sahrolarda yashaydigan sudralib yuruvchilar tuxumini soya joylarga va chuqurchalarga qo’yadi. O’rta mintaqada yashaydigan kaltakesaklar tuxumlarini oftob tushib yaxshi isiydigan joylarga qo’yadi. Sudralib yuruvchilar vaqti-vaqti bilan tuxum qo’yadi. Ilonlar yiliga ikki marta tuxum qo’yadi, har safar qo’yadigan tuxumlarining soni hayvonning bir yilda necha marta tuxum qo’yishiga, tuxumning katta yoki kichik bo’lishiga, hayvonning yoshiga bog’liq.
Sudralib yuruvchilar amfibiyalarga nisbatan ancha kam tuxum qo’yadi. Ularning kam pusht bo’lishi tuxumlarning ancha murakkab tuzilganligi bilan bog’liq, timsohlar, qora ilonlar, bo’g’ma ilonlar tuxumini qo’riqlaydi. Pitonlar esa tanasi bilan o’rab oladi, tana harorati xavo haroratiga nisbatan 24 0 S yuqori bo’ladi.
Sudralib yuruvchilar orasida tirik tug’ish xodisasi ko’p uchraydi. Bu xolat tuxumi yumshoq pardali bo’ladigan vakillarida kuzatiladi, yumshoq parda tashqi muhit bilan modda almashinuvini osonlashtiradi. Toshbaqa bilan timsohlarda tuxum po’sti qattiq bo’lganligi uchun bunday holat biroz murakkablashadi.
Sudralib yuruvchilar orasida tirik tug’ishning birinchi kamini urug’langan tuxumlarning tuxum yo’llarida turib qolishidir, tuxum tuxum yo’lida qisman rivojlanadi. Masalan: tez kaltakesakning tuxumi tuxum yo’lida 15-20 kun turib qoladi, natijada tuxumning embrioni 50% rivojlanadi. Suv ilonining tuxumi tuxum yo’lida 30 kun turib qoladi. Shimolga yurgan sari tuxumning tuxum yo’lida turib qolishi cho’zilib boradi. Masalan: tiriktug’ar kaltakesak, urchuqchalar, qora ilonlar, medyankalarda tuxum embrion yorib chiqquncha tuxum yo’llarida tutilib turiladi. Bu hodisa tuxumdan bola tug’ish yoki sohta tirik tug’ish deb ataladi. Bunda embrion ona organizmi hisobiga rivojlanmasdan, balki tuxumdagi zaxira moddalar hisobiga rivojlanadi. Stsink gekkoni bilan kaltakesaklarning ba’zi turlarida tuxumdagi tolali pardalar reduktsiyalanib ketadi va sut emizuvchilarning yo’ldoshiga o’xshash narsa hosil bo’ladi. Bunda tuxumdagi sariqlik kamayadi va embrion ko’p darajada ona organizmi hisoboga oziqlanadi. Bu hodisa haqiqiy tirik tug’ish deb ataladi. sudralib yuruvchilarning tuxumdan tirik tug’ishi iqlim sovuq sharoiti bilan yuzaga kelgan biologik jarayon hisoblanadi. Masalan: Tibet to’garakboshli kaltakesagi d.s. 200 m balandlikda tuxum qo’yib ko’paysa, d.s. 1000 m balandlikda tirik tug’adi.
Reptiliyalar sistematikasi
Sudralib yuruvchilar mezazoy erasining hukumron guruhlari hisoblanadi. Ularning 5000-5500 turi bo’lib, to’rtta turkumga birlashtiriladi: Hartum boshlilar, tangachalilar, toshbaqalar va timsohlar. Turlarining ko’pchiligini, ya’ni 5000 yaqinini tangachalilar, 250 turni toshbaqalar, 25 turni timsohlar, hartumboshlilar turkumidan esa faqat bitta tur, ya’ni gatteriya mavjud.
Quyida beriladigan jadvalda ko’proq keng tarqalgan turlarga e’tibor berilgan. Jumladan: tangachalilar, qisman kaltakesaklar, ilonlar kenja turkumi vakillari O’rta Osiyo sharoitida keng tarqalganligi uchun talabalarda ilmiy va amaliy qiziqish uyg’otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |