Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet38/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Ishning mazmuni:


Qora ilonlar oilasida (Viperidae) yaxshi rivojlangan zahar apparati mavjud. Oddiy qora ilon (Vipera berus) Rossiyaning Evropa qismida hamda Sibirda keng tarqalgan. Turli rangda bo‘lib orqasi qora yo‘lli kulrang yoki qora rangli. Ko‘lvor ilon (Vipera lebetina) O‘rta Osiyo va Kavkazda uzunligi ikki metr. O‘rta Osiyo janubida Afrika va Arabistonda qumcharx iloni (Ephis carinatus) uchraydi. Uzunligi 70 sm rangi qumsimon sariq, zaharli havfli.
Sudralib yuruvchilarning ba’zi birlari zaharlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan: echkemar tishlasa jarohati tuzalishi qiyin, zahar tishli kaltakesak tishlasa o‘limga olib boradi. Ilonlarning 250 ta turi ya’ni 10% odam uchun zaharli hisoblanadi. Haqiqiy zaharli ilonlarda zahar tishlari bo‘lib, bu tishlar ikkita tipga bo‘linadi.
1. Orqa novli zahar tishi: o‘q ilonlarda zahar tishlari yuqorigi jag‘ suyagining orqa uchiga o‘rnashgan, unda zahar tomchilari oqib tushadigan teshikcha bo‘ladi.
2. Old novli zahar tishi: Ba’zi ilonlarda (qora ilon, ko‘lbor ilon, ko‘zoynakli ilon, qalqontumshuq) zahar tishlari yuqorigi jag‘ suyagining oldingi uchida o‘rnashgan va juda katta bo‘ladi. Bu ilonlarning zahari har xil issiq qonli hayvonlarga har xil ta’sir ko‘rsatadi. Kobraning bir xil miqdordagi zahari 10 ta ilon, 25 ta itni, 60 ta oti va 3000 ta kaptarni o‘ldirishi mumkin. Zaharli ilon chaqqanda zaharning qon orqali tanaga tarqalib ketmasligi uchun birinchi yordam sifatida chaqqan joyni ikki tomonlama bog‘lash va og‘iz orqali so‘rib tashlash, agarda og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar kasallangan bo‘lmasa, hech qanday yara-chaqa bo‘lmagan holatlarda amalga oshiriladi. Ilon zahri odam organizmiga ikki xil ta’sir ko‘rsatadi:
1. Asab sistemasiga ta’sir etib harakat organlarini falajlaydi,
2. Qon orqali tarqalib barcha organlarning ish faoliyatini buzadi.
Qora ilonlar, viparalar — ilonlar oilasi. Tanasi nisbatan yoʻgʻon, uz. 2 m gacha. Boshi uchburchak yoki trapetsiyasimon. Koʻz qorachigʻi vertikal joylashgan. Jagʻlarining oldingi qismida zahar oʻtkazuvchi 1—2 tadan yirik naysimon tishi va 3—5 tadan mayda tishchalari boʻladi. Urg’ochisining bo’yi erkaginikiga nisbatan kattaroq bo’ladi. Urg’ochisining uzunligi 75-81 sm gacha, erkagining uzunligi 1 m dan ortiq. Boshining ustida mayda qalqonchalardan tashqari 3 ta katta qalqonchasi bor. Gavdasining rangi o’zgaruvchan bo’lsada, lekin asosan to’q kulrang, qoramtir yoki qoradir. Erkagi urg’ochisidan rangining nisbatan ochroq, naqshlarining esa to’qroq bo’lishi bilan farq qiladi. Zaxarli bezlar ko’z orqasida joylashadi Bezning funksiyalovchi qismi yuqoriga kichraygan uzunchoq uchburchak shaklida, u biriktiruvchi to’qimali kapsula bilan o’ralgan. Kapsulaga ichki, yuqori va past tomondan yirik mushak birikkan. O’giz ochilganda mushak qisqarib bezni siqadi, zahar egri-bugri naycha orqali burmali shilimshiq qavatga tushadi. Bu yerdan zahar tishning kanali orqali o’lja tanasiga o’tadi. Zaharli apparatning o’ziga hos tuzilishi tishga o’z o’qi atrofida 90º ga aylanishga imkon beradi. Og’iz yopiq bo’lganda zaharli tishlar gorizontal holatga o’tadi. Zaharli bez bir nechta qism: bezning orqa tomonini 2/3 qismini egallovchi asosiy qism, birlamchi kanal, ikkiga bo’lingan qo’shimcha bez va zaharli tishga olib boruvchi ikkilamchi kanaldan iborat bo’ladi. Bez murakkab alveolyar tuzilishga ega, ajralayotgan zahar bez markazidagi bo’shliqqa yig’iladi. Oddiy qorailon kemiruvchilarning tashlandiq ini, daraxt tomirlari orasidagi kovaklar va chuqurchalarda yashaydi. Oddiy qorailon kemiruvchilarning tashlandiq ini, daraxt tomirlari orasidagi kovaklar va chuqurchalarda yashaydi. 11 urugʻi, 60 turi Afrika va Yevrosiyoda tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida 3 turi: choʻl qora iloni, qum charx iloni, koʻlborilon uchraydi. Yerda yashaydi, ayrim turlari daraxtga oʻrmalab chiqa oladi. Mayda umurtqalilar bilan oziklanadi. Koʻpchiligi tuxumdan tirik tugʻadi. Barcha Qora ilonlar zaharli, yirik Qora ilonlar (mas, koʻlborilon)ning chaqishi odam hayoti uchun xavfli. Zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Soni kamayib bormoqda. Bir qancha turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Oddiy cho’l qorailoni MDHda, shu jumladan O ‘zbekistonda Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qirg'oqlarida yashaydi shuningdek. Chirchiqda, Tyanshan va Tvanshanda va Sirdaryoda sholipoyalar uchraydi. Kechasi ovga chiqadi. asosan sichqon, kalamush. bilan qushlar. kaltakesaklar, baliqlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Oddiy cho‘l qorailoni tuxumdan tirik tug'ib ko‘payadi, 3 tadan 17 tagacha tuxum qo’yadi.


Ular yer ostidagi uyasida to'p-to'p bolib qishlaydi. Cho’l qorailonlaming zahari birmuncha kuchsiz ta'sir qiladi. Chaqqan joyi qattiq og'riydi. Bu ilonning usti to'q kulrang bo'lib, qoramtir xollari bor ular nisbatan mayda. uzunligi 70-80 sm atrofida bo’ladi.


Ko'lvor ilonning uzunligi 120 sm dan 2 m gacha boradi. O'zbekistonda asosan Nurota, Zarafshon. Turkiston, Hisor va Ko'hitang toü'larida hamda tog' etaklarida uchraydi. Bu ilonning ustki tomoni kulrang va ko'kimtir bo'ladi.
Ko'lvor ilon ko'pincha kcchasi ovga chiqadi. Mayda qushlar. keminivchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Odamga duch kelganda harakatsiz yotadi. zahari juda xavfli. Odam va hayvonlami chaqqanda o’ldirishi mumkin.
Qum charxiloni Respublikamizning janubiy hududlarida cho'llarda va tog' etaklarida uchraydi. Uning uzunligi 80-90 sm keladi. Rangi sarg'imtir qum rangida bo'ladi. Charxilon bezovta qilinsa, bir joyda turib aylana boshlaydi va uning yon tangachalari bir-biriga ishqalanib, tegirmon toshining ishqalanishiga o'xshash ovoz chiqaradi. Shuning uchun ham unga charxilon deb nom berilgan. Charxilon ham faqat tunda ovga chiqadi. Yosh charxilonlar asosan chayon, chigirtka, ko'poyoqlar bilan oziqlansa, voyaga yetganlari kemiruvchilar, kaltakesaklar. baqa va zaharsiz ilonlar bilan oziqlanadi. Charxilon 3 ladan 15 tagacha tirik bola tug'adi. Charxilofi ham zaharli hisoblanadi. lekin uning zahari odamga unchalik kuchli ta'sir qilmaydi.
Oddiy qalqontumshuq ilon MDHda asosan Janubiy Sibirda, Uzoq Sharqda. Kavkazda. O'rta Osiyoda. shu jumladan O 'zbekisda, Toshkent va Samarqand vilojailarida, hamda Mirzacho‘l va Xorazm cho'llarida uchraydi. Uning uzunligi 60-70 sm atrofida Qalqontumshuq ilon chaqqan odamning badani shishib ketadi issig'i ko’tariladi. Kasal odam 10-15 kundan keyin túzaladi. Qalqontumshuq ¡Ion ham kuchli zaharli lekin odamni chaqa o’lmaydi. Afrikada yashaydigan mamba degan ilon o'ta zaharli hisoblanadi. Bir chaqishda 5 ta ho'kizni va 3 ta otni zaharlab o’ldirishi mumkin.


Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish