Jigar hazm bezi. Odam va hayvonlarda ovqatning hazm bo’lishi va so’rilishida qatnashadi, yog’ va uglevodlarni zaxiraga yig’adi. Xordali hayvonlar va odamda J. murakkab, xayot uchun muhim a’zo



Download 20,27 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi20,27 Kb.
#520618
Bog'liq
Jigar


Jigar
Jigar — hazm bezi. Odam va hayvonlarda ovqatning hazm bo’lishi va so’rilishida qatnashadi, yog’ va uglevodlarni zaxiraga yig’adi. Xordali hayvonlar va odamda J. — murakkab, xayot uchun muhim a’zo. Baliq va amfibiyalarda J. sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilardagiga nisbatan kattaroq; yirtqich hayvonlarda o’txo’r hayvonlarnikiga nisbatan katta. J. shakli hayvonning gavda tuzilishiga bog’liq.
Odamda J. — organizmdagi eng katta bez (vazni 1200—2200 g). Qorin bo’shlig’ida, diafragmaning tagida, o’ng qovurg’alar va qisman chap qovurg’alar ostida yotadi. Rangi qizg’ish-qo’ng’ir, kattaroq o’ng bo’lagi bilan kichikroq chap bo’lagi bor. O’rta qismining pastki yuzasidagi ko’ndalang chuqurcha J. darvozasi yoki qopqasi deb ataladi. Shu joydan J.ga arteriya, darvoza venasi, nervlar kiradi va J.ning o’t yo’li, jigar venasi chiqadi. Bu o’t yo’li o’t pufagidan chiqqan yo’lga qo’shilib, o’n ikki barmoq ichakka quyiladigan umumiy o’t yo’lini hosil qiladi.
J. organizmning markaziy biokimyoviy lab.si bo’lib, turli-tuman funksiyalarni bajaradi; J. bo’lmasa, odam, hayvon yashay olmaydi. J. bir sutkada 600—700 g o’t (safro) ishlab chiqarib, ovqat hazm bo’lishida va oziq moddalarning ichakdan qonga so’rilishida muhim rol o’ynaydi; oqsillar, yog’lar va uglevodlar almashinuvida qatnashadi; bundan tashqari, moddalar almashinuvida hosil bo’ladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni zararsizlantirib, himoya funksiyasini bajaradi. J.ning maxsus yulduzsimon hujayralari fagotsitozga va anti-telolar hosil qilishga qodir. J. qonni yig’ib tura oladi. J. embrional rivojlanishda qon elementlari va gemoglobin hosil qilishda ham ishtirok etadi. Organizmdagi jami qonning 1/5 qismi J. tomirlariga sig’ishi mumkin. Qondagi ortiqcha suv qisman J.da ajralib chiqib, o’t va limfa hosil bo’lishiga ketadi. J. o’tni uzluksiz ishlab, o’zining o’t yo’li orqali chiqaradi; o’n ikki barmoq ichakka o’t kirishi ovqatlanish vaqtida boshlanib, me’da ovqatdan bo’shamaguncha davom etadi. Boshqa vaqtda esa umumiy o’t yo’lining halqasimon muskuli (sfinkteri) qisqarib, shu yo’lning teshigini berkitib turadi. J.da hosil bo’ladigan o’t pufagiga kirgach, quyulib qorayadi, chunki undagi suv va qisman boshqa ba’zi moddalar o’t pufagi devoridan qonga o’tadi.
Hazm sistemasidan qonga o’tgan hamma moddalar J.ga kelib, qisman murakkab moddalar tuzilishiga sarf bo’ladi, qisman esa parchalanadi. Mac, qon bilan kelgan amino kislotalardan qon oqsillari (albuminlar, globulinlar va b.) hosil bo’ladi, bir qancha moddalar (fruktoza, galaktoza, laktoza, glitserin)dan J.da glyukoza sintezlanadi, bundan esa glikogen vujudga keladi. Glikogen J. hujayralarida zaxirada turadi va organizm ko’proq energiya sarflayotgan vaqtda glyukozaga aylanib, qonga o’tadi.
J. pigmentlar almashinuvida qatnashadi; unda gemoglobin yemiriladi va bilirubin hosil bo’lib, eriydigan holga keladi. J.da yog’simon moddalar (lipoidlar) ishlanib chiqadi va qon bilan boshqa a’zo, to’qimalarga borib, moddalar almashinuvida. qatnashadi. J.da xolesterin, protrombin va geparin ham sintezlanadi.
Qon bilan J.ga keladigan moddalardan ba’zilari organizmga zararli bo’lishi mumkin. Shu moddalarni zararsizlantirish, qisman esa o’t bilan chiqarib yuborish J.ning vazifasidir. Mac, qo’rg’oshin, mishyak va b. zaharli moddalar J.da ushlanib qoladi, so’ngra bezarar organik moddalar (ko’pincha oqsil moddalar) shaklida organizmdan chiqib ketadi. Organizmda oqsillar parchalanishidan hosil bo’ladigan ammiak, qisman siydik kislota ham J.da mochevinaga aylanib, organizmdan siydik bilan chiqib ketadi (mochevina esa kamroq zaharli va yaxshi eriydigan moddadir).
Organizmda zararli moddalar ko’plab paydo bo’lganda (maye, hazm a’zolarining surunkali kasalligida, alkogolizmda) J. funksiyalari buziladi, bu esa og’ir kasalliklarga olib keladi. J. kasalliklaridan o’tkir va surunkali yallig’lanish jarayonlari, shuningdek, parazitar kasalliklar uchraydi 
Jigar sirrozi - jigarning surunkali rivojlanib boradigan kasalligi; bunda jigar to’qimasi yallig’lanib, uning bir qismi biriktiruvchi to’qima bilan almashinadi. Jigarning o’tkir yallig’lanishi — gepatitda, uning B, C, D shakllarida, o’tkir gepatit surunkali gepatitga aylanayotganda, bezgak, sil, zaxm, brutsellyoz kabi yuqumli kasalliklarda, o’t pufagi va o’t yo’llarining surunkali yallig’lanishida, turli kimyoviy moddalardan muntazam zaharlanishda, shuningdek, alkogolizmda va boshqa sabablarga ko’ra paydo bo’ladi. Jigar sirrozi — sekin rivojlanadigan surunkali kasallik. Jigar sirrozi turlicha namoyon bo’ladi va u xastalikning qaysi shaklida kechishi hamda davriga bog’liq; tekshirganda jigarning qattiqlashgani va funksiyasining buzilganligiga qaramay, kishi uzoq vaqt hech qanday xastalik alomatini sezmay yurishi mumkin. Kasallik zo’rayganda bemor darmonsizlanadi, ozib ketadi, ishtahadan qoladi, kekiradi, ko’ngli ayniydi, ba’zan qusadi, ichi ketadi yoki qotadi, qorni dam bo’ladi, tana xarorati ko’tariladi, qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planishi natijasida u ko’tariladi (istisqo), burni qonaydi, badani qichishadi, ba’zan sarg’ayadi; kamqonlik avjiga chiqadi; jigari va ayniqsa talog’i kattalashadi va qattiqlashadi.
Davoni vrach tayinlaydi. Jigar sirrozi uzoq vaqt davolanadi, kasallik zo’rayganda bemorni darhol kasalxonaga yotqizish kerak. Parhezga qat’iy rioya qilishning ahamiyati katta. Bemorga, asosan, yengil hazm bo’ladigan, qand, oqsil va vitaminlar (ayniqsa, C vitamin va B gruppa)ga boy sutli va o’simlik ovqatlar beriladi. Tvorog (oson hazm bo’ladigan oqsillarga ega), yog’siz go’sht, baliq, shuningdek, ozgina sariyog’ bilan qaymoq yoki smetana iste’mol qilish mumkin; spirtli ichimliklar ichish qatiy taqiqlanadi. Jigar sirrozining avj olishiga yo’l qo’ymaydigan dorilar buyuriladi. Jigar sirrozini davolashda avvalo unga sabab bo’ladigan omillarni bartaraf etish muhim. Jigar sirroziga olib kelgan infeksiya aniqlansa, uni tugatish choralari ko’riladi. Jigar sirrozining oldini olish uchun mehnat va turmush sharoitini sog’lomlashtirish, alkogolizmga qarshi kurash olib borish kerak.[1]
Download 20,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish