Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet21/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Nerv sistemasi: Akulada sezgi organlari yaxshi rivojlanganligi tufayli bosh miya bo’limlari ham murakkablashgan. Oldingi miya yarim sharlari nerv moddasi bilan qoplangan. Akulada bosh miya nervlari 11 juft bo’ladi.
1. Hidlov nervi,
2. Ko’ruv nervi;
3. Ko’zni harakatlantiruvchi nerv;
4. G’altak nerv;
5. Uchlik nerv;
6. Uzoqlashtiruvchi nerv;
7. Yuz nervi;
8. Eshituv nervi;
9. Til - tamoq nervi;
10. Adashgan nerv;
11. Til osti nervi.
Tog’ayli baliqlarning bosh miyasi to’garak og’izlilar va suyakli baliqlar bosh miyasiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan bu birinchi navbatda tog’ayli baliqlarda oldingi miya yarimsharlari va miyachasining yirikligidan dalolat beradi. Akulaning bosh miyasi 5 bo’limdan iborat.
1) Oldingi miya yarimsharlari, oraliq miya, o’rta miya, miyacha va uzunchoq miyadan iborat.
Oldingi miya yarimsharlari birmuncha katta bo’lib,2 pallaga aniq ajralgan.
Yarim sharlarning oldingi bo’lagidagi hidlov bo’laklari juda katta, yaxshi rivojlangan. Oldingi miya keyingi uchi bilan oraliq miyagauning ustida uzun dastali miya usti bezi –epifiz birikadi. Oldingi miya yarimsharlari usti nerv moddasi bilan qoplangan, oraliq miyaning qopqog’iga esa uzun dastali miya usti bezi –epifiz birikadi. Oraliq miyada yaxshi rivojlangan ko’rish bo’limi bo’ladi. Uning orqa tomonida epifiz, qorin tomonida gipofiz joylashgan. Ko’rish nervlari kesishma(xosila) xosil qiladi. Oraliq miya birlamchi ko’rish markazi bo’lib xizmat qiladi.
O’rta miya ko’ruv bo’laklari deb ataladigan bir juft bo’rtma bilan qoplangan. O’rta miya yaxshi rivojlangan lekin ancha kichik.
Bosh miyaning 4- bo’limi –miyacha yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, oldingi tomondan tomondan o’rta miya keyingi qismi bilan uzunchoq miyaning ustida joylashgan bo’ladi. Miyacha harakatni boshqaruvchi markaz hisoblanadi. Uzunchoq miya bosh miyaning oxirgi qismi hisoblanadi va orqa miya bilan tutashadi. Uzunchoq miya va orqa miya vegetativ nerv sistemasining reflektor faoliyatini boshqaradi.
Sezgi organlari
Tog’ayli baliqlar sezgi organlari to’garak og’izlilarnikiga nisbatan yaxshi rivojlangan va murakkab tuzulgan. Hidlov organlari bir juft bo’lib, yopiq hidlov xaltalari bilan tugaydi. Tashqi burin teshiklari og’iz teshiklarining oldiga ochiladi. Akulalar hidni 400-500 metrdan sezadi. Ko’zlari yirik, shox pardasi zich yassilangan, ko’z gavhari yumoloq, sharsimon shaklga ega. Ko’z qovog’i yo’q. Ko’z atrofi terisimon parda hosil qilgan.bu aslida harakatsiz ko’z qovog’i hisoblanadi. Uzoqdan ko’rmaydi,10-15 metrdan ko’radi, rangni ajrata olmaydi.
Eshitish organi ichki quloqdan iborat ya’ni parda labirintda 3 ta yarim doira kanal mavjud. Tam bilish hujayralari baliqlarning og’iz bo’shlig’ida, halqumida va tana yuzasida joylashgan. Baliqlar hayotida yon chiziqlar ahamiyati katta, u suv oqimi va unda jismlar yaqinlashayotgani aniqlashda yordam beradi.


Skelet tuzilishi
Miya qutisining tepasi tog’aydan iborat bo’lib, u hali to’liq emas, chunki uning oldingi tomonida parda bilan qoplangan katta teshik bor. Birinchi umurtqaning miya qutisiga qo’shilib ketishi natijasida uning ensa bo’limi hosil bo’ladi. Rostrum miya qutisining oldingi tomonidan chiqadigan tayoqchasimon uchta tog’aydan iborat. Ayrim tog’ayli baliqlarda rostrum ancha kuchli tuzilgan bo’lib, uning yonboshida o’tkir tishchalar joylashgan (shakli o’zgargan plakoid tangachalar) bo’lib, dushmanidan saqlanishi va hujum qilish organi hisoblanadi.
Rostrum asosidagi yon tomonda miya qutisiga qo’shilib ketgan hidlov kapsulalari, uning pastki tomonida esa katta teshik joylashgan.
Miya qutisining qopqog’i tog’aydan iborat bo’lib, hali to’liq emas. Chunki uning oldingi tomonida oldingi fontanel bilan qoplangan katta joyi bor.
Miya qutisining yon bo’limida katta chuqurchalarda ko’z kosasi, uning orqasida esa eshitish kapsulasi joylashgan. Miya qutisining devorida teshikchalar bo’lib, undan bosh miya nervlari chiqadi.
Miya qutisining orqaroq qismida ensa bo’limi mavjud bo’lib, uning o’rtasidagi ensa teshigiga orqa miya kelib bosh miya bilan tutashadi. Ensa teshigining pastki tomonidagi o’simtaga birinchi umurtqa tanasi birikadi.
Vistseral skeleti
Vistseral skeleti hazm nayining oldingi qismini va nafas olish organini tutib turadigan va bo’g’imlarga bo’lingan bir qancha juft tog’ay yoylardan iborat.



24-rasm. Akulaning bosh skeleti:
1-hidlov kapsulasi; 2-rostrum (qizg’ich); 3-ko’z kosasi; 4-eshitish kapsulasi; 5-tang’lay – kvadrat tog’ayi; 6-mikkel tog’ayi; 7-lab tog’aylari; 8-giomandibulyar tog’ay; 9-gioid; 10-jabra yoylari; 11-jabra oralaridagi to’siqni tutib turuvchi qiltanoqlar; 12-kopula (toq tog’ay).

Bu yoylarning oldingi, birinchi va ikkinchilari o’zining shaklini o’zgartirib, reduktsiyaga uchragan (akulaning skelet preparatida doimo saqlanmaydi) va lab tog’aylari deb yuritiladi.


Uchinchi yoy-jag’ yoyi bo’lib, ikki juft tog’aydan-tanglay-kvadrat va mikkel tog’ayidan tashkil topgan. Tog’ayning birinchi jufti yuqorigi jag’, ikkinchisi pastki jag’ funktsiyasini bajaradi. Har bir juft tog’aylar oldidan bir-biriga birikib, unda qator tishlar joylashgan. Tanglay-kvadrat tog’ayining oxirgi uchi harakatchan tarzda mikkel tog’ayiga birikadi.
Jag’ yoyining to’rtinchisi-til osti yoyi hisoblanadi uning miya qutisiga yaqin bo’lagi giomandibulyar tog’ay hisoblanadi. Giomandibulyarning yuqori uchi miya qutisining eshitish bo’lagiga birikadi, pastki qismi esa til osti yoyining o’rta qismi bo’lgan gioidga bog’langan. Giomandibulyar tog’ay osma rolini bajaradi, jag’ yoyi esa uning yordami bilan miya qutisiga qo’shiladi.
O’ng va chap gioidlar halqum tubida bir-biri bilan birikadi. Kopula ikkala gioidni bog’laydi. Til osti yoyining ustki juft elementi boshqa bo’laklarga qaraganda juda kalta bo’lib, giomandibulyar tog’ay, uning ostidagisi gioid tog’ay va eng pastdagisi toq tog’ay deb atalib, jabra yoylarining tog’aylari kabi kapula deb ataladi.
Odatda beshta bo’ladigan jabra yoylari, to’rt juft tog’aydan va yoyning qorin tomonida joylashgan, uning o’ng va chap tomonini bir-biriga bog’lovchi bitta toq tog’aydan tashkil topgan. Jabra yoylarining orqa cheti bo’ylab, jabralararo devorlarning tayanchi bo’lgan tog’ay nurlar joylashgan.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish