Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet20/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Ayiruv organlari
Tog’ayli baliqlarda butun hayoti davomida ayiruv organlari vazifasini birlamchi buyraklar (mezonefroa) bajaradi. Buyraklar umurtqaning ikki yonida yassi uzunchoq qoramtir tanacha shaklida joylashgan (20-rasm). Tog’ayli baliqlarda buyrak ikki qismga ya’ni ingichka oldingi va keng orqa qismga bo’linadi. Buyraklarning oldingi qismi ayirish funktsiyasini bajarmaydi, balki urug’don ortig’i bo’lib hisoblanadi. Faqat orqa bo’limlari ayirish organi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Buyraklarning chiqarish yo’llari siydik-tanosil sinusga quyiladi. Siydik-tanosil sinusi, siydik-tanosil teshigi yordamida kloakaga ochiladi.
Urg’ochilarida buyrak jinsiy organlari bilan bog’lanmagan, volfov kanali faqat siydik yo’li vazifasini bajarib kloakaga ochiladi.
Ko’payish organlari
Tog’ayli baliqlarda ko’payish organlari, urg’ochilarida tuxumdon, erkaklarida esa urug’dondan iborat.



22-rasm. Urg’ochi va erkak akulaning siydik – tanosil sistemasi:
1-qizilo’ngach bo’lakchasi; 2-tuxum yo’lining gavda bo’shlig’idagi teshigi; 3-qobiq bezi; 4-tuxum yo’li; 5-tuxumdon; 6-buyrak; 7-buyrakning keyingi bo’lagi; 8-jinsiy-tanosil so’rg’ichi; 9-kloaka; 10-qorin teshigi; 11-qorin so’rg’ichi; 12-urug’don ortig’i va urug’ yo’li; 13-urug’don; 14-siydik yo’li; 15-urug’ pufagi; 16-urug’ qabul qiluvchi qism; 17-to’g’ri ichak; 18-kopulyativ organi.

Ko’pchilik vakillarida tuxumdon juft bo’lib, buyrakning pastki tomonida, tutqichlarga osilgan holatda bo’ladi. Yetilgan tuxum xujayralar juft tuxum yo’lining biridan gavda bo’shlig’iga ochiladi.Tuxum yo’li ikki qismdan iborat bo’lib, uning funktsiyasini Myuller kanali bajaradi. Tuxum yo’lining yuqorigi tor qismida urug’lanish sodir bo’ladi. Tuxum yo’lining ikkinchi qismi devorida bez hujayralari joylashgan bo’lib, undan ajralgan moddalar tuxumning tashqi tomonida qobiqni hosil qiladi. Tuxum yo’lining keyingi qismi kengaygan bo’lib-bachadon deyiladi, tirik tug’uvchi vakillarida embrion rivojlanadi. Bachadon esa kloakaga ochiladi.


Juft urug’don kanalchalar yordamida buyraklarning oldingi qismi bilan bog’langan. Bu kanalchalar buyrakning yuqori qismi orqali o’tib, volf kanaliga qo’shiladi, volf kanali erkaklarida ham ayiruv, ham jinsiy yo’l vazifasini bajaradi. Buyraklarning oldingi qismi ayiruv funktsiyasini bajarmaydi, balki, urug’don ortig’i bo’lib hisoblanadi. Urug’ yo’llarini pastki qismi kengayib, yupqa devorli urug’ xaltasini hosil qiladi. Volf kanalining har ikkalasi kloakaga ochiladigan jinsiy-ayirish sinusiga qo’yiladi.
Tog’ayli baliqlarining bosh miyasini to’garak og’izlilar va suyakli baliqlarga taqqoslaganda yaxshi rivojlangan, chunki tog’ayli baliqlarda oldingi miya va miyacha yirik bo’ladi. Oldingi miyaning hidlov bo’laklari kuchli rivojlangan. Nerv moddasi oldingi miyaning nafaqat ostki va yon tomonlarda, balki uning qopqog’ida ham bo’ladi.
Oldingi miya qisman ikkita bo’lakdan iborat bo’lib, boshlanishda yaxshi rivojlangan hidlov bo’lagi, oxirida esa yirik hidlov kamerasini hosil qiladi.
Oraliq miya nisbatan kichik bo’lib, ustki tomoni epitelial qopqoq bilan o’ralgan. Oraliq miya qopqog’iga (tepasiga) uzun dastali miya usti bezi-epifiz birikadi.
O’rta miya yaxshi rivojlangan bo’lib, ikkita yumaloq ko’ruv bo’laklari mavjud. Oldingi yarim sharlari nisbatan kichik bo’lsa ham, yaxshi ajralib turad



23-rasm. Akula bosh miyasining yuqoridan ko’rinishi:1-oldingi miya; 2-hidlov bo’laklari; 3-oraliq miya; 4-epifiz; 5-o’rta miya; 6-miyacha; 7-uzunchoq miya; 8-miya qorinchasi. Rim raqamlari bilan bosh miya nervlari ko’rsatilgan.

Miyacha yaxshi rivojlangan yaxlit ovol shaklida bo’lib, ko’ruv bo’laklari hamda uzunchoq miyaning asosiy qismini qoplab turadi. Miyachaning yuza qismida burmalar mavjudligi tufayli bir qancha chuqur jo’yaklarni hosil qiladi.
Uzunchoq miya uzunchoq bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri orqa miya bilan tutashib ketgan.
Orqa miya to’lig’icha umurtqa pog’onasining ichida joylashgan.
Akulaning bosh miyasida, miyaning ichki tomonidan simmetrik holda o’n juft nervlar chiqadi. Hidlov nerv (birinchi juft) hidlov bo’laklaridan chiqib, ikkinchi shoxchalari orqali hidlov xaltasi epiteliysiga tushadi.
Ko’ruv nervi (ikkinchi jufti) oraliq miyaning tagidan chiqib, umurtqalilar uchun harakterli bo’lgan kesishma (xiazmalar) ni hosil qiladi, shuning uchun o’ng nerv chap ko’zga, chap nerv esa o’ng ko’zga boradi.
Ko’zni harakatlantiruvchi nerv (uchinchi nerv) o’rta miyaning pastki yuzasidan ko’zga borib, ko’pgina ko’z muskullarini ishini boshqarib turadi.
g’altak nerv (to’rtinchi nerv) o’rta miyaning orqa qismidan chiqib, yuqoridagi nervga o’xshab ko’z kosasini va bitta ko’z muskulini nerv bilan ta’minlaydi. Qolgan bosh miya nervlari uzunchoq miyadan chiqadi.
Uchlik nerv (beshinchi juft) uzunchoq miyaning oldingi uchidan chiqib gangliylarni hosil qiladi, so’ng yana bir qancha nerv shoxlarini hosil qilib, ko’z soqqasi, rostrum va jag’ yoylarini nerv bilan ta’minlaydi.
Uzoqlashtiruvchi nerv(oltinchi nerv) uzunchoq miyaning qorin qismidan boshlanib, ko’z kosasiga borib, ko’zni uzoqlashtiruvchi muskullarni innervatsiyalaydi.
Yuz nervi (ettinchi juft) uzunchoq miyaning oldingi qismidan chiqib, ko’zga, og’iz bo’shlig’iga, til osti yoyiga nerv shoxlarini beradi.
Eshitish nervi (sakkizinchi juft) yuz nervi nomi bilan chiqib, to’g’ri ichki quloqqa boradi va shu yerda nerv shoxlarini hosil qiladi.
Til-tomoq nervi (to’qqizinchi juft) birinchi jabra yorig’iga, halqumga va tilga nerv tolalari beradi.
Adashgan (sayyor) nerv bosh miya nervlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Uzunchoq miyaning orqa qismidan chiqib eshitish kapsulasi yonidagi teshik orqali qolgan barcha jabra yoylarini, yurakni, yon chiziq organni va oshqozonni nerv bilan ta’minlaydi.
Orqa miya nervlarining orqa va qorin shoxlari boshqa umurtqali hayvonlarga o’xshab, har ikki tomonda juft bo’lib birlashib, umumiy aralash nervni hosil qiladi. Akulaning juft suzgichlari bo’lganligi tufayli yelka va bel-dumg’aza nerv chigalini hosil qiladi.

Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish