O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH
VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI
FARG’ONA KO’P TARMOQLI TEXNIKUMI
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi”
fanidan
MAVZULAR TO’PLAMI
O’qituvchi: M.M.Umarova
Farg’ona -2021
KIRISH
Hozirgi kunda jamiyatimizda keng qamrovli islohotlar jarayoni kechmoqda. Islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad, O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan huquqiy demokratik jamiyatni qaror toptirishdan iboratdir. Shu o’rinda buyuk nemis faylasufi Gegel’ning fikrini keltirib o’tish joizdir. “Yaxshi davlat o’zining ikki jihati bilan ajralib turadi, ularning birinchisi davlatning huquqiyligi bo’lsa, Ikkinchisi - yaxshi o’quv yurtlaridir”.
Mamlakatimiz ta’lim tizimi oldida:
-aholining bilim va savodxonlik darajasini oshirish;
-iqtisodiyot va jamiyatning ayni rivojlanish bosqichi uchun kerak bo’lgan, kasb va malakaga va hamda kuchi sifatining doimiy yaxshilanishga qodir bo’lgan xodimlar tayyorlash:
-ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish kabi muhim vazifalar turadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, kasb-hunar kollejlarida ta’lim sifatini tubdan yaxshilash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.
Iqtisodiyot har qanday jamiyat hayotining birlamchi asosi, unga xos murakkab jarayonlarni idrok etmay turib kishilar iqtisodiyotdagi o‘z o‘rnini topa olmaydilar. Iqtisodiyotning ichki sir-asrorlarini anglash ikki usulda yuz beradi. Biri amaliy kuzatuvlar orqali u yoki bu hodi- saning nimaligini anglash, ikkinchisi, iqtisodiy bilimlarga tayanib iqtisodiyotni tushunib yetish. Bu usul istiqbolli hisoblanadi, chunki bu iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish imkonini beradi. Masalan, kuzatuv asosida tusmollab biznes yuritgan tadbirkorning ishi uzoqqa bormaydi. Aksincha, ilmga tayanib ish yuritgan tadbirkor mustahkam mavqega ega bo‘ladi, chunki bu iqtisodga xos qonunlarni idrok etish va ulardan amalda foydalanishga asoslanadi.
Iqtisodiyotni o‘rganishda turli kategoriyalar (tushunchalar) qo‘lla- niladiki, bular iqtisodiy hodisalarning ilmiy ifodasi bo‘ladi. Masalan, mehnat taqsimoti uning ixtisoslashuvini, tovar mahsulotining sotilishini, narx tovarlar qancha turishini bildiradi. Ilmiy tushunchalar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi, umumiqtisodiy tushunchalar bo‘lib, ular har qanday iqtisodiy faoliyatga xos bo‘ladi. Masalan, resurs, mehnat, mahsulot, ehtiyoj, iste’mol kabi tushunchalar borki, bular har qanday iqtisodiy tuzumga xosdir. Ikkinchisi, ayrim iqtisodiy tuzumga mansub tushunchalar bo‘lib, ular boshqa yerda qo‘llanil- maydi. Masalan, tovar, pul, talab, taklif, foyda, rentabellik kabi tushunchalar bozor iqtisodiyotiga xos bo‘ladi, boshqa yerda bo‘lmaydi. Iqtisodiyot o‘rganilganda iqtisodiy qonunlar idrok etiladi. Iqtisodiy qonunlar bu iqtisodiyotda doimo yuz beradigan va doimo takrorlanib turadigan hodisalarning sabab va oqibatlarini bildiradi. Ular u yoki bu hodisa nima uchun yuz berishini, nimalarga olib kelishini bildiradi. Qonunlar ham ikki guruhga ajraladi:
Mavzu: Kirish. «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
Reja:
1.O‘zbekistonning eng yangi tarixi» o‘quv fanining predmeti.
2.O‘zbekistonning eng yangi tarixi» o‘quv fanini o’rganishning metodologik prinsiplari va manbalari.
3.Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |