Savol va topshiriqlar:
1.Markaziy Osiyo mintaqasiga qanday respublikalar kiradi?
2.Orol muammosini hal qilishda qa nday tadbirlar amalga oshirildi?
3.Markaziy Osiyo Iqtisodiy hamjamiyatini (MOIH)tashkil topishini tushuntirib bering?
4.MOIH da vlatlari o’rtasidagi aloqalar haqida nimalarni bilasiz?
5.MOH raisi etib kim saylaydi?
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi.
Reja:
1.O’zbekiston-AQSh aloqalari
2.O’zbekistonni Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi
Asosiy tayanch tushunchalar:
Xalqaro aloqalar,Eko,qo’shma korxona,OPIK,NATO,BMT,
XIX asrning saksoninchi yillarida dunyo mamlakatlarini ikkiga ajratib turgan Berlin devori qulab, undan keyin «sovuq urush» siyosati barham topganidan so‘ng, odamzod boshidagi urush xavfi go‘yo yo‘qolgandek tuyildi. Lekin voqealar rivoji bu ishonchning o‘tkinchi ekanini isbotladi. Boz ustiga, odamzodning tinch hayot va farovonligiga xavf soluvchi boshqa tahdidlar – terrorizm va zo‘ravonlik, diniy ekstremizm va fundamentalizm, qurol-yaroq va narkotik moddalar kontrabandasi yuzaga chiqdi.Qolaversa, XX asrning so‘nggi o‘n yilligida o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan mamlakatlar jahon siyosiy xaritasi, binobarin xavfsizlik tizimida katta o‘zgarishlar yasadi. Shunday bir sharoitda yer yuzidagi har bir davlat, ayniqsa, yangi mustaqil respublikalar uchun o‘z xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash bosh masalaga aylandi. Shu jumladan, O‘zbekiston bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa yirik xalqaro tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik ham, avvalo, mamlakatimizning xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. Negaki, bugungi kunda O‘zbekistonning taraqqiyoti uchun tinchlik va barqarorlik eng asosiy shart sanaladi.
O‘zbekiston Prezidentining Amerika Qo‘shma Shtatlariga safari, NATOning 50 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirdagi ishtiroki O‘zbekiston, qolaversa butun mintaqa xavfsizligi va barqarorligi haqida ayrim mulohazalarni aytishga undadi. Bilamizki, Afg‘onistonda kechayotgan urush, qo‘shni Tojikistondagi beqarorlik mintaqamiz, shu jumladan, O‘zbekistonning osoyishtaligiga ham har daqiqada xavf solib turardi. Bu xavf nimalarda ko‘rinadi? Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda Afg‘oniston narkotik moddalar «eksporti» bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Bu esa nafaqat bizning mintaqamiz, balki Yevropaga ham katta tashvish tug‘diryapti. Mazkur davlatlardagi beqarorlik sabab ayrim kuchlar diniy ekstremizm va fundamentalizm yo‘lidagi harakatlarga zo‘r berayaptiki, ayni hol O‘zbekiston uchun nechog‘li jiddiy ekanini 1999-yil 16-fevralda Toshkentda yuz bergan mudhish voqealar, undan keyingi 2001–2004-yillardagi terroristik harakatlar yana bir karra tasdiqladi. Qolaversa, ayrim mamlakatlarning shovinistik harakatlari ham mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyotiga xavf solayotgani sir emas. Shunday bir sharoitda O‘zbekiston o‘z xavfsizligini ta’minlash borasida dunyoning rivojlangan davlatlari, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan NATO bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekani tabiiy.Ma’lumki, O‘zbekiston NATO «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturining faol ishtirokchisi sanaladi. Dastur asosidagi o‘zaro muloqot esa harbiy-o‘quv mashqlari doirasida kengaymoqda. Lekin O‘zbekiston NATOga a’zo bo‘lmaydi. Buning ikkita sababi bor.Birinchidan, O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor tamoyillaridan biri hech qanday harbiy bloklarga a’zo bo‘lmaslikdir. Prezident Islom Karimov bu masalani yanada sodda qilib tushuntirib aytdiki, birorta o‘zbek askari o‘z mamlakatimiz chegaralari hududidan tashqariga borib, har xil mojarolarda ishtirok etmaydi.Ikkinchidan, O‘zbekistonning bugungi siyosiy-jug‘rofiy holati ham biror-bir harbiy blokka kirish amaliyotiga to‘g‘ri kelmaydi. Mabodo shunga amal qilinadigan bo‘lsa, mintaqadagi xavfsizlik muvozanatiga putur yetkazib qo‘yishi mumkin. Garchand mintaqamizdagi ayrim davlatlar o‘z sa’y-harakatlari bilan mintaqa xavfsizligiga rahna solayotgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston rahbariyati bularga qarshi harakat qilmasligini ochiq-oydin ma’lum qilgan. Aksincha, bizning maqsadimiz mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni, farovon hayotga erishishni ta’minlashdir. O‘zbekiston – NATO munosabatlarining asl mohiyati ham shu – davlatimizning xavfsizligi va tinchligini ta’minlash, qolaversa, mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlashdan iborat.Bugungi kunda dunyodagi 19 mamlakat NATOning to‘laqonli a’zosi sanaladi, qirqqa yaqin davlat ushbu alyans bilan hamkorlik qiladi. Mazkur Shimoliy alyans bilan, NATOga a’zo hamda unga sherik davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston uchun juda muhim. Islom Karimov Yevroatlantika hamkorlik kengashining yalpi majlisida so‘zga chiqib, O‘rta Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun zarur bo‘lgan quyidagi omillarga alohida to‘xtalib o‘tdi:– yigirma yildan beri o‘sha davr nuqtayi nazaridan davom etib kelayotgan va mintaqa xavfsizligiga katta tahdid solayotgan afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish. Shu o‘rinda bir fikrni aytish joizdir. Agar Yevropaning biror-bir nuqtasida kichkinagina janjal chiqsa-yu, uch-to‘rt kishi qurbon bo‘lsa, masala darrov jahonshumul ahamiyat kasb etadi. Holbuki, Afg‘onistonda kuniga yuzlab odamlar urush tufayli halok bo‘layotgani jahon ahlida unchalik ham katta tashvish tug‘dirmayotgani ajablanarli. Fikrimizcha, buning sababi jahon xavfsizlik tizimida muvozanat yo‘qligidir. O‘zbekistonning, qolaversa, boshqa davlatlarning ham NATO bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilayotgani ayni shu muvozanatni ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz; – yadro quroliga ega davlatlar sonining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Negaki, keyingi vaqtda Janubiy Osiyoda o‘tkazilgan yadro sinovlari kishini tashvishga soladi;
– mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Aytish mumkinki, bugun aynan diniy ekstremizm va fundamentalizm yer yuzidagi ko‘plab urushlar, mojarolarga havo berib turibdi;
– terrorizm va zo‘ravonlik, qurol-yarog‘ hamda narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi hamkorlikda kurashni kuchaytirish zarur. Ayni shu masalalarda O‘zbekiston NATOning va unga sherik boshqa davlatlarning ko‘magiga ehtiyoj sezadi.
Islom Karimovning «Eksimbank» prezidenti J.Hermon bilan muloqoti, shuningdek, Kapitoliyda O‘rta Osiyo hamda Kavkaz davlatlari rahbarlari bilan birga AQSH senatorlari bilan uchrashuvi ham tashrifning muhim voqealaridan bo‘ldi. Shu o‘rinda AQSH senatorlari bilan bo‘lgan uchrashuv haqida biroz to‘xtalib o‘tsak. Senator Sem Braunbek uchrashuvni ochar ekan, ayni vaqtda AQSH senati «Buyuk Ipak yo‘li – XXI asr» nomli qonun qabul qilishga chog‘lanayotganini ma’lum qildi. AQSHning Buyuk Ipak yo‘liga qiziqayotgani xayrli, albatta.1999-yilning 18-19-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘ldi. Anjumanda asosiy muhokama qilingan masala Yevropada Xavfsizlik Xartiyasi bo‘ldi. Xartiya nafaqat tashkilotga a’zo bo‘lgan 54 mamlakatning, balki butun dunyoning kelgusi asrdagi xavfsizligini ta’minlash borasidagi muhim hujjatdir. Ushbu anjumanda birinchi bo‘lib O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga so‘z berildi. O‘zbekiston rahbari mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ko‘targan muammolar, ilgari surgan g‘oyalar naqadar real ekanligini vaqt yaqqol ko‘rsatib berdi.Prezident Islom Karimov xalqaro terrorizm va mintaqaviy mojarolar xususida gapirar ekan, «Bugungi kunda xalqaro maydonda «sovuq urush» ko‘rinishlari o‘rnini bir-biri bilan birlashib tobora keng ko‘lamli va hujumkor mohiyat kasb etayotgan ashaddiy milliy davlatchilik va separatizm, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm kabi illatlar egallayotganini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q», dedi. Darhaqiqat, bundan sakkiz-o‘n yil muqaddam O‘zbekiston rahbari turli-tuman xalqaro tashkilotlar, BMT, YXHT va boshqa nufuzli idoralarning oliy minbarlaridan turib mazkur muammoni jiddiy tarzda ko‘targan edi.O‘zbekiston davlatining strategik qarashlari – bu avval boshdanoq mintaqaviy mojarolarning oldini olish, qo‘shni mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazmaslik, turli mamlakatlarda yashayotgan turli millatga mansub xalqlarning bir maromdagi turmushiga tahdid qilmaslik siyosatidir. Ayni ana shu siyosat vaqt o‘tgani sari rivojlanib, takomillashib, tobora kamolotga yetib boryapti va uning tom ma’nodagi haqiqat ekanligini keyingi yillar voqealari aniq va ravshan ko‘rsatib berdi.Istanbul sammitida so‘zlagan nutqida Prezident Islom Karimov «Bugungi kunda biz radikal kayfiyatdagi markazlarning diniy ekstremizm va terrorizmni tarqatishga qaratilgan uzoqni ko‘zlovchi rejalariga, mintaqa davlatlarini o‘zlari tanlagan demokratik, huquqiy va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan qaytarishga urinishi hollariga duch kelmoqdamiz. Buni – Tojikistondagi voqealar, yaqinda Toshkentda yuz bergan portlashlar, bosqinchilar guruhlarining mustaqil Qirg‘iziston janubiga surbetlarcha bostirib kirishi hamda barchaga ma’lum boshqa faktlar isbotlab turibdi.Bunday rejaning amalga oshirilishi uchun Afg‘oniston asosiy maydon vazifasini o‘tamoqda. 20 yildan buyon fuqarolar urushi davom etayotgan bu mamlakat turli toifadagi xalqaro terroristlar va aqidaparastlar boshpana topib, tayyorgarlik ko‘rayotgan sinov lageriga, asosan narkotik moddalar yetishtirish va sotishdan olingan daromad hisobiga kun ko‘radigan mamlakatga aylanib qoldi», degan muammoni ko‘tardi.O‘zbekiston hukumati pozitsiyasi, voqea-hodisalarga yondashish usuli va siyosiy taktikasi xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi birgalikda kurashishga da’vat etishida, jumladan, Afg‘oniston va Tojikiston mojarolari, ularga homiylik qilayotgan kuchlar faoliyatiga baho berishda, ularni aniqlashda yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Istanbul sammitida Xavfsizlik Xartiyasi loyihasi muhokama qilinar ekan, O‘zbekiston rahbari bu loyihani yanada to‘ldirish, yangi bandlar va g‘oyalar bilan boyitish taklifini kiritdi. Ya’ni, «YXHT mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllantirishda yanada faolroq bo‘lishi lozim. Bu o‘rinda YXHT mas’uliyati ostidagi mintaqalarda barqarorlik va tinchlikni izdan chiqarishga qodir bo‘lgan tashqi tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish masalasiga alohida e’tibor berish zarur», dedi. Ushbu taklifning o‘zida YXHTning xalqaro tashkilot sifatidagi nufuzini oshirish, uning bevosita mojarolar chigallashib borgan joydagi ta’sirini kuchaytirish va shunchaki kuzatuvchilik holatidan jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini boshqarishga, mamlakatlararo va mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashni yo‘lga soladigan, uning muvozanatini saqlab turadigan tashkilotga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Bu davlat rahbaridan alohida iroda, siyosiy qudrat, ichki madaniyatni talab qiladigan voqelikdir. Dunyoning eng qudratli davlatlari rahbarlari ishtirok etayotgan xalqaro anjumanda barchaning diqqatiga sazovor bo‘ladigan aniq va konkret taklif aytish yo‘li bilan o‘zining va davlatining salohiyatini ko‘rsata bilish qobiliyatidir.O‘zbekiston rahbari ilgari surgan ikkinchi taklif YXHT va uning tuzilmalari tomonidan inson hayotini tobora yaxshilash masalalariga berilayotgan e’tibor bo‘ldi.
Savol va topshiriqlar
1.O’zbekistonning Yevropa davlatlari bilan hamkorligi haqida gapirib bering ?
2.Siz yashayotgan hududda chet el sarmoyadodlari shtrokida qanday qo’shma korxonalar tuzilgan ?
Do'stlaringiz bilan baham: |