Asosiy tayanch tushunchalar:
Ijtimoiy himoya,kam ta’minlangan oila,moddiy yordam,”Kinderdof”bolalar mahallasi,
maishiy xizmat,millatlararo totuvlik,”Millatlar saroyi”,Mafkura, g‘oya, milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naiyat, qadriyat, milliy o‘zlikni anglash, mafkuraviy immunitet, milliy qadriyat.
Ma'naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma'naviy boyliklar — siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me'yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san'at asarlari majmuyidir. Ma'naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo'l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojiari tufayli yuzaga keladi va o'sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o'zgarishi bilan yo'qolib ket-maydi, keyingi avlodlar uchun ma'naviy meros bo'lib qoladi. Har bir avlod ma'naviyatni yangidan yaratmaydi, mavjud ma'naviy merosga tayanadi, biroq uni qanday bo'lsa shun-dayligicha, ko'r-ko'rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtayi nazaridan qabul qiladi va rivoj-lantiradi.
1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug'bek tavalludi-ning 600 yillik yubileyi tantana-
lari bo'lib o'tdi.Ulug'bek madrasasi, Ulug'bek yashagan davrdagi astronomik asbob
lar, Tosh-kentdagi Ulug'bek haykali aks ettirilgan pochta mar-kalari muomalaga chiqa
rildi. Shu yil 24- oktabrda Parijda YUNESKOning majlislar zalida ,,Ulug'bek va Te-
muriylar davri" mavzusida Xalqaro konferensiya hamda ,,Ulug'bek va an'anaviy san'
at" ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug'bek qoldirgan ilmiy merosning umum-insoniy qadriyatga aylanishiga ko'maklashdi.
1998- yil 23- oktabrda Farg'ona shahrida buyuk alloma Ahmad al-Farg'oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg'ona shahrida Al-Farg'oniy nomi bilan bog' yaratildi va buyuk allomaga haykal o'rnatildi.
O'zbek xalqi va O'zbek davlatchiligi tarixini, tari-ximizning boshqa sahifa-larini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezi-dent I. A. Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 19/^8- yil iyun oyida bo'l-in suhbatida, Vazirlar lahkamasining 1998-yil 27- iyulda qabul qilingan /,,0'zbekiston Respub-' likasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi qarorida belgilab berildi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o'rganish masalalari partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlaridan, hukmron kommunistik mafkuraga xizmatkor bo'lishdan xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko'rsatilgan yoki so'z ochilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o'quv adabi-yotlari yaratildi.
Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyorimiz yirik davlat arboblari bilan mashhur. Bobomiz Amir Temur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat darajasiga ko'targan. Sobiq Ittifoq davrida ko'hna tariximizning ana shu qir-ralari berkitilgan bo'lsa, mustaqillik davrida o'zining asl bahosini oldi. Milliy davlatchiligimiz tajribasi, Amir Temur tuzuklari, Forobiy, Alisher Navoiylarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik huquqiy davlat qurilishida katta madad berdi. Prezident Farmoni bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e'lon qilindi. Shu yili mashhur davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda va jahon miqyosida Amir Temur yili sifatidakeng nishonlandi. UNESCO qarori bilan 1996- yil aprelda Pari-jda mashhur davlat arbobi Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlangan bir haftalik xalqaro tantanalar bo'lib o'tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal o'rnatildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi. Amir Temurning shaxsi butun ma'rifiy insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi.
Amir Temur yubileyi munosabati bilan Samarqand va Shahrisabzda o'nlab tarixiy obidalar ta'mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshootlar qurildi, bog'lar yaratildi. Samarqand va Shah-risabz shaharlari markazida ko'rkam Amir Temur maydoni barpo etildi va ulug'vor haykal o'rnatildi. Bu shaharlarga ,,Amir Temur" ordeni topshirildi.
1997- yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguber-di tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi. 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi 2003-yilda Shaxrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
Vatanimiz ozodligi yo'lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Choipon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o'z joyiga qo'yildi, asarlari nashr etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining Bo'zsuv kanali bo'yida qatag'on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida ,,Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi2000-yil 12-may kuni bo'lib o'tdi. Mazkur majmua qoshida ,,Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi qurilib, 2002-yil 27-avgust kuni foydalanishga topshirildi.
,,Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyining mustam-lakachilik davrining ayanchli sahifalari aks ettirilgan lav-halar bilan tanishib, ,,quloqlashtirish" oqibatida 60 ming-dan ziyod hamyurtimiz Ukraina, Shimoliy Kavkaz va olis Sibirga surgun qilinganini, XX asr boshidan 40- yil-larigacha 450 ming vatandoshimizga nisbatan ,jinoiy ish" ochilganini, ,,paxta ishi" davrida esa 25 ming kishi hibsga olinib, 4,5 mingi javobgarlikka tortilganini bilib olish mumkin.
,,Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasi, ,,Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyining tarixiy, siyosiy ahamiyati shun-daki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xal-qimiz qanday ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqil-lik tufayli yurtimizda adolat, shahid ketganlarning xotirasi tik-langanligi to'g'risida tarixiy xotira, saboq bo'lib xizmat qiladi.
1999- yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida ,,Xotira maydoni" majmuasi barpo etildi va shu yili 9- May kuni uning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Respublika ,,Nuroniy" jamg'armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo'lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 34 jildlik ,,Xotira" kitobi tayyor-landi va nashr etildi. Har yili 9 May kuni ,,Xotira va qadrlash kuni" sifatida nishonlanmoqda.
1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi,2004-yilda Qarshi (Naxshab)
shahrining 2700 yilligi, 2007- yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg'ilon shahrining 2000 yilligi nishonlandi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bu tad-
birlar xalqimizning o'zligini anglashiga, tarixiy xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda.
Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag'ishlab barpo etilgan yo-dgorlik majmualari jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g'ururni ko'tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyalarini shakllantirishga ko'maklashmoqda.
Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya'ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg'ona va hokazo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar tarzida shakllanadi. So'ngra ularning eng yaxshilari asrlar davomida saralanib umummilliy qadriyatlar darajasiga ko'tariladi. Turli mamlakatlarga xos eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu boisdan ham har bir inson uchun o'z milliy qadriyatlarini, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham qarzdir.
1994- yil 23- apreldagi Prezident farmoni asosida tashkil etilgan Respublika ,,Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi o'zbek xalqining ma'naviy-madaniy merosini tiklash, millat ke-lajagini belgilaydigan g'oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste'dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo'naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar, anjuanlar, ko'rgazmalar tashkil etishni yo'lga qo'ydi. Markaz to-monidan aholi orasida o'tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, so'rovlar asosida ishlab chiqilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish bo'yicha tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy-axborot vositalarining ma'naviy-tarbiyaviy faoliyati saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi. 1996- yil 9- sentabrda qabul qilingan ,,Ma'-naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi ishini yanada tako-millashtirish to'g'risida" gi Prezident farmoni jamiyat ma'navi-yatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
1996- yil yanvarda Respublika ,,Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi huzurida ,,Oltin meros" xalqaro xayriya jam-g'armasi tuzildi. 1996-yil 27-sentabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining ,,Oltin meros" xayriya jamg'armasini qo'llab-quwatlash to'g'risida" gi qaroriga binoan mazkur jamg'arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlandi.
,,Oltin meros" xayriya jamg'armasi ,,Xalq merosi durdona-lari" ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo'lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san'at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko'rik tanlovlar o'tkazish bilan shug'ullanmoqda. 1996—2002- yillarda ,,Oltin meros" jamg'armasi sa'y-harakatlari natijasida buyuk allomalarimiz yaratgan ko'plab madaniy-ma'naviy meros namunalari mamlakatimiz-dan va xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xal-qknizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini /o'rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma'no-mohi-yatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo'shmoqda.
Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqil-lik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug' nomi o'z o'rniga qo'yildi.
1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari boiib o'tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog'liq bo'lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag'ishlangan qator risolalar chop etildi.
1998-yil 23-oktabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo'yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog'ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning 4 jildlik ,,A1-Jomi' as-Sahih" kitobining ko'p ming nusxadagi nashri o'zbek kitobxonlariga taqdim etildi.
2000-yil 16—17-noyabr kunlari Marg'ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg'inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag'ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ocliildi. Burhoniddin al-Marg'inoniyning islom huquqiga bag'ishlangan ,,Hidoya" kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Abduholiq G'ijduvoniyning 900 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahrori Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko'lamda nishonlandi.
O'zbekiston Prezidentining 1992- yil 27- martdagi farmoni bilan Ro'za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e'lon qilindi. Respublika musulmonlarini istak va xohishlariga ko'ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo'lib qoldi. O'zbekiston Prezidentining 1990-yil 2-iyundagi ,,Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to'g'risi-da"gi farmoniga binoan O'zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo'ldilar. Mustaqillik yillarida 32 ming o'zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo'ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. ,,Islom nuri" gazetasi chiqmoqda. Qur'oni Karim sakkiz marta 1 mln nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va udumlarining, qadriyatlarining tikla-nishi, ajdodlar ruhining qayta uyg'onishidir. Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotinig muhim sharti va kafolatidir.Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’na-viy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay,xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustah-kamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’naviyat, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, insonni ruhiy poklanish va yuksa-lishiga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqo-dini mustahkamlaydigan, vijdonini uyqotadigan qudratli botiniy kuchdir. Shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O‘zbekiston taraqqiyotining ustivor yo‘nalishi deb belgilandi. Qaramlik davridan, eski sovetlar tuzumidan bizga og‘ir ma’naviy-ma’rifiy meros qolgan edi. Mustamlakachilik davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantiril-di, ko‘plab masjid-madrasalar, eski maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Ajdodlarimiz etishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yuqotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlar-ning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilar edi. Noinsoniy g‘oya hukmron bo‘lgan eski tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish, ruslashtirish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarni shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi.Mustaqilik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zulumlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochildi.Mod-diy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy islohotlar - qullik va mute lik iskanjasidan ozod bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobalarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish - bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda». Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilishning, milliy va aqloqiy qadriyat hamda an’analarning, muqaddas dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu boisdan yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi, dastlabki darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi. Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Milliy madaniyati-mizga, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahoviddin Naqshband, Xo‘ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‘plab ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mamlakat bo‘yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag‘ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Vatnimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari chop etildi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiyla-shtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira maydoni» majmuasi barpo etildi. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy e’tiqod qayta tiklandi. Ramozon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro‘z qayta tiklandi, bu kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevostita hukumat homiyli gida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi jamiyatning ma’naviy- ma’rifiy ravnaqi yo‘lida xizmat qilmoqda. Respublikada 15 diniy konfessiya ro‘yxatga olingan va rasman faoliyat ko‘rstamoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O‘zbekistonda yashovchi 130 millat va elat vakillari o‘zlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian ibodatxonalari, sinagoglar va boshqa diniy mar-kazlar ta’mirlandi va yangi qurildi. 10 ta diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda, Toshkent Islom Universiteti ochildi. Qayta tiklanish o‘n yilligi deb aytish mumkin bo‘lgan davrda O‘zbekiston xududida xalqning ulug‘vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta’mirlandi. Hozirgi vaqtda Respublikamizda 88 muzey, 40 teatr, 1370 kinoteatr, 6000 dan ortiq kutubxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbek zalqining ming yillar davomida shakllangan insonparvar urf-odatlari va an’analari, madaniy qadriyatlari ehtiyotlab asralmoqda va boytilmoqda. Maqomchilar, to‘y-marosim qo‘shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarning o‘nlab ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi. Pianinochi va skripkachilarning simfonik va kamera musiqalari, zamonaviy estrada guruhlarining festival va tanlovlar bo‘lib o‘tmoqda. Yurtboshimiz tashabbusi bilan milliy istiqlol g‘oyasi, uning maqsadi va vazifalari ishlab chiqildi va xalqimizga singdirilmoqda. Jamiyat mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga, millati va e’tiqodidan qat’iy nazar barcha fuqarolarni birlashtirishga, bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga ko‘maklashmoqda. Istiqlol yillarida maorif, fan, madaniyat, sog‘likni saqlash sohalarini rivojlantirish borasida katta tadbirlar amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |