Tayanch so’z va iboralar: Barkamol avlod, Vatan, fanining predmeti, metodologik prinsiplari, Oliy Kengash, Qonun, Ma’naviy hayot, Tarix
XXI asr bo’sag’asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea qadimiy O’zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo’ldi. 1991 yil 31 avgust kuni bo’lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida o’zbek xalqining xohish-irodasi bilan O’zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va suveren davlatni- O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi va Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi» Qonun bilan mustahkamlandi. O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og’ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi mustaqillik xalqimizga nixoyatda qimmatga tushganidan, bu yo’lda katta qurbonlar berilganligidan guvoxlik beradi. Endilikda xalqimizning o’z taqdiri o’z qo’lida, o’z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo’lida astoydil mehnat qilmoqda. Ma’naviy hayotda uyg’onish yuz berdi, odamlarimizning tafakkuri va hayotga munosabati o’zgardi. Aholi ongida demokratik qadriyatlar shakllanib, uning faolligi oshib bormoqda.
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o’zining uzoq va betakror tarixiga ega bo’lganidek, O’zbekistonning, o’zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq Turon, Turkiston deb e’tirof etilgan Ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga ko’ra Xitoy, Xindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda mashhurdir.
O’zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. O’zbekiston xududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo’lib, qariyib 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko’tarilgani jahonga ma’lum.
Vatanimiz tarixi o’zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo’shganligidan guvohlik beradi. Al-Xorazmiy, Farobiy, al-Farg’oniy, ibn Sino, Beruniy, al-Buxoriy, Yassaviy, Amir Temur, Alisher Navoiy kabi allomalarimiz bilan nafaqat o’zbeklar, butun er yuzi xalqlari faxrlanmoqda. Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva va Shaxrisabz kabi ko’hna shaharlar bugungi kunda jahon miqiyosida ziyoratgohga aylangan. Muqaddas erimiz orqali o’tgan Buyuk ipak yo’li Osiyo va Evropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga bog’lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan.Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixi, xalqimiz o’tmishini «O’zbekiston tarixi» fani o’rganadi.
Tarix - arabcha so’z bo’lib, «tadqiq etish», «tekshirish, voqealar haqida aniq hiko-
ya qilish» ma’nolarini anglatadi.Tarix insonlar haqidagi, ularning uzoq o’tmishidan
izgacha etib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.O’zbekiston tarixi ajdodlarimiz-
ning yashash uchun kurash, uzluksiz mehnat tufayli takomillashib borish va hozirgi odamlar darajasiga ko’tarilish jarayonini, dini, yozuvi, ilm-fani, adabiyot va san’atni yoritadi.Tarixiy voqealarni o’rganishda to’g’ri ilmiy-nazariy metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta.Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga - eksplutator va ekspluatasiya qiluvchilar, mulkdorlar va yo’qsillar tarixiga bo’lindi.Din, diniy qadri
yatlar qoralandi, buyuk olimlar,yozuvchilar ikkiga:materialistlar va idealistlarga bo’lin
di.Dinga e’tiqod qilganlar - idealistlar deb ataldi, ularning ijodiy faoliyatini o’rganish chegaralandi, yosh avlodga ularni xurofat, eskilik sarqitlari deb o’rgatildi.Tarix fani totalitar tuzum tashviqotchisiga, himoyachisiga, kommunistik mafkura xizmatkoriga aylantirilgan edi.Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, xodisalarni to’g’ri yoritishga va o’rga-
nish uchun bir qator nazariy-metodologik tamoyillarga tayanmoq zarur.Dealektik usul ana shunday tamoyillardan biridir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dealek-
tak jarayondir. Dialektika olam yagona, unda sodir bo’ladigan xodisalar, voqealar umumiy va o’zaro bog’lanishda, uzluksiz harakatda ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi deb ta’lim beradi. Dialektika uzoq tarixga ega, uni bilish nazariyasi sifatida shakllanis-
hi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel,Xorazmiy,Farobiy,Beruniy, ibn Sino, Spinoza, Gegel, Gersen va boshqalarning xizmati yuksakdir. Ular moddiy va ma’naviy dunyo
ni uzviy bog’liq jarayon shaklida, ya’ni ularni uzluksiz harakat qilib, o’zgarib, taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotning ichki bog’lanishda olib o’rganish qoidalarini yaratdilar.
Dealektik metodologiya har qanday mamlakat tarixni, shu jumladan,O’zbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog’liq holda o’rganishni taqozo etadi.Negaki, har bir xalq tarixida milliylik, o’ziga xos betakrorlik xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog’lanishdadir.Tarixni o’rganishda tari-xiylik prinsipi muhim ahamiyatga ega.Tarixiylik qoidasi voqea,hodisalarni o’z davri-ning aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqazo etadi. Har bir voqea,hodisani boshqa voqealar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea hodi-salarning umumiy tarixiy jarayonidagi o’rnini to’g’ri aniqlash mumkin bo’ladi.Tarixiy-lik tamoyili xalqning o’tmishini yagona tabiiy-tarixiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamoni tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali o’tmishini yaxshi bilmog’i lozim.O’tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to’g’ri tasavvur etamiz.Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqi-chida xususiy mulkchilik kelib chiqadi, keyin urug’chilik jamoalari turli ijtimoiy taba-qalarga bo’linadi.Har bir ijtimoiy tabaqa o’z manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladi-gan bo’lib qoldi.Ijtimoiy yondashuv tamoyili tarixiy jarayonlarni aholi barcha tabaqa-larining manfaatlarini hisobga olgan holda o’rganishni taqozo etadi.Mamlakatimiz tarixini o’rganishda Vatan manfaati, milliy qadriyatlar, xalq an’analari va urf-odatlari, din, islom dinining tarixini, ularning asoschilari faoliyatini taxlil qilish nuqtai nazarida yondoshmoq kerak.Tarixni o’rganishda metodologik tamoyillar bilan bir qatorda farqlarni taqqoslash, mantiqiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sosiologik, tadqiqot-lar o’tkazishdan ham foydalanish zarur.Vatanimiz tarixini o’rganishda uni to’g’ri davrlashtirishning ahamiyati kattadir. Sovetlar xukmdorligi davrida Vatanimiz tarixini marksistik formasion g’oyaga bo’ysintirilgan holda davrlashtirildi. Barcha xalqlarni tarixi besh davrga:ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sosializm va kom-munizmga bo’lindi.XX asr oxiriga kelib butun dunyoda sinfiylik qadriyatlaridan mil-liy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi e’tirof etildi.O’zbekistonning, o’zbek xalqining boy, betakror tarixi bo’lib, uning o’ziga xos tarixiy taraqqiyot davrlari bor. Uni quyidagi davrlarga bo’lish mumkin.1.Ibtidoiy jamiyat. 2.Qadimgi davr. 3.O’rta asrlar davri,4.Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri,5.Sovetlar istibdodi davri.6.Mil-liy istiqlol davri Bu davrlarning har biri o’ziga xos, kichik davrlarga bo’linadiki, uni mazkur o’quv qo’llanmaning mundarijasidan ko’rish mumkin.Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti yo’q bo’lib ketmaydi, ulardan tarixiy manbalar guvoh bo’lib qoladi. Tarixiy manbalar ikkiga: moddiy va yozma manbalarga bo’linadi.Qadimgi odamlar-dan mehnat qurollari, tanga pullar, qurol-yaroqlar, uy-joylar, shaharlar, rasmlar mod-diy tarixiy manba hisoblanadi.Qadimgi davrlardayoq odamlar o’z fikrlarini yozma bayon etish uchun yozuv belgilari ixtiro qilganlar. Xalqlarning hayoti, yuz bergan voqealar, podshox va hokimlarning qonunlari va farmonlari yozma manba deyiladi.Ajdodlarimizning m.a. VIII-VII asrlardagi hayotini o’rganishda «Avesto» kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Mazkur nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining shakllanish jarayonlari o’z ifodasini topgan.Vatanimiz tarixiga doir ma’lumotlar Yunon va Rim, chunonchi Gerodod, Arrian, Strabon va boshqalarning asarlaridan, shuningdek xitoy, fors, arab, turkiy manbalarda ham bor.O’zbek xalqining o’rta asrlardagi hayotini o’rganishda Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Amir Temurning «Temur tuzuklari» kabi nodir kitoblar muhum tarixiy manba bo’lib xizmat qiladi.O’zbekiston FAning Sharqshunoslik instituti, Sharq qo’lyozmalar fondi dunyodagi eng yirik qo’lyozmalar xazinalaridan biri xisoblanadi. Bu erda 40 mingdan ziyod qo’lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosma kitoblar va 10 mingdan ortiq sharq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud.O’zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi. Prezident Islom Karimov ta’qidlaganidek, yurtimiz tarixi «Har bir fuqaroni, jumladan yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko’z qorachig’iday avaylab-asrashga,yurak-yurakdan iftixor qilishga o’rgatadi. O’zimizning boy o’tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg’ularini uyg’otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekani anglashga undaydi».Insonda tarixiy xotira o’z vatani tarixini, o’z xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Yaqin o’tmishda mustamlakachilar ko’pgina xalqlarni, jumladan o’zbek xalqini o’z tarixidan judo qilish, ularni o’z o’tmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, uning bir necha ming yillik boy tarixi soxtalashtirildi.Mustaqillik sharofati tufayli Vatanimiz tarixi o’z o’rnini topdi, barcha o’quv maskanlarida talabalarga Vatan tarixini o’qitish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz barkamol kishi bo’lmaganidek, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi», «Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q», «O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bo’lish - xayotdan judo bo’lish demakdir» degan metodologik ahamiyatga molik so’zlari dastur amal bo’lib xizmat qilmoqda.O’z o’tmishini, ajdodlarini tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli bo’ladi, unda har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. O’tmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab etgan inson hozirgi zamonni tushunadi, kelajakni to’g’ri tasavvur etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |