Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 351 Kb.
bet9/23
Sana07.01.2022
Hajmi351 Kb.
#329528
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
MARUZA MATIN OZBEKISTON

Nazorat savollari:

1. O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat, deganda nimani tushunasiz?

2. Siyosiy sohada qanday vazifalar ilgari surildi?

3. Iqtisodiy sohada-chi?



4. Ijtimoiy va ma'naviy sohadagi vazifalarni bilasizmi?

5. Besh tamoyil nima?

6. Vazirlar Mahkamasi qachon tuzildi?


Mavzu:O‘zbekistonda milliy davlat boshqaruvi tizimi shakllanishi.

Reja:


  1. Huquqiy demokratik davlat – O‘zbekistonning bosh maqsadi.

  2. Parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari..

3. Vazirlar Mahkamasi.
Tayanch so’z va iboralar:

Demokratik davlatning asosiy belgilari, Oliy majlis, Oliy Kengash, parlament, Huquqiy demokratik davlat, Vazirlar Mahkamasi



Mustaqillik yillarida O'zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishga yo'naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o'tkazildi. Siyosiy hayotni tubdan o'zgartirish ishlarining ko'lamini anglash uchun sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday siyosiy meros qolganini yana bir karra eslash zarur bo'ladi.

O'zbekiston keyingi 130 yil davomida siyosiy qaramlik, mustamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Xalqimiz o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan mahrum etilgan, o'z taraqqiyot yo'lini o'zi belgilay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlakatimiz, xalqning xohish irodasiga qarshi o'laroq, sobiq Ittifoqning ma'muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi. Xalq o'z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi. Respublika rahbari, hukumat a'zolari, vazirlik va idoralar boshliqlari, hatto viloyat rahbarlari ham markaz tomonidan tayinlanardi, unga to'la bo'ysundirilgan edi. Oddiy ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy ma-salalar ham markazning ruxsatisiz hal etilmas, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar, quvg'in qilinar edi.

Sobiq Ittifoq poydevori ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan, o'ta mafkuralashgan, xalqni yuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum bo'lib qolgan edi.

Mustaqillik xalqimizga o'z taqdirini o'z qo'liga olish, o'z taraqqiyot yo'lini o'zi belgilash, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat barpo etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat boshlig'ini, hokimiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yo'l bilan erkin saylab qo'yilishini ta'minladi.

Mustaqillik yaratgan imkoniyatlar sharofati bilan mamlaka-timizda inson manfaatlari, tinchligi va farovonligiga xizmat qiluvchi erkin, ochiq ijtimoiy-siyosiy tuzim barpo etishni ta'minlovchi chuqur, keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda.



Prezident Islom Karimov ,,O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li" asarida yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini quyidagicha ta'rifiaydi: ,,Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo'yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo'ladi".O'zbekistonda oliy davlat vakillik organi — parlamentni shakllantirishda xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanildi.

,,Parlament" fransuzcha ,,parler" — gapirmoq so'zidan kelib chiqqan bo'lib, rasmiy so'zlashish joyi ma'nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament qonun bo'yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo'lib, hududiy saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to'lgan fuqarolardan saylanadi.

Parlament tarixi asrlar bilan o'lchanadi. Parlamentarizm g'oyasi milodning birinchi ming yillik bo'sag'asida Rimda, Angliya, Fransiya, Ispaniyada xalq majlislari shaklida vujudga kelib, davlat hokimiyati darajasiga ko'tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o'tgan. Parlament Angliyada 1215-yilda qabul qilingan ,,Erkinlikning Buyuk Xartiyasi" dan boshla-nadi va 1265- yilda davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida ta'sis etiladi. XVII—XVIII asrlarda boshqa mamlakatlarda ham parlament vujudga keladi. Parlament xorijiy mamlakatlarda turlicha nom bilan yuritiladi. Masalan: AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Buyuk Britaniyada Parlament, Finlyandiya va Polshada Seym, Germaniyada Bundestag, O'zbekis­tonda Oliy Majlis va hokazo.

O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingan paytda 1990- yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — Oliy Kengash faoliyat ko'rsatmoqda edi. O'zbekiston demokratik islohotlarni bos-qichma-bosqich amalga oshirish yo'lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990—1994- yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko'rsatdi.

Mustaqil O'zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq Ittifoq tuzumidan meros bo'lib qolgan qonunlar doirasida boshlandi. Shu boisdan Oliy Kengash O'zbekistonning mustaqilligini hu­quqiy jihatdan mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo'lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor O'zbekiston Prezidentini sayladi, Mustaqillik Deklaratsiyasini, O'zbekistonning davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi Konstitutsiyaviy qonunni va boshqa muhim hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990—1994- yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun va 500 dan ziyod qaror qabul qildi.

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida demokratik tamoyillarga asoslangan yangi parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Uning 76- moddasida: ,,O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", — deb belgilab qo'yilgan. Konstitutsiyaga muvofiq O'zbekiston Res-publikasida bir palatali parlament — Oliy Majlisni shakllan­tirishga kirishildi.1993 yil 28- dekabrda bo'lib o'tgan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida ,,Ozbekiston Respubukasi Oliy Majlisiga saylovlar to'g'risida",1994- yil 22- sentabrda bo'lib o'tgan XVI sessiyada ,,O'zbe-kiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida" qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo'yiladi. Negaki, birinchidan, sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me'yoriy hujjatlar hamon amalda bo'lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas edi, qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi.Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta'sirdan xoli, xalqning o'ziga xos tarixiy, axloqiy-ma'naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqi-yotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo'lidan borish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo'ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi.

Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqa­ruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo'lishi belgilanadi. O'zbekistonda davlat ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda 1992- yil 8- dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo'ldi. Konstitutsiyaning 89-moddasiga muvofiq „O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi".

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi Prezi-dent tomonidan tuziladi va Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a'zolari tarkibiga Rais, Bosh vazir, uning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari, vazirlar, davlat qo'mitalari raislari va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi.

Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasining hukumati bo'lib, ijro etish hokimiyatini amalga oshiradi.

Davlat byudjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta'minlaydi;

Oliy Majlisga davlat byudjetining bajarilishi haqida hisobotberadi; yagona moliya, kredit va pul siyosati yuritilishini ta'minlaydi; madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta'minot, ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosati yuritilishini ta'minlaydi; mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'­minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi;

O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi;

barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi maj-buriy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Islohotlar jarayonida Vazirlar Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib, qisqartirib borildi. Agar 1990- yil 30- martda Respublika ijroiya hokimiyati 41 kishidan iborat etib tuzilgan bo'lsa, 1995- yil 5- mayda Vazirlar Mahkamasi 35 kishidan iborat etib tuzildi. 2000- yil 11- fevralda bo'lgan Ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Prezident tavsiyasiga ko'ra Vazirlar Mahkamasi tarkibini 34 kishidan — Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o'rinbosari, 8 nafar Bosh vazir o'rinbosarlari, 15 nafar vazir va 9 nafar Davlat qo'mita-lari raislaridan iborat etib tasdiqladi.


Download 351 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish