Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 351 Kb.
bet10/23
Sana07.01.2022
Hajmi351 Kb.
#329528
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
MARUZA MATIN OZBEKISTON

Nazorat savollari:

1.O'zbekistonga sobiq sovet mustabid tuzumidan qanday siyosiy meros qolgan edi?

2.Mustaqillik siyosiy jihatdan qanday imkoniyatlar yaratdi?

3.Parlament nima? Oliy Majlis-chi?

4.O'zbekiston parlamentini shakliantirish bo'yicha qanday huquqiy asoslar yaratildi?

5.O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolatiga qanday vazifalar kiradi?

Mavzu: O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi va amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.

Reja:

  1. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslari

  2. Demokratik saylov tizimining asoslari.

  3. Saylov komissiyalari.

Tayanch so’z va iboralar:

Mahalla,O’zini - o’zi boshqarish organlari, Demokratiya, Saylov

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O’zbekiston da demokratiya boshqa umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’rainson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo’yildi.

Konstitutsiyada qonunlashtirib qo’yilganidek, O’zbekiston da barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qafiy nazar, qonun oldida tengdirlar.

O’zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi.

Konstitutsiyaning 7-bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari quyidagicha ta'riflab berilgan:



  • yashash huquqi;

  • erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;

  • aybsizlik prezumpsiyasi;

  • shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxlsizligi huquqi;

  • bir joydan ikkinchi joyga ko’chish huquqi;

  • fikrlash, so’z va e'tiqod erkinligi;

  • fuqarolarning o’z huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi;

  • vijdon erkinligi.

Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo’ladi, hamda o’zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Inson hayoti qonun bilan qo’riqlanadigan muqaddas qadriyatdir.

Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ,,Fuqarolik kodeksi" (1995-yil 21-dekabr), ,,Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida" (1994-yil 6-may), ,,Fuqarolar muhofazasi to’g’risida" (2000- yil 26-may), ,,Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida" (1998-yil 1- may kuni yangi tahrirda qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarning siyosiy huquqlari mustahkamlangan. Ular quyidagilardan iborat:


  • davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish;

  • o’z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, namoyishlar va yig’ilishlar shaklida amalga oshirish;

  • kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish;

  • vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish.

Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, ,,Jamoat tashkilotlari to’g’risida", ,,Ommaviy axborot vositalari to’g’risida", ,,Siyosiy partiyalar to’g’risida" va boshqa qonunlar bilan himoya qilinadi.

Fuqarolarning burchlari:

Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish;


  • Vatanni himoya qilish;

  • harbiy yoki muqobil xizmatni o’tash.

  • boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish;

  • O’zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy meros obyektlarini avaylab-asrash;

  • qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lash;

  • tabiat va atrof-muhitni saqlash, tabiiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish.

Inson huquqlari bo’yicha vakil o’z faoliyatida huquqni himoya qiluvchi organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida munosabatlarni yaxshilashga ko’maklashadi.

Inson huquqlari bo’yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997-yil 26-aprelda qabul qilingan ,,Inson huquqlari bo’yicha vakil (ombudsman) to’g’risida" gi Qonun bilan belgilab berildi. Vakil faoliyatining asosiy yo’nalishlari:



  • inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish;

  • shikoyatlarni ko’rib chiqish bo’yicha aniq mexanizmni yaratish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko’rish;

  • vakilning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagihamkorligini mustahkamlash;

  • vakilning inson huquqlari masalalari bo’yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish.

O’zbekiston Respublikasining ,,Siyosiy partiyalar to’g’risida"gi (1996- yil 25- dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi.

Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:

• o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish, o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish;


  • qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, mahalliy vakillik hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;

  • partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;

  • O’zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish;

  • O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan huquqlarga ham ega.


Download 351 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish