Mavzu: O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon jamiyati tomonidan tan olinishi
Reja:
1.Xalqaro vaziyatning o’zgarishi
2.Xavfsizlikka tahdidning kuchayishi
3.O’zbekistonning geosiyosiy o’rni
4. O’zbekistonning tashqi siyosatining asosiy tamoyillari
Asosiy tayanch tushunchalar:
BMT Bosh Assambleyasi, Yevropa Xavsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, ”Yevropa ittifoqi”, NATO tashkiloti.
Mavzu bayoni :
Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo'l-gan — SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o'zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda „sovuq urush" siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi.XX asrning 90- yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo'lgan ulkan imperiya — SSSR parokanda bo'ldi, sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSR ning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O'zbekiston davlati bunyod etildi. „Sovuq urush" siyosati barha'm topdi.Xajqaro vaziyatda tub o'zgarishlar dunyo tinchligiga tah did soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlarsaqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo'lmoqda:
• Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o'sdi. Mamlakatlar o'rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg'or texnologiya, erkin sarmoyalarni to'plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yasha-yotgan mamlakatlar mavjud.
• Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o'rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam o'zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur boidilar.
• Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o'rtasida „haqiqiy" va „soxta" dindorlik belgilari bo'yicha qaramaqarshilik chiqarishga,millatlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o'rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinmoq-dalar. Xalqaro terroristlarning O'zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda.
• „Sovuq urush" siyosatiga chek qo'yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo'lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg'in qurolining ko'p miqdorda saqlanayotganligi,yadro quroliga ega bo'lgan davlatlar sonining ko'payib borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo'lib qolmoqda.
• Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog'lom ekologik vaziyat, jumladan Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi.
• Tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sottisi insoniyatni tashvishlantirmoqda.
Bularning barchasi dunyo hali ham ilgarigidek mo'rt bo'lib turganligidan dalolat beradi. Bizni qurshab turgan olam g'oyat murakkab va muammoli bo'lib kelgan, hozir ham shunday bo'lib qolmoqda.
Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog'liq bo'lib .qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo'lib qoldi. Hatto ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi.
Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining g'oyat darajada o'sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo'lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish obyektiv zaruriyat bo'lib qoldi.Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi ham boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bolinmasdir. Shu boisdan barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog'langan, o'zaro alo-qadadir.
O'zbekiston xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish nuqtayi nazaridan va o'z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay jug'rofiy-strategik imkoniyatlarga ega.
• Qadim zamonlarda Sharq bilan G'arbni bog'lab turgan Buyuk ipak yo'li O'zbekiston hududi orqali o'tgan. Bu yerda savdo yo'llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madani-yatlar tutashib bir-birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Osiyoni bog'laydigan yo'llar Markaziy Osiyodan, uning o'rtasida joylashgan O'zbekistondan o'tmoqda.
• Markaziy Osiyoda jug'rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o'rin tutgan O'zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta'minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega. Mintaqa doirasida manfaatli munosabatlar o'rnatish imkoniyati O'zbekiston orqali ochiladi.
• O'zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan.
• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo'shnilaridan ma'lum darajada ustun turadi.
• Tabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik mada-niyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o'zini ta'minlashga qodir.
• O'zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoq-lariga ega, o'zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta'minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.
• Yurtimizning jahonga mashhur boy ma'naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o'rin egallab, dunyoning ma'naviy va siyosiy jarayonlariga ta'sir o'tkazish salohiyatiga ega.
Jug'rofiy-siyosiy jihatdan O'zbekistonga qiyinchiliklar tug'-diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan:
• O'zbekiston o'zining jug'rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo'lga qo'yilmagan mintaqada joylashgan. O'zbekiston Fors ko'rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida joylashgan. Shu boisdan bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko'pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o'zaro to'qnashmoqda.
Savol va topshiriqlar:
1.Xalqaro vaziyatda qanday o'zgarishlar sodir bo'ldi, umumiy,
mintaqaviy va milliy xavfsizlik deganda nimalarni tushunasiz?
2.Xavfsizlikka qanday omillar tahdid solmoqda?
3.O'zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulay imkoniyatlari nima-
lardan iborat?
4.Qanday geosiyosiy jihatlar O'zbekistonga qiyinchiliklar tug'dir-
moqda?
5.Mustaqil tashqi siyosat yuritish borasida qanday huquqiy zaminlar
yaratildi?
Do'stlaringiz bilan baham: |