Mavzu: O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon jamiyati tomonidan tan olinishi
Reja:
1.MHDning tashkil topishi
2.MDHning faoliyati
3.O’zbekistoning MDH va Boltiqbo’yi davlatlari bilan aloqalari
Asosiy tayanch tushunchalar:
MDH ,Boltiqbo’yi davlatlari, Kavkazorti Respublikalari,
1991- yil 19—22- avgust voqealaridan birin-ketin o'zlarini mustaqil davlat deb e'lon qildilar.Sobiq Ittifoq chuqur siyosiy inqirozga uchradi va parchalana boshladi.1991-yil 8-dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi — Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari—B. Yelsin, L.Kravchuk, S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo'ldi. O'sha kuni Belo-vejskaya Pushchada uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH)ni tuzish to'g'risida Shartnoma imzo-ladilar. Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valuta va moliya-bank sistemasi bo'ladi, fan, ta'lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjat-da SSSRning mavjudligi va uning Konstitutsiyasi to'xtatiladi, deb e'lon qilindi.Ukraina, Belorus, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922-yil 30-dekabrdagi SSSRni tuzish to'g'risidagi shartnomani bekor qildilar. Mazkur respublikalarning SSSR Oliy Sovetidagi deputatlari chaqirib olindi.SSSR Prezidenti bo'lmish M.S.Gorbachyovning Ittifoqni yangi shaklda saqlab qolish yo'lidagi urinishlari barbod bo'ldi. Mamlakatda uni quwatlovchi birorta siyosiy kuch topilmadi.Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turk-maniston prezidentlari 1991- yilning 13- dekabrida Ashgabatda uchrashdilar va Minskda imzolangan MDH haqidagi shartnoma munosabati bilan vujudga kelgan ahvolni muhokama qildilar. Uchrashuvda Bayonot qabul qilindi.Bayonotda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi huquqiy asosda, sobiq SSSRdagi barcha respublikalar tomonidan ixtiyoriy va teng asoslarda tuzilishi lozim, ularning barchasi MDIIni tuzuvchilar bo'lib qolishi kerak, deb ta'kidlanadi. Bayonotda MDH etnik prinsip asosida yoki insonlar huquqini buzish asosida qurilmasligi kerak, deyilgan edi. Besh davlat boshliqlari MDHga uni ta'sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildiradilar.1991- yil 21- dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Krav-chuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog'iston (N.Nazarbayev), O'zbekiston (I.Karimov), Qirg'izistori (A.Akayev), Tojikiston (R.Nabiyev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Muta-libov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldova (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo'ldi. O'sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskaya Pushcha shartnomasi yuzasidan proto-kolni imzolab, „Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar" maqomida MDH muassisi bo'ldilar. Kengashda Almati Dek-laratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi:
• hamdo'stlik qatnashchilarining o'zaro aloqalari ular o'rta-sidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda. bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlash-tiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi;
• MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas;
• xalqaro strategik barqarorlikni va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning birlashgan qo'mon-donligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi;
• MDH ochiqdir, uning barcha a'zolari roziligi bilan sobiq Ittifoqning a'zolari va boshqa davlatlar ham unga qo'shilishi mumkin;
• umumiy iqtisodiy makonni, Umumyevropa va Yevropa-Osiyo bozorlarini vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi;
• MDHning tuzilishi bilan Ittifoqning mavjudligi to'xta-tiladi;
• hamdo'stlik qatnashchilari o'z Konstitutsiyalaridagi tartib-qoidalarga binoan sobiq Ittifoqning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarini bajarilishiga kafolat beradilar;
• MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og'ishmay rioya etish majburiyatini oladilar.
MDH kengashlarini tayyorlash bo'yicha ishchi guruhini tuzish to'g'risida protokol imzolandi. Shu tariqa tashkil topdi.1992- yil 9- fevralda davlatlari boshliqlarining kengashi bo'lib, unda ekologiya va tevarak-atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi o'zaro aloqalar haqida bitim, bir-birlarining hududlaridan yuklarni soliq va yig'imlarsiz o'tkazish haqida bitim, gidrometeorologiya sohasidagi o'zaro aloqalar haqida bitim, temiryo'l transportida yo'lovchilar va yuk tashishning yangi yagona tariflari haqida ahdnoma imzolandi.1992-yil 20-martda Kiyevda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi bo'ldi. Unda sobiq Ittifoqning mulki haqida, davlat arxivi, qarzlari, davlat banki va boshqa masalalar muhokama qilindi. Kiyerv uchrashuvida davlatlarning chegara-larini va hamdo'stlikning dengiz iqtisodiy zonalarini qo'riqlash haqida bitim imzolandi.1992-yil 15-may kuni Toshkentda MDH mamlakatlari rahbarlarining navbatdagi Kengashi bo'lib o'tdi. Unda hamdo'stlik doirasida moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik, havo bo'shlig'idan foydalanish, kosmik dasturlarni bajarish, yagona budjetni shakllantirish, chegara qo'shinlarini pul bilan ta'minlash tartibi, kollektiv xavfsizlik, yagona axborot makoni va boshqa masalalar muhokama qilindi. Toshkent kengashida kollektiv xavfsizlik, tinchlikni saqlash, kollektiv kuchlarning maqomi haqida bitim, moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik haqida bitim havo bo'shlig'idan foydalanish haqida bitim, kosmrk dasturlarni bajarishga pul ajratish to'g'risida bitim, chegara qo'shinlarini pul bilan ta'minlash to'g'risida bitim, qurolli kuchlarni qisqartirish to'g'risida bitim va boshqa hujjatlar imzolandi.1993- yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo'ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHni huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. Kengashda davlatlararo bank va iqtisodiy hamkorlik maslahat kengashini tuzish, Afg'oniston bilan Tojikiston o'rtasidagi chegarani mustahkamlash uchun MDHning tinchlik o'rnatuvchi harbiy bo'linmalarini yuborish masalalari muhokama qilindi va tegishli hujjatlar qabul qilindi. Minskda imzolangan hujjatlar iqtisodiy ahvolni barqarorlashtirishga, tinchlikni mustahkam-lashga, tanglik jarayonlarini bartaraf qilishga qaratildi.1993- yil 14- mayda Moskvada bo'lib o'tgan hamdo'stlik davlatlari boshliqlarining uchrashuvida MDHning muvofiq-lashtirish-maslahat qo'mitasini hamda ijroiya kotibiyatini tuzish-ga qaror qilindi.1993- yil 24- sentabrda Moskvada MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo'ldi. Unda muhim masala—MDH doirasida Iqtisodiy ittifoq barpo etish masalasi muhokama etildi va Iqtisodiy ittifoqni tuzish haqidagi shartnoma imzolandi. Bu shartnoma hamdo'stlik faoliyatining muhim natijalaridan biri bo'ldi. Kengashda MDH a'zolari bo'lgan davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi to'g'risidagi Nizom, MDH birlashgan qurolli kuchlari bosh qo'mondonligini qayta tuzish, Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro majburiyatlar haqidagi bayo-notnoma, Tojikistonda tuziladigan Birlashgan mudofaa kuchlari to'g'risidagi Nizom, Davlatlararo Yevroosiyo ko'mir va metall birlashmasini tuzish haqida bitim imzolandi. MDH davlatlari o'rtasida yagona valuta—rubl zonasini saqlashga kelishildi. Ammo rubl zonasini saqlab qolish haqidagi ahdnoma barbod bo'ldi. Har bir davlat o'zining milliy valutasini joriy etdi.1993- yil 24- dekabrda Ashg’abatda MDH davlatlari boshliqlarining Kengashi bo'ldi. Unda Gruziya rahbari Eduard Shevarnadze qatnashdi va Gruziya MDHga a'zo etib qabul qilindi. 1993-yil 24-sentabrda imzolangan Iqtisodiy ittifoq shartnomasini parlamentlarda tasdiqlanishini kutib o'tirmay, uni kuchga kiritish haqida bitim, Xavfsizlikni mustahkamlash maq-sadida harbiy hamkorlikni muvofiqlashtirish bo'yicha shtab tuzish haqida bitim imzolandi. Tojikistonning Afg'oniston bilan chegarasida vaziyatni barqarorlashtirish bo'yicha qo'shimcha tadbirlar kelishib olindi. Sarmoya sarflash faoliyati sohasida ham-korlik haqida, Dori-darmon va boshqa meditsina mahsulotlari bilan ta'minlash to'g'risida, Davlatlararo „Mir" telekompa-niyasining faoliyatini ta'minlash haqida bitimlar imzolandi.
Savol va topshiriqlar:
MDH qachon tashkil topdi, unga qaysi respublikalar a'zo bo'lib
kirdi?
MDH muassislari tomonidan qabul qilingan Almati Deklaratsi-
yasida nimalar haqida bayonot berildi?
MDH faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
MDH davlatlari boshliqlarining Toshkentda bo'lgan kengashi
qachon bo'ldi, qanday hujjatlar imzolandi?
Qanday omillar MDHda hamjihatlikni mustahkamladi?
MDH faoliyatidagi salbiy va ijobiy tomonlar nimalarda o'z ifodasini
topdi?
O'zbekiston va Rossiya o'rtasida davlatlararo munosabatlarning
o'rnatilishi haqida so'zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |