1-laboratoriya
Mavzu: Topografik kartada berilgan maydon yuzalarni hisoblash.
Ishdan maqsad:
talabalarga
analitik
va grafik usulda yuzalarni aniqlashni
o`rgatish.
Ish tartibi:
topografik kartada berilgan yuzalarni analitik
va
grafik
usulda
aniqlashni o`rganish
Yuzalar har xil usullar va uslublar bilan aniqlaniladi. Bir nechta usul va
uslublarni ko`rib o`tamiz:
Analitik uslub
- joyda o`lchangan chiziqlar uzunligi (d) va o`lchanilgan
burchaklarning (β) natijalari yoki shakllar uchlarining koordinatalari bo`yicha
yuzalar aniqlanadi.
Grafik
- yer bo`laklarni yuzasi planda o`lchangan chiziqlar va burchaklar
qiymatlari yoki nuqtalarning koordinatalari orqali aniqlanadi.
Mexanik
uslub
- plandagi shakllarni yuzasi maxsus asboblar (planimetrlar) va
moslamalar (paletkalar, ) yordamida aniqlanadi. Ko`pincha
bu usullar birgalikda
qo`llanadi.
Masalan:
yuzalarni hisoblashda bir qismi chiziqli qiymatlarni plandan
o`lchab, bir qismini esa joydagi o`lchashlar natijalaridan olinadi, yoki yerdan
foydalanuvchining teodolit poligoni bo`yicha chegaralangan
asosiy yuzasini
analitik usulda aniqlab, poligonning tashqarisidagi va poligon chizig`i bilan yerdan
foydalanuvchi chegaralari orasidagi yer maydonlari esa grafik , mexanik usulda
aniqlanadi.
Analitik
usul
eng aniq, lekin dala o`lchashlarini bajarishda katta mablag` talab
qiladigan usul hisoblanadi, chunki, yuza hisoblash
aniqligiga faqat joyda
o`lchashlarni bajarishda yo`l qo`yiladigan xatolar ta'sir qiladi va shuning uchun
uning aniqligi planning aniqligiga bog`liq bo`lmaydi.Bu usul yerdan foydalanuvchi
yer maydonlarini,
dalalar yuzalarini, ular chegaralari bo`yicha teodolit yo`l va
poligonlari o`tkazilgan holda qo`llanadi.
Grafik
usulni aniqligi analitik usulga nisbatan pastrok, chunki joyda
o`lchashlardagi xatolaridan tashqari yuza hisoblash aniqligiga planlarni tuzishdagi
va konturlar yuzalarini planda aniqlashdagi xatolar ham ta'sir qiladi. Bu usul siniq
chiziqli chegaralaridan iborat bo`lgan yer bo`laklarini aniqlashda qo`llaniladi.
Shunda, qancha yer maydonning yuzasi kichik bo`lsa,
shuncha katta nisbiy xato
bilan uning yuzasi aniqlanadi, yuzasi katta yer bo`laklari uchun esa, masalan, bu
usulda yuzani hisoblash aniqligi analitik usuldagi aniqlikka yaqinlashadi.
Aniqligi past, lekin eng ko`p qo`llaniladigan usul mexanik usul hisoblanadi, chunki
bu usul bilan tez muddatda ko`rinishi ixtiyoriy bo`lgan har qanday shakllarni
yuzasi aniqlash mumkin.
Bu usulni mohiyati shundaki, kartada tasvirlangan yer
maydonlari oddiy geometrik shakllarga: ko`pincha uchburchaklar va trapetsiya
yoki to`g`ri burchaklarga bo`linadi. Qanchalik uchastkani chegarasi ko`p
burchaklardan iborat bo`lsa, shunchalik bu usulni samaradorligi pasayadi. Shuning
uchun burchaklarni soni ko`p bo`lgan uchastkalarning yuzasini bu usulda hisoblash
maqsadga muvofiq emas.Yer maydonining uchburchaklarga bo`linishini eng
yaxshi varianti shu hisoblanadi, agarda uchburchaklarning tomonlari teng bo`lsa.
Agar shakllar yuzasini hisoblash uchun qo`llaniladigan
balandliklar va
asoslar joyda o`lchangan chiziqlar, masalan, teodolit poligonining tomonlarini
ifodalansa, unda yuza hisoblash aniqligini oshirish
uchun ushbu chiziqlar
uzunligini planda o`lchamasdan, joyda o`lchangan qiymatidan foydalanadilar.
Har bir uchburchakni yuzasi nazorat uchun ikki marta (ikki xil asos va
balandliklar bo`yicha) hisoblanadi ( shakl).
Bo`lak yuzasini uchburchaklarga bo`linib aniqlash. Shunda umumiy maydon
uchburchaklarni hisoblangan yuzasining yig`indisiga teng bo`ladi.
Uchburchakning yuzasi ma'lum formula orqali hisoblanadi:
P
2
= 0,5 α
’
h
’
P
2
= 0,5 α
’’
h
’’
Har bir uchburchak bo`yicha absolyut hamda chekli bog`lanmasliga
quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi
yerda M - plan masshtabining maxrajidagi soni .