45-Mavzu: Ikki taktli kuchlanish o’zgartirgichlari sxemasi va uning ishlash asosi. Reja



Download 241,36 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi241,36 Kb.
#781982
Bog'liq
45-mavzu


45-Mavzu: Ikki taktli kuchlanish o’zgartirgichlari sxemasi va uning ishlash asosi.
Reja:

  1. Mustaqil qo’zg’atishda ikki taktli o’zgartirgichning prinsipial sxemasi.

  2. Ukki taktli kuchlanish o’zgartirgichning ishlash asosi.

Eng sodda tuzilgan ikki taktli o‘zgartirgich sxemasida Tr1 kuch
transformatorining ikki birlamchi cho‘lg‘ami VT1 va VT2 tranzistorlarning bazalari bilan ulangan, birlamchi ta’minot manbai Ukir esa tranzistorlar emitterlari va Tr2 transformator birlamchi yarim cho‘lg‘amlari o‘rtfv a nuqtasi orasiga qo‘yilgan (45.1-rasm).

45.1-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning prinsipial
sxemasi.
Agar kuch tranzistorlarini nolli uzilishsiz to‘g‘ri burchakli kuchlanish
impulslari bilan qo‘zg‘atilsa (45.2e-rasm), u holda bazadagi asosiy bo‘lmagan
tashuvchilarning zaryad so‘rish vaqtiga teng bo‘lgan vaqtda har ikkala tranzistor
ochiq bo‘ladi, bu esa kuch transformatori birlamchi cho‘lg‘amining qisqa vaqtli
tutashuviga tengdir.
Bunday har bir yarim davr oxiridagi qisqa vaqtli tutashuvlarning
salbiy oqibatlarini bartaraf qilish uchun invertor sxemasiga qo‘shimcha elementlar
kiritish lozim bo‘ladi.
Invertor aktiv-induktiv xarakteridagi yuklamada ishlaganida yuklama toki
qutblarining o‘zgarishi momentlari chiqish kuchlanish qutblari o‘zgarishi
momentlariga, shuningdek, kuch tranzistorlarini qayta ulanish momentlariga
nisbatan kechga qoladi. Bu har bir yarim davrning boshlang‘ich qismida kuch
tranzistori orqali teskari yo‘nalishda tok o‘tishiga, ya’ni teskari tokni vujudga
kelishiga olib keladi.

45.2-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning vaqt
diagrammalari
Tranzistor orqali oqib o‘tadigan teskari tok impulsi o‘z yo‘nalishini
o‘zgartirmagan yuklama toki transformatorning boshqa birlamchi cho‘lg‘amiga va
kuch tranzistoriga transformatsiyalanadi. Invers rejimda ishlayotgan tranzistorning
tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsenti kichik bo‘ladi. Bunday kollektor tokida
tranzistor to‘yinish rejimidan chiqib ketishi kuch zanjiridagi qo‘shimcha quvvat
isroflariga va tranzistorning kuyishiga olib kelishi mumkin.
Kuch tranzistori orqali oqib o‘tadigan teskari tokni kamaytirish uchun invertor
sxemasida kuch tranzistorlariga parallel ravishda shuntlovchi VD1 va VD2 diodlar
ulanadi. Bunday diodlar agar invertor salt ishlaganida ishlay olsa ham, yuklama
ravishda qo‘yilishi mumkin. Bunda induktiv tok hisoblangan Tr1 transformatorning
magnitlash toki yarim davrining bir qismi davomida teskari yo‘nalishda oqib o‘tadi.
Ba’zida shuntlovchi diodlarning yo‘qligida bunday magnitlovchi tok kuch
tranzistorlarini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Tranzistorlarning kommutatsiyalanishini osonlashtirish maqsadida
to‘g‘rilagich tarkibiga qo‘shimcha zaryadsizlash diodi kiritiladi (45.1-rasm).
Avval ochiq bo‘lgan diodning yopilishidan so‘ng chiqishdagi kuchlanish sakrash orqali o‘z kutbini o‘zgartiradi va bu qutb o‘zgarishiga so‘nuvchi yuqori chastotali tebranishlar sabab bo‘ladi (45.3-rasm).
Bu tebranishlar transformator induktiv tarqalishining qayta zaryadlanishi,
o‘ramlararo sig‘im va montaj sig‘imlari oqibatida vujudga keladi. Katta quvvatli
o‘zgartirgichlarda ular radiohalaqitlarning intensiv manbai hisoblanadi. SHuning
uchun ba’zida yuklamasi induktiv elementdan boshlanuvchi o‘zgartirgichlardan
foydalanmaslikka majbur qiladi.
Mustaqil qo‘zg‘atishli invertorlar tranzistorlarining kollektor toklarining
keskin ortib ketishi ham yuqori chastotali halaqitlarni keltirib chiqaradi. Bundan
tashqari ular tranzistorlarning ortiqcha yuklanishiga sabab bo‘ladi. Bunday
kamchiliklardan qutulishning faqat yagona usuli, birinchi tranzistor ochilishini
ikkinchi tranzistorning yopilishigacha kechiktirish usulidir. Bu shart invertor
tranzistorlarini nosimmetrik impulslar yoki nolli uzilish impulslar bilan
boshqarilganda bajariladi. Bu har ikkala usul qo‘zg‘atkich sxemasini qurishda
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarga ega va to‘g‘rilagich yuklamasi o‘zgaruvchan
bo‘lganda yaxshi natijalarni bermaydi. Tranzistorning uzilish vaqti kollektor tokiga
bog‘liq, shuning uchun ulanishni kechiktirish invertor yuklamasining o‘zgarishiga
mos almashishi kerak.

45.3-rasm. So‘nuvchi yuqori chastotali tebranishlarning paydo bo‘lishi
Qaytar toklardan tuzatish sxemasi bilan bog‘langan invertor sxemasi bu
kamchiliklardan holidir (45.4-rasm). Undagi invertor transformatorining qo‘shimcha
W2 cho‘lg‘amlaridan olinadigan kuchlanish tranzistorlar ochilishini kechiktirish
uchun xizmat qiladi. U chiqish kuchlanishini qutbi o‘zgarmaguncha yopiq bo‘lgan
tranzistorni ochilishini ushlab turishga imkon beradi. Shuning uchun faqat bir elka
tranzistori yopilgandan keyingina, ikkinchi elka tranzistori bazasiga ochuvchi
kuchlanish keladi. Tranzistor uzilganda baza zanjiridagi diod yopiladi va W2 qo‘shimcha cho‘lg‘amlardan olinadigan yopuvchi kuchlanish bazaga kelmaydi.
Bunday invertor sxemasida kollektor toki impulslarida keskin ortish bo‘lmaydi,
chiqish kuchlanishi esa nolli uzilishlarsiz bo‘ladi. Kommutatsion jarayonlar ularda
deyarli bo‘lmaydi.

45.5-rasm. Qaytar toklardan tuzatish sxemasi bilan bog‘langan invertorli
o‘zgartirgichning sxemasi
45.5-rasmda keltirilgan invertor kuch zanjiri Tr1 transformatordan VT1 va VT2
tranzistorlardan, VD1 va VD2 diodlardan iborat. Invertorning yuklamasi
transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amidagi L1 induktiv element va RYU rezistor
hisoblanadi. Tranzistorlar biri pauzalarsiz to‘g‘ri burchakli impulslar orqali
kommutatsiyalanadi. Bu impulslar qo‘zg‘atgichdan tranzistor bazalariga R1 va R2
rezistorlar orqali beriladi. Shuningdek, bu rezistorlar to‘yingan tranzistorlar baza
toklarini cheklaydi.
Avval aytib o‘tilganidek, bunday qo‘zg‘atish kuch zanjirida qisqa vaqtli qisqa
tutashuvlarni vujudga keltiradi. Bu vaqtlarda har ikkala tranzistorlar ochiq bo‘ladi
va ularda transformatorning birlamchi cho‘lg‘amlarida kommutatsion toklar keskin
ortadi. VT1 va VT2 tranzistorlar kommutatsion toklari transformatorning birlamchi
cho‘lg‘amlari o‘rta nuqtasidan Ukir ta’minot manbaining minus qutbiga oqib o‘tadi, ya’ni transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amiga transformatsiyalanmaydi va
shuning uchun bu toklar qaytar toklar deyiladi.
Kommutatsiya jarayonini yaxshilash maqsadida invertor sxemasiga
qo‘shimcha ravishda qaytar toklardan qutulish sxemasi (QTQS) kiritiladi (45.6-
rasm). U ikkita kirishga (11 va 21) va ikkita chiqishga (12 va 22) ega. VT1
tranzistorning yopiq holatiga mos keladigan invers chiqish kuchlanishining qutbiga
sxemaning 12 ochiq va VT1 tranzistorning emitter-baza o‘tishini shuntlaydi va
qo‘zg‘atish zanjirini VT1 tranzistorni ochishiga VT2 tranzistor yopilmaguncha va
chiqish kuchlanishining qutbi o‘zgarmaguncha, ya’ni sxemaning 21 kirishida
musbat potensial bo‘lmaguncha yo‘l qo‘yilmaydi.

45.6-rasm. Kommutatsion xususiyatlari yaxshilangan invertorli o‘zgartirgich
sxemasi
45.7-rasmda tasvirlangan o‘zgartirgich invertorining qaytar toklardan qutilish
sxemasida uchta DD1, DD2 va DD3 mantiqiy elementlardan foydalanilgan.
DD1 mikrosxema trigger bo‘lib, chiqishda (1 va 2 chiqishlar) o‘zaro faza
bo‘yicha 180º ga surilgan musbat impulslar ketma-ketligini shakllantiradi. Bu
impulslar ketma-ketligi VT1 va VT2 tranzistorlarni ochilishi uchun zarur bo‘ladigan
impulslarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bunda DD2 va DD3 mikrosxemalar
(moslashtirish sxemasi) ham ishtirok etadi. Ularning birinchi kirishlariga berilgan
impulslar, ikkinchi kirishlarida musbat potensial bo‘lmaguncha, ularning
chiqishlariga o‘tmaydi (musbat potensial avval ochiq bo‘lgan tranzistor yopilgandan keyingina paydo bo‘ladi). Shu tarzda R7 va R8 rezistorlar orqali qarama-qarshi
elkaning kuch tranzistori kollektori bilan ikkinchi kirishlarning aloqasi ta’minlanadi.

45.7-rasm. Boshqarish sxemasida mantiqiy elementlardan foydalanilgan
kommutatsion xususiyatlari yaxshilangan invertorli o‘zgartirgich sxemasi
Download 241,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish