O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti



Download 435,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana20.09.2021
Hajmi435,95 Kb.
#180201
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
O`zbek adabiyoti tarixi XVII-XIX asr adabiyoti -2012



 



O`ZBEKISTON ReSPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI 

 

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

 

 



 

 

 



 

 

              O`zbek adabiyoti kafedrasi 

 

 

 



 

 

 



 

«O`zbek adabiyoti tarixi» 

(XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) 

fanidan ma`ruzalar matni 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

                                                    NUKUS - 2012 




 



 



KIRISh 

 

 



Reja: 

1. «Adabiyoti tarixi» tushunchasi va uning xalqimiz tarixidagi o`rni. 

2. 

 

O`zbek mumtoz adabiyoti tarixining ob`ekti. 



3. 

 

O`zbek mumtoz adabiyoti tarixini davrlashtirish tamoyillari 



4. 

 

XU1-X1X asrlar adabiyotining alohida davr sifatida o`rganilish sabablari. 



   

Adabiyot  tarixi  Vatan  tarixining  ajralmas  qismi  bo`lib,  ahamiyati  jihatidan 

Fuqarolik  tarixi,  Davlatchilik  tarixi,  Madaniyat  tarixi  kabi  tariximizning  boshqa 

jabhalaridan  kam  emas.  Adabiyot  tarixi  ma`naviy  meros  va  milliy  qadriyatlar 

majmuasi  bo`lgani  uchun  ham  u  nafaqat  o`tmish  adabiyotini  o`rganish  va 

tushunishda,  balki  bugungi  adabiy  an`analarning  mohiyatini  anglashda,  ildiz  va 

manbalarini  aniqlashda  ham  benazirdir.  Tabiiyki,  bugungi  adabiyotning 

shakllanishiga  ta`sir  ko`rsatgan  adabiy  meros  kelajakka  ham  asqotishi,  buyuk 

davlatchilikning  ma`naviy  poydevori  bo`lib  xizmat  qiladi.  Hujjatlardan 

anglashilgan  tarix  qariyb  uch  ming  yillikni  o`z  ichiga  olgan  ekan,  adabiyot  tarixi 

undan ham qadimiyroq ekani o`z-o`zidan anglashiladi. 

Dastlabki  yozma  yodgorlik  sifatida  tan  olingan  «Avesto»dan  tortib  to 

Istiqlol  davri  adabiyotiga  qadar  davom  etgan  adabiy-ma`naviy  davr  o`ziga  xos 

tarix  sifatida  jahon  adabiyotining  ham  uzviy  qismi  ekani,  jahon  ma`naviyati 

xazinaini  minglab  daho  san`atkorlar  hisobiga  boyitgani  barchaga  oydin  haqiqat. 

Ana  shu  muhtasham  tarixning  har  bir  davrida  yaratilgan  an`ana  va  o`ziga 

xosliklarini  tushunish  uchun    adabiyotimiz  tarixini  davrlashtirish  muammolariga 

e`tibor qaratish lozim. 

O`zbek  adabiyoti  tarixini,  shuningdek,  umumturk  adabiyoti  tarixini 

davrlashtirishga  intilish  XX  asrning  boshlaridan  boshlangan.  Ushbu  yo`nalishda 

dastlabki  tasnifni  turk  olimi  Mahmat  Fuod  Ko`prulu  1926  yili  yozgan  «Turk 

adabiyoti tarixi» kitobida bergani ma`lum: 

 1. Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha) 

2. Islom ta`siri ostidagi adabiyot (1X-XU1 asrlar adabiyoti). 

3. G`arb madaniyati ta`siri ostidagi adabiyoti (XUP-XX asrlar) 

Ushbu tasnifning dastlabki ikki qismi umumturk tarixiga dahldor bo`lsa-da, 

«g`arb  ta`siri»  ostidagi  adabiyot  deyilganda  olim,  asosan,  usmonli  adabiyotini 

nazarda  tutgan.  Chunki  taxminan  XUP  asrdan  usmonli  adabiyoti  g`arb,xususan, 

frantsuz adabiyoti ta`siri ostida rivojlangan, Bizning o`zbek adabiyotida esa, «g`arb 

ta`siri»  X1X  asrning  P  yarmidagi  Rusiya  ishg`oli  bilan  bog`liq  holda  kechgan. 

Shuning uchun ham ushbu tasnifni to`la holda o`zbek adabiyoti tarixi uchun qabul 

qilib bo`lmaydi. 

20-yillarda  tarixchi  olim  Bo`lot  Soliev,  adabiyotshunos  Fitrat  va  Otajon 

Hoshim tomonidan ilgari surilgan davrlashtirishga oid miulohazalar sho`rolar davri 

talablarrg`ini o`zida aks ettirganini anglash qiyin emas: 

1. 


 

Qabilaviy adabiyot namunalari (qadimgi davrlardan UP asrgacha) 




 

2. 



 

Feodalliq davri adabiyoti (USh asrdan Islomiy adabiyotgacha) 

3. 

 

Savdo sarmoyasi davri adabiyoti («Qutadg`u bilig»dan «Boburnoma»ga 



qadar yaratilgan adabiy asarlar) 

4. 


 

O`zbekxonlar    va  uch  xonlik  davri  adabiyoti  (XU1-X1X  asrlar 

adabiyoti) 

5. 


 

Jadid adabiyoti (XX asr boshlari) 

    Bu fikrlar Fitratning 1928 yilda yozgan «O`zbek adabiyoti namunalari» asarida 

o`z aksini topgan. Ushbu tasnif garchi formatsiyalar bo`yicha  

 

tarixiy  davrlashtirish  tamoyillarini  o`zida  aks  ettirgan  bo`lsa  ham,  asosan,  adabiy 



asarlarga tayangan holda ish ko`rgani bilan e`tiborga molikdir. Shunday qilib, fitrat 

talqinida  «16  asrdan  so`ngra  o`zbek  adabiyoti»  alohida  adabiy  davr  sifatida 

o`rganilgan bo`lib, u qariyb uch yuz yillik adabiyotimiz tarixi materiallarini o`zida 

aks ettiradi. 

20-yillarda  Ozarbayjonda  chiqqan  «Turk  adabiyoti  tarixi»  kitobida  esa,  Ismoil 

Hikmat  ayrim  daho  iste`dodlar  zakovati  bilan  bog`liq  holda  davrlashtirish 

tamoyillarini  ishlab  chiqishni  ma`qul  ko`rgan.  Bu  qarashlardan  chuqur  xabardor 

bo`lgan  olim  Vadud  Mahmud  «Navoiygacha  turk  adabiyoti»  maqolasida  o`zbek 

adabiyoti  tarixini  yuqoridagicha,  «Navoiygacha,  Navoiy  davri  va  Navoiydan 

keyingi davr» sifatida talqin qilgan. Demak, 20-yillarda amalga oshirilgan tasnif va 

davrlashtirish  tamoyillari,  asosan,  adabiy  asarlar  va  ijodkorlar  siymosi  nuqtai 

nazaridan kelib chiqqani bilan ahamiyatli ekan. 

Davrlashtirish  masalalariga  sho`rolar  davrida  bir  necha  marta  murojaat 

qilingan  bo`lsa-da,  ma`lumki,  bunday  davrlashtirish  tamoyillari  asosan,  ijtimoiy 

tazyiq ostida kechgan edi. 

Istiqlol davriga kelib, ushba masalaga qayta yondoshilganda biz quyidagicha 

davrlashtirishni tavsiya etgan bo`lar edik: 

1. 


 

Islomga qadar turk adabiyoti (qadimgi davrlardan USh asrgacha) 

2. 

 

Ilk turk-islom davlarlari davri adabiyoti (1X-XP asrlar) 



3. 

 

Chingizxon istilosi davri adabiyoti (XSh-X1U asrning 1 yarmi) 



4. 

 

Temuriylar davri adabiyoti (X1U asrning P yarmi- XU asr) 



5. 

 

O`zbekxonlar va uch xonlik adabiyoti (XU1-X1X asrning 1 yarmi) 



6. 

 

Rusiya istilosi davri adabiyoti (X1X asrning P yarmi XX asr boshlari) 



7. 

 

Sho`rolar davri adabiyoti (1017-1991 yillar) 



8. 

 

Istiqlol davri adabiyoti (1991 yildan keyin) 



Bizga  tavsiya  etilgan  qator  manbalarda,  ayniqsa,  sho`rola  davri  adabiyoti 

manbalarida  «O`rta  Osiyoda  uch  xonlik  davri»  deb  nomlangan  atama  anglatilgan 

davr  adabiyoti  muammolarini  o`zida  to`la  aks  ettira  olmaydi.  Chunki,  Markaziy 

Osiyoda uch xonlik ko`rsatilayotgan XU1 asr boshlarida emas, balki XUSh asrning 

o`rtalariga  kelib  to`la  ravishda  shakllangan.  Shunday  .kan,  bu  nomlanish  tavsiya 

etilayotgan  davrning  qariyb  150  yillik  tarixini  o`z  qamroviga  atama  jihatilan 

ololmay  qoladi.  Ikkinchidan,  tariximizda  sifat  jihatidan  mutlaq  o`ziga  xos  davr 

bo`lgan  «Temuriylar  davri  adabiyoti»  ham  sho`rolar  davrida  alohida  bosqich 

sifatida  o`rganilmagan  edi.  Adabiyot  tarixidagi  mana  shu  davrning  adabiy 

manbalarini tiklash barobarida undan keyingi «Shayboniylar davri»ga ham alohida 




 

xususiyat  sifatida  qarash  lozim.  20-yillar  manbalarida  bu  davrni  «o`zbekxonlar» 



davri  deb  atashgan.  Biroq  birgina  «O`zbekxonlar  davri»  deb  nomlash  ham  undan 

keyinroq  o`lkada  yaratilgan  ko`plab  adabiyo  yodgorliklarni,  xususan.  Xiva  va 

Qo`qon  xonligi  yodgorliklarini  inkor  qilishga  olib  keladi.  Mana  shulardan  kelib 

chiqqan holda, 1501 yil voqealari bilan Markaziy Osiyoda temuriylar davri inqiroz 

topib,  Shayboniyxon  mamlakat  tarixiga  chiqqan  ekan,  bu  voqealar  so`zsiz  badiiy 

adabiyotga  o`z  ta`sirini  ko`rsatgani  uchun  ham  yangi  adabiy  davrni  mavhumroq 

qilib,  XU1,  ayrim  manbalarda  esa,  XUP  asrdan  boshlab  emas,  balki  mana  shu 

O`zbekxonlar  davrida  yaratilgan  adabiy  yodgorlikning  tabiatidan  kelib  chiqqan 

holda  belgilash  lozim.  XU1  asr  boshlarida  Xiva  va  XUSh  asr  o`rtalarida  Qo`qon 

xonligining barpo bo`lishi bilan Buxoro xonligi bartaraf etilgani yo`q, balki uning 

tarkibidan  kelib  chiqqan  yangi  xonliklar  mustaqil  davlat  sifatida  shakllana 

boshladilar.  Shunday  ekan,  «O`zbekxonlar  va  uch  xonlik  davri  adabiyoti»  deb 

nomlash  bizningcha,  tarix  haqiqatiga  ham,  bu  davrda  yaratilgan  adabiy  manbalar 

tabiatiga ham mos keladi. 

         Tayanch so`z va tushunchalar 

Adabiyot  tarixi,  Adabiy  meros,    Davrlashtirish  tamoyillari,  Milliy  qadriyat, 

Temuriylar davri adabiyoti, «O`zbekxonlar davri» adabiyoti, «G`arb ta`siri» 

                Savol va topshiriqlar 



1. «O`zbek adabiyoti tarixi» deyilganda qanday tarixni tushunasiz? 

2. «O`zbek  mumtoz  adabiyoti  tarixi»ning  ob`ekti,  maqsad  va  vazifalari 

nimalardan iborat? 



3. «O`zbek mumtoz adabiyoti»ning adabiyot tarixidagi o`rni. 

4. Adabiyot tarixini davrlashtirishda qanday tamoyillarga amal qilinadi? 

5. 20  asr  boshlaridagi  mavjud  davrlashtirishga  intilishlarda  qanday 

tamoyillar asos qilib olingan? 



6. 20—yillardagi tasniflarga munosabat. 

7. Adabiyot  tarixini  davrlashtirish  masalasida  ilmdagi  so`nggi  qarashlar 

qaysilar7 



8. «XU1-X1X  asrlar  adabiyoti»  alohida  davr  sifatida  o`rganilishining 

sababi. 

 

       Adabiyotlar: 



1. 

 

O`zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. Sh jild. - T.: Fan, 1978. 



2. 

 

Asrlar nidosi. - T.: G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti, 



1982. 

3. 


 

Fitrat. O`zbek adabiyoti namunalari. - T.: 1928. 

4. 

 

Qayumov A. Qo`qon adabiy muhiti. - T.: 1961. 



 

             XU1-X1X asr (1-yarmi )  o`zbek  adabiyoti 




Download 435,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish