Temir yo'l transportidagi telemexanik boshqaruv va nazorat tizimlari


Ma'ruza 12-13. TB va TS signallarining tuzilishi



Download 1,74 Mb.
bet19/21
Sana23.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#696668
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1. Ma\'ruza 6-sem UMUMIY

Ma'ruza 12-13. TB va TS signallarining tuzilishi

«Neva» tizimi dispetcherlik markazlashuvi kodli qurilmalari «TB» ko‘p takrorlanuvchi signallari va «TS» ko‘p takrorlanuvchi shakli uzatishlarini ta’minlaydi. Bunday signallarni uzatish uchun chastotaviy impuls belgisidan foydalaniladi. «TB» va «TS» chastotaviy kanal spektri, olis masofaviy aloqa apparaturasining oddiy telefon kanali spektri bilan mos keladi va bu apparaturadan uzoqda joylashgan uchastkalarni boshqarish uchun foydalanish mumkin.


Markaziy post hamda fizik liniya zanjiri (ikkita sim) liniyali punktlari orasidagi aloqa kanali sifatida foydalanilganda, telefon spektrida bitta «TB» kanali joylashtiriladi va uchtagacha «TS» (2 TS, 3 TS, 4 TS) kanallari joylashtiriladi. Olis masofali aloqa apparaturasining kanallari simpleksli ekan, ulardan foydalanishda 4 kanalli variantni (1TS, 2TS, 3TS, 4TS) qo’llash ham mumkin. Telefonli spektrdan foydalanish 6-jadvalda keltirilgan.

6-jadval





Kanallar



TB

1TS

2TS

3TS

4TS

Spektr, Gs

450–850

900–1350

1500–1950

2100–2550

2700–3150

TB kanalida signallarning tuzilishi. «Neva» tizimidagi «TB» kanalidan ikki maqsadda foydalaniladi. «TB» signalini ko‘p marta uzatish uchun va guruhli ajratkichlar siklik sinxronizatsiya (SS) signalini uzatish uchun.
Ko‘p qaytali «TB» signalini uzatish va qabul qilish, sinxronizatsiya qadamli usulni qo‘llash orqali yuz beradi va shuning uchun bu tizimda 4 impulsli o‘zgaruvchan tok belgilaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Ularning ishlatilishi 7-jadvalda ko‘rsatilgan.

7-jadval




Simvollar
(raqam)

Impulslar



chastota, Gs

1

0

Juft

500

600

Toq

700

800










Agar ko‘p taktli «TB» signali uzatilmay qolsa, u holda «TB» kanaliga aktiv to‘xtalishlar (pauzalar) bilan ajratilgan «SS» signallari uzatiladi.


«SS» signali chastotasi f3=700 Gs bo‘lgan bitta o‘zgaruvchan tok impulsi orqali uzatiladi, bu uzatish 64 ms va bir martali tizim ishlash sikli davomida jo‘natiladi. Bir siklning davomiyligi 5376 ms ni tashkil etadi. Aktiv pauza chastotasi f4=800 Gs bo‘lgan o‘zgaruvchan tok orqali uzatiladi, bu aktiv pauzalar maxsus adabiyotlarda tinchlik chastotasi deyiladi. Agar tizim tinchlik chastotasi uzatish holatida bo‘lsagina, ko‘p taktli «TB» signalini uzatish mumkin bo‘ladi. Aktiv to‘xtalish «AP» bilan belgilangan «TB» ko‘p taktli signalning tuzilishi 55-rasmda ko‘rsatilgan.
«TB» signalining bir takti davomiyligi 48 ms ni tashkil etadi.
«SL1» deb belgilangan «0» raqamiga ega va uch baravar oshirilgan davomiylikka ega bo‘lgan xizmat impulsini liniyaga jo‘natishdan so‘ng «TB» ko‘p taktli signalini uzatish boshlanadi. Bu impuls qabul qilish punktlarida «SS» signali ajratish tugunlarini o‘chirib qo‘yish uchun kerak bo‘ladi.
Agar bu amalga oshirilmasa, f3=700 gs chastotali «TB» ko‘p taktli signal tarkibiga qabul qilinayotgan o‘zgaruvchan tok impulsi xuddi «SS» signali sifatida qabul qilinishi mumkin va u «TS» barcha signallarini buzilishiga olib keladi.





55-rasm. «Neva» tizimida TB signalining tuzilishi



Nolli impulsning davomiyligini oshirish bu, «SS» signalini ajratish uzeli, releli element bazasida bajarilganini tushuntiradi.


«1»÷«9» va «18» impulslari ko‘p taktli signalning saylovchi qismida bo‘lib, ulardan «1» ÷ «6» impulslari stansiyalarini tanlash uchun xizmat qiladi. Ko‘p taktli signalning bu qismida o‘zgarmas vaznli kodi qo‘llaniladi. Stansiya manzillarining soniga qarab (NAS) miqdor quyidagi formula orqali hisoblanadi:


=20 stansiya

«7», «8», «9», «18» impulslar boshqarilayotgan obyektlar guruhini tanlash uchun qo‘llaniladi. Barcha mumkin bo‘lgan kodli kombinatsiyalardan (4 razryadli son) faqatgina 2 va 4 og‘irlikdagi kombinatsiyalar qo‘llaniladi. Guruhlar manzillari soniga qarab NAГ miqdor quyidagicha ifoda orqali hisoblanishi mumkin;




guruh

«10» va «17» impulslar ko‘p taktli signalning operativ qismi bo‘lib, u obyektni tanlash va unga komanda yuborish uchun qo‘llaniladi. Ko‘p taktli «TV» signalining bu qismida guruhlar belgilanganidan kelib chiqib taqsimlash kodi ishlatiladi. Shunday qilib, 1,2,3,4 guruhlaridagi signallar bitta ko‘p taktli signalga ikkita komanda berish, ya’ni svetofor boshqarish va marshrutni belgilash uchun mo‘ljallangan.


Marshrutni belgilash va komandani uzatish uchun «10» dan «14» gacha bo‘lgan 5 ta impuls va . tarqatish kodi ishlatiladi. Svetoforlarni boshqarish uchun esa «15», «16», «17» impulslari va . tarqatish kodidan foydalaniladi. 1 dan 4 gacha ( ) guruhlar uchun operativ qismini sig‘imi 5,6,7 guruhdagi signallar bitta ko‘p taktli signalda faqat bitta signalni uzatish, ya’ni ajratkichlarni boshqarish, strelkallarni mahaliy boshqaruv avtomatik o‘tkazish va shu kabilarga mo‘ljallangan.


buyruqlar

5,6,7 guruhlar uchun operativ qismda S8 taqsimlash kodidan foydalaniladi. 5,6,7 guruhlar uchun operativ qism sig‘imi (N5.6.7).




buyruqlar

Demak, N1-4 = N5,6,7 ekan, har qanday guruh uchun operativ qism sig‘imini (N0) deb belgilaymiz.



Boshqaruv bo‘yicha tizim sig‘imi (N)


N = · · = 20·7·8=1120 buyruqlar


Shuni ta’kidlash joizki, 18 impulsi uzatib bo‘lingandan so‘ng, tizim uch taktda ishlashini davom ettiradi. Bu vaqt ichida qabul punktidan «TB» kanaliga ulanish yuz beradi, pulli impulsni uzatish chog‘ida o‘chirilgan «SS» signal chiqarish punktidan.


Ko‘p taktli «TS» signallarini qabul qilish va uzatish, taqsimlagichlar harakatini sinxronlash orqali amalga oshiriladi. Shu sababli tizimda har bir telesignalizatsiya kanalida faqat 2 ta impuls belgilarini qo‘llash ko‘zda tutilgan va ulardan foydalanish 8-jadvalda ko‘rsatilgan.



8-jadval




Belgilar
(raqamda)

Kanal


Chastota, Gs

1

0

І

1025

1225

ІІ

1625

1825

ІІІ

2225

2425

ІV

2825

3025

«TS» ko‘p taktli signallar aloqa kanallariga navbatma-navbat uzatiladi va bir-biridan davomiyligi 48 ms bo‘lgan real to‘xtalish (RP)lari bilan ajralib turadi.


«TS» ko‘p taktli signallari uzatish ketma-ketligi guruhli taqsimlagichlar, sinxron va sinfazali ishlarni, ya’ni bu signallarni uzatish va qabul qilish punktlari signallari bo‘yicha ta’minlanadi.
«TB» kanali bo‘yicha bu muammoni hal etish uchun sikl davomida bir marta sikli sinxronlash impulsi uzatiladi. «TB» va «TS» kanallari o‘zaro bog‘liqligi va TS ko‘p taktli signallarni ko‘rish tartiblari 4.1-rasmda ko‘rsatilgan. Demak, «TS» signallarini qabul qilish va uzatish punktlarida guruh manzili, guruhli taqsimlagichlar holatidan aniqlanar ekan, u holda «TS» signalining saylov qismiga ega bo‘lmaydi. U xizmat va operativ qismlardan iborat bo‘ladi.
Xizmat qismi ikki impulsdan tashkil topgan, ya’ni 1 chi va oxirgi (22chi), u doim «1» belgisi bilan uzatiladi.
Birinchi impuls «TS2» ko‘p taktli signalning qabul punkti taktli impulsi generatorini ishga tushirsa, (komanda «boshlov») 22chisi bo‘lsa uni to‘xtatadi.
«TS» ko‘p taktli signalning operativ qismi 20 ta impulsdan, (2 dan 21 gacha) iborat. U ikki pozitsiyali obyektlar holatini nazorat qilish uchun mo‘ljallagnan.Bu qismda taqsimlanishning seleksiya usuli qo‘llaniladi va bitta TS ko‘p taktli signalini uzatishda 20 ta obyektni nazorat qilib turish mumkin.
Tizimning ish sikli 24 ta vaqt bo‘laklaridan tashkil topgan bo‘lib, har birining davomiyligi 224 ms ga teng.
23 vaqt bo‘laklari «TS» ko‘p taktli signallarini uzatish uchun qo‘llanilsa, 24 chisi «TB» kanaliga «SS» signalini jo‘natishni tashkil etish uchun qo‘llaniladi. Shuning uchun «TS» bitta kanalning informatsion sig‘imi (Nts) quyidagicha: obyekt.
«Neva» tizimi soddalashgan struktura sxemasi 29.1-rasmda keltirilgan.
«TB» ko‘p taktli signal uzatishdagi ish tizimi quyidagicha ketma-ketlikda bajariladi. SPga dispetcher pult-manipulyator «PMDM» dagi kerakli tugmani bosish bilan terish guruhi relesi (NG)ga ta’sir ko‘rsatadi. Terish guruhi fiksatsiya tugunida dispetcher harakatlari, ya’ni, alfavit o‘zgartirgichi, xabar berish shifratori, uzatish registri, himoya va ulash qurilmalarini o‘z ichiga oladi.
«NG»ning ishga tushib ketishi natijasida «LG» va «SS» blokida joylashgan, taktli impuls generatori chiqish, «SSHR» blokida joylashgan TB signali taqsimlagichi kirishiga ulanadi.







29.1-rasm. «Neva» tizimida TS signalining tuzilishi



TB signali taqsimlagichi SHK kanali shifratori bilan birgalikda modulyator (M)ga ta’sir ko‘rsatadi va nihoyat (SG) impuls belgilar generatorini boshqaradi. TB ko‘p taktli signali SG dan chiqishi bilan ajratish filtri (FA) orqali kodli liniyaga tushadi.
TB ko‘p taktli signali o‘zgarmas tok impulsi liniya punktlarida, kodli liniya orqali liniyali transformator 1 LT ga, LU kuchaytirgichga tushadi. U yerda ular kuchaytiriladi va shundan keyin ular LDM demodulyatoriga tushadi. Demodulyator chastotali impulsning releli taqsimlagich RR ishini boshqaradigan o‘zgarmas tok impulsiga o‘zgartiradi.
1÷6 ga bo‘lgan impulslarini qabul qilishda, R1ishini boshqarish, faqatgina ko‘p taktli signal stansiya manzili, sozlanishga mos kelgandagina mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, RR ga stansiya manzilini deshifratsiyalash funksiyasi yuklanadi. Agar liniya punktlari sozlash TB ko‘p taktli signal stansiya manzili bilan mos kelmasa, u holda RR o‘tishdan to‘xtaydi va boshlang‘ich holatga qaytadi, ya’ni TB signalini berilgan stansiya apparaturasi bilan qabul qilish mumkin bo‘lmasligi ta’minlanadi, chunki bu signal boshqa stansiyada joylashgan boshqaruv obyektlari uchun belgilangan edi.
LP qurilmasini sozlash, stansiya manziliga mos kelganda RR ning ishi 7÷18 bo‘lgan impulslarni qabul qilish bo‘yicha davom etadi. Bunda LDM, RR bilan birgalikda kanal deshirifratori zanjirini tashkil etadi, uning chiqishida guruh manzilini qabul qilish registri elektr mexanik relesi (rele IG) va operativ qism qabul qilish registrlari (rele R) qo‘yiladi.
Oxirgi 18-impulsni SG kontakt relesi orqali qabul qilishda, (GU) guruhini boshqaruv guruhlaridan biri ishlab ketadi (xabar deshiraftori zanjirida), kontaktlar orqali boshqaruv rele boshqarish obyektlaridagi R kontakt relesi uyg‘onadi.
«Neva» tizimida TS ko‘p taktli signalni SP va Lp ga qabul qilish va siklli uzatish uchun taktli taqsimlagichlardan (TS signali taktini hisoblovchi) va guruhli taqsimlagichlardan (TS ko‘p taktli signallari hisoblovchi) foydalaniladi, ular orqali guruhdagi obyektlar holati haqida informatsiya uzatiladi.
Guruhli taqsimlagichlar (LP) TS ko‘p taktli signallarni uzatish ketma-ketligini, markaziy postda (1Gr) esa bu signallarni qabul qilish ketma-ketligini ta’minlaydi.
1Gr taqsimlagichlari har qaysi kanal uchun o‘rnatiladi. Bundan tashqari SP va TS ning barcha kanallari uchun umumiy guruh taqsimlagichlari OGR o‘rnatiladi, agar TS ko‘p taktli signali SP ga kelmay qolsa, bu «TB» kanaliga SS signalini jo‘natishni va 1GR holatini korrektirovka qilishni tashkil qilish uchun kerak.
LDM dan LP ga SS signali qabul qilishi tugashi bilan SS aloqasi bo‘yicha «LG blokiga «start» komandasi tushadi, buning natijasida taktli impulslar generatori chiqishi, taktli taqsimlagichga ulanadi, u LSH blokida joylashgan bo‘ladi. Taktli taqsimlagichning ikkilik hisoblagichi T aloqasi bo‘yicha o‘zgaradi va T1 aloqasi bo‘yicha GR ni «1» pozitsiyaga o‘tkazadi, yani TS kanaliga ko‘p taktli TS birinchi signali uzatilgan bo‘lishi kerak bo‘lgan birinchi vaqt bo‘lagi boshlanadi.
Guruhli taqsimlagichni, guruhli saylash bloki GI ning birinchi sxemasiga ulash, diodli ulagichlar bloki (BDM), ES nazorat relesi bilan kontaktlari va taktli taqsimlagichlar chiqish zanjirlari shifrator kanalini vujudga keltiradi. Taktli taqsimlagich qayta ulanishi davom etgan holda shifrator kanali chiqishlarini modulyator va impulsli belgilar generatoriga (LG blokida joylashgan) ketma-ket ulanishni ta’minlaydi. Buning natijasida TS kanaliga ketma-ket 22 TS ko‘p taktli birinchi signali o‘zgaruvchan tok impulslari uzatila boshlaydi.
LP taktli taqsimlagichning ikkitalik hisoblagichi chastotasi 1:20 bo‘lgan siklik rejimda ishlaydi. Bu siklning 22 takti (176 ms) TS ko‘p taktli signalini uzatish uchun xizmat qiladi, qolgan 6 tasi esa (48 ms) TS kuchli signallari o‘rtasida intervalni vujudga keltiradi.
TI aloqasi bo‘yicha hisoblagichning 28 taktli ishidan so‘ng, GR «2» pozitsiyaga o‘tkazishga impuls kelib tushadi. GR «2-pozitsiyaga» o‘tkazilgandan so‘ng GI ning birinchi sxemasi o‘chirilib ikkinchisi yoqiladi, ya’ni TS kanaliga ikkinchi TS ko‘p taktli signalni uzatish beriladigan vaqt bo‘lagi boshlanadi.
TS ko‘p taktli signallarini ikkinchi va keyingi uzatishlarida struktura sxemasi ishlari bir xil bo‘ladi.
Har bir TS signaliga jo‘natiladigan TS ko‘p taktli signallarini qabul qilish uchun markaziy postda alohida qurilmalar majmuyi o‘rnatilgan.



29.1-rasm. «Neva» tizimining tuzilmaviy sxemasi

LP tushayotgan ko‘p taktli TS signallari FA ajratish filtridan o‘tadi, TB va TS ajratuvchi taktlari SU markaziy kuchaytirgich tushadi va u yerda kuchayadi.
SU dan chiqishi bilan o‘zgaruvchan tok impulslari markaziy demodulyator SDM chiqishiga o‘tadi, u yerda o‘zgarmas tok impulsiga o‘zgaradi, keyin markaziy deshifrator SDMH ga tushadi.
Qabul qilingan SDMH informatsiya STR registri birinchi pog‘onasida fiksalsiyalanadi, u yerda taktlarning aktiv sifatlari saqlab qolinadi. GR taqsimlagichi yordamida informatsiya kelayotgan obyektlar guruhi aniqladi. «TS» signallarini tekshirish sifati SR sxemasi yordamida qabul qilingan sikldagi informatsiyalar hajmi aniqlanadi. Mavjud bo‘lgan informatsiya ITR registri ikkinchi pog‘onasiga uzatiladi va natijada uning chiqishida ulangan bajarish relesi «I» ishlab ketadi.
Guruhli taqsimlagich 1 kr ham informatsiyani guruhli saylash obyekti guruhiga uzatadi va o‘z navbatida guruhli kuchaytirgich GU orqali shu guruh saralash relesi V ni yoqadi (shu nazorat qilinadigan obyektlar guruhiga informatsiya tushish holatida).
Saralash relesi V va bajarish relesi I kontaktlari orqali KR nazorat relelari qabul qilingan.
Informatsiyalarning mos keladigani yoqiladi, u dispetcher tablosida kerakli indikatsiyani yoqadi. Agar TS qabul qilingan signalida qaysidir nazorat qilinadigan obyektlar guruhidan informatsiya tushmagan bo‘lsa, u holda saralash va bajarish relelari uyg‘onmaydi, nazorat relelari esa informatsiya tushmaguncha o‘z holatini saqlab qoladi.
Barcha TS kanallari uchun SP dagi umumiy sinxronlash sxemasi TS kanali va TU kanali kelisxilgan ishini ta’minlash uchun xizmat qiladi, bu yerda TB kodlaridan tashqari sikli sinxronlash signallari SS uzatiladi. Sinxronlash sxemasida LG liniya generatori ham mavjud bo‘lib, unda taktli impulslar va 1:32 chastotalar bo‘luvchisi ham ishlatiladi.
Taktli impulslar chastota bo‘luvchisidan chiqishidan boshlab SS sikli sinxronlash bloki chiqishiga to‘xtovsiz tusha boshlaydi va OGR umumiy guruhli taqsimlagich bilan birgalikda TB kanali bo‘yicha sikli sinxronlash signalini yubora boshlaydi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish