7- variant: SAPAROV AZAMAT 211/11-2 mutahassislik
Kompyuterni ishga tushiring.
Tokga ulanadi→sistemali blok (keys) yoqiladi→Monitor yoqiladi→Parol kiritiladi (parol qo`yilgan bo`lsa)→Rabochiy stol chiqadi→Kerakli dasturlarda ishlanadi→Keyin Kerakli qurilmalar yoqiladi
WINDOWS operasion tizimining yuklanishini kuzating.
Kompyuter ishga tushirilganda birinchi MS-DOS tizimi ishga tushadi va Windows tizimi yuklanib boshlaydi keyin parol kiritishni so`raydi (parol qo`yilgan bo`lsa agar) parol kiritilgandan keyin rabocjiy stol chiqib keladi.
WINDOWS OPERATSION TIZIMI Windows operatsion tizimi Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan eng ommabop boshqarish dasturlaridan biri hisoblanadi. Uning eng birinchi versiyasi 1985-yilda Windows 1.0 nomi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 20 dan ziyod turlari yaratildi. Windows 3.1, Windows 95, Windows 98, Windows XP, Windows Vista, Windows 7, Windows 8, Windows 10 kabilar shular jumlasidandir. WINDOWS — inglizcha so‘z bo‘lib, “oynalar”, “lavhalar” yoki “darchalar” ma’nosini anglatadi. Operatsion tizimning bunday nomlanishi undagi barcha dasturlar, fayl va papkalar oynachalar ko‘rinishida namoyon bo‘lishidadir. Demak, operatsion tizimlar foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlash uchun qulay imkoniyat yaratuvchi asosiy dasturlar hisoblanadi.
Ishchi stol elementlariga e’tibor bering.
Ishchi stol(rabochiy stol) parolni kiritgandan keyin monitorda ish boshlaganda ish stolidan boshlanadi. Va bu yerda Moy kompyuter, korzina, dokumenti znachoklarini sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosib kirib ishlashimiz mumkin. Qolgan dasturlar piktogrammalarini znachoklarini ekranga yorliq qilib chiqarib qo`yishimiz mumkin, fayl va papkalarni ham saqlash mumkin.
1) Windows obyektlarining piktogramma va yorliqlari;
2) ochiq ilovalar oynalari;
3) "Ishga tushirish" tugmasi, ko'rsatkichlar paneli va bir qator Ish stoli asboblar panelini o'z ichiga olgan vazifalar paneli;
4) bir xil fon, fon rasmi yoki ish stolining faol elementlarini o'z ichiga olgan Ish stolining foni. Ish stolida ishlash jarayonida qo'shimcha ob'ektlar bo'lishi mumkin: papka oynalari, dialog oynalari, dastur oynalari va boshqalar.
Sichqoncha bilan bajariladigan amallarni o’rganing.
Chertish: Sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish.
Ikki marta chertish: Sichqoncha chap tugmasini ikki marta tezlik bilan bosish. Ba`zida bu amalni bajarish uchun shug`ullanish kerak bo`ladi.
Olib o`tish: Biror ob`yekt ustida sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda sichqoncha ko`rsatkichi kerakli joyga olib boriladi hamda bu amalni tugatish uchun qo`yib yuboriladi.
Joylashtirish: Biror-bir ob`yekt ustida sichqoncha ko`rsatkichini olib kelish va chap tugmani bosmaslik.
Tanlash: Biror-bir ob`yekt ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelish va chap tugmani bir marta bosish.
Kerakli ob`yet ustida sichqoncha o`ng tugmasini bosilganda kontekst menyu hosil bo`ladi va bu menyuda shu ob`yektgagina tegishli bo`lgan buyruqlar aks ettiriladi.
Bloknot dasturini ishga tushiring (Pusk - Programmi - Standartniye - Bloknot).
Kompyuterning asosiy qurilmalari (monitor, klaviatura, sistema bloki) va ularning vazifalari haqida yozing .
Monitor. Uning vazifasi ma’lumotlarni ekranda namoyish qilishdan iborat. Foydalanuvchiga kompyuterning xotirasida saqlangan ma’lumotlarni matn, rasm, piktogramma, yorliq va hokazolar ko‘rinishida namoyish etadi. Foydalanuvchi, o‘z navbatida, kompyuter taqdim etgan ma’lumotlarni ko‘radi va o‘qiydi.
Faylni kompyuter xotirasiga saqlang.
Kompyuterda fayl va papkalar bilan ishlash jarayonida bir necha asosiy amallar bajariladi: fayllarni hosil qilish, ochish, nusxalash, qayta nomlash, yopish, uzatish va o‘chirish.
1. Papka hosil qilish uchun ish stolida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosilib, hosil bo‘lgan oynachada (kontekst menyuda) → Создать → Папку buyrug‘i tanlanadi.
2. Fayl yoki papkani ochish uchun kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada → Открыть buyrug‘i tanlanadi.
3. Fayl yoki papkani uzatish uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Отправить buyrug‘i tanlanadi.
4. Fayl yoki papkani o‘chirish uchun papka yoki faylni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Удалить buyrug‘i tanlanadi.
5. Fayl yoki Papkani qayta nomlash uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Переименовать buyrug‘i tanlanadi.
6. Fayl yoki Papkani nusxalash uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Копировать buyrug‘i tanlanadi.
Dastur ishini yakunlang.
Ishni tugating va hisobot yozing.
Men Bu berilgan vazifalardan juda kata ma’lumotlarni o`rganib oldim. Shu ma’lumotlarni to`plab jamlash mobaynida bilmaydigan ko`p ma’lumot va yangiliklarni o`rgandim.
Do'stlaringiz bilan baham: |