Mavzu: Yong’indan xabar berish vositalari



Download 199,48 Kb.
bet1/2
Sana04.07.2022
Hajmi199,48 Kb.
#739392
  1   2
Bog'liq
Hayot faoliyati Mustaqil is Normurodov


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI




MUSTAQIL ISH

Mavzu: Yong’indan xabar berish vositalari.




Bajardi: Normurodov K
Tekshirdi: Azimov U
.

Samarqand-2022


Reja:

  1. Yong’indan xabar berish vositalari yong’inga qarshi kurashishda eng muhim omillari.

  2. Avtomatik yong‘indan xabar bergichlar.

  3. Yong‘in ofatida inshootlardagi fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi.



Yong’indan xabar berish vositalari yong’inga qarshi kurashishda eng muhim omillari

Yong’indan xabar berish vositalari yong’inga qarshi kurashishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Yong‘indan xabar berish vositalari deb yong‘in haqida xabar berishni shakllantiradigan qurilmalariga aytiladi.


Yong‘indan xabar berish vositalari yong‘in o‘chog‘ini boshlanish jarayonida aniqlash, uning sodir bo‘lgan vaqti va joyini xabar qilish uchun hamda zarur bo’lganda tutun so‘rg’ich yoki o‘tni o‘chiruvchi uskunalar ishlashini avtomatik tarzda boshqarish uchun xizmat qiladi.
Turli ob’ektlarni yong‘indan muxofazalash uchun mo‘ljallangan asosiy texnik vositalariga yong‘indan xabar berish va o‘chirish qurilmalari kiradi. Yong‘indan xabar berish (signalizatsiya) vositasi yong‘in paydo bo‘lish joyi to‘g‘risida tez va aniq xabar berishi lozim.
Zamonaviy yong‘indan xabar berish vositasi qo‘shimcha ravishda ob’ektdagi yong‘in o‘chirish vositalarini ham ishga tushirilishini avtomatik ravishda ta'minlashi mumkin. Ushbu uskuna xabar berish tarmog‘iga ulangan va muhofazalangan xonalarga o‘rnatilgan yong‘in xabar bergichlarni, qabul qilish – nazorat stansiyasini, xabar berish tizimining tovush berish va yoritish, hamda yong‘inni avtomatik o‘chirish va tutunni chiqarib yuborish vositalarini o‘z ichiga oladi.
Elektr xabar berish tizimining mustahkamliligi barcha elementlari va ular orasidagi aloqa doimo kuchlanish ostida ishlashi bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga qurilmaning ishlashi doimo nazorat ostida bo‘ladi.
Yong’indan xabar berish tizimining eng asosiy elementi yong‘inni tavsiflovchi fizik parametrlar bo‘lmish tutun, yorug‘lik yoki u yerdagi haroratni elektr signalga aylantirib beruvchi yong‘indan xabar bergichlari hisoblanadi.
Harakatga keltirish bo‘yicha yong‘indan xabar bergichlar qo‘lda va avtomatik turlarga bo‘linadi. Qo‘lda harakatga keltiriladigan yong‘indan xabar bergichlar ma’lum shakldagi elektr signalini aloqa tarmog‘iga tugmachani bosgan paytda beradi. Avtomatik yong‘indan xabar bergichlar yong‘in yuzaga kelgan paytda atrof muhitdagi parametrlarni o‘zgarishi bilan ulanadi.
Datchikni hamjixatlikda ishlashini yuzaga keltiruvchi faktorga ko‘ra yong‘in xabar bergichlar issiqlik (tashqi muhit haroratini ko’tarilishini sezuvchi); tutunli (yonayotgan mahsulotlarning tutunini sezuvchi); yorug’lik (alanganing yorug’lik nurini sezuvchi); kombinatsiyalashgan (issiqlik va tutunni sezuvchi); ultratovushli (yonishdagi ultratovush maydonining o’zgarishini sezuvchi) va boshqa turlarga bo‘linadi.
Tutundan xabar bergichlar - infraqizil, ultrabinafsha yoki ko‘rinuvchi nurlanish spektrda yutuvchi yoki tarqatuvchi hususiyatga ega yonish mahsulotlariga ta’sirchan xabar bergichlardir. Tutunni sezuvchi yong‘in xabar bergichlarning sezish elementi sifatida fotoelement yoki ionlashgan kamera, hamda differensial fotoreleni o‘z ichiga oladi. Tutunni sezuvchi yong‘in xabar bergichlar ikki xil bo‘ladi: nuqtaviy, ya'ni o‘rnatilgan yerda tutun paydo bo‘lish ta’siriga javob beruvchi va chiziqli–hajmli, ya’ni qabul qilgich bilan nur tarqatgich orasidagi yorug‘likka soya tushish tamoyili asosida ishlaydi.
Tutundan xabar bergichlar nuqtaviy, chiziqli, aspirasion va avtonom bo‘lib, eng ko‘p tarqalgan xabar bergichlar hisoblanadi. Optik vositalar yordamida tutunni topishga asoslangan tutundan xabar bergichlar har xil rangdagi tutunlarga turlicha ta'sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan optik xabar bergichlarning texnik tavsifida qora emas, balki kulrang tutunga sezuvchanlikning nominal miqdorlari ko‘rsatilgan. Ko‘pincha aniq qiymatlar o‘rniga sezuvchanlik diapazoni ko‘rsatiladi. Xonani ta'mirlash vaqtida tutundan xabar bergichlar chang tushmasligi uchun yopib qo‘yish kerak.
Alangadan xabar bergichlar - tutayotgan o‘chog‘dagi yoki elektromagnit nurlanish alangasidan ta’sirlanuvchi xabar bergichlardir. Alangadan xabar bergichlar odatda yong‘inni sezishning yuqori samaradorligi zarur bo‘lgan zonalarda foydalaniladi, chunki alangadan xabar bergichlar orqali yong‘inni sezish issiqdan xabar bergichlar ishlab ketishiga kerak bo‘ladigan qiymatlardan ancha ilgari amalga oshadi. Alangadan xabar bergichlar sezilarli issiqlik almashinuvi va ochiq maydonchalari mavjud bo‘lgan hamda tutun va issiqdan xabar bergichlarni ishlatish imkon bo‘lmagan zonalarda qo‘llaniladi. Alangadan xabar bergichlar agregatlarni avariyaga uchraganida qizib ketishini aniqlashda, avtomobil salonidagi yong‘inni sezishda, agregatlarning to‘shamalari ostidagi qizishlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
Ultratovush xabar bergichlar 1979 yildan chiqarila boshlandi. Yong‘in yuzaga kelganida havo muhitida turbulent oqimlar hosil bo‘ladi. Ularning ta’siridan xonadagi ultratovush maydoni ham o‘zgaradi. Issiq oqimning yutilishidan ultratovush energiyasining o‘zgarishi yuz beradi va turbulent oqimning qismiy chegarasi aks etadi, u turg‘un bo‘lmaganligi sababli ultratovush maydonida amplituda-fazoviy modulyasiya yuzaga keladi.



Download 199,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish