Ma'ruza 14. Signal bazasi tushunchasi va uni hisoblash
Dispetcherlik markazlashtirishning har qanday kodli tizimida TU yoki TS aloqa kanallari turli maqsadlarda, masalan «Neva» va «Luch» kodli tizimlarida qo‘llanadi. TU kanali ham ko‘p taktli signal TUni uzatish uchun ham siklik sinxronizatsiya (SS) signalini uzatish uchun ishlatiladi. SS signali siklik uzatiladi, signal TU esa zaruriyatga qarab. Ko‘p taktli signal TU va siklik signal SS bir vaqtda uzatilishi mumkin bo‘lmagani uchun tizimlar tarkibiga shunday funksional qism kiritilishi kerakki, u SS signali uzatilayotganda TU signal o‘tishiga imkoniyat bermasligi kerak va TU signal o‘tayotganda SS signali o‘tishiga hech qanday imkoniyat qoldirmasligi kerak. Bu funksional qism aloqa kanalidan foydalanishni reglamentlovchi qism deyiladi (URKS). 28.1-rasmda «Neva» tizimining kodli qurilmalaridagi URKS sxemasi keltirilgan.
URKS quyidagilardan iborat: «VA-YO‘Q» mantiqiy operatsiya bajaruvchi ikkita element – «VT2», «VT5» kalit sxemasi bo‘yicha ulangan mantiqiy operatsiya «VA-YO‘Q» ni bajaruvchi ikkita element «VT3», «VT4» kalitlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan.
«VT» elementining kirishlaridan biri (6 kirish) qolgan beshta kirishlarga kelayotgan signallarni mantiqiy operatsiyasi chiqishini hosil qilish uchun ishlatiladi.
28.1-rasmdagi qurilma ishini kuzatishda quyidagilarni bilish lozim:
a) tizimning ishchi sikli 24 ta vaqt intervalidan tashkil topgan, ular ketma-ket (navbatli) joylashgan va har bir vaqt intervali bir-biridan navbatma-navbat beruvchi har biri 8 ms davomli 28 taktlardan iborat;
b) vaqt intervallari navbati umumiy guruh taqsimlagichi OGR ni chiqish zanjirlari hosil bo‘lishi navbati bilan belgilanadi, taktlar berilishi navbatini esa chastota bo‘lgichning hisoblagichlari 1: 28 nisbatda belgilaydi (DCH 1:28);
v) 24 ta vaqt intervalidan 23 tasi ko‘p taktli signallarni uzatish va qabul qilish uchun ishlatiladi, 24 chi esa TU kanali bo‘ylab SS signalni uzatish uchun ishlatiladi;
g) SS signali 24 chi vaqt intervali davomida esa, faqat uning oxirgi sakkizta (№21 dan №28 gacha) takti davomida uzatiladi.
28.1-rasmdagi sxema №1 dan to №23 gacha bo‘lgan har qanday vaqt davomi uchun keltirilgan. Ko‘rsatilgan vaqt intervallarining xohlaganida «VT3», «VT4» elementlarning «1», «2», «3» kirishlarining xech bo‘lmaganda bittasida «O» signal bo‘ladi. Shu hol bilak «VT3» va «VT4» elementlarning chiqishida «1» signali borligi kafolatlanadi va aynan shu signallar «VT2», «VT5» elementlarning «1» kirishlariga uzatiladi.
Ushbu holga mos elektr zanjirlar 28.1-rasmda qalin chiziqlar bilan ko‘rsatilgan.
«VT2» va «VT5» elementlar kirishiga GTI dan 8 ms farq bilan ajratilgan impulslar beriladi. 28.1-rasmda bu hol qalinroq punktir bilan ko‘rsatilgan. Bu impulslar «VT2» va «VT5» elementlar chiqishlariga kuchaytirilgan va intervallangan holatda kirib boradi. «VT5» elementning chiqish impulslari «D 41:28» orqali ORG ning harakatini ta’minlaydi, rele G qo‘zg‘atilgan holidagi «VT2» elementning chiqish impulslari esa 1:6 nisbatni ta’minlovchi chastota bo‘lgichi orqali taqsimlagich harakatini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |