Temir yo'l transportidagi telemexanik boshqaruv va nazorat tizimlari



Download 1,74 Mb.
bet1/21
Sana23.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#696668
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1. Ma\'ruza 6-sem UMUMIY


Ma'ruza 1. "Temir yo'l transportidagi telemexanik boshqaruv va nazorat tizimlari" faniga kirish

O‘zbekiston temir yo‘llarining zamonaviy avtomatika va telemexanika vositalari bilan jihozlanishi, poyezdlar harakati xavfsizligini, temir yo‘lning talab etilgan o‘tkazish qobiliyati hamda tashish jarayonini samarali boshqarishning asosiy omili hisoblanadi. Poyezdlar harakatini boshqarishning mukammallashtirishdagi istiqbolli yo‘nalishlardan biri yagona dispetcherlik markazi (YaDM) hisoblanadi. Poyezdlar harakatini YaDM xonasidan liniyadagi stansiyalarning barcha strelka va signallarni boshqarish orqali amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu boshqarish faqat YaDMda stansiyadagi strelka va svetoforlarning holati, peregon va stansiya yo‘llarining bo‘sh yoki bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin. Boshqarish buyruqlarini jo‘natish va qabul qilish hamda obyektlar holati haqidagi ma’lumotlarni jo‘natish va qabul qilish maxsus kodli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.


Dispetcherlik markazlashtirish kodli qurilmalari bir joydan turib harakat jadalligiga qarab dispetcherlik uchastkasidagi 30 ta stansiya va ularni birlashtiruvchi peregonlarni o‘z ichiga olgan obyekt (strelka, svetofor va hakozo) holatini boshqarish imkonini beradi. Kodli qurilmalar O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnik foydalanish qoidalariga (TFQ) muvofiq quyidagilarni ta’minlashi kerak:
-bir punktdan bir qancha stansiyalardagi strelka va signallarni boshqarish;
-boshqarish apparatida nazorat etilayotgan strelka holati va bandligi, peregonlar, stansiyalar yo‘llari va ularga tutashgan blok – uchastkalarning bandligini hamda kirish, marshrut va chiqish svetoforlarining ko‘rsatkichlarini takrorlash;
-stansiyalarni, strelka va signallar ishlarini boshqarish, poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish hamda manyovr ishlarini bajarish uchun zaxira boshqaruvga uzatish yoki manyovr ishlarini bajarish maqsadida strelkalarni mahalliy boshqaruvga uzatish imkoniyatini;
-bajarilgan poyezdlar harakati grafigini avtomatik tarzda qayd etib yozilishini;
-blok – uchastkalar soxta bandligida poyezd dispetcheri harakatning yo‘nalishini o‘zgartirish imkoniyatini ta’minlashi (yangi tizimlarni ishlab chiqishdagi talablariga ko‘ra).
Kodli qurilmalardan faqat agar liniyali stansiyalar elektr markazlash tizimlari bilan, peregonlar esa avtoblokirovka bilan jihozlanganda foydalanish mumkin. Peregonlardagi avtoblokirovka, stansiyalaridagi elektr markazlash hamda kodli qurilmalaridan iborat bo‘lgan majmua dispetcherlik markazlash (DM) nomini olgan. Dispetcherlik markazlash tizimini har qanday uchastkalarda qo‘llash mumkin. Bu tizim bir yo‘lli uchastkalarda yuqori samaradorlikka ega, ayniqsa agar peregonlar ikki yo‘lli uchastkalarga ega yoki stansiya sxemasi bo‘ylama yo‘lli bo‘lsa. Bunda poyezdlar yuqori tezlikda to‘xtovsiz kesishib harakatlanishi mumkin. Bunday holatda, dispetcherlik markazlash bilan jihozlangan liniyalarda poyezdning uchastka tezligi 15-25% , uchastkaning o‘tkazish imkoniyati esa, 35-40% ga oshadi. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatadigan xodimlarning soni har 100 km temir yo‘l liniyasida o‘rtacha 60 kishiga qisqaradi. Bir yo‘lli uchastkani dispetcherlik markazlash qurilmalari bilan jihozlash uchun ketgan sarf-xarajatlarning o‘z-o‘zini oqlashi 3-4 yildan oshmaydi.
O‘zbekiston temir yo‘llaridagi yuk tashish ko‘lami katta bo‘lgan uchastkalarda joylashgan barcha liniyali stansiyalardagi «Neva» va «Luch» tizimlari yangi kodli qurilmalar bilan jihozlangan. Yagona dispetcherlik markazi yangi «Dialog» kompyuter tizimi bilan ta’minlangan. Bu tizim liniyali stansiyalarning «Neva» va «Luch» tizimlari bilan moslashtirilgan bo‘lib, ular bilan birga ishlaydi.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish