7-AMALIY MASHG’ULOT
O'lchamlar zanjirini hisoblash tartibi.
O’lchamlar zanjiri va uning elementlari
to’g’risidagi tushunchalar
Konstruktor tomonidan loyihalangan har qanday buyum-mashina, agregat, qism yig’ma birliklardan tashkil topgan bo’ladi. Bularning aniqligi esa o’z navbatida, ma’lum o’lchamlar zanjirini hisob-kitob qilish asosida amalga oshiriladi.
O’lchamlar zanjiri deb, bir o’lcham aniqligiga ta’sir etuvchi va berk kontur hosil qiluvchi o’zaro birlashtirilgan o’lchamlar to’plamiga aytiladi (11.2-rasm).
O’lchamlar zanjirining zvenosi deb, yuzalar oralig’idagi (o’qlararo) masofani yoki ularning burchakli joylashuvini aniqlovchi o’lchamga aytiladi.
Berkituvchi zveno deb, qism yoki butunlay mashina detallarining aniqligiga asosiy talablar qo’yuvchi o’lchamga aytiladi.
Har bir o’lchamlar zanjiri bitta berkituvchi va ikki yoki undan ko’proq tashkil etuvchi zvenolardan tuzilgan bo’ladi. Tashkil etuvchi zvenolar berkituvchi zveno nominal qiymatini oshirsa (+)musbat deb ataladi, agarda kamaytirsa (-)manfiy deb ataladi.
11.2-rasm. Yig’ish o’lchamlar zanjiri sxemasi: a-ishchi chizma, b-zanjir sxemasi.
Masalan, 11.2, b-rasmda: A1, A2, A3 o’lchamlar berkituvchi zveno qiymatini kamaytiradi va ishoralari (-); A4 o’lcham esa berkituvchi zveno qiymatini oshiradi, demak ishorasi (+).
Tashkil etuvchi zvenolarning xatoliklari berkituvchi zveno aniqligiga turli darajada ta’sir ko’rsatadi. Tashkil etuvchi zvenolarning berkituvchi zvenoga ta’sir etuvchi koeffitsientiga uzatma nisbati deyiladi.
Kompensatsiyalovchi zveno deb, berkituvchi zveno xatoligini kamaytirish maqsadida, tashkil etuvchi zvenolarning xatoliklarini kompensatsiyalash uchun ishlatiluvchi zvenoga aytiladi.
12.1-jadval.O’lchamlar zanjirlarining tasnifi
Tasniflash
xususiyati
|
O’lchamlar zanjiri-
ning nomi
|
Tavsifnomalari
|
Buyumdagi
|
Har bir detal uchun
|
Bir detal yuzalari yoki o’qlarining nisbatan joylashishi va aniqligini aniqlaydi.
|
O’rni bo’yicha
|
Yig’ish
|
Mashinaning yig’ilgan mexanizmda qaysi bir parametrining nisbatan joylashishni va aniqligini aniqlaydi.
|
Aniqlikka erishish usuli bo’yicha
|
Kompensatorsiz
|
Tashkil etuvchi zvenolarning talab etilgan aniqligi o’zaroalmashinuv -chi detallar bilan ta’minlalaydi.
|
Kompensator bilan
|
Berkituvchi zvenoning talab etilgan aniqligiga kompensator yordamida amalga oshiriladi.
|
Zvenolarning
joylashishi bo’yicha
|
To’g’ri chiziqli
|
O’lchamlar zanjirining zvenolari o’zaro parallel chiziqlarda joylashgan.
|
Yassi
|
O’lchamlar zanjirining zvenolaribitta yokibir-nechta parallel tekisliklarda joylashgan.
|
Fazoviy
|
O’lchamlar zanjirning zvenolari parallel bo’lmagan tekisliklarda joylashgan.
|
O’zaro bog’lanish xarakteriga qarab
|
Mustaqil
|
Hamma zvenolar bitta o’lchamlar zanjiriga kiradi.
|
O’zaro bog’liq
|
Bitta yoki bir-nechta zvenolar, ikkita yoki ko’proq o’lchamlar zanjiriga kiradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |