.G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar.
Diniy va dunyoviy g’oyalarning o’zaro bir-birini boyitib borishi mafkuraviy yuksaklikka erishishda g’oyat muhim ahamiyat kasb etishini tarixiy misollar orqali ko’rish mumkin. Xususan, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Burhoniddin Marg’inoniy, Najmiddin Kubro, shuningdek, Ahmad Farg’oniy, Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy singari buyuk ajdodlarimiz yashab, ijod etgan davrlar shundan dalolat beradi.
G’oya va mafkura o’zaro dialektik aloqadorlikda mavjud bo’ladi: g’oya mafkuraga asos bo’lsa, mafkura esa, o’z navbatida, muayyan g’oyani amalga oshirishga xizmat qiladi.
G’oya safarbar etuvchi ulug’vor fikr bo’lsa, mafkura esa ana shu ulug’vor g’oyalarni bir butun, yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi, uyushtiruvchi, harakatga keltiruvchi, boshqaruvchi g’oyalar tizimidir.
2-masala. Tarixiy tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, 40 ming yillar muqaddam qadimgi ajdodlarimiz olamning, hayotning vujudga kelishi, mazmun-mohiyati to’g’risida mifologik (afsona, rivoyatlarga asoslangan) sodda dunyoqarashga ega bo’lganlar. Insoniyatning ibtidoiy davriga xos bo’lgan totemizm (o’simlik va hayvon turlariga sig’inish), animizm (ruh va jonlarga sig’inish), fetishizm (narsa, buyumlarga sig’inish) kabi mafkuraning ilk shakllari shundan dalolat beradi («Dinshunoslik» fani bu haqda batafsil ma’lumot beradi). Milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfutsiylik, sintoizm singari diniy mafkuralar taraqqiyotning keyingi davrlarida paydo bo’ldi. Ular yuz yillar davomida davlat dini va mafkurasi sifatida yuqori mavqega ega bo’lib keldi. Davrlar o’tishi bilan ularning ayrimlari o’z mavqeini yo’qotgan bo’lsa-da, insoniyat ma’naviy taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi.
Miloddan avvalgi ming yillik davomida olamning paydo bo’lishi, inson va uning mavjudligi, rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy talqin qilish kuchaydi. Buning natijasida falsafiy ta’limotlar muayyan tizim shaklini oldi.
Monizm butun mavjudotning asosini bitta mohiyat tashkil etadi, degan g’oyaga asoslansa, dualizm esa olam ham moddiy, ham ruhiy-ilohiy boshlang’ichga ega deb ta’lim beradi (bu asoslarning har ikkalasi ham teng huquqlidir). Qadimgi davr yunon faylasuflari Geraklit 530-470y. Efes shahrida tug’ilgan. U aytadiki dengiz suvi ba’zi bir tirik mavjudot uchun toza (Milet maktabi vakillari, Geraklit, Demokrit va b.) olamning boshlang’ich asosi sifatida suv, havo, apeyron, olov, atom kabilarni e’tirof etganlar. Plyuralizm, ya’ni olamning asosida ko’p narsalar yotishi haqidagi g’oyalar shu tariqa paydo bo’ldi.
Dunyodagi barcha mavjudot shu narsalardan paydo bo’lgan va oxir-oqibat yana shularga aylanadi, degan qarashlar g’oyaviy tizimlarning yanada shakllanishiga ta’sir ko’rsatdi.
Ayniqsa ming yillikning o’rtalarida materializm va idealizm kabi o’zaro qarama-qarshi g’oyaviy tizimlarning vujudga kelishi falsafiy fikr taraqqiyotiga turtki bo’ldi.
Materializm - moddiyunchilik, ya’ni moddiylikni ustun qo’yuvchi, ma’naviylik, ruhiylik moddiylikning mahsuli deb e’tirof etuvchi oqim.
Idealizm esa dunyo va insonning paydo bo’lishi, mavjudligi va rivojlanish xususiyatlari, borliq va yo’qlik masalalarida ruhiy va ilohiy tamoyillarni ustivor deb bilish, moddiylik ma’naviylikning mahsuli deb qarashdir.
Materializm va idealizm o’rtasidagi g’oyaviy kurash, ular o’rtasida ikkilanuvchilik, murosasizlik mavqeini egallagan dualizm g’oyalari qariyb ikki yarim ming yildan buyon davom etib kelayotir.
Xudoning mavjudligini e’tirof etuvchi, ilohiy qadriyatlarni mutloqlashtiruvchi teizm hamda ayni shu haqiqatlarni mutlaqo inkor qiluvchi ateizm o’rtasidagi g’oyaviy tortishuvlar ham asrlar mobaynida davom etmoqda.
Umuman olganda, insoniyat tarixi g’oya va mafkuralar tarixidir. Aniqroq aytganda, g’oyalar va mafkuralar kurashi tarixidir. «Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda ikki kuch - bunyodkorlik va buzg’unchilik g’oyalari hamisha o’zaro kurashadi. Bunyodkor g’oya insonni ulug’laydi, uning ruhiga qanot bag’ishlaydi. Sohibqiron Amir Temurning parokanda yurtni birlashtirish, markazlashgan davlat barpo etish, mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shunday ezgu g’oyalar asos bo’lgan»1.
Tarixda g’oya va mafkuralar mazmun-mohiyatiga ko’ra ezgulik va yovuzlikka, bunyodkorlik va vayronkorlikka xizmat qilib keldi.
Milliy g’oya - millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g’oya shakli.
Milliy mafkura - millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo’lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g’oyaviy asrash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishidir.
Demak, milliy g’oyaning zarurligi, eng avvalo, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash uchun zarurdir. Uning zarurati quyidagi maqsadlarni amalga oshirish bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi:
1. Oldimizga qo’ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga, ya’ni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish.
2. Eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo’lish.
3. Foyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik.
4. Uzoq davrlar mobaynida odamlar ongida hukmron bo’lgan begona va yot g’oyalarning yanada qaytadan tiklanishiga yo’l qo’ymaslik.
5. Xalqimiz tabiatiga zid bo’lgan o’zga g’oyalardan, ayniqsa, yosh avlodni himoya qilish.
6. Har qanday tajovvuzkor g’oyalarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish zaruratining mustaqillikni mustahkamlashdagi o’rnini anglash orqali harakat dasturiga ega bo’lish.
7. Mustaqillikni davlatimizning har bir fuqarosida Vatan taqdiri uchun ma’ullik tuyg’usi bo’lishi uchun ham zarur.
Mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-
Odamlarni muayyan g’oyaga ishontirish va mo’ljallash funktsiyasi.
-
SHu g’oya atrofida kishilarni uyushtirish va birlashtirish funktsiyasi.
-
Foyani amalga oshirish uchun safarbar etish.
-
Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag’batlantirish.
-
Foyaviy tarbiyalash.
-
Foyaviy immunitetni shakllantirish.
-
Harakat dasturi bo’lish.
-
Amortizatsiyalash, ijtimoiy keskinlikni yumshatish funktsiyasi.
-
Muayyan ijtimoiy guruh manfaatlarini ifoda etish va himoyalash funktsiyasi.
Ana shu yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun bir qator quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
1. Mustaqil va erkin tafakkurni shakllantirish. Buning uchun tafakkur to’la ozod bo’lishi lozim.
2. Jamiyatda sog’lom ma’naviy muhitni yaratishdan iborat. Bu hurfikrlilik bilan uzviy bog’liq bo’lgan jarayondir.
3. Millatning o’zligini anglashi, muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylashi, vatanparvarlik kabi tuyg’ularni kamol toptirish.
4. Imon-e’tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni yuksaltirish.
5. Mamlakat ko’p millatli xalqi ongi va qalbida «O’zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirish va mustahkamlash.
6. Milliy istiqlol g’oyasini xalq ongi va qalbiga singdirish uchun eng zamonaviy, qulay mafkuraviy vosita va usullardan foydalanish lozim.
7. Milliy mafkura hayot hodisalariga hozirjavob bo’lishi, yot va zararli g’oyalarning hurujiga o’z vaqtida javob berishi kerak.
8. Har bir yurtdoshimizning intellektual-ma’naviy salohiyatini ro’yobga chiqarish zarur.
9. Kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar etishi darkor, chunki u g’oyaviy himoya vositasi hamdir.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- mamlakatning mustaqilligini mustahkamlash, uning hududiy yaxlit-ligi va sarhadlar daxlsizligini ta’minlashda yordam berish;
- qonunning ustuvorligi, demokratiya va o’z-o’zini boshqarishning hayotda mustahkam o’rin egallayotganiga asoslanganlik;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligiga tayanish;
- xalqaro huquq qoidalariga mos kelishi;
- davlatning bosh islohotchi ekanligi va mamlakatda ijtimoiy barqa-rorlikning ta’minlanganligi, o’tish davrida aholining ijtimoiy himoyalanganligi, jamiyat hayoti barcha sohalarining erkinlashuvi, islohotlarning tadrijiyligi tamoyillarga xizmat qiladi.
-
Bunyodkor va vayronkor g’oyalar, ularning namoyon bo’lish xususiyatlari.
Bunyodkor g’oyalar insonni ezgulikka, millat va davlatlarni ozod va mustaqillikka, taraqqiyotga, jamiyatni farovonlikka yetaklaydi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bashariyatni jaholatdan ma’rifatga, zulmatdan ziyoga olib chiqadigan umuminsoniy g’oyalarni asoslash va amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini kashf etish uchun kishiliy tarixining turli davrlarida beqiyos aql-zakovat, iste’dod va tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko’ramiz. Zardo’sht, Suqrot, Aflotun, Arastu, Konfutsiy, Forobiy, Alisher Navoiy va Maxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati bunga yorqin misol bo’la oladi.
Vayronkor g’oyalar inson va jamiyatni tubanlikka boshlaydigan, odamlarni g’arazli niyat va qabihlikka undaydigan, davlat va jamiyatni parokandalik va halokatga yetaklaydigan g’oyalardir. Prezident Islom Karimov afsus bilan ta’kidlab, «inson tabiatidagi insoniylikdan ko’ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni hatti-harakatlarini qo’zg’atib yuborish osonroq», deganida yovuz, buzg’unchi g’oyalarni nazarda tutgan edi.
SHovinizm, nigilizm, kosmopolitizm, bolьshevizm, fashizm, terrorizm, aqidaparastlik singari yovuz g’oyalar insoniyatga tahdid solib kelgan. Vatansizlik g’oyasi - kosmopolitizm, hech qanday qonun-qoidani tan olmay, barcha narsani inkor etishga da’vat etuvchi nigilizm, Frantsiyada imperator Napoleon Bonapart shaxsiga sig’inish natijasida paydo bo’lgan, biror shaxs yoki millatni boshqalardan ustun qo’yadigan shovinizm, zo’ravonlik vasvasasiga berilib, o’z ehtiyojlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirishni maqsad qilib qo’ygan buyuk davlatchilik, tajovuzkorlik, fashizm g’oyalari ham bashariyatning osoyishtaligiga rahna solib turgan yovuz g’oyalardir.
Buzg’unchi g’oyalar ko’pincha insoniyat beparvolikka berilib, bunyodkorlik harakatlari susaygan paytda xuruj qiladi, soxta shiorlarni niqob qilib, odamlarni chalg’itadi va hatto hukmron mavqega ham ega bo’ladi.
Beparvolik natijasi sifatida paydo bo’lgan, odamlarni o’lim bilan qo’rqitish, dahshatli talvasaga solishga urinadigan terrorizm hozirgi kunda xalqaro tus oldi va insoniyatga xavf solayotgan global muammoga aylandi. Terrorizmning jiddiy xavfi to’g’risida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993 yilda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib bong urgan paytda yetarlicha aks-sado bo’lganda edi, balki ko’plab ayanchli terroristik harakatlarning oldi olingan bo’lar edi.
Ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar mavjud bo’lib, ulrning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga “Al-Qoida", “Musulmon birodarlar” “Hizbut-tahrir”,”al-Jihod al-Islomiy”, ”al-Takfir va-l-Hijra” (Misr),”Abu-Sayyof”(Filippin), ”Ozod Achex”, “Lashkari jihod” (Indoneziya), ”Qurolli islomiy harakat” (Jazoir) kabi tashkilotlarni kiritish mumkin.
Turli mamlakatlarda yuz berib kelayotgan terrorchilik harakatlari, jumladan, 1999 yil 16 fevralda Toshkentda sodir etilgan voqealar mintaqa aholisi va butun bashariyat uchun chalingan jiddiy xavf xatar qo’ng’irog’i edi.
Yurtboshimiz o’z vaqtida BMT Bosh Assambleyasida jahon hamjamiyati diqqatini bu muammoga qaratib, kech bo’lmasdan xalqaro miqyosda ildiz otib borayotgan bu xavf-xatarni oldini olib, tag-tomiri bilan yuqotish maqsadida xalqaro miqyosda terrorizmga qarshi kurash markazini tuzishga chorlagan edi, agar yetarlicha e’tibor berilganda edi bu qonli urushlarni oldini olgan bo’lar edi.
2001 yilning 11 sentyabrida AQSHda uch mingdan ortiq begunoh insonlar halok bo’ldi. Terrorizm butun insoniyatga qarshi qaratilgan, chidab bo’lmaydigan xatar manbaiga aylangani yana bir marta amalga o’z isbotini topdi.
Afsuski, mudhish terrorchilik harakatlari O’zbekistonni ham chetlab o’tmadi. 2004 yilning 29-30 mart va 1 aprel kunlari bunday harakatlar oqibatida 9 nafar ichki ishlar xodimi va 5 nafar fuqaro halok bo’ldi. Respublika Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasida mamlakatimiz rahbari «har tomonlama puxta tayyorlangan bu jinoiy harakatlarning ildizi mamlakatimiz tashqarisida joylashgan xalqaro terrorchilik va ekstremizm markazlariga bevosita borib tutashmoqda. Buni tasdiqlaydigan dalil-isbotlar yetarli»,1 deb ta’kidladi.
Albatta, g’animlarning niyati bitta - O’zbekistondagi osuda va farovon hayotni buzish, xalqimizni tanlagan yo’lidan qaytarish. Lekin ular shum niyatlariga erisha olmaydilar. Xalqimiz bunday sinovlarni boshidan kechirgan va mardona yengib o’tgan. Uning irodasini hech qanday yovuz kuch sindira olmaydi. Ayni chog’da «barchamiz bir tanu bir jon bo’lib, terrorizm va ekstremizm xavfiga qarshi qat’iyat bilan kurash olib borishimiz, «o’z uyingni o’zing asra» degan shiorning ma’nosini keng va chuqur anglab, go’zal va betakror Vatanimizning tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini ko’z qorachig’iday saqlashimiz zarur»2.
XIX asrda vujudga kelgan bolьshevizm g’oyasi sinfiy antoganizmga asoslangan hamda kommunistik mafkuraning ifodasi edi. Sinfiy kurash g’oyasiga asoslangan bu mafkura jamiyatni qarama-qarshi taraflarga bo’lib tashladi, ular o’rtasida fuqarolar urushi va qirg’in-barotga shart-sharoit yaratib berdi. Sinfiy mansubligi nuqtai nazaridan hatto o’g’il otaga, uka akaga, do’st birodariga qarshi qo’l ko’tardi. Natijada mehr-oqibat ko’tarilib, milliy g’urur toptaldi, millionlab kishilar halok bo’ldi, ko’plar bevatan qoldi. Aslida bu yovuz g’oya bizning zaminimizda paydo bo’lgan emas. U Yevropadan bu yoqqa olib kelingan. Xalqimiz bu g’oyaga moyil emas.
Hozirgi dunyodagi mafkuraviy tahdidlardan yana biri aqidaparastlikdir. Aqidaparastlik - muayyan bir g’oya, tamoyil yoki nuqtai nazarga mahkam yopishib olish va boshqasini tan olmaslik. Hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasiga ta’sir ko’rsatayotgan bu g’oya uch xil ko’rinishda namoyon bo’lmoqda. Ularning birinchisi siyosiy aqidaparastlik bo’lib, u siyosatda, boshqaruv faoliyatida eskirgan, siyqasi chiqqan usul va uslublarga tayanib ish ko’rish demakdir. Boshqaruvning feodal-avtoritar shakli bunga misol bo’la oladi. Aqidaparastlikning ikkinchi ko’rinishi ilmiy aqidaparastlik bo’lib, u ilm-fan sohasida yoshini yashab bo’lgan fikrlar, nuqtai nazarlar va xulosalarni mutloqlashtirishni bildiradi. Fizikada mexanitsizm, ijtimoiy fanlarda marksizm ilmiy aqidaparastlikka misol bo’la oladi.
Aqidaparastlikning zararli ko’rinishlaridan yana biri diniy aqidaparastlik bo’lib, u dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni ko’r-ko’rona qo’llash va mutloqlashtirishdir. Bunday urinish turli dinlardagi mazhablar va yo’nalishlar orasida keskin nizo va to’qnashuvlar keltirib chiqaradi. Diniy aqidaparastlik ekstremizmning paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Ekstremizm esa terrorchilik harakatlarini ham o’z ichiga oladi. Diniy ekstremizmning pirovard maqsadi - mavjud konstitutsion tuzumni kuch bilan ag’darish va diniy davlatni qaror toptirishdan iborat. Bu yo’lda diniy ekstremistlar har qanday qabihlikdan tap tortmaydilar. Pokistonda 800 ga yaqin diniy madrasalar mavjud bo’lib, ularda diniy ilmlar bo’yicha mutaxassislar emas, balki jangarilar tayyorlanayotganligini shu maqsad yo’lidagi urinish deb baholash mumkin.
Insoniyatga jiddiy tashvish tug’dirayotgan, uning hayotiga xavf solayotgan bunday mafkuraviy tahdidlarning ta’siri nimalarda ko’rinadi?
-inson xohishi va dunyoqarashini zid, salbiy tomonga o’zgartirib yuborishda;
-turmush tarziga salbiy ta’sir ko’rsatishda;
-fikrlar xilma-xilligi va turli-tumanligini tan olmaslikda;
-yagona fikr, nuqtai-nazar, g’oyaning to’g’riligini da’vo qilib, boshqalarini inkor qilishda;
-begona urf-odat, an’analarni targ’ib qilish va ularning kirib kelishiga muhit yaratishda;
-insonni o’zga g’oyalar ta’siriga tushib qolishida;
-jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy asoslarini ham yagona g’oyaga bo’ysindirishda;
-qaramlik, tobelik muhitini shakllantirishda;
-mamlakatni, xalqni o’z milliy-ma’naviy qadriyatlaridan, o’z taraqqiyot yo’lidan begonalashtirishda;
-xalqlarni, millatlarni birlashtirishga emas, balki bo’lib yuborish, ichki ixtiloflarga, buzg’unchilikka, parokandalikka sabab bo’lishida ko’rinadi.
Inson va jamiyat hayotida g’oyaning o’rni beqiyos. Inson o’zi yaratgan g’oyadan ruhiy madad olib bunyodkorlik, yaratuvchilik sari yuz tutadi, fidoyilik namunalarini ko’rsatib mehnat qiladi.
Insoniyat yuksak g’oyalar sohiblarini yetishtirdi. «Tafakkuri kuchli xalq buyuk xalqdir» deb e’tirof etgan Arastu, «xalqni yakkalam qildim» deya qoniqish hissini tuygan Navoiy, «qo’l bilan tiklab bo’lmas haykal qo’ydim o’zimga» deb mag’rur xitob qilgan Pushkin, hind xalqi ozodligi uchun umrini bag’ishlagan Maxatma Gandi yuksak g’oyalari bilan o’zlari mansub bo’lgan xalqning g’urur-iftixori bo’lib qoldilar. SHiroq va To’maris, Spitamen va Muqanna, Temurmalik va Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Mirzo Bobur kabi fidoyi ajdodlarimiz, diniy va ilmiy haqiqat yo’lidan borgan ko’plab mutafakkir bobolarimiz ham yuksak insoniy g’oyalar sohiblari bo’lishgan.
Davlatimiz rahbari I.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» degan asarida «O’z g’oyang bo’lmasa, sening yurtingda chet g’oya kelib hukmronlik qiladi» deb bejiz ta’kidlamagan. G’oyaviy ojizlik, mafkuraviy zaiflik butun bir davlatning qudratiga putur yetkazishi, jamiyat taraqqiyotini orqaga burib yuborishi mumkin.
O’z g’oyalarini saqlab qololmay, chet g’oyalarning ta’siriga tushib qolgan, milliy o’zligidan, qadriyatlari, madaniyati va urf-odatlaridan mahrum bo’lib, pirovardida butun boshli elatlar yo’qolib ketganligi tarixdan ma’lum. Bir paytlar mo’g’ullar bosqinchilik g’oyasi ostida birlashib, butun dunyoni titratgan edi. G’oya ulkan hudud bosib olingandan keyin bu g’oya o’z vazifasini bajarib bo’ldi. Tarqab ketgan mo’g’ullar boshqa g’oyani boyroq qilib ko’tara olmadilar va o’zlari ham tub xalqlarning mafkurasi domiga tushib qoldilar. Amerika hindulari va Avstraliya aborigenlari tarixi ham bunga misol bo’la oladi.
Sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin yurtimizda feodal tarqoqlik kuchayib, beqarorlik avj olgani, mehr-oqibat ko’tarilib, ma’naviy qadriyatlarimizga putur yetgani tarixning achchiq sabog’idir. Ayrim hukmdorlarning xalqni birlashtirib, mustaqillik uchun kurashga safarbar etmaganlari tufayli o’lkamiz qaramlik changaliga tushib qoldi, avval chorizm g’oyasi, so’ngra kommunistik mafkura hukmron bo’ldi. Uning qanday oqibatlarga olib kelgani barchamizga ma’lum.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki paytlaridanoq xalqimizni oydin manzillarga yetkazishda milliy g’oyaning zarurligini uqtirib, uning maqsad va vazifalarini ko’rsatib berdi, mafkura
bo’lmasa, odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotish muqarrar ekanligini asoslab berdi.
2.4“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining amalga oshirilishi.
Mavzuni yoritishda, avvallo, mamlakatda kuchli davlat barpo etilishi lozimligi haqida tushuncha berish kerak. Bunda bosh strategik maksad – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor Iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish haqida batasfsil ma’lumot beriladi. Ammo bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishning tayyor andozasi yo’k. Bu borada jahondagi eng rivojlangan davlatlar tajribasini ham ko’r-ko’rona qo’llay olmaymiz. SHu sababli xalqimiz rivojlanishning o’zimizga mos – ijtimoiy larzalarsiz, inqilobiy sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg’a borishni taqozo etuvchi yo’lni tanladi.
Bu yo’l jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi bir qator vazifalarni bajarishni taqozo etadi.
Siyosiy soxada – jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish:
Birinchidan, mamlakat siyosiy hayotining barcha soxalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish. Milliy g’oyaning siyosiy soxadagi xususiyatlari mohiyati shularda namoyon buladi.
O’zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq – davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. Xalqning mentaliteti, siyosiy madaniyati, o’z haq-huquqlarini, tub manfaatlarini anglash darajasi, siyosiy va madaniy yetukligi uning davlat qurilishida qanchalik faol ishtirok etishini belgilaydi.
Demak, siyosiy hayotni erkinlashtirishning asosiy shartlaridan biri xalqning siyosiy ongini o’stirish, unga demokratik erkinliklarning ma’no-moxiyatini to’g’ri tushunib olish va uzlashtirishga imkon yaratishdan iborat. Siyosiy madaniyat esa, bir tomondan, fukarolarning, ikkinchi tomondan, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qonunlarga bo’ysunishidan boshlanadi. SHundagina demokratiya, fikr va vijdon erkinligi, plyuralizm va inson huquqlarini ta’minlash tamoyili jamiyat xayotining asosiy mezoniga aylanadi.
Lekin demokratiya va siyosiy hayotni erkinlashtirish zaruratini “oxlokratiya” (oxlos – to’da, olomon), ya’ni turli guruhlarning siyosiy o’zboshimchaligidan, hokimiyat idoralariga noo’rin talablar qo’yishdan, tazyiq o’tkazishdan (Kirg’iziston misolida) farqlash kerak.
Ikkinchidan, jamiyatdagi turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o’rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirish, siyosiy hayotda chinakam ko’ppartiyaviylik tamoyilini qaror toptirish.
Uchinchidan, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishi uchun keng shart-sharoitlar yaratish. Demak, mustaqillik bu hukuq. Huquq esa – mas’uliyat ekanini anglash lozim.
Turtinchidan, mahalliy hokimiyat va o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyat doirasini kengaytirish, davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich ular zimmasiga yuklab borish. SHundagina “kuchli davlatdan – kuchli fuqaroliq jamiyati sari tamoyili amalga osha boradi.
Beshinchidan, davlatning islohotchilik vazifalarini demokratik talablar asosida, xalq va jamiyat manfaatlariga mos holda amalga oshiradigan iste’dodli, izlanuvchan, chuqur bilimli va yuksak malakali, Vatan va xalqiga sadoqatli yosh kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish hamda yangilashga imkon beradigan tizimni takomillashtirish.
Iqtisodiy sohada:
Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan amalga oshirish va olib boilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini yanada oshirish. Bu yo’lda amalga oshiriladigan vazifalar:
Birinchidan, iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa – avvalo, davlatning boshqaruvchilik vazifalarini qisqartirish.
Ikkinchidan, xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish.
Uchinchidan, iqtisodiyotga xorij sarmoyasini keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni kengaytirish.
To’rtinchidan, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, uning xalqaro mehnat taksimotida teng huquqli va o’zaro manfaatli shartlar asosida ishtirok etishi, iqtisodiyotning jahon iqtisodiy tizimiga keng-ko’lamli integratsiyalashuvini kuchaytirish.
Beshinchidan, Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, boy tabiiy zahiralarimiz, intellektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng foydalanish.
Tarkibiy o’zgarishlar:
1 Iqtisodiyotning mulkchilik asoslarini rivojlantirish.
2.Tayyor maxsulot ishlab chikaradigan korxonalar tarmog’ini kengaytirish.
3.Kichik va o’rta biznes korxonalari tizimini shakllantirish.
4.Bozor infratuzilmasini vujudga keltirish. Tadbirkorlarga va axoliga rang-barang Iqtisodiy, moliyaviy, axborot-reklama, xukukiy va boshka xizmat turlarini kengaytirish.
5.O’zbekistonning geografik o’rni, geopolitik xsusiyatlari, transport va kommunikatsiya masalalariga e’tibor qaratish.
Ijtimoiy sohada:
Jamiyat xayotining barcha jabxalarida tub o’zgarishlar amalga oshirilayotgan, bozor munosabatlari ustuvor bo’lib borayotgan sharoitda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bunda kuyidagi tadbirlar o’tkaziladi:
Birinchidan, xalq moddiy farovonligini boskichma-boskich ta’minlab borish.
Ikkinchidan, oila, onalar va ayollarning jamiyatdagi o’rni va mavqeini oshirib borish.
Uchinchidan, konunlar ustuvorligi va aholii xavfsizligini kafolatlovchi davlat tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish.
To’rtinchidan, barkamol insonni tarbiyalash ishlarini yanada takomillashtirish.
Ma’naviy soxada:
Ma’naviy kadriyatlarni ilm-fan yutuklari bilan boyitib borish, milliy g’oya va mafkura tamoyillarini xalq ongiga chukurrok singdirish.
Bu jabxada kuyidagi vazifalarni bajarish lozim.:
Birinchidan, axolini ma’naviy yangilanish va isloxotlar jarayonining faol ishtirokchilariga aylantirish.(Ijtimoyi hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik...).
Ikkinchidan, turli ijtimoiy guruxlar, siyosiy kuch va harakatlarni yagona g’oya - Vatan ravnaki, yurt tinchligi, xalq farovonligini oshirish tamoyillariga xizmat kildirish.
Uchinchidan, ota-bobolarimiz dinining gumanistik mohiyatini keng tushuntirish.
To’rtinchidan, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish ishlarini izchil davom ettirish.
Beshinchidan, Millatlararo totuvlikni ta’minlash.
Taraqqiyotning o’zbek modeli:
O’zbekistonda jamiyatni isloh etishning besh tamoyili vujudga keldi:
Birinchi tamoyil: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.
Ikkinchi tamoyil: davlat bosh isloxotchi.
Uchinchi tamoyil: konunlar ustuvorligi.
To’rtinchi tamoyil: kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish.
Beshinchi tamoyil: bozor iqtisodiyotiga boskichma-boskich o’tish.
Yuqorida ta’kidlangan vazifalar amalga oshirilgandagina fuqarolik jamiyati qaror topadi va davlat, asosan, konstitutsion tuzumni, respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish, tartib-intizom, mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquq-erkinliklarini, mulkdorlar huquqlari, tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish, samarali tashqi siyosat yurgizish bilangina shug’ullanadi.
Bundan tashqari davlat hokimiyatining har uchala tarmog’ini mustaqil ish olib bormog’i shart. Birinchi navbatda, sudlar tom ma’noda erkin bo’lmog’i kerak. “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yilning iyunь oyida qabul qilingan “Yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik institutiga aylantirildi, yuridik ta’lim tizimining fundemental asoslarini tubdan isloh qilish va yaxshilashning poydevori yaratildi”i.
Fuqarolar faol bo’lmagan mamlakatda kuchli fuqarolik jamiyati haqida gapirib o’tirishning hojati yo’q. O’zini o’zi boshkarish organlari va umuman,
-nodavlat tashkilotlar:
-siyosiy partiyalar;
-mustaqil kasaba uyushmalari;
-xotin-qizlar qo’mitalari va boshka uyushmalari;
-«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati;
-ekologlar jamiyatlari;
-qishlok, fuqarolar yig’inlari;
-mahallalar;
-nogironlar jamiyatlari;
-«Nuroniy» jamg’armasi va boshqalar.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. G‘oya nima? Foyalarning qanday turlari mavjud? Bunyodkor g’oyalar va vayronkor g’oyalarga misollar keltiring.
2. Mafkura nima? Mafkuralarning qanday tarixiy shakllari bo’lgan?
3. Davlatlar va millatlarning yuksalishi yoki tanazzulga uchrashida mafkuraning ahamiyati qanday?
4. Mafkurasiz millat va g’oyasiz inson bo’lishi mumkinmi?
5.” Kuchli-davlatdan kuchli-fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining ahamiyati nimada?
3-MAVZUNING QISQACHA BAYONI
Mafkuraviy muammolar, ma`naviy tahdidlar va barkamol shaxs tarbiyasi.
3.1.Xavfsizlik va unga tahdidning asosiy yo’nalishlari.
«II jahon urushiga yurtimizdan 1 million 433230 kishi safarbar bo’lgan. 1941 yilda O’zbekiston aholisi bor-yo’g’i 6,5 million kishi bo’lgan. Agar aholining yarmini bolalar va keksalar tashkil etishini hisobga olsak, yaroqli odamlarimizning 50-60 foizi urushga ketgani ayon bo’ladi. Ulardan 263005 kishi halok bo’lgan. 132670 kishi bedarak yo’qolgan. 60452 kishi o’z o’lkasiga nogiron bo’lib qaytgan»1.
Hozirgi dunyoda mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi ikki yo’nalishda bormoqda: 1) insoniyat tsivilizatsiyasi tarixida erishilgan har qanday moddiy va ma’naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminallashib, universallashib bormoqda. Ya’ni milliylik va umuminsoniylik tamoyillarining integratsiyalashuvi kuzatilmoqda; 2) millatlar va davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi notekis rivojlanish, o’z manfaatlarini mutlaqlashtirish o’zlarining kelajagiga xavf tug’dirayotgan zararli g’oyalarning globallashuviga olib kelmoqda (xalqaro terrorizm, narkoagressiya, diniy ekstremizm va h.k.).
Umuman, bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilovchi omillar quyidagilar:
-ikki qutbli dunyoning barham topishi;
-mislsiz ilmiy kashfiyotlar;
-ulkan texnikaviy imkoniyatlar;
-universial texnologiyalar;
-axborot tarqatishning globallashuvi;
-kommunikatsiya jarayonlarining kengayishi;
-keng miqyosli integratsiya jarayonlari va h.k.
Milliy istiqlol g’oyasini targ’ib qilishda ma’naviyatni rivojlanti-rishda asosiy yondashuv ma’rifiy yondashuv bo’lsa ham bu jarayon milliy istiqlol g’oyasining xususiyatlari bilan bog’liq. Jahondagi globallashuv jarayonlari ana shu g’oyaga bo’lgan ehtiyojni keskin kuchaytiradi. Aslini olganda, globallashuv jarayoni bo’lmasa, milliy g’oyaga ham ehtiyoj oshmas edi. CHunki globallashuv bo’lmaganda har bir xalq va millatning ma’naviyati o’zicha mavjud bo’lar va imkoniyat darajasida rivoj topardi. Tashqi ta’sir va tahdidning yo’qligi esa milliy g’oyaga ehtiyojni ham dolzarblashtirmas edi.
Mafkuraviy poligonlar kurashi. Poligon - (grek. serqirra). Mafkuraviy poligon deb, odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g’oya yoki mafkurani mablag’, ham zamonaviy texnik vositalar bilan kuchlantirib, moddiy va ma’naviy tashviqot qurollarini ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini o’z foydasi yo’lida boshqarib turadigan g’oyaviy markazga aytiladi.
Hozirgi dunyoda inson ongi va qalbi uchun qaysi mafkuraviy kontseptsiyalar kurash olib bormoqda, deb tinglovchilarga murojaat qilinadi. So’ngra ularning fikrlari umumlashtirib, I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida ko’rsatib berilgan tahdidlarga to’xtalib o’tiladi. Ular mintaqaviy mojarolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korruptsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug’-aymoqchilik munosabatlari va ekologik muammolardan iborat.
SHovinizmning mohiyati, uning paydo bo’lish sabablarini bayon qilishdan avval «shovinizm» so’zi tinglovchilarda qanday tasavvur hosil qilishiga e’tibor qaratish mumkin: ya’ni aqliy hujum usuli qo’llaniladi.
Masalan, shovinizm - bu . . .
So’ngra, bu fikrlar umumlashtirilib, buyuk davlatchilik shovinizmi g’ayriinsoniy harakterga egaligi, u o’z mohiyatiga ko’ra milliy tengsizlikni oqlashning o’ziga xos shakli ekanligi haqidagi mulohazalar bilan ishtirokchilar fikrini to’ldiriladi. Odatda, hudud jihatidan kichik bo’lgan va eng asosiysi - iqtisodiy imkoniyatlari zaiflashgan va ichki beqaror davlatlar ana shunday da’volarga nishon bo’ladi.
Afsuski, bizning o’lkamiz ham buyuk davlatchilik shovinizmining falokatli ta’siridan chetda qolmadi. «U ham uzoq vaqt davomida hukmron shovinistik va agressiv millatchilik g’oyalarining butun jafolarini tortib keldi. O’zbekiston Rossiya imperiyasi, so’ngra esa Sovet imperiyasi tarkibida ushlab turilgan murakkab davrni boshidan kechirdi»1.
XVII asr boshlarida ilmiy-texnikaviy imkoniyatlari jihatdan ancha ilgarilab ketgan yirik G’arb mamlakatlari, farovonligini saqlab qolishning birdan bir chorasi o’laroq, SHarq mamlakatlariga nisbatan mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi. Buning natijasida insoniy intellekt, ma’naviyat asosida shakllangan, bashariyatga behisob samara keltirgan muloqot chilparchin bo’ldi. Tamaddunlararo munosabat rishtalari uzildi. SHarq bilan G’arb o’rtasidagi ming-ming yillik hamkorlik va aloqalar o’rnini o’zaro dushmanlik mafkurasi va siyosati egalladi.
XIX asr nemis faylasufi G.Gesse ta’biri bilan aytganda, «insoniyat mavjudligini saqlab turgan ikki qutb – SHarq va G’arb shu tariqa bir-biriga qarama-qarshi kuchga aylantirildi»1.
G’arbda SHarqqa nisbatan ustuvor Ovrupotsentrizm, buyuk davlatchilik shovinizmi mustamlakachilik, hududiy-mafkuraviy ekspansionizm, imperializm, gegemonizm, mondializm va umumbashariy hakamlik sari intilish bilan bog’liq g’oyaviy-siyosiy amaliyot ko’rinishlari shakllandi.
Pirovardida har ikki tsivilizatsiyaga mansub xalqlar, mamlakatlar o’rtasidagi ma’rifiy munosabat zaiflashdi. Nisbatan qoloq xalqlar, mamlakatlarni mulkidan, aqliy salohiyati va ma’naviyatidan judo etishning uslub-yo’llari ketma-ket ishlab chiqildi.
O’sha davrlarda G’arb geosiyosatida biron bir makonni bo’ysindirish, qaramlikka solish uchun u avvalo ikkinchi platsdarm deb e’lon qilindi. Ming yillarki SHarqu G’arbning hayotiy ehtiyojlari, tinch-totuv, bahamjihat yashashga beminnat xizmat qilib kelgan Buyuk ipak yo’li qon kechgan lashkarlar oyog’i ostida toptaldi. Tabiiyki, bundan Turkiston ham juda ko’p zarar ko’rdi.
SHunday qilib XVII-XIX asrlarda hududimiz jahon geosiyosatining chekka, ikkinchi darajali ob’ektiga aylandi, siyosiy-ma’muriy tizim sifatidagi nufuzidan mosuvo bo’ldi. Natijada Turkiston Rossiyaning mustamlakasiga aylanib, batamom yot manfaatlar uchun xizmat qila boshladi.
Qariyb uch asr davom etgan loqaydlik, birodarkushlik oqibatida salkam bir yuz o’ttiz yillik siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy qaramlikka duchor bo’ldik.2
Bu ma’lumotlarni keltirish orqali ma’ruzachi bugungi ozod va erkin hayot qadri o’tmishga bo’lgan ongli ma’rifiy munosabat bilan belgilanishini uqtirib o’tadi. Zero yurtboshimiz «Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari xushyorlikka o’rgatadi, xalq irodasini mustahkamlaydi», degan edi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tahdidi deganda quyidagi xavflar nazarda tutilishi Prezident I.Karimov tomonidan «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko’rsatib berildi.
«Birinchidan. Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib chiqarish;
Ikkinchidan. Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro’yobga chiqarishga qarshilik ko’rsatish;
Uchinchidan. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ularni teng huquqli bo’lmagan sharoitga qo’yishga urinish;
To’rtinchidan. Mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo’l bilan tazyiq o’tkazish, jahon afkor ommasida O’zbekiston haqida noto’g’ri tasavvur tug’dirishga intilish.
Beshinchidan. Agar buyuk davlatchilik shovinizmi bilan ekstremistik millatchilik abadiy hamrohlar ekani nazarda tutiladigan bo’lsa, u holda millatlar o’rtasida o’zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish;
Oltinchidan. Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo’rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o’zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi»3.
Bu tahdidlar ma’ruzachi tomonidan qayd qilib o’tilgach, buyuk davlatchilik shovinizmining bugungi kunda pansovetizm bilan o’ziga xos tarzda qo’shilib ketayotganligi haqidagi fikrlar aytiladi.
Bugungi kunda inson qalbi va ongi uchun kurash keskinlashayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy.
Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan o’ziga qaram qilib bo’layotgan hatti-harakatlarni misol keltirish mumkin.
Diniy aqidaparastlik shular jumlasidandir.
SHu o’rinda «Aqliy hujum» usuli qo’llaniladi.
Diniy aqidaparastlik - bu:
Islomni asl holida saqlab qolish uchun harakat qilib, odamlarni bir-biriga qarshi qo’yib, qon to’kishni tashkil qilayotgan, amalda o’zining huzur-halovatini o’ylayotgan kimsalarni Yevropada fundamentalistlar deb ataydilar.
«Insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o’ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. Fanatizmning o’ziga xos xususiyati va ko’rinishlari, avvalambor o’z dinining haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lishdan iboratdir»1.
Islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib, ularning yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g’oyasini asoslashga harakat qiladi. Bu oqim tarafdorlari xalifalik bayrog’i ostida birlashishni noislomiy dunyoga qarshi turish maqsadi bilan bog’lashlarini ham ta’kidlash zarur.
Mas’uliyatli davrda, istiqlolimiz uchun kurash jarayonida yoshlarimizni axloqiy yetuk inson sifatida tarbiyalashda din barcha illatlardan poklanishga, yuksak axloqiy negizlar va ma’naviy fazilatlarni tiklashga ko’maklashadi.
Din yimon, e’tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy qadriyatlarni hurmat qilgan holda, yoshlarni zamonaviy dunyoviy fanlar asosida tarbiyalash mutlaqo zamon talabi ekanligini unutmaslik kerak.
Prezidentimiz «O’zbekiston buyuk kelajak sari» asarida «Biz bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz, lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz. CHunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz», degan edi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib shunday xulosa chiqarish zarurki, aholining barcha qatlamlarida mafkuraviy tarbiya tizimini izchil ravishda yo’lga qo’yish davr talabidir. SHu o’rinda Prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin. «Men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» degan fikrini ko’p mushohada qilaman.
Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir. CHunki ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi»2.
Mashg’ulot jarayonida g’arazli geosiyosiy maqsadlarga erishish yo’lidagi mafkuraviy ta’sir omillariga to’xtalib o’tiladi. Ulardan biri «bo’lib tashla va hukmronlik qil» degan qadimiy tamoyilga asoslangan urinishdir. Bu tamoyilni ro’yobga chiqarish yo’llari quyidagilar:
1. Mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarish; 2. Mintaqa davlatlari o’rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirish; 3. Xalqaro maydonda muayyan mamlakat haqida noto’g’ri, noxolis tasavvurlarni shakllantirishdir.
3-masala. Mafkuraviy ta’sir va tahdidlar, hozirgi zamonda inson ongi va qalbi uchun kurash haqida gapirganda quyidagi tushunchalarning mazmun-mohiyatini yoritish zarur:
1. Mafkuraviy immunitet - shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g’oyaviy ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim.
2. Mafkuraviy bo’shliq - g’oyaviy tarbiya olib borilmaslik, e’tibordan chetda qolish natijasida vujudga keladigan g’oyasizlik, mafkuraviy vakuum holati.
3. Mafkuraviy profilaktika - zararli g’oyalarning kirib kelishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi.
4. Mafkuraviy tarbiya tizimi - tarbiyaning alohida tizimi bo’lib, milliy g’oyaning aholi, ayniqsa yoshlar ongi va qalbiga chuqur singdirish mexanizmini nazarda tutadi.
Prezident I.Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri bilan suhbatda jahon falsafa fanida yangi iborani olib kirib, begona g’oyalar o’z ta’sirini o’tkaza olmaydigan, unga qarshi kurasha oladigan immunitet zarurligi haqida to’xtaldi: «Har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, kuchaytirishimiz zarur»,1 deb ta’kidladi yurtboshimiz.
Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda mafkuraviy profilaktikaning o’rni katta. Zero, u o’z mohiyatiga ko’ra, yot g’oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o’z ichiga oladi. Demak, mafkuraviy profilaktika xilma-xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini, bir so’z bilan aytganda, bu sohada to’g’ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya tizimini qamrab oladi.
XX asrning so’nggida jahon siyosiy xaritasida amalga oshgan serqirra jarayonlar Markaziy Osiyoda ham keskin o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Mintaqamizda ro’y berayotgan g’oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar ana shu o’zgarishlar bilan uzviy bog’liqdir.
Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida jahon, Markaziy Osiyo mintaqasi va respublikamizda qaysi omillar xavfsizlikka qanday tahdid solayotgani aniq ko’rsatib berilgan.
Hozirgi paytda Markaziy Osiyo mintaqasida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologiyaga oid muammolar to’planib qolgan. Bu joydagi yalpi xavfsizlikka mintaqaviy, milliy, mahalliy mojarolar, diniy ekstremizm va jangari separatizm tahdid solmoqda. Bunday qarama-qarshiliklarda chetdagi ayrim yirik mamlakatlarning o’z manfaatlarini va ta’sir doiralarini saqlab qolish, kuchlar muvozanatini o’z foydalariga o’zgartirish uchun olib borayotgan harakatlari ham o’z o’rniga ega.
Tahdid tug’diruvchi sabablardan yana biri mintaqa o’zining jug’rofiy-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo’lga qo’yilmagan hududda joylashganligi bilan bog’liq.
Butun dunyo, Yevropa va Osiyo kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan energiya, gaz va neftga boy konlar Markaziy Osiyoda joylashgan. Buning ustiga biz SHarq va G’arb mamlakatlarining manfaatlari bir-biriga mos kelmaydigan mintaqaning bir qismimiz. Bizning hududimizdan ko’pgina qudratli mamlakatlar ham o’z manfaatlarini izlaydi.
Yana bir tahdid manbai - O’zbekistonni etnik, demokratik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan ba’zi mamlakatlar qurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag’batlantirib kelinayotgan, ichki mojaro avj olgan Afg’oniston kabi beqarorlik o’chog’i bilan chegaradosh.
Xullas, xavfsizlikka solinayotgan tahdidlar siyosiy ekstremizm, shu jumladan diniy ruhdagi ekstremizmni, millatchilik va milliy mahdudlikni, etnik, millatlararo, mahalliychilik va urug’-aymoqchilik asosidagi ziddiyatlarni, korruptsiya va jinoyatchilikni, ekologik muammolarini o’z ichiga oladi. Ular garchi turlicha namoyon bo’lsa-da, har birimizni hushyor va ogoh bo’lishga undaydi.
«Geosiyosat» tushunchasi o’zida («geo» - «er», «siyosat» esa «davlat» va «ijtimoiy ish») ma’nolarini anglatadi. «Geosiyosat» atamasida geosiyosiy muddaolar, ularning ko’rinishlari, turli xil davlat va xalqlarning manfaatlari tizimi, unga bo’lgan yondashuv uslublari, vositalari u yoki bu davlatning hududiy joylashuvi, salohiyatiga bo’lgan munosabatda ifodalangan maqsadlar o’z ifodasini topadi.
«Geosiyosat» uzoq tarixga ega bo’lsada, u tushuncha sifatida XX asrning boshlarida shakllangan. Bu atama R.CHellen tomonidan muomalaga kiritilgan bo’lib, hozirgi davrda davlatlar va dunyo mamlakatlari xalqaro siyosatida, falsafada, siyosat falsafasi va fanlarida keng qo’llanilmoqda. Geosiyosat ko’p qirrali tushuncha sifatida turli manfaatlarni o’zida mujassam etadi. Hozirgi davrda geosiyosiy maqsadlar ko’proq mafkuraviy siyosat bilan hamohangligini alohida ta’kidlash zarur. Ana shu sababdan ham Prezidentimiz mafkuraviy poligonlar yadro poligonlariga qaraganda xavfliroq bo’lib qolganligini alohida ta’kidlaganlar.
Yadro poligonlarini qaerda joylashganini, uning quvvatini, qanday maqsadga yo’nalganligini muayyan darajada aniq bilish mumkin. Ammo, yovuz, yot mafkuraviy maqsadlar qaerdan va qanday yo’llar bilan va qaysi insonlar qalbini egallab olayotganligini osonlikcha bilib bo’lmaydi.
Bugun «ikki qutbli mafkura» o’rtasidagi kurashga barham berilgan bo’lsada, ammo dunyoda mafkuraviy kurashlar to’xtab qolgani yo’q. Aksincha, jahon maydonlarini mafkuraviy bo’lib olishga urinishlar turli yo’llar bilan sodir bo’lmoqda. Masalan, O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritganidan keyin mafkura sohasida hayot osonlikcha kechmadi. Milliy istiqlol g’oyasiga zid bo’lgan yot va begona g’oyalar kirib kelishga va yoshlarimiz ongini egallashga, ularni mamlakatimizda belgilangan ulug’ maqsadlarni amalga oshirishga qarama-qarshi qo’yishga urinishlar bo’lganligining guvohimiz. Bunday harakatlarning tarafdorlari o’zlarini «do’st», «millatdosh», «vatandosh», «dindosh» etib ko’rsatish niqobi bilan o’z g’oyalarini amalga oshirishga urindilar. Natijada, haqiqiy qadriyatlarimizga zid bo’lgan turli xil oqimlar aholi, ayniqsa yoshlar ongini egallashga harakat qildi.
Hozirgi kunlarda ham bizning tanlagan yo’limizga shubha tug’dirish, kechagi davrni ko’rmagan, tajribasi yetarli bo’lmagan yoshlarni yo’ldan ozdirishga, istiqlolimizning ma’no mazmunini soxtalashtirishga, bizni yana eski qolip va tobelikka qaytarishga urinadigan kuchlar va harakatlar kam emas. Bugungi kunda jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf solib turgan mafkuraviy tahdidlar quyidagilardan iborat:
-islom bayrog’i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirish;
-dinni qurol qilib olib, mavjud konstitutsion tuzumni kuch bilan ag’darish va diniy davlatni qaror toptirish;
-sobiq imperiyani qayta tiklash, yosh mustaqil davlatlarni kommunistik tuzum ostida qaytadan birlashtirish;
-xalqimizning tarixini, ma’naviy merosini soxtalashtirishga urinishlar;
-milliy va diniy qadriyatlarimizni mensimaslik, g’ayriaxloqiy unsurlarni yoyish;
-mintaqaviy davlatlararo va millatlararo mojarolar keltirib chiqarish uchun urinishlar.
Bunday mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash yo’llari esa quyidagilardan iborat:
-yoshlarning iymon-e’tiqodini kuchaytirish;
-irodasini baquvvat qilish;
-mustaqil fikrga ega bo’lish;
-barkamol insonlar qilib tarbiyalash;
-o’zligini unutmaslik;
-g’urur va iftixor bilan yashashlariga erishish;
-ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatlarini qaror toptirish;
-«Turkiston - umumiy uyimiz» shiorini hayotiy haqiqatga aylantirish;
-xalqlar o’rtasida do’stlik, hamkorlik munosabatlarini kuchaytirish va h.k.
Milliy ruhiyatni shakllantirishda: «milliy g’urur», «milliy iftixor», «milliy his», «milliy xarakter» kabi tushunchalar ham muhim o’rin tutadi.
Milliy g’urur - shaxs g’ururi - bu faxrdir. Har bir shaxs o’z yutuqlaridan mamnuniyat hissini tuyadi, ota-ona farzandlaridan, ustoz iste’dodli shogirdidan, yozuvchi yaxshi asaridan, bog’bon so’lim bog’idan faxrlanadi va hokazo. O’zligicha qola bilgan odamning g’ururi - bu butundir.
Milliy iftixor - millat ma’naviy kamolotining barcha jihat-larini, merosi va bugungi qadriyatlarini o’z ichiga oladi. Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilajak iqtisodiy va ma’naviy yutuqlar ko’paygan sari O’zbekiston bilan faxrlanish hissi - milliy his shunchalik ko’payib boraveradi.
Milliy his - bu millat manfaati bilan yashash, o’zi kimligini tanimoq. O’zligini tanimagan insonda milliy iftixor so’nadi. Milliylik, millatga mansublik - bu umumjahon taraqqiyotining qonuniyatidir, milliy g’urursiz hech bir millat millat sifatida shakllanmaydi.
Milliy harakter - o’zbek xarakteri, milliy ruhiyati, milliy o’ziga xos tomonlari asrlar davomida shakllangan hamda asta-sekin ularning qoniga va joniga joylashib ketgan.
Milliy o’zlikni anglash deganda:
1) Milliy birlikni va boshqa etnoslarning mavjudligini tushunib yetish.
2) Milliy qadriyatlar: til, tug’ilib o’sgan joy, madaniyatga (keng ma’noda) sodiqlik.
3) Milliy manfaatlarni tushunish.
4) Milliy mustaqillik va milliy taraqqiyotga intilish.
5) Vatanparvarlik.
Millatning milliy o’zligini anglash shaxsning milliy o’zligini anglash bilan ham chambarchas bog’liqdir:
1) Millat (etnos)ga mansublikni anglash.
2) Mazkur millatning insoniyat taraqqiyotidagi tarixiy o’rnini tushunib yetish.
3) Milliy qadriyatlarga sodiqlik.
4) Millatning ehtiyojlari va manfaatlarini angalsh, uning rivojlanish yo’llarini bilish.
Milliy g’oyani yoshlar ongiga singdirish va e’tiqodiga aylantirish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1. Tarbiya yo’li bilan.
2. Yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash.
3. Mas’uliyatni his qilish, fuqarolik mas’uliyatini oshirish.
4. Iymon-e’tiqodga aylantirish.
5. Ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy muhiti orqali.
6. Siyosiy ong va huquqiy madaniyatni o’stirish yo’li bilan.
7. Yoshlarning bilim darajasi.
8. Yangicha ilg’or fikrlashga o’tish.
9. Ota-onalar savodxonligini oshirish bilan.
Hayotimizga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar
|
Ularga qarshi kurash yo’llari va vositalari
|
Birlashgan Millatlar tashkilotining teng huquqli a’zosi sifatida O’zbekiston yer yuzidagi barcha taraqqiyoparvar xalqlar va davlatlar bilan ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» mustaqil mamlakatimizning barcha sohalarda rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olishiga kafolatdir.
Taniqli olim, akademik Leonid Levitin «O’zbekiston sobiq kommunistik davlatlar orasida iqtisodiyotni siyosatdan ustun qo’yadigan, oddiy inson sari yuz burgan juda kam sonli mamlakatlar qatoriga kiradi... O’zbek xalqi o’zining ham ko’hna, ham yangi siyosiy qiyofasini dunyoga ko’rsatishi kerak», deganda batamom haqlidir.Davlatning dinga bo’lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. SHundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat kiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «Mamlakatimizni demokratik tamoyilar, ilm-fan yutuqlari, yuksak texnologiyayaar asosida modernizatsiya qlish bilan birga, muqaddas dinimizni, milliy o’zligimizni asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qo’yganmiz». Bu fikrlar hayotiy voqelikka aylanmoqda. Eng avvalo, asrlar davomida umummilliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan diniy bayramlar - Ramazon va Qurbon hayitlari dam olish kuni deb e’lon qilingani va ular ommaviy ravishda, emin-erkin nishonlana boshlanganini ta’kidlash zarur.
Din sohasida olamshumul ahamiyat kasb etgan ulamolarning merosini o’rganish ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Birinchidan, diniy ekstremistik guruhlar o’z saflariga yetarli hayotiy tajribaga ega bo’lmagan yoshlarni tobora ko’proq jalb qilmokdalar.Ikkinchidan, ekstremistlar faoliyati borgan sari kengroq jug’rofiy xududni qamrab olmokda.Uchinchidan, mintaqada jinoiy harakat olib borayotgan diniy-ekstremistik guruhlarning faoliyati tobora radikallashib borayotgani, hususan, asosiy terrorchilik usuli sifatida terrorchi-xudkush (kamikadze)lardan foydalanish va ko’proq qurbonlar bo’lishi nazarda tutilgan jangarilik harakatlari amalga oshirilayottanini ta’kidlash lozim.To’rtinchidan, ekstremist guruhlar faoliyatida rasmiy harakat yurituvchi siyosiy qanotni shakllaitirish va aholi ichida o’z tarafdorlarini ko’paytirish uchun xayriya ishlariga e’tibor berishmoqda. Beshinchidan, ularning shiorlari, qo’poruvchilik uchun nishon tanlash va amalga oshirish vaqgi va uslublari xalqaro terrorchilik tizimiga qo’shilganlaridan dalolat bermokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |