REFERAT
Mavzu: O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari
Tayyorladi: katta leytenant T.Uzakbayev
REJA
Kirish
Asosiy qism
Yangi O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning asosiy omillari.
Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’naviy sohalardagi mavqeini kuchaytirish - Yangi O‘zbekistonni barpo etishda dolzarb masala sifatida
Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini muntazam oshirish uchun muhim bo‘lgan omillar.
Yoshlarni davlat xizmatiga jalb qilish - taraqqiyot asosi sifatida
Davlat xizmati tizimi yoshlar nigohida.
Qanday qilib yoshlarni davlat xizmatiga jalb qilish mumkin
Yoshlarni davlat xizmatiga jalb qilisda xalqaro tajriba
Davlat organlarda yosh kadrlarga bo‘lgan mavjud talablar.
O‘zbekistonda davlat xizmatiga yosh kadrlarni tanlash tizimi.
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi mazmuni va mohiyati.
Yoshlar siyosatining joriy holati.
Yoshlar siyosatinini ravojlantirishda mavjud muammolar.
Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari.
Yakuniy qism
Xulosa
KIRISH
Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qa’tiyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni ustuvor vazifamiz sifatida
bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.
Shavkat Mirziyoyev
Jamiyat hayotining demokratlashuvi hamda mamlakatni modernizatsiyalash jarayonlari aholining eng katta ijtimoiy qatlamini tashkil etadigan yoshlarning ijtimoiylashuviga hamda ularning tarbiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yoshlar – jamiyatning tub negizi, aholining ilg‘or qatlami, kelajakning ishonchli egalaridir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, har bir davr yoshlarining bilim darajasi, dunyoqarashi, o‘y-fikri, ma’naviy qiyofasiga qarab o‘sha jamiyatning ertangi kunini aniq tasavvur qilish mumkin.
Mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azmu shijoatli yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Ayniqsa, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlarni munosib ish va daromad manbai bilan ta’minlash, ularga zamonaviy kasb-hunarlar, IT-texnologiyalarni o‘rgatish, tadbirkorlikka keng jalb etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari — “Prezident maktablari”, “Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |