1. Yangi O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishning asosiy omillari.
Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiyas-ma’naviy sohalardagi mavqeini kuchaytirish - Yangi O‘zbekistonni barpo etishda dolzarb masala sifatida.
Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’naviy sohalardagi mavqeini kuchaytirish jarayonida davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, yoshlar tashkilotlarning samarali faoliyatlarini tashkil etmoq zarur. Yoshlarni qo‘llab quvvatlashda, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashda qonun chiqaruvchi Oliy Majlis o‘rni bugungi kunda juda sezilarli. Uning qoshida "Yoshlar Parlamenti" tashkil etilishi ham ularga bo‘lgan diqqatni yorqin misolidir. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari xalqaro maydonda yoshlar manfatini ifoda etishda ham faol ishtirok etib kelishmoqda.
Mamalakatimiz Parlamentidagi ushbu ijobiy o‘zgarishlar taniqli siyosatchi, Parlamentlararo Ittifoqning Bosh kotibi janob Martin Chungong tomonidan yuqori darajada baholangan. Xususan, dunyo aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan insonlar tashkil etsa-da, butun dunyo bo‘yicha yosh deputatlarning ulushi 2,6 foizga ham yetmaydi, O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil etadi.
Aytish joizki,davlatimiz yoshlar masalasini strategik vazifa sifatida barcha islohotlarda nazarda tutadi. Chunki ular jamiyatimizda 63 foizini tashkil etadi. Dunyoda ham ular bilan bog‘liq muammolar kam emas. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari jahon minbarlarida hamisha yoshlar masalasiga doir fikrlar bildiradi.
Jumladan, 2017-yilning 19-sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasida yoshlar huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi mexanizmni tashkil etishda BMTning “Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiyasini ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini oldinga surdi. Ushbu g‘oya jahon hamjamiyati tomonidan dolzarb masala sifatida qabul qilinib, qo‘llab quvvatlandi.
Shuningdek, 2021 yilning 22-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida Yoshlar huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachi institutini ta’sis etish taklifi bildirildi. U ham ma’qullandi.
Yana bir muhim tashabbus, “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston davlati tomonidan Yoshlar masalasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida doimiy faoliyat yuritadigan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlari kengashini tuzish tashabbusi ilgari surildi.
Bunday tashabbuslar bejiz emas. Barcha islohotlar negizida qonuniy sharoitlar bo‘lishi lozim. Mamlakatimizda yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish borasida mustahkam huquqiy baza mavjud. U yildan yilga zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ortiq qonunlar qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikasiya qilingan. Ushbu qabul qilingan hujjatlarning sifatli ijrosi ustidan muntazam ta’sirchan parlament nazorati o‘rnatilgan.
Yoshlar bilan ishlash, ularni ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, sport, turizm rivojiga jalb etish, zamonaviy usulda chet el tajribaga asoslanib milliy iqtisodiyotimizni jahon bozoriga tanishtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni eksport qilish, turli sohalarda tadbirkorliklarini rivojlantirish, vatandoshlar bilan hamkorlikni o‘rnatish kabi masalalar muayyan institusiyaviy shaklda olib boriladi. Jumladan:
- 2018 yilda O‘zbekiston Prezidenti Farmoniga muvofiq “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi tasdiqlandi. Ushbu hujjat orqali tadbirkorlik, StartUPlar, g‘oyalar va loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash yangi bosqichga ko‘tarildi;
-2020 yilda yoshlar yo‘nalishida yana bir muhim qadam tashlanib, Prezident qaroriga binoan mamlakatda yoshlar siyosatini amalga oshiruvchi davlat tashkiloti – Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Yoshlarni yuqori darajada rag‘batlantirib borish maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi;
-Yana bir muhim qadam, 2021 yil – “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb e’lon qilindi va ushbu sohani rivojlantirish yuzasidan Davlat dasturi qabul qilindi. Yoshlar siyosatini rivojlantirishning 5 yillik strategiyasi ishlab chiqildi.
Birgina, 2021 yilning o‘tgan davrida yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi hisoblangan “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” asosida 430 ming nafar yigit-qizning hayotiy muammolarini hal etish uchun 300 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Demak, davlat hokimiyati tizimida mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatida yoshlarga doir vazifalar ko‘tarilmoqda va xal qilinmoqda. Ma’lumki ,24-oktyabr kuni Yangi O‘zbekiston fuqarolari oldida katta siyosiy jarayon turibti - Prezidentlikka saylovlar. Unda besh siyosiy partiya o‘z nomzodini tavsiya etdi. Har bir partiya safida yoshlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |