13-mavzu: Globallashuv va kosmopolitizm. Reja 1. Kosmopolitizm tushunchasi, gʻoyasi, maqsadi va tarixiy ildizlari 2. Kosmopolitizm gʻoyasining geosiyosiy maqsadlar va globallashuv bilan bogʻliqligi. 3. Dunyo fuqarosi va vatansizlik gʻoyasining hozirgi davr mafkuraviy kurashlar bilan aloqadorligi. - Kosmopolitizm- (grekcha – dunyo fuqarosi) Dunyo fuqarosi mafkurasi boʼlib, butun dunyo fuqarolarning maqsadlarini ifodalaydi yoki ayrim millatlar, davlatlar manfaatlarini ifodalab, ayrim individlar manfaatlari. D.J. Soluning fikricha, kosmopolitizm dunyoqarash va madaniy, dunyoning yagonaligi va universalligiga yoʼnaltirilganligini ifodalovchi dunyoqarash va madaniy normalardir.
- Vatan tuygʼusi - inson maʼnaviy kamolotining eng muhim mezoni boʼlib hisoblanadi. Vatanga muxabbat inson maʼnaviyatini shakllantiruvchi omillardandir. Birinchi prezident Islom Karimov taʼkidlaganidek, “Inson oʼzligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muxabbat tuygʼusi ildiz ortib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur boʼlsa, tugʼilib oʼsgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz boʼladi”.
- Луи Шарль Фужере де Монброн (фр. Louis-Charles Fougeret de Monbron, 19 декабря 1706, Перонна — 16 сентября 1760, Париж) — французский писатель, путешественник и авантюрист, с цинизмом описал свои богемные путешествия по Европе в романе «Космополит, или Гражданин мира», демонстрируя разрыв со своим отечеством и моралью[2], выводит из своего странствия следующую максиму: «Мир подобен книге, и тот, кто знает только свою страну, прочитал в ней лишь первую страницу», также является автором сатирических описаний Парижа и Англии, многочисленных пародий и скабрезного романа о женщинах легкого поведения «Несносная Марго».
- Kosmopolitizm - yaʼni, qaerda yaxshi hayot boʼlsa oʼsha yerni vatan deb bilish. Bu tamoyil insonda vatan hissini yoʼqotadi, gʼururni oʼldiradi. Bu esa har bir jamiyat uchun halokatlidir.
- Kosmopolitizmning negizlari tarixan antik davr falsafasidayoq vujudga kelgan. Qadimgi yunon faylasufi Laertiyning taʼkidlashicha, “kosmopolit” soʼzi ilk bor kiniklar taʼlimoti vakili sinoplik Diogen tomonidan qoʼllangan. Boshqa bir yunon mutaffakiri Plutarxning fikriga koʼra, ushbu tushunchani kitionalik Zenon kiritgan. Epiktet nazarida esa “kosmopolitizm” atamasining muallifi Suqrot boʼlgan. Uning aytishicha, “Аgarda faylasuflarning odam va Xudoning oʼrtasida yaqinlik bor deganlari toʼgʼri boʼlsa, unda insonning vatani qaer degan savolga Suqrotning men afinalik ham, karfagenlik ham emasman, men kosmopolitman, degan soʼzlari bilan javob berish lozim”
- Kiniklar, kinik maktabi — Yunonistondagi Sokrat falsafa maktablaridan biri. Miloddan avvalgi 4-asrda Antisfen asos solgan. Diogen Sinoplik, Kratet va boshqa uning vakillari boʻlgan. Antisfen Afinadagi Kinosarg tepaligida (K. nomi shundan) shogirdlari bilan shugʻullangan. K. Sokrat va Platonning yaxshilik, adolat, goʻzallik gʻoyalari kabi umumiy tushunchalarning obʼyektiv mavjudligi toʻgʻrisidagi taʼlimotini tanqid qildi va aniq, odamlar hissiy qabul qiluvchi narsalargina real mavjuddir, deb hisobladi. Etika masalalariga alohida eʼtibor berdi. Boylik, hashamdorlik, madaniyat yutuqlaridan voz kechib, "tabiiy holat"ga qaytishni talab qildi. K.ning axloqiy qarashlari insonning ijtimoiy hayotdan ajralib yashashi, biron-bir qonun, ijtimoiy meʼyorlarga boʻysunishdan voz kechishiga asoslangan edi. K. Yunonistonda axloqiy gʻoyalarning rivojlanishiga, xususan, antik stoiklarning qarashlariga taʼsir koʻrsatgan.[1]
- Manbalar
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-y
- Kosmopolitizm (grekcha: Κόσμος, kosmos — olam va Πολίτης, polites — fuqaro) — „jahon fuqaroligi“ deb atalgan gʻoyani targʻib qiluvchi mafkura. Iskandar (Aleksandr) yurishlari davrida paydo boʻlgan. Uygʻonish va Maʼrifatchilik davrlarida jahon fuqaroligi ideali olgʻa surilib (Dante, Kampanella), individning zamindor boylar zulmidan ozod boʻlish gʻoyasini (Lessing, Gyote, Shiller, Kant, Fixte) ifodalagan. Kosmopolitizm milliy anʼana va madaniyatdan, vatanparvarlikdan voz kechishga — bevatanlikka daʼvat etadi.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |