Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchshik mafkurasini yaratayotgan ko’plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchtar tayyorlash bo’yicha konveyer tashkilot etayotgan, xalifalik tuzishdek turli xom-xayollarni amalga oshirishga urinayotgan qabix, kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak». Oxirgi yillarda dunyodagi turli davlatlar, xalklar, millatlar va dinlar o’rtasiga nizo solish, keskinlik o’choqlarini keltirib chiqarish niyatida islom dinidan mafkuraviy vositalar sifatida foydalanilmoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlarining dunyoqarashi va ma’naviyatida islom dinining mustahkam o’rin egallaganidan foydalanib mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmni keng tarqatish borasida olib borilayotgan qo’poruvchilik harakatlari tez-tez ko’zga tashlanmoqda. Xususan, diniy shiorlar ostida siyosiy hokimiyatga intilayotgan ekstremistik tashkilotlar Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga xam salbiy ta’sir o’tkazishga urinmoqda. 2009 yilning 26 mayida Andijon viloyatida sodir etilgan mudxish terrorchilik harakati O’zbekistondagi tinch-osoyishta xayotni, barqaror rivojlanishni ko’ra olmaydigan g’araz niyatli kuchlar o’zlarining razil maqsadlari yo’lida begunoh odamlarning qonini to’kishdan tap tortmasligini ko’rsatmokda. Aqidaparastlik, diniy ekstremizm va terrorchilik - jamiyat barqarorligiga tahdid. Aqidaparastlik (aqida - arabcha - ishonch) muayyan sharoitda, biron-bir g’oya yoki tamoyilga katьiy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan koida va tartiblarni hamda ularni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llash va urinishni anglatadi. Diniy aqidaparastlik o’z aqidasining shak-shubhasiz to’g’riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, din asoslarini buzishda ayblashda namoyon bo’ladi. Aqidaparastlik reaktsion diniy-siyosiy oqimlarning qurolidir, afsuski, muayyan ko’rinishda u O’zbekistonda ham paydo bo’ldi. Aqidaparastlik fuqarolarni «hakiqiy» va «soxta» dindorlarga ajratishi bilan ham taxdid solmokda. Buning qanday oqibatlarga olib kelishi Afg’oniston va Jazoirda sodir bo’lgan voqealardan bizga ma’lum. Jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga mos kelmaydigan va ularga zid bo’lgan, murosasizlik va mutaassiblikka asoslangan g’oyalar «ekstremistik» xdsoblanadi. Diniy ekstremizm esa diniy firqalar yoki ayrim dindorlar tomonidan jamiyatda kdbul qilingan qonun-qoidalarga zid bo’lgan g’oyalarni targ’ib qilish va shunday g’oyalarga mos kelmaydigan faoliyat olib borishni anglatadi. Har qanday diniy ekstremizm kabi «islom» ekstremizmining «nozik» tomoni uning «din»ga asoslanganida, aniqrog’i din bilan niqoblanganidadir. Terror - (lotincha terror — qo’rqinch, dahshat) odamlarni o’ldirib, jamiyatda ko’poruvchilik harakatlarini amalga oshirish bilan xavf va dahshat tug’dirishni anglatadi. Terrorchilik har doim diniy va insoniy me’yorlar, umuminsoniy kadriyatlar va axloqiy fazilatlarga qarshi qaratilgani uchun eng og’ir va vahshiyona jinoyat hisoblanib kelgan. Ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar mavjud bo’lib, ularning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga «al-Qoida», «Musulmon birodarlar», «Hizbut-tahrir», «al-Jihod al-Islomiy», «at-Takfir va-l-Hijra» (Misr), «Abu Sayyof)> (Filippin), «Ozod Achex», «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir) kabi tashkilotlarni kiritish mumkin. Turli mamlakatlarda yuz berib kelayotgan terrorchilik harakatlari, jumladan, 1999 yil 16 fevralda Toshkentda sodir etilgan voqealar mintakd aholisi va butun bashariyatuchun chalingan jiddiy xavf-xatar qo’ng’irog’i edi. Yurtboshimiz o’z vaqtida BMT Bosh Assambleyasida jahon hamjamiyati dnqqatini bu muammoga qaratib, kech bo’lmasdan xalqaro miqyosda ildiz otib borayotgan bu xavf-xatar oldini olib, tag-tomiri bilan yo’qotish maqsadida xalqaro miqesda terrorizmga qarshi kurash markazini tuzishga chorlagan edi. Ushbu voqelikdan kelib chiqqan taklif o’z vaktida amalga oshirilganda edi, albatta bir qator konli fojialarning oldi olingan bo’lardi. 2001 yilning 11 sentyabrida AQSHda uch mingdan ortiq begunoh insonlar halok bo’ldi. 3.2. Jamiyatimiz hayotiga jiddiy xavf solib turgan mafkuraviy-ma’naviy tahdidlar, ularga qarshi kurash yo’llari. Bugungi kunda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida missionerlikning muhim tarkibiy qismi sifatida ko’plab xalqaro xristian missiyalari faoliyat olib bormoqda. Faol missionerlik bilan shug’ullanayotgan "Ettinchi kun adventistlari" jamoasi tomonidan Markaziy Osiyodagi faoliyatni kuchaytirishga qaratilgan maxsus bo’lim tuzilgani ham yaqin istikbolda mintaqamizda "chin eьtikoddni" targ’ib kilish yo’lidagi harakatlar yanada kengroq ko’lam kasb etishi mumkinligidan dalolat beradi,Missionerlar o’zlari faoliyat olib boradigan mamlakatga xos xususiyatlarni hamisha e’tiborga olishgan. Masalan, ijtimoiy mazmunga ega ko’plab tadbirlarga "o’z ulushlarini ko’shishga" va o’zlarining beg’arazligini iddao qilgan holda muhtoj oilalarga moddiy yordam berishga harakat qilishlari ham shunday xulosa chikarish imkonini beradi. Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o’z uslub va vositalarini doimiy takomillashtirib kelganlar. Xususan, so’nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib, maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod kilmagan, og’ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va maьnaviy ko’makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |