Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 4,19 Mb.
bet4/13
Sana07.09.2017
Hajmi4,19 Mb.
#19023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

1.2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi 451-sonli qarori haqida tushuncha.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi Qarori ma’naviy ravnaqimiz yo’lida yana bir muhim voqea bo’ldi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida joylarda tashkil etish o’z samarasini bermoqda. Inson kamolotiga tarbiya, bilim orqali erishiladi. SHuning uchun ham mamlakatimizda yoshlarning mafkuraviy tarbiyasiga, ularning har tomonlama chuqur bilim olishlariga katta e’tibor berilmoqda.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Kuch – bilim va tafakkurda”. Bugun yoshlarimiz o’zlarining kim ekanligini, hech kimdan kam emasligini, ajdodlari kim bo’lganini anglab yetdilar. Lekin ayni paytda xalqimizning ma’naviy birligiga rahna solishga, yoshlarimizning yurtimizga bo’lgan ishonch-e’tiqodini buzishga urinayotgan kuchlar ham borki, ular turli xil vayronkor, aldamchi g’oyalarni pesh qilib, yovuz va g’arazli maqsadlarni ko’zlab, ayrim irodasi zaif yoshlardan o’z yurtiga, ona-Vataniga, hatto, ota-onasiga qarshi bo’lgan kimsalarni tayyorlashga urinmoqdalar.

Bunday sharoitda yot g’oyalarga qarshi kurashni bir daqiqa ham susaytirib bo’lmaydi. Bu borada targ’ibotchi-tashviqotchilar, tarbiyachilar, o’qituvchilar, olimlar, shoir, yozuvchilar yoshlar bilan bo’layotgan suhbat va uchrashuvlarda g’oyaviy dushmanlarni mafkuraviy qurolsizlantirish, ularning mamlakatimizga qarshi qaratilgan tahdidlarini, g’oyaviy, mafkuraviy, informatsion xurujlarini, uydirmalarini fosh qilish xalqimizda, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratishlari lozim.

Ayniqsa, pedagog xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonida xalq ta’limi rahbar xodimlari, o’qituvchi shaxsining roli, o’rnini alohida ko’rsatib o’tib, ularning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish zarur.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi Qarorida ta’kidlanganidek, “Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda”.

Mamlakatimizda milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta’sirchanligini yanada oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga raislik qilish, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimlariga esa hududiy kengashlarga rahbarlik qilish vazifasi yuklatilganligi mazkur qarorning e’tiborli jihati bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi 451-sonli Qarori asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shtatlar jadvaliga qo’shimcha ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi shtati kiritildi. Bu esa joylarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, ushbu sohada mehnat qilayotgan xodimlar mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Qarorning yana bir e’tiborli jihatlaridan biri - Milliy mafkura ilmiy targ’ibot markazi o’rniga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining ilmiy-amaliy yo’nalishda faoliyat olib boradigan, davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etilganligi bo’ldi. Ushbu markazning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining amaliy targ’ibot yo’nalishida faoliyat olib boradigan Respublika Ma’naviyat-targ’ibot markaziga aylantirilganligi ham e’tiborga molikdir. Qaror orqali ushbu markazning asosiy vazifalari ham belgilab berildi.

Ushbu qaror asosida bugungi kunda yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash, mas’uliyatni his qilish, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini o’stirish, yangicha fikrlashga o’rgatish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo’naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, yillarning nomlanishidagi vazifalar uyg’unligi haqida targ’ibot, tashviqot ishlarini jonlantirish ham qaror ijrosi doirasida olib boriladigan muhim yo’nalishdagi amaliy ishlarni nazarda tutadi.

Ma’lumki, hozirgi davr dunyo miqyosida mafkuraviy jarayonlar misli ko’rilmagan darajada globallashib borayotgan davrdir. Axborot tarqatish jarayoni butun yer yuzini qamrab olmoqda. XX asrning so’ngi o’n yilligida yaratilgan mo’’jiza – xalqaro kompьyuter tarmog’i, ya’ni internet tizimining vujudga kelishi va u orqali axborot almashinuvi jarayonlarining tezlashib borishi bugungi kunda g’oyaviy ta’sir o’tkazish ko’lamini kengaytirmoqda. Internet insoniyatning muhim yutug’i bo’lib, axborot va kommunikatsiya jarayonlarini misli ko’rilmagan darajada tezlashtirdi. Odamlarga qator qulayliklar yaratdi, ular o’z uyidagi kompьyuter qarshisida o’tirgan holda pul topadigan, universitetda tahsil oladigan, buyum xarid qiladigan, hatto oila quradigan bo’lishdi.

Shu o’rinda faktlarga murojaat qilamiz. Yevropada joylashgan San-Marino mamlakati eng kompьyuterlashgan davlat hisoblanadi. Har ming kishiga nisbatan olib qaraganda ushbu kichikkina davlatda 727 ta kompьyuter to’g’ri keladi. Ikkinchi o’rindagi AQSHda bu ko’rsatkich 554 taga teng. Rossiyada har ming kishiga 43 ta kompьyuter to’g’ri keladi. BMT ma’lumotlariga ko’ra hozir yer yuzining 13 foiz aholisi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega. Xalqaro tarmoqdan foydalanuvchilarning 90 foizi rivojlangan davlatlarda yashaydi. Dunyoning qolgan aholisi esa shu kichik doiraning axborot ta’sirida hayot kechiradi, deb xulosa qilish mumkin.

Bugungi dunyoda axborot-kommunikatsiya jarayonlarida sun’iy yo’ldoshlarning ham o’rni katta bo’lmoqda. Lekin fazodagi sun’iy yo’ldoshlar bir nechagina - AQSH (30 ta), Yaponiya (21 ta), Rossiya (12 ta), Xitoy va Hindiston (9 tadan) davlatlariga tegishli, xolos. Qaysi davlat informatsion resurslarga ko’proq ega bo’lsa, uning axborot maydonidagi ta’siri ham ortga boradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, kuchli mafkuraviy ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lgan internet tizimi jiddiy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Ushbu tizimdan qo’poruvchilik, g’oyani «eksport» qilish, odamlar ongini zaharlash maqsadida foydalanish esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtiradi, odamlarni elektron xurujlar qarshisida chorasiz qilib qo’yadi. Bugun dunyo yagona axborot maydoniga aylanib borayotganligi globallashuvning xavfli jihatlaridan biri bo’lib qolayotir. Axborot yovuz kuchlar - uyushgan jinoyatchilik, jahon terrorizmi qo’lida xavfli qurolga aylanmoqda. «Ma’lumotlarga qaraganda, axborot tahdidini uyushtirish ustida 120 ga yaqin davlat «hamjihatlik» bilan ish olib boryapti.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi Qarorida “Xalqaro maydonda mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining faoliyati va tarkibiy tuzilishini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda”, deb ta’kidlangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 18 yanvardagi F-1331-sonli “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va Respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida”gi Farmoyishiga muvofiq yangi avlod darsliklari, o’quv va metodik adabiyotlar tayyorlandi hamda uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etildi.

Mamlakatimiz aholisi o’rtasida milliy g’oyani keng targ’ib etish yurtdoshlarimizda dunyoda va yon atrofimizda sodir bo’layotgan siyosiy jarayonlarga nisbatan ongli munosabatni, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi shiddatkor davr bu sohada yangi va yanada murakkab vazifalarni hamda talablarni oldimizga qo’ymoqda, milliy g’oyani o’quvchi-yoshlar va keng jamoatchilikning ongi va qalbiga singdirish bo’yicha zarur ishlarini amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Prezidentimiz Islom karimovning Farmoyishiga binoan ushbu fanni uzluksiz ta’lim tizimida o’qitish bilan birga, hozirgi kunda bu fanni o’qitish samaradorligini oshirish bilan bog’liq qator vazifalar vujudga keldi. Eng avvalo, Prezidentimiz tomonidan milliy istiqlol g’oyasi – asrlar davomida ozodlikni orzu qilib yashagan xalqimizning ezgu g’oyasi ekanini, mustaqillik davrida bu tushunchaning ma’no-mazmunini yanada kengroq va yorqinroq ifoda etish maqsadida “milliy istiqlol g’oyasi”ni “milliy g’oya” deb atash xususida taklif bildirilganligini ta’kidlash joizdir.

SHu munosabat bilan pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimiga bosqichma-bosqich o’tish amalga oshirilayotgan bugungi kunda xalq ta’limi rahbar va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining tayanch o’quv-rejasaidagi ta’lim yo’nalishlari turkumiga bu fan 14 soatlik “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” fani deb kiritildi.

Uzluksiz ta’lim tizimida hozirgi real ahvoldan kelib chiqib qo’yidagi dolzarb vazifalarni hal etish lozim.

Birinchidan, milliy g’oya va mafkura mazmuni, mohiyatini hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda Respublika ta’lim tizimiga joriy etishni kuchaytirish.

Ikkinchidan, o’quvchi-yoshlarda yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish.

Uchinchidan, fanning zamonaviy pedagogik texnologiyalar va texnik-texnologik vositalaridan samarali foydalanish.

To’rtinchidan, ushbu fan yo’nalishi bo’yicha to’plangan ilg’or tajribalarni ommalashtirish.

Beshinchidan, o’quvchi-yoshlar qalbi, ongiga milliy g’oya, mafkurani singdirishga oid ishlarni kuchaytirish.

Oltinchidan, pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish, ularning mafkuraviy tayyorgarligini ko’chaytirish.

Ettinchidan, milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, ta’sirchanligini oshirishga alohida e’tibor berish.

Sakkizinchidan, milliy g’oya, mafkura va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy, amaliy masalalari bo’yicha ilmiy tadqiqot izlanishlarni olib borish.

To’qqizinchidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 apreldagi PQ-317-sonli “Aholi o’rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va targ’ibot-tashviqot ishlarining ta’sirchanligi va samarasini oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”, 2006 yil 25 avgustdagi PQ-451-sonli “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risi”dagi Qarorlarning ma’no-mazmunini xalqimiz qalbi va onggiga chuqur singdirish.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 22 yilligi – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo’llagan tabrigida mintaqadagi vaziyatning tahlil etilishi.

2. Mafkuraviy immunitetning qanday unsurlarini ajratib ko’rsatish mumkin?

3. Globallashuv jarayonida globalistlar va aksilglobalistlar kimlar, ularni izohlab bering?

4. Mafkuraviy poligon deganda nimani tushunasiz?



2-MAVZUNING QISQACHA BAYONI
Milliy g`oya va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida maktab ta`limining o`rni.


    1. Fikr”, “g’oya”, “milliy g’oya”, “mafkura” tushunchalari. Mafkurasiz inson va jamiyat o’z yo’lini yo’qotishi muqarrarligi.

1. Inson o’zining ongu idroki, aql-zakovati, iymon-e’tiqodi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Hayvonlarning onglidek tuyulgan hatti-harakatlari aslida ularga xos bo’lgan instinktlarning namoyon bo’lishidir. Inson esa o’zining ijtimoiy belgilari orqali barcha jonzotlardan ajralib turadi. Ularning eng muhimi va asosiysi tafakkur bo’lib, u axloq-odob, ma’rifat, ma’naviyat kabi insoniy sifatlarni belgilaydi.

Inson tashqi olam bilan, boshqa insonlar bilan bo’lgan munosabat jarayonida voqelikni o’z tafakkurida idrok qilib, ayni vaqtda, bir tomondan tafakkurini charxlab borsa, ikkinchi tomondan turli fikrlar, qarashlar va g’oyalarni ham yaratadi. Demak, g’oyalar avval inson tafakkurining natijasi samarasi, mahsulidir.

Tafakkur til orqali emas, balki nutq orqali zohir bo’ladi (til hayvonlarda ham bor, lekin nutq yo’q). Insoniyat tabiiy nutq bilan cheklanib qolmay, sun’iy nutqni ham kashf qilganligi uning fikriy, g’oyaviy evolyutsiyasida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Nutq va tafakkur uzviyligi g’oyaning paydo bo’lishi va ravnaqida muhim omildir. SHu nuqtai nazardan g’oyainson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakter kasb etadigan, ruhiyatga kuchli ta’sir o’tkazib, jamiyat a’zolarini uyushtiradigan, ezgu maqsadlar sari chorlaydigan teran fikr demakdir.

Lekin tafakkurda paydo bo’lgan har qanday fikr, mulohaza yoki nuqtai nazar g’oya bo’la olmaydi. CHunki fikr yoki nuqtai nazar voqelikka bo’lgan oddiy munosabatni ifoda etadi. Masalan, «bu kitob yangi» degan fikr zalvorli emas, unda ijtimoiylik, safarbar etuvchilik xususiyatlar cheklangan. «Kitob inson aqlini charxlaydi» degan fikr esa ijtimoiy salohiyatga, muayyan g’oyaviy quvvatga ega bo’lgan fikrdir.

G’oyasiz jamiyatni qop-qorong’u ko’chada yolg’iz ketayotgan odamga qiyoslash mumkin. Zimiston qa’riga kirib borayotgan bu odamning yo’lida qanday g’ovlar borligini u payqamaydi, albatta. Agar uning qo’lida mash’ala bo’lsa, har qanday to’siqni chetlab, manzil sari dadil ketaveradi. Jamiyat ham shunday - uning g’oyasi bamisoli mash’ala, yo’lchi yulduz singari taraqqiyot yo’lini yoritib boradi.

G’oya - falsafiy kategoriya. U inson bilan atrof-muhit, voqelik o’rtasidagi o’zaro munosabatning mahsulidir. SHuning uchun har qanday g’oyaning ob’ekti va sub’ekti bor. Tashqi olamda, ob’ektiv voqelikda sodir bo’layotgan o’zgarishlar, hodisalar inson ruhiyatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar bo’lib, g’oyaning ob’ekti hisoblanadi. Voqelikda sodir bo’layotgan ana shu hodisa va jarayonlarni anglab, ularga nisbatan munosabat bildiradigan odamzot g’oyaning sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi. Qisqacha aytganda, g’oya inson ma’naviy borlig’ining o’zagini tashkil etadi.

G’oya juda qadimdan insonning muhim boyligi, odamlarni birlashtirib, jipslashtirib kelgan qudratli ma’naviy kuch. SHu bois g’oya ijtimoiy zaruriyat tufayli muayyan makon va zamonda paydo bo’ladi, muayyan maqsad va muddaolarni amalga oshirish, ezgu yoki yovuz kuchlarning qo’lida qurol bo’lish darajasiga ko’tariladi. Inson o’z tafakkurini to’g’ri yo’naltirishi aynan shu sababli hayotda muhim ahamiyatga ega. To’g’ri yo’naltirilgan tafakkur va g’oya insonni ezgu maqsadlarga, aksincha holda esa tanazzulga yetaklaydi.

Mazmun-mohiyati va namoyon bo’lish shakllariga qarab g’oyalarning bir qancha turlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Har xil diniy, axloqiy va falsafiy ta’limot va yo’nalishlar, ilmiy qarashlar, san’at asarlari negizida muayyan g’oyalar yotadi, ya’ni ijtimoiy ongning barcha shakllari muayyan g’oyalarni yaratadi.



Diniy g’oyalar muayyan diniy ta’limot yoki oqimning asosini, diniy e’tiqodining negizini tashkil etadi. Qadimgi dunyoda ilohlarning ko’pligi haqidagi fikrga asoslangan politeizm dinlari (masalan, qadimgi Yunonistonda) mavjud bo’lganligi haqida tinglovchilar fikr bildiradilar. Keyinchalik ayrim milliy dinlar (masalan, iudaizm) va, ayniqsa, jahon dinlari (xristianlik, islom)da yakkaxudolik hukmron g’oyaga aylandi. (Islom dinida Allohning yagonaligi g’oyasi isbot tariqasida keltiriladi).

Ilmiy g’oyalar ilm-fan taraqqiyotining natijasi, turli fan sohalarining asosiy, ustivor yo’nalishlarini, qoida va xulosalarini belgilaydigan ilg’or va teran ilmiy fikrlardir.

Ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan farqli o’laroq, ilm-fan sohasida g’oyalar «yashovchanligi» (barhayotligi) yoki umri qisqaligi bilan ajralib turadi. Antik dunyo olimlari va faylasuflarining inson va tabiat haqidagi g’oyalari, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniyning koinot to’g’risidagi fikrlari, Nьyuton mexanikasi, Darvin ta’limoti o’z davrida fan sohasida ilg’or g’oyalar edi. XX asr ilmiy g’oyalar taraqqiyotida muhim yuksalish davri bo’ldi. Inson koinotni zabt etdi, kompьyuter texnikasi, televidenie, uyali telefonlarni kashf qildi. Fan rivoji uzluksiz va cheksizdir.



Falsafiy g’oyalar - ilmiy xulosalar va kashfiyotlarga tayanadigan, dunyo va inson haqidagi eng umumiy tushunchalar va qarashlarni ifodalaydigan g’oyalardir. Bunday g’oyalar antropologiya (inson haqidagi ta’limot), gnoseologiya (bilish nazariyasi) hamda ontologiya (borliq haqidagi fan) aksiologiya(qadriyatshunoslik haqida), praksiologiya(tajribaga asoslangan ta’limot) sohalarida to’plangan bilimlarni umumlashtirish, hayotning ma’nosi, yashashdan maqsad, insoniyatning kelajagi va baxt-saodati kabi global masalalar doirasida fikr yuritish asosida shakllanib boradi.

Falsafiy g’oyalar dunyo falsafiy ilmi taraqqiyotida chuqur iz qoldirgan, turli xalqlarga mansub bo’lgan mutafakkir daholar, donishmandlar tomonidan yaratilgan. Antik dunyo falsafasi, o’rta asrlar, Uyg’onish va yangi davrlarda vujudga kelgan G’arb falsafiy fikri namoyondalarining ta’limotlari shular jumlasidandir. (O’qituvchi mashg’ulot ishtirokchilariga ularning falsafiy merosiga doir blits-savollar bilan murojaat qiladi).

Ayniqsa, SHarqda ilk demokratik g’oyalarni targ’ib qilgan, borliq, inson ruhiyati va bilishi haqidagi ilg’or fikrlarni ilgari surgan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi mutafakkirlarning falsafiy qarashlari, «Ilohiy ishq» g’oyalari, tasavvuf ilmi vakillari, Alisher Navoiyning insonparvarlik falsafasi kabi betakror g’oyaviy okimlar va ta’limotlar insoniyatning ma’naviy taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi. Ular insoniyatni ozod, erkin hayotga, porloq istiqbolga yetaklovchi, hur va aldolatli jamiyatni tarannum etuvchi ijtimoiy-siyosiy g’oyalarning rivoji bilan hamohang bordi.

Ozodlik g’oyasi - mazlumlarni o’z erki uchun kurashga chorlaydigan, qullik va qaramlikning har qanday ko’rinishini inkor etadigan umuminsoniy g’oya. Alisher Navoiyning quyidagi ruboiysi bu g’oyaning asl mohiyatini ifodalaydi:

G’urbatda g’arib shodumon bo’lmas emish,

El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,

Bulbulg’a tikandek oshiyon bo’lmas emish.
Mustaqillik g’oyasi - mustamlakachilik asoratida bo’lgan millat va xalqlarni, ularning vakillari bilan ilg’or kishilarni ozodlik va erkinlikni qo’lga kiritishga undovchi g’oya. Istiqlol qo’lga kiritilgandan so’ng ushbu g’oya har bir xalqning o’zi tanlagan yo’ldan borish imkoniyatini beruvchi ma’naviy omilga aylanadi.

Badiiy g’oyalar - adabiyot va san’at asarlarining mazmun-mohiyatini tashkil etib, undan ko’zda tutilgan maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Asardagi badiiy obrazlar, personajlarning hatti-harakatlari, taqdiri, badiiy syujetlar inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi, uni ezgulik va ijtimoiy faollikka undaydi, safarbar etadi. Milliy istiqlol mafkurasini targ’ib qilishda badiiy g’oyalar muhim ahamiyat kasb etadi.

G’oyani amaliyotga joriy etuvchi kuch kim ekanligiga qarab, tor doiradagi manfaatlarni ko’zlovchi sinfiy g’oyalar, shuningdek, o’z mazmuni va miqyosiga ko’ra, insoniyatning ongi va qalbiga singgan, barcha xalqlar uchun yuksak insoniy qadriyat hisoblanadigan, bashariyatning ezgu maqsadlariga xizmat qiladigan umuminsoniy g’oyalar ham mavjuddir.



Milliy g’oya - millat tafakkurining mahsuli bo’lib, inson va jamiyat hayotiga mazmun va ma’no baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir. Ushbu g’oya millatning o’tmishi, buguni va kelajagini o’zida mujassamlashtiradi. Milliy g’oya muayyan millat taraqqiyotining turli davrlarida, uning taqdirini belgilaydigan fikrlar majmui sifatida namoyon bo’lishi ham mumkin. Masalan, 1941-1945 yillarda fashistlar bosib olgan Frantsiyada «Qarshilik ko’rsatish g’oyasi» milliy g’oya darajasiga ko’tarilgan edi, davr o’tishi bilan ushbu g’oya o’z ahamiyatini yo’qotdi. O’zbekiston uchun hozirgi o’tish davrida xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni yagona maqsad - huquqiy-demokratik davlat qurish yo’lida birlashtiradigan va safarbar etadigan g’oyani shakllantirish, uni xalqimiz ongi va qalbiga singdirish g’oyat muhimdir.

Milliy g’oyaning asosiy tayanchlari xalqimizning tafakkuri, dunyoqarashi, azaliy an’analari, udumlari, tili, dini, ruhiyati, milliy qadriyatlari, zamonaviylik, umumbashariylik, umuminsoniylik kabilardan iborat.

Har qaysi xalq, jamiyatning o’z oldiga qo’ygan maqsadi bo’ladi. Unga qanday, qanaqa yo’llar va usullar bilan erishish mumkinligi o’sha millat, xalq yoki davlatning mafkurasida namoyon bo’ladi.

Mafkura (arabcha - fikrlar majmui) muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g’oyaviy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimini ifodalaydi.

Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik, bag’rikenglik g’oyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkura ijtimoiy taraqqiyotga turtki bo’ladi, insonlarni ezgu ishlarga safarbar qiladi.

Prezidentimiz I.Karimov mafkuraga shunday ta’rif berganlar: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman»1.

Mafkura jamiyatda yangi paydo bo’lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarning ehtiyoj va maqsad-muddaolarini ifoda etuvchi yangi g’oyaviy tizim sifatida yuzaga keladi. Ammo vaqti kelib o’z sohiblari tarix sahnasidan tushsa ham mafkuraviy meros sifatida yangi davrda ham o’z salohiyatini saqlab qolishi, hatto g’ayriinsoniy mohiyat kasb etishi mumkin. Milliy mafkura har qanday xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qiladigan, uni porloq istiqbolga yetaklaydigan yo’lchi yulduzdir.

Milliy mafkurani faqat bitta millat yoki xalqning mafkurasi, deb tushunish noto’g’ri. CHunki «millat» degan so’z etnik birlikni ifodalash bilan birga «davlat» ma’nosini ham bildiradi. Masalan, «millat ravnaqi uchun» degan iborani «davlat ravnaqi uchun» deb tushunish mumkin. Milliy mafkura O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning mafkurasidir. Milliy mafkura o’zligimizni, bir butunligimizni ta’minlashga, ayni paytda unga tahdid soluvchi kuchlarga qarshi kurashga yo’naltirilgan g’oyaviy-nazariy qarashlar tizimi sifatida namoyon bo’ladi.

Har qanday mafkuraning falsafiy, diniy va dunyoviy ildizlari mavjud.



Mafkuraning falsafiy ildizlari uning eng avvalo, falsafa fanining qoida va xulosalariga tayanishini ifodalaydi. Dunyo falsafa ilmi taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan qadimgi hind, xitoy, yunon falsafiy maktablari, o’rta asrlar va uyg’onish davri SHarq va G’arb falsafiy oqimlari, italьyan, ingliz, frantsuz falsafasi vakillari, Kant, Gegelь, Fixte, Nitsshe kabi mashhur nemis faylasuflari ta’limoti o’z davrlarida milliy falsafalarning taraqqiyotiga asos soldi va o’zlari mansub bo’lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi.

Hozirgi davrda mavjudlik falsafasi deb e’tirof etilgan ekzistentsializm, amaliyot falsafasi bo’lgan pragmatizm, «ijobiy falsafa» deb tan olingan pozitivizm, shuningdek, zamonaviy fan yutuqlari - kosmonavtika, informatika, kibernetika sohasidagi yutuqlar mafkuraning falsafiy negizlari sifatida mafkuraviy taraqqiyotga katta ta’sir ko’rsatmoqda.

Mafkuraning dunyoviy ildizlari deganda yuqori darajada tsivilizatsiyalashgan (ma’rifatli) dunyoga xos bo’lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarning bir butun majmuini tushunish lozim. Insonparvarlik tamoyillari, qonun ustuvorligi, millatlararo hamjihatlik, diniy tolerantlik hozirgi dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi va u uning mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tamoyil orqali ravnaq topib boradi.

Mafkuraning diniy ildizlari deganda uning g’oyaviy asoslari diniy manbalar, ta’limotlar bilan uzviy bog’liq ekanligi nazarda tutiladi. «Zabur», «Tavrot», «Injil», «Qur’on» kabi ilohiy kitoblarda bayon qilingan ezgu g’oyalar ko’plab mafkuralarda o’z ifodasini topgan.

Konfutsiyning diniy g’oyalarga asoslangan ta’limoti asrlar davomida Xitoy xalqining taraqqiyot yo’lini yoritib kelganligi, Foma Akvinskiy g’oyalari katolik dinining rasmiy mafkurasi bo’lib kelganligi fikrimizning isbotidir.




    1. Download 4,19 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish