Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Ma’naviyat – jamiyatni rivojlantirishning muhim omillaridan biri. Inson va ma’naviyat



Download 4,19 Mb.
bet10/13
Sana07.09.2017
Hajmi4,19 Mb.
#19023
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Ma’naviyat – jamiyatni rivojlantirishning muhim omillaridan biri. Inson va ma’naviyat.

Prezidentimizning ushbu asarida aynan shu jihatdan o’qituvchilar mehnatiga yuksak baho berilgan. «SHu nuqtai nazardan qaraganda, - deb ta’kidladilar Yurtboshimiz, - ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. CHindan ham o’qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo’’tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko’rgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o’qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o’rin tutishidan dalolat beradi».

Olamni go’zallik qutqaradi, degan purma’no so’zlarning mag’zini chaqsak aslida go’zallik inson ma’naviyatida zohir bo’lishini anglaymiz.

Har qanday inson o’zining ma’naviyati bilan go’zal. Demak, olamni ma’naviy go’zal insonlar qutqaradi. SHu ma’noda odamlarga ma’rifat nuri ulashadigan muallim, ta’bir joiz bo’lsa, ma’naviyatning chinakam timsolidir.

Darhaqiqat, shunday. O’qituvchi tom ma’noda odamlarga nur, ziyo, go’zallik baxshida etuvchi inson. U o’zining ana shu xislati bilan boshqalar uchun ibrat namunasidir. Zero, el-yurtga ma’rifat ulashib, ma’naviyat chashmasidan bahramand etgan o’qituvchi, ya’ni ustoz, murabbiy har doim odamlar izzat-ikromiga sazovor bo’lib kelgan. Xalqimiz muallim hurmatini doimo joyiga qo’ygan. Ilm-ma’rifatga havas, intilish bizning zaminimizda azaldan oliy qadriyat hisoblanib kelingan. Xalqimiz ziyo ulashuvchi odamlarni mulla (ziyoli), ilmu-urfon ahlini esa domulla (katta mulla, katta ziyoli) deb atash bilan ma’rifat ahliga bo’lgan hurmatini ifoda etgan.

Rivoyat qilishlaricha, bir kishi avval ustoziga, so’ngra otasiga salom bergan ekan. Odamlar buning sababini so’rashganlarida, u «Ollohning qudrati ila otam meni dunyoga keltirdi, ustozim esa meni ko’klarga ko’tardi», deb javob bergan ekan. Buyuk sohibqiron Amir Temur ustozi Mir Said Barakaning oyoq tomoniga dafn etishlarini vasiyat qilgani ham ustozlarga bo’lgan hurmat-ehtiromning oliy namunasidir.

Moziyga nazar solsak, xalqimizning ziyo ahliga, ya’ni ustozu-murabbiylarga ehtiromi bejiz emasligiga imon keltiramiz. Qadimdan ma’naviyat eshigi, ma’rifat beshigi bo’lib kelgan Samarqandda ne-ne daholar, ilmu-urfon namoyondalari yashab o’tmagan deysiz. Imom Buxoriy, Al-Moturudiy, Imom Doramiy, Maxdumi A’zam, Abullays Samarqandiy, Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy singari buyuk ajdodlarimizning muborak nomlari Mag’ribdan-Mashriqqacha – yetti iqlimga dong’i ketgan. Ular, muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, «Ma’naviyati keng va ayni vaqtda qismati og’ir bo’lgan siymolardir. Ular o’zlarini haqiqatga tashna va o’zi haqiqat bo’lgan xalqqa bag’ishladilar. Buyuk ajdodlarimizning buyuk nomlari xalq xotirasi va uning taqdirida munosib davom etishga loyiqdir».

Ha, ulug’ ajdodlarimiz yaratgan ulkan silsila bugun ham, ertaga ham, undan keyin ham davom etaveradi. Bugungi ziyolilarimiz, eng avvalo, o’qituvchi va murabbiylarimiz ana shu silsilaning davomchilaridir. Ajdodlar an’anasiga sadoqat ular faoliyatining mazmun-mohiyatini tashkil etmog’i lozim. SHu nuqtai nazardan bugungi muallim ma’naviy o’tmishimizning tarixiy ildizlarini teran anglashi va uni o’quvchi yoshlar ongiga singdira olishi lozim.

Sohibqiron bobomiz Amir Temur vafotidan so’ng yurtimizda feodal tarqoqlik avj olgani, keyinchalik o’lkada uchta xonlik vujudga kelib, ular o’rtasidagi o’zaro kelishmovchiliklar tufayli mehr-oqibat bir qadar ko’tarilgani, bundan foydalangan chor Rossiyasi yurtimizni bosib olganligi va shu tariqa milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga putur yetishiga sabab bo’lgan tarixiy xatolarga yo’l qo’yish mumkin emasligiga ishontirish zarur. Davlatimiz rahbarining «O’z g’oyang bo’lmasa, sening yurtingda chet g’oya kelib hukmronlik qiladi» degan so’zlari yetmish yildan ham ortiq davom etgan kommunistik istibdod davrida isbot topganini xalqimizga, yosh avlodga tushuntirish o’qituvchining burchidir.

Kommunistik g’oya bizning yurtimizda paydo bo’lgan emas. Xalqimizda unga moyillik ham bo’lmagan. Bu g’oya Yevropadan bu yerga olib kelingan, boshqacha qilib aytganda «eksport» qilingan. Sun’iy yo’l bilan joriy qilingan bu soxta g’oya milliylikning darz ketishiga, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz qashshoqlashishiga, yovuz g’oyalarning kirib kelishiga, qadriyatlarimizning poymol etilishiga olib kelganligini xalqimizga to’g’ri tushuntirish lozim. Buni faqatgina ijtimoiy-gumanitar fanlardan dars beruvchilar emas, balki barcha muallimlar amalga oshirishlari kerak. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat bosh g’oyamiz har bir fuqaroning ongiga yetkazilishi kerak.

Bugungi o’qituvchi kommunistik g’oya bilan oziqlangan «sovet pedagogi»dan tubdan farq qiladi. Farzandlarimizni erkin fikrlashga o’rgatish, ularda mustaqil dunyoqarashni shakllantirish o’qituvchi faoliyatining mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.

Bugun o’qituvchilik mas’uliyati har qachongidan ham yuksak va sharafli. Bu mas’uliyat XXI asr kishisini kamol toptirish demakdir. Yigirma birinchi asr - aql zakovat asri deya e’tirof etilganligini inobatga olsak, o’qituvchi mas’uliyati naqadar muhimligini anglab yetamiz.

Yaxshi o’qituvchi deganda kasbiy mahorati yuqori bo’lgan muallimni tushunamiz. Pedagogik mahorat esa o’qituvchining ma’naviy yuksakligidan dalolat beradi. «Pedagogika» so’zi «Bola yetaklayman» degani, demak, pedagog - bolani yetaklovchi shaxsdir. Lekin bolani yetaklay olish uchun nima kerak? - Mahorat kerak! Yaponlar yoki koreyslar taraqqiyotda nega ilgarilab ketishdi? CHunki, ular ta’limga zo’r berib, yangi pedagogik texnologiyalarni dadil joriy qildilar. Ular bolalarni o’qitishdan ko’ra, o’qishga o’rgatishni ma’qul ko’rdilar. Boshqacha aytganda bolani baliq yeyishgagina emas, baliq ovlashga ham o’rgatdilar.

4.3 Asarda ta’lim va tarbiya uyg’unligi, ma’naviy jasorat, o’qituvchi ma’naviyati masalalari

Pedagogik mahorat o’qituvchi ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylansagina u o’quvchida erkin fikrlash ko’nikmalarini shakllantira olishi mumkin. Prezidentimizning «O’z fikriga, mustaqil dunyoqarashiga ega yosh avlodni tarbiyalamasdan turib, ozod va obod jamiyat barpo etishdek olijanob maqsadlarimizga erishish mumkinmi?» degan xitobi o’qituvchilarimiz uchun dasturamal bo’lishi zarur.



Bugun o’qituvchi ma’naviy targ’ibotning eng oldingi marrasida turishi lozim. Dunyoviy ilmlardan saboq berar ekan, u «Men vatan ravnaqi uchun nima qildim?» degan tuyg’uni o’zi va o’quvchilar ongi-shuuriga joylashi kerak. Spitamen va SHiroq, To’maris va Muqanna, Jaloliddin Manguberdi va Temur Malik timsolida vatanparvarlik ibratini yoshlarimiz vujudiga singdirish, avlodlar tomirida sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzolarning qoni jo’sh urayotganini tushuntirishi zarur. O’quvchilarimizning milliy g’oyaga e’tiqod hissini umumbashariy qadriyatlar, dunyo xalqlari misolida ham tushuntirib borish lozim. Xirosima va Nagasaki shaharlariga bomba tashlangandan so’ng dunyo afgor ommasida yer yuzida birorta yapon qolmay qirilib ketadi degan tasavvur paydo bo’lgan edi. Ammo yaponlar qirilib ketmadi, o’zlarini qo’lga olib, fidoyilik namunalarini ko’rsatib mehnat qildilar. Natijada Yaponiya eng rivojlangan davlatlar qatoriga chiqdi. Ikkinchi jahon urushidan butkul vayron bo’lgan Germaniya tez orada o’zini tiklab olib, taraqqiy etgan davlatlardan biriga aylanganiga sabab yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo’lgan nemislar uyushqoqlik bilan qo’lni-qo’lga berib mehnat qilganligi, Vatan ravnaqi yo’lida oxirgi mol-mulkigacha sarflagan xalq, hatto taqinchoqlarini tortiq qilgan ayollarning jasorati bo’ldi. Bu misollar chinakam vatanparvarlik namunasi emasmi?

O’qituvchi yuksak vatanparvarlik fazilatlari namoyondasi bo’lishi lozim. Muallimlik kasbini ulug’lagan, munosib shogirdlar tarbiyalagan inson haqiqiy vatanparvardir. O’qituvchini xalqimiz bekorga «Ustoz», «Murabbiy» deb e’zozlamaydi. O’qituvchi shuning uchun ustozki, u minglab yoshlarga saboq berish bilan birga o’zidan keyin, o’zining o’rniga shogird tayyorlashi lozim. Muallim «O’zimning o’rnimga shogird tayyorlay olmasam, qanaqa odam bo’ldim» degan e’tiqodga amal qilib kelgan. Bunday insonning kelajak oldida, avlodlar oldida yuzi yorug’ bo’ladi.

O’z kasbining ustasi bo’lgan o’qituvchini hamma hurmat qiladi, unga havas bilan qaraydi. Xalqimizda «Nimani qilsang xor, shunga bo’lasan zor» degan dono naql bor. Bir tanishimiz o’qituvchilik kasbini xor qilib, boshqa ishning boshini tutdi va shu yo’l bilan yaxshigina kechirib turgan turmushini yanada to’kin-sochin qilmqchi bo’ldi. Lekin buning uddasidan chiqa olmay, el nazaridan qoldi. SHu kabi misollarni ko’plab keltirish mumkin.

Bugun «o’qituvchilik noni halol» deganlar sharafli kasbni davom ettirib kelishayapti. Ularning o’z mehnatidan qoniqish hissi, ertangi kunga ishonchi juda baland. Mashaqqatli, lekin g’oyat sharafli mehnatlari bilan dong taratib, davlatimizning turli xil mukofotlariga sazovor bo’layotgan, xalqimizning qalb qo’ridan joy olayotgan murabbiylarimiz soni ko’payib borayapti.

O’qituvchi bo’lish yuksak sharafga muyassar bo’lish demakdir. Hamma ham o’qituvchi bo’la olmaydi. Muallim - ikki dunyosi obod inson. O’qituvchilikdan ham xayrli ish, xayrli kasb dunyoda bo’lmasa kerak.

Muxtasar aytganda, o’qituvchi o’zining faqat bilimi, aqli-zakovati bilangina emas, yuksak ma’naviy salohiyati bilan ham ajralib turishi, katta-yu kichikka ibrat bo’lishi kerak. Bir so’z bilan aytsak, ma’naviyatning tom ma’noda andozasi bo’lishi lozim.

Xulosa qilib qilib aytadigan bo’lsak, xalqimiz bosh strategik maqsad - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish yo’lida shahdam intilmoqda. Prezident I.Karimovning ilmiy asoslangan g’oyalari amaliy ifodasini topmoqda. Milliy istiqlol mafkurasi esa xalqimizni oydin manzillarga yetaklayotgan mayoq singari tobora yorqin charaqlamoqda.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Milliy o’zlikni anglash ma’naviyatni qay darajada belgilaydi?

2. G’arbona individualizm va sharqona jamoaviylik o’rtasidagi tafovut

nimalarda aks etadi?

3. “Ma’naviyat” tushunchasi tarkibiga nimalar kiradi?

4. Sizning hayotingizda oila – mahalla – ta’lim muassasasining o’rni.

5. Ma’naviyatni shakllantiradigan omillarni sanang.

6. Ma’naviy va moddiy olam o’rtasidagi uyg’unlik nima?

7. Milliy qadriyatlar majmuasi nimalardan iborat?



5-MAVZUNING QISQACHA BAYONI.
Milliy mafkurani o`quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda maktab rahbarining ma`suliyati.
5.1 Milliy istiqlol g’oyasi - O’zbekiston istiqbolini ifoda etuvchi milliy taraqqiyot kontseptsiyasi.
I. Insonning ijtimoiy-siyosiy mohiyati faqat ozodlik va erkinlik sharoitidagina to’la-to’kis namoyon bo’ladi. SHuning uchun ham O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi asosiy maqsadi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bo’lib, bu g’oya millatimizning azaliy orzu-umidlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini ifodalaydi.

Tarixga nazar tashlasak, siyosiy jihatdan ozod va erkin bo’lgan davrlarda yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti gullab yashnaganini, aksincha, mustamlakachilik sharoitlarida u chuqur inqirozlarni boshidan kechirganini ko’ramiz. Mustaqillik milliy qadriyatlar, madaniyat va an’analarni, ma’naviyatni tiklab, odamlarimiz qalbida milliy g’urur va iftixorni, ozod va obod Vatan tuyg’ularini kamol toptirishga zamin yaratdi.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Biz uchun mustaqillik – o’z erkinligimizni anglashgina emas, balki avvalo, o’z hayotimizni o’z irodamiz bilan va milliy manfaatlarimizni ko’zlagan holda tashkil etish, o’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurish huquqidir».

Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish - milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi hisoblanadi.

Erkin va farovon hayot - odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o’zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir.

Erkinlik - kishilar faoliyati bilan tabiat va jamiyatning ob’ektiv qonuniyatlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganishi asosida faoliyat olib borish va hayot kechirish zarurligini ifodalovchi tushuncha.

Demokratiya (yunon. «demos» xalq va «kratos» hokimiyat) - xalq hokimiyati, fuqarolarning ozodligi va tengligi tamoyillarini e’lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Demokratiya asosida qiziqish, intilish va manfaatlarni mutanosiblashtirish, muvofiqlashtirish, murosaga keltirish va kelishish siyosati yotadi.

Fuqarolik jamiyati - iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayot sohasiga to’g’ri keladigan tushunchadir

Bizning vazifamiz mamlakatimizni, jamiyatimizni demokratlash-tirish hamda yangilash yo’lidagi harakatlarimizni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish va so’zsiz bu borada amalga oshirgan ijobiy ishlarimizni qat’iyat bilan davom ettirish, ularni xalqimiz orzu qilgan marralarga yetkazishdir.

Ana shunday maqsadlarni o’zida mujassam etgan dasturning negizini quyidagi ustuvor vazifalar tashkil etadi:

1. Biz uchun eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad tengsiz oliy ne’mat - mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo’lib qolaveradi.

2. Ikkinchi ustuvor yo’nalish. Bu - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimiz hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat.

3. Uchinchi ustuvor yo’nalish. Bu - bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o’zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo’lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat.

4. Eng muhim ustuvor yo’nalish - bu inson huquqlari va erkin-liklarini, so’z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o’tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamo-yillarni so’zda yoki qog’ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir. Ommaviy axborot vositalari tom ma’noda «to’rtinchi hokimiyat» darajasiga ko’tarilmog’i lozim.

5. Beshinchi ustuvor yo’nalish - fuqarolik jamiyatini shakllanti-rishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. «Adolat qonun ustuvor-ligida» amalga oshadi.

6. Oltinchi ustuvor yo’nalish - bu sud-huquq sohasini isloh qilish bo’yicha boshlangan ishlarni izchil davom ettirishdan iborat. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu yerda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar.

7. Yettinchi ustuvor vazifa - bu barcha islohotlarimizning bosh yo’nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezonidir.

Ozod va Vatan, erkin va farovon hayot qurishdan iborat bo’lgan bosh g’oyamiz, pirovard maqsadimiz quyidagi muhim jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi:

1. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g’oyasining negizlarini.

2. Milliy g’oya - erkin va farovon hayot qurish omili sifatida.

3. Jamiyat barqarorligi - erkin farovon hayot qurish omili.

4. O’rta ijtimoiy qatlamning shakllanishi va farovon hayot qurishning o’zaro aloqadorligi.

5. Odamlarning turmush darajasi va farovon hayotning bog’liqligi.

6. Erkinlik va taraqqiyot g’oyalarining mushtarakligi.

7. Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari.

Yoshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari.
5.2 O’zbekistonda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish insonlar ijtimoiy faol ishtiroki bilan bog’liqligi.

Mafkuramizning bosh g’oyasi: Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, maillatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglik g’oyalariga tayanadi.

1. Vatan ravnaqi g’oyasi – Prezident I.Karimov tomonidan asoslab berilgan g’oya bo’lib, uning mazmunini – har bir kishining manfaatlari bilan uyg’unlashtiruvchi, uni xalq baxt-saodati yo’lida xizmat qilishga undovchi g’oyadir.

- Vatan ravnaqi, avvalo insonlarning farzandlari kamoliga bog’liq.

- Vatan ravnaqi g’oyasi – jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy rivojiga bog’liq.

- Vatan ravnaqi g’oyasi – har bir insonning taqdirida o’z ifodasini topadi, kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish uchun hammaga birdek mas’uliyat yuklaydi.

2. Yurt tinchligi g’oyasi – Mamlakat barqaror taraqqiyotining asosiy sharti. Tinchlik-insonning hayotiy ehtiyoji, erkin yashashi va kamol topishining eng zarur omilidir. SHuning uchun ham doimo yaratgandan tinchlik va omonlik tilaymiz.

Islom Karimov tinchlikka quyidagicha ta’riflaydilar:

«Biz sharq farzandlarimiz, qaerga bormaylik, uchrashganda, avvalambor, «Assalomu alaykum» deymiz. Ushbu kalom arabchada «Sizga tinchlik yor bo’lsin» degan ma’noni anglatadi. Tinchlik so’zi Qur’oni karimda 40-marta uchraydi.

3. Xalq farovonligi g’oyasi – har bir shaxs va oila farovonligi bilan bog’liq. Butun xalq farovonligi – jamiyat farovonligidir.

4. Komil inson g’oyasi – u insonni ezgulikka, ijtimoiy baxt-saodatga, gumanistik g’oyalarga yetaklaydi.

Komillik, eng avvalo, uning fikr, tafakkur va amaliy faoliyat erkinligidadir. Komil inson g’oyasini milliy g’oyadan ajratib bo’lmaydi.

5. Ijtimoiy hamkorlik g’oyasi – u turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo’lidagi hamjihatligini ifodalaydi.

SHaxsning manfaatlari millat va jamiyat manfaatlariga uyg’unlashgandagina u yuksak taraqqiyotga erishishi mumkin.

6. Millatlararo totuvlik g’oyasi – muayyan xudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalaydi.

Er yuzida 251 ta davlat bo’lib, ular o’z ichiga 1600 dan ortiq millatlarni o’z ichiga oladi, birlashtiradi.


5.3. Milliy istiqlol g’oyasi har bir insonning oliy maqsadiga, xohish-istagiga aylanishining zarurligi va ahamiyati.
Bir narsani hech qachon yoddan chiqarmaylik! Davlatga o’z nomini bergan (titul) millat bilan o’sha joyda yashaydigan boshqa millat va elat vakillari orasidagi munosabatga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Aks hola jamiyat hayotidagi tinchlik va barqarorlik izdan chiqishi mumkin.

7. Diniy bag’rikenglik g’oyasi – xilma-xil diniy e’tiqodda bo’lgan kishilarning olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo’lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g’oya ezgulik yo’lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag’rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir.

Milliy istiqlol g’oyasini O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot strate-giyasini, o’zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini hisobga olgan holda, yoshlar qalbi va ongiga singdirishning muayyan tizimi va ustuvor yo’nalishlari mavjud. Bunda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ’ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanishni taqozo etiladi.

Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida, barcha o’quv qo’llanmalari va darsliklar, qo’shimcha adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim:

- Vatan tuyg’usini shakllantirish;

- ona tilimizga muhabbat uyg’otish;

- milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish;

- ezgulik timsoli bo’lgan ayolni ulug’lash;

- oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko’rsatish;

- mahallaning demokratiya darsxonasi va o’z-o’zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish va hokazo.

Milliy istiqlol g’oyasini inson ongi va qalbiga singdirish targ’ibot-tashviqot orqali amalga oshiriladi.

Targ’ibot-tashviqotdan maqsad - bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat.

O’zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

1) belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o’tkazilishini ta’minlash;

2) milliy istiqlol g’oyasining targ’ibot sifatini muntazam oshirib borish;

3) davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning yangi, samarali yo’larini izlash;

4) bu sohada eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalash-tirishga yo’l qo’ymaslik;

5) mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;

6) mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda uchraydigan rasmiyatchilik va majlisbozlik ko’rinishlariga barham berish;

7) mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayotganini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etish.
5.4. .Milliy mafkuraning bosh va asosiy g’oyalari va bunda umuminsoniylik tushunchasi.
Milliy g’oya, mafkuraning targ’ibot-tashviqotini tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilish maqsadga muvofiq:

1. Uzluksizlik (milliy mafkurani yoshlarga singdirib borishni beshikdan boshlash kerak, sodda shaklda).

2. Keng qamrovlilik (jamiyat barcha a’zolariga g’oyalar xilma-xilligi asosida mafkurani singdirish)

3. Bosqichma-bosqichlilik (oila-bog’cha-maktab-kollej, litsey, oliy o’quv yurtlari asosida).

4. Ketma-ketlik (har bir bosqich uchun insonga xizmat qiladigan qadriyatlar asosida)

5. Faollik (ko’proq interaktiv usullardan foydalanish).

6. Ish bilan so’z birligi (nazariya va amaliyot birligi).

7. SHaxsiy ibrat (targ’ibot qiluvchining o’zi shaxsiy hayotda ibrat bo’lishi).

8. Hayotiylik (yutuqlar bilan birga kamchiliklarni ham ko’rsatish).

9. Ilg’or targ’ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish.

10. Me’yoriylik (balandparvoz, rasmiyatchilik, takrorlanishlarga ko’p ham yo’l qo’ymaslik).

Milliy istiqlol g’oyasi va milliy mafkurani targ’ib qilishda quyidagi tarbiyaviy tamoyil, uslub (metodlar)larga e’tibor berish kerak:

1) Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo’ndalik.

2) Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.

3) Ongga ta’sir ko’rsatishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.2

4) Ziyolilar mavqeini oshirish, ularga e’tibor va imkoniyat yaratish.

5) Turli bilimlarni egallashga bo’lgan ishtiyoqni qo’llab-quvvatlash.

6) Ommaviy-axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy materiallarni ko’paytirish, doimiy «aks ta’sir» tamoyiliga amal qilish.

7) Televidenie va radio zamonaviy ish usullari va shakllarini egallashi uchun rasmiy xabarlarnigina emas, balki xalqaro mezonlarga muvofiq matbuot sahifalarida va televidenieda chuqur tahliliy materiallar, jiddiy siyosiy, iqtisodiy, xalqaro sharhlar, bahs-munozaralar ko’rinishida bo’lishi lozim.

Demak, Milliy istiqlol g’oyasini yoshlar ongiga singdirishning asosiy sohalari: «Oila - bog’cha - maktab - litsey - kollej - oliy o’quv yurtlari - mahalla - jamiyat» tizimlari tashkil etadi.

Milliy istiqlol g’oyasi va milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishning asosiy yo’nalishlari esa quyidagilardan iborat:

1. Ta’lim va tarbiya.

2. Fan va ilmiy muassasalar.

3. Madaniyat va madaniy-ma’rifiy muassasalar.

4. Adabiyot va san’at.

6. Jismoniy tarbiya va sport.

7. Harbiy vatanparvarlik.

8. Urf-odat, marosim va bayramlar.

9. Oila.

10. Mahalla.

11. Mehnat jamoalari.

12. Siyosiy partiyalar.

13. Nodavlat tashkilotlar.

14. Ommaviy axborot vositalari va h.k

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.


  1. Milliy mafkuraning mohiyati nimalardan iborat?

  2. Milliy mafkuraning bosh g’oyasini aytib, uni tahlil qilib bering?

  3. Milliy mafkuraning asosiy tamoyillarini aytib bering?

  4. Milliy mafkurani o’quvchilar ongiga singdirish yo’llarini tushuntirib bering?


Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish