Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 4.19 Mb.
bet1/13
Sana07.09.2017
Hajmi4.19 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

MILLIY G‘OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI”



MODULI BO‘YICHA

MA’RUZA-MATNLARI TO’PLAMI


(pedagog xodimlarning barcha malaka toifalari uchun)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
XORAZM VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA

TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Ijtimoiy-iQtisodiy fanlar” kafedrasi

TASDIQLAYMAN”



VXTXQTMOI rektori

_______ B.Sultanov

____” _________2015 yil


MILLIY G‘OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI“



moduli bo‘yicha

MA’RUZA-MATNLARI TO’PLAMI
(pedagog xodimlarning barcha malaka toifalari uchun)

Kafedra mudiri:

_______G.Xusainbekova

Kelishildi“

O‘quv-metodik ishlar

bo’yicha prorektor:

____________B.Qalandarov

Urganch – 2015

G.Xusainbekova, S. Nazarov, A.Vaisov, Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari “ moduli bo‘yicha ma’ruza-matnlari to’plami (barcha turdagi malaka oshirish tinglovchilari uchun) – XVXTXQTMOI, 2015 yil.–85 bet.

Ushbu ma’ruza-matnlari to’plami barcha turdagi malaka oshirish toifalari tinglovchilari uchun mo’ljallangan.



Taqrizchilar: ____G.Xusainbekova,XVXTXQTMOI dotsenti, tarix fanlari nomzodi.
____ N.Nurullaeva, UrDU dotsenti,

tarix fanlari nomzodi.

Xorazm VXTXQTMOI rektori huzuridagi 2014 yil 29dekabr 4 sonli yig’ilishi qarori bilan ma’ruza-matnlari to’plami sifatida tasdiqlangan.

Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda so’zlagan nutqida “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan barcha sohalar kabi xalq ta’limi tizimi oldiga ham g’oyat muhim vazifalarni qo’ydi. Xususan, boshlang’ich ta’lim sifatini oshirish, darsliklar va o’quv qo’llanmalarining sifatini ko’tarish, ilg’or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish dolzarb vazifalar sifatida belgilandi.

Darhaqiqat, barkamol avlodni tarbiyalash, ular ongi va qalbida vatanparvarlik, milliy iftixor tuyg’ularini kuchaytirish, yot g’oyalarga qarshi sobit tura oladigan, mafkuraviy immuniteti kuchli, irodali yoshlarni kamol toptirish – bugun mamlakatimizda ta’lim tizimi, xususan barcha pedagoglar oldida turgan o’ta muhim vazifadir.

Ayniqsa pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimida samaradorlikni ko’tarish, tinglovchilarning mafkuraviy tayyorgarligini kuchaytirish ushbu vazifani hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa malaka oshirish kurslarida «Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari» o’quv fanidan ma’ruza va seminar mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida to’g’ri tashkil etishga bog’liq bo’ladi.

Xorazm VXTXQTMOIning ijtimoiy-iktisodiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Respublika xalq ta’limi rahbar xodimlarning qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti tomonidan taqdim etilgan o’quv reja va dastur asosida mazkur majmuani ishlab chiqdilar. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ro’y berayotgan muhim o’zgarish va yangiliklardan kelib chiqib, majmua doimiy ravishda boyitib borilmoqda. Bu jarayonda hurmatli tinglovchilarimizning taklif va mulohazalari inobatga olinishni eslatib o‘tamiz.





O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2014 yil 11 dekabrdagi
338 sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan.



UMUMIY TALABLAR
Mazkur talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi «Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 25-sonli qarori 1-ilovasining 8 bo’limida «Pedagog kadrlarning tayyorlanganligiga qo’yiladigan talablar. Umumiy malaka talablari» bilan tasdiqlangan va barcha pedagog xodimlar uchun umumiy hisoblanadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo’lgan talablar kompleksini belgilaydi. Quyidagilar mutaxassisning pedagogik ishga tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy (fundamental) talablar hisoblanadi:

o’qitish (dars berish) mahorati;

tarbiyalash mahorati;

o’quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar;

ta’lim olayotganlarning bilimlarini holisona nazorat qilish va baholash mahorati.



O’qitish (dars berish) mahorati quyidagi talablar bilan belgilanadi:

kasbiy layoqat va eruditsiya;

psixologik-pedagogik tayyorgarlik;

ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga va yangi bilimlar olishga o’rgatish mahorati;

o’quv adabiyotlari shakllari va turlarini bilish;

yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallaganlik, Internetning global tarmog’i bilan ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar;

pedagog kadrlar malakasini oshirishning asosiy shakllarini bilish;

ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilish;

pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini bilish;

predmetlararo aloqalardan foydalanish mahorati;

ritorika va notiqlik san’ati asoslarini bilish;

Bolalar huquqlari to’g’risidagi konventsiyani, «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlarni, uzluksiz ta’lim tizimining asosiy atamalari va tushunchalarini bilish.



Tarbiyalash mahorati o’qitish va tarbiyalash jarayonining bog’liqligi, uning uyg’un rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma’naviy saviyani qaror toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga, uning vatanparvarlik, obro’ va burchni his etishiga, keng gumanitar va gumanistik tayyorligiga, shuningdek, o’quvchilar o’rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning amaliy ko’nikmalariga asoslanadi.

Pedagogning o’quv-tarbiyaviy jarayondagi gumanitar omilni belgilaydigan shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmuomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta’lim oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. SHaxsiy sifatlar o’qitish (dars berish) va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko’rsatadi.



Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati psixologik-pedagogik jihatdan o’qitish (dars berish) va tarbiyalash mahorati bilan uzviy bog’liqdir.

Pedagog ta’lim oluvchilarning bilimlari va mahoratini xolisona baholash printsiplari, metodlari va mexanizmlarini bilishi, standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini samarali qo’llash mahoratiga ega bo’lishi kerak.



Umumiy talablardan tashqari, pedagog kadrlarga ta’lim turiga ko’ra alohida talablar qo’yiladi.

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2014 yil 11 dekabrdagi
338 sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan.

"Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari" o’kuv moduli bo’yicha malaka oshirish kursining tinglovchilari tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar

(pedagog xodimlarning barcha malaka toifalari uchun )
Ushbu o’quv modulini o’zlashtirishi natijasida tinglovchilar:

  • Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish uning samaradorligini hamda ta’sirchanligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari keng qamrovli islohotlar, kabul kilingan farmon va farmoyishlar, qarorlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risidagi ma’ruzalarining mazmun-mohiyatini bilishi;

  • Islom Karimovning "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" asarining mohiyatini anglash va hayotga tatbiq etish;

  • Islom Karimovning "Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish" risolasini bilishi;

  • Islom Karimovning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari" nomli asarining mazmun va mohiyatini bilishi;

  • Islom Karimovning "Milliy-ma’naviy yuksalish kontseptsiyasi", uning nazariy metodologik va amaliy tomoyillari haqida tushunchaga ega bo’lishi;

  • Yangi avlod kadrlarni tayyorlashda "Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari" fanining roli va ahamiyatini oshishi;

  • Ta’limning sifat va samaradorligini "Davlat ta’lim standartlari" asosida tashkil etishi;

  • Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiya (baxs munozara, debat, treping, ma’ruza, intellektual savol-javob)lardan unumli foydalanishi,

  • Yoshlarni mustaqil fikrlashga o’rgatish uchun mantiqiy baxs-munozaralarini tashkil etishi;

  • Yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirish yo’llarini bilishi;

  • Zamon talabiga mos holda yangicha fikrlaydigan, mustaqil dunyoqarashga ega bo’lgan yangi avlodni tarbiyalash yo’llarini bilishi;

  • Dunyo hamjamiyatida o’zining va millatining salohiyatini ko’rsatib bera olish yo’llarni bilishi, ajdodlarimiz bilan faxrlanish, milliy g’ururga ega bo’lishi;

  • "Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilining mohiyatini bilishi;

  • Vatan baxt-saodati, tinchligi uchun jasoratparvar bo’lgan yoshlarni tarbiyalash usul va vositallarini bilishi;

  • Mafkurada, ma’naviyat sohasida g’oyaviy bo’shliq bo’lmasligiga erishish;

  • Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasini bilishi va to’g’ri tushuntirib bera olishi;

  • Jahonda yuz berayotgan ma’naviy o’zgarishlar, mafkuraviy muammolar va tahdidlarni bilishi hamda ularga qarshi mafkuraviy immunitetni xosil qilish;

  • CHetdan kirib kelayotgan madaniyatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, axloqsizlik, ya’ni g’oyaviy, mafkuraviy, informatsion xurujlardan yoshlarni himoya qilish, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish yo’llarini bilishi;

  • Milliy qadriyatlar bilan umumbashariy qadriyatlarni uyg’un, mushtarak holda olib borish yo’llarini bilishi;

  • Mute’likdan xoli bo’lish, o’z fikrini erkin ifodalay olish va uni himoya qila olish yo’llarini bilishi;

  • Yosh avlodni mustahkam irodali va milliy g’oya e’tiqodiga sobit, iymonli,

barkamol insonlar etib tarbiyalash yo’llarini bilishi talab qilinadi.

Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” fanidan davlat talablarining takomillashtirilgan varianti

Kurs tinglovchisi:


  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risidagi qaror va farmoyishining, mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, keng qamrovli islohotlarga bag’ishlangan ma’ruzalarining mazmun-mohiyatini bilishi;

  • Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarining mazmun-mohiyatini bilishi;

  • Islom Karimovning “Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish” risolasini bilishi;

  • yangi avlod kadrlarini tayyorlashda “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” fanining roli va ahamiyatini bilishi;

  • yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirish yo’llarini bilishi;

  • zamon talabiga mos holda yangicha fikrlaydigan, mustaqil dunyoqarashga ega bo’lgan yangi avlodni tarbiyalash yo’llarini bilishi;

  • mutelikdan xoli bo’lish, o’z fikrini erkin ifodalay olish va uni himoya qila olish yo’llarini bilishi;

  • yosh avlodni mustahkam irodali va milliy g’oya e’tiqodiga sobit, iymonli, barkamol insonlar etib tarbiyalash yo’llarini bilishi lozim.

Milliy g`oya va ma`naviyat asoslari”modulining


o`quv-mavzu rejasi


(19-reja asosida)
(pedagog xodimlarning barcha malaka toifalari uchun)



Mavzular

Ma`ruza

Seminar

Jami

1

Global o`zgarishlar va yoshlarning ma`naviy-ma`rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirish zarurati.

2

-

2


2

Milliy g`oya va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida maktab ta`limining o`rni.

2

2

4


3

Mafkuraviy muammolar, ma`naviy tahdidlar va barkamol shaxs tarbiyasi.

-

2

2


4

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asaridagi g`oyalarning ta`lim tizimidagi ahamiyati

2

2

4

5

Milliy mafkurani o`quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda maktab rahbarining ma`suliyati.

-

2

2




Jami

6

8

14

Milliy g`oya va ma`naviyat asoslari” moduli bo`yicha malaka


oshirish kursining o`quv dasturi


(pedagog xodimlarning barcha malaka toifalari uchun)


  1. -MAVZU: Global o`zgarishlar va yoshlarning ma`naviy-ma`rifiy tarbiyasi samaradorligini oshirish zarurati. (2 soat ma`ruza)


Jahon taraqqiyotida ro`y berayotgan o`zgarishlar, davr bu uning noaniqligi muammosi. Global o`zgarishlarning dunyo mamlakatlarining har biriga bevosita ta`sir o`tkazishi. jahon taraqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat g`oyat murakkab, ziddiyatli va tahlikali jarayonlarning guvohi bo`layotgani.

Hozirgi davrda xavf-xatar va tahdidlar kuchayishining ob`ektiv hamda sub`ektiv sabablari.

Hozirgi davr ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlarining dolzarb muammolari. Dunyo xaritasida yangi davlatlarning vujudga kelishi, insoniyatning tinch-totuv yashashi va taraqqiyotning yangi bosqichga ko`tarilishiga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarning paydo bo`lishi.

Dunyoviy taraqqiyotga to`siq bo`ladigan, demokratik rivojlanishni izdan chiqaradigan va insoniyat birligiga tahdid soladigan g`oyaviy yo`nalishlarning vujudga kelishi. Globallashuv jarayonining jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib kelishi. Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni.

Bugungi kun kishilarining kechagi kun odamlaridan tubdan farq qilishi. Milliy ma`naviyat va qadriyatlarimizning qayta tiklanishi, o`zlikni anglay boshlanishi tufayli kishilar ongida, tafakkuridagi ijobiy o`zgarishlar. Davrni chuqur o`rganib, uning talablariga javob berishga qodir millatgina barhayot bo`lishi. davr talabi,davrni anglashjarayonlarining bir-biri bilan dialektik bog`liqligi va taraqqiyot uchun zamin hozirlashi.

Yurtimizda ma`naviy-ma`rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo`nalishi etib belgilanishi. Ma`naviyat va ma`rifatni yuksaltirishning asosiy vositasi bo`lgan yangi ta`lim va tarbiya tizimini sifat jikhatidan yangi darajaga ko`tarish vazifasi.

Global o`zgarishlar va yoshlarni manaviy – ma`rifiy tarbiyasini samaradorligini oshirish zaruriyati.Ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish ishlariga halaqit berayotgan qusurlar va ta`lim –tarbiya ishidagi ba`zi eskicha yondashuvlar.

Diniy ekstremistlarning, aqidaparastlarning amalga oshirgan makkorona kirdikorlari va ularning saboqlari. Yoshlarimiz taqdiri, jamiyatimizning takdiri va kelajagi ekanligi. Ta`lim va tarbiya tizimini takomillashtirishda xalqimiz diniy qadriyatlarining roli va o`rni.

Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning hayotimizdagi o`rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo`naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, yillarning nomlanishidagi vazifalar uyg`unligi haqida targ`ibot, tashviqot ishlarini jonlantirish.

“Ma`naviyat va ma`rifat” jamoatchilik kengashining tashkil etilishi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi «Milliy g`oya targ`iboti va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish to`g`risida»gi 451-sonli Qarori, ushbu qaror asosida bugungi kunda yoshlarni g`oyaviy tarbiyalash, mas`uliyatni his qilish, ma`naviy-ma`rifiy, siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini o`stirish, yangicha fikrlashga o`rgatish. Mamlakatimizda milliy g`oya targ`iboti va ma`naviy-ma`rifiy ishlarning samaradorligini, ularning hayotiyligi va ta`sirchanligini yanada oshirish masalalari.

2-MAVZU: Milliy g`oya va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida maktab ta`limining o`rni. (2 soat ma`ruza, 2 soat seminar)
G`oya va mafkura tushunchalari, ularning mohiyati. G`oya – inson tafakkuri mahsuli. G`oyalarning shakllanishi va namoyon bo`lish xususiyatlari. Fikr va g`oya, gipoteza va ijtimoiy bashoratning o`zaro aloqadorligi va farqlari.

G`oyalarning turlari.

Bunyodkor g`oyalar: bunyodkor g`oyalarning shakllari va xususiyatlari. Ozodlik, mustaqillik, tinchlik, adolat, tenglik, hamkorlik, do`stlik, birdamlik, hurfikrlilik, ma`rifatparvarlik, bag`rikenglik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi bunyodkor g`oyalar. Insoniyat jamiyati va sivilizatsiyalar rivojiga ta`sir ko`rsatgan ijtimoiy, siyosiy, ilmiy g`oyalar, nazariyalar, ta`limotlar va mafkuralar. Zardo`sht, Suqrot, Aflotun, Konfutsiy, Al-Forobiy, Navoiy va boshqalarning ilmiy g`oyalari.

Amir Temur davlatining bunyodkor g`oyalarga asoslanganligi. Bunyodkorlik g`oyasi – ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning garovi.

Vayronkor g`oya va uning reaksion mohiyati. Mustabidlik, bosqinchilik, terrorchilik, aqidaparastlik, jaholatparastlik, irqchilik, millatchilik, mahalliychilik, yovuzlik kabi vayronkor g`oyalar. Ularga qarshi g`oyaviy, mafkuraviy kurash zarurligi. Fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish tamoyili. Vayronkor g`oyalar hukmron bo`lgan joyda ijtimoiy beqarorlikning mavjud bo`lishi.

Fuqarolik jamiyati tushunchasi . Fuqarolarning siyosiy, huquqiy madaniyati fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili. Fuqarolik jamiyatining eng muhim vazifalaridan biri odamlar ongini, ma`anviyatini o`zgartirish ekanligi. Demokratik jamiyat bu, eng avvalo, fuqarolik jamiyati. Chinakam demokratiyaning oliy mazmuni-shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy- siyosiy munosabatlarni uyg`unlashtirishdan iboratligi. Huquqiy davlatning fuqarolik jamiyati bilan uzviy bog`langanligi, u siz shakllanmasligi va rivojlanmasligi.

Fuqarolik jamiyati- real ijtimoiy-iqtisodiy zamin bo`lib uning negizida huquqiy davlatning muxim tarkibiy qismlari vujudga kelishi. Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bajaradigan vazifalar doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozimligi. Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yanada to`laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqelarini oshirish darkorligi. “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mohiyati. Fuqarolarning o`zlariga o`z hayoti va butun jamiyat hayotini boshqarishda va uni tashkil etishda keng ishtirok etish uchun imkoniyat yaratilishi.

Ta`lim tizimi - insoniyat sivilizatsiyasi, ilmu tafakkurining ko`p asrlik taraqqiyoti mobaynida mislsiz o`zgarishlarga sabab bo`ladigan, bashariyat hayotiy faoliyatini yaxshilash va takomillashtirishga xizmat qilishi. Hozirgi kunda ta`lim tizimini tubdan isloh qilinishi - mamlakatimizda kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga o`tish jarayonidagi muammolar, jamiyatning ma`naviy yangilanishini, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda, jahon hamjamiyatiga qo`shilishni ta`minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurishda muhim ahamiyat kasb etayotgani.



Ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish jarayonida, davlatimiz bilan bir qatorda, barcha ta`lim muassasalari ham bosh islohotchi rolini o`ynashi lozimligi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning tarkibiy qismi sifatida qabul qilingan Maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umumilliy dasturi ta`lim tizimini tubdan isloh qilish, uni ham shaklan, ham mazmunan zamon talablariga moslashtirish, ta`lim sifat-samaradorligini uzluksiz takomillashtirib borishda dasturamal bo`lganligi.

O`quvchi-yoshlar qalbiga milliy g`oya va mafkurani singdirish, o`z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg`usini uyg`otish, o`zligini anglash, ularda milliy g`ururni shakllantirish, umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhim vazifa hisoblanishi.

Milliy g`urur – o`z milliy mansubligidan faxrlanish, o`z millatining boy tarixi, madaniy va ma`naviy merosidan, uning jahon sivilizatsiyasiga qo`shgan hissasidan g`ururlanish, o`zligini anglash, o`zgalarni tushunishga da`vat etuvchi qudratli kuch.

O`quvchi-yoshlar tarbiyasida “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta`lim muassasasi hamkorligi konsepsiyasi”da belgilangan vazifalar va ularni ijro etishdagi kamchiliklar va muammolar.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014yil 19 fevraldagi PQ-2133-son qarori “Sog`lom bola yili”Davlat dasturida yetti bo`lim va 125 banddan iborat bo`lib, unda bolalar tug`ilishi, ta`lim-tarbiyasi, oilada sog`lom muhitni, uning iqtisodiy va ma`naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag`lar samaradorligini oshirish bilan bog`liq barcha masalalar aks etgan bo`lib, ta`limga oid quyidagi bo`limlarni mujassamlashtirgan:



1. Sog`lom bolani shakllantirishda ta`lim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, maktabgacha ta`lim muassasalari tarmog`ini kengaytirish, ularni yuqori malakali va tajribali pedagoglar bilan ta`minlash, boshlang`ich ta`limning yuqori sifatini ta`minlagan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg`or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, sog`lom turmush tarzini keng targ`ib etish, bolalar, ayniqsa qiz bolalar o`rtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg`otish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish (20 ta masala);

Каталог: upload -> book
book -> Sana: 03. 04. 2015. Fan: Jahon tarixi Sinf
book -> Qayta tayyorlash va malakasini oshirish
book -> Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
book -> 6-sinf тарих (umumta’lim maktablari uchun)
book -> 6-§ Ilk sivilizasiyalarning vujudga kelish davri
book -> Mavzu: Ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi Mehnat ta’limi jarayonida o`quvchilarga ishlab chiqarish to`g`risida quyidagi tushunchalar beriladi
book -> Uslubiy qo`llanma
book -> Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni miqdorlar bilan tanishtirish
book -> Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi savod oʻrgatish darslarida ta’limiy oʻyinlardan foydalanish
book -> Kafedrasi


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa