Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Demokratiya – xalq hokimiyati. Yangi jamiyat



Download 4,19 Mb.
bet13/13
Sana07.09.2017
Hajmi4,19 Mb.
#19023
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Demokratiya – xalq hokimiyati.

Yangi jamiyatozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat.

Urf-odat – kishilar turmushiga singib ketgan, doim takrorlanib turadigan xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari va ko’nikmalar.

Mustaqillik – 1) Tazyiqdan, nazoratdan xoli bo’lish, erkinlik; 2) iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy tobe bo’lmaslik. O’zbek tilida Mustaqillik atamasi odatda istiqlol so’zi bilan yaqin ma’noda qo’llaniladi va uzluksizlikni anglatuvchi chuqur, keng qamrovli jarayonni aks ettiradi.

Fenomen – (yun. Phainomenon – yuz beruvchi) – 1) ko’zga ko’rinib turgan hol; 2) noyob, kam uchraydigan hol, yoki buyuk, yagona bo’lgan inson; 3) hissiy bilish, tajribada berilgan ma’lum bir holni anglatuvchi falsafiy atama; hissiy tajriba yordamida payqaladigan va anglanadigan hodisa, jonli mushohada ob’ektini bildiradigan tushuncha.

Milliy g’urur – 1) shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o’z-o’zini anglashi asosida shakllanadigan ajdodlari qoldirgan moddiy, ma’naviy merosdan, o’z xalqining jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi, o’zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro’-e’tiboridan faxrlanish hissini ifodalovchi tushuncha.

Muholifat – (arabcha «muholafat» - kelishmovchilik, teskarilashish, qarama-qarshilik, ziddiyat) – rasmiy siyosatga, hukmron qarashlarga mos bo’lmagan nuqtai nazar, alohida siyosiy yo’l, demokratiyaning muhim belgisi. Muholifat uch xil bo’lishi mumkin: a) parlament doirasida; b) undan tashqarida; yohud v) siyosiy partiyalar ichida.

Ma’rifat – Ma’rifatning lug’aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma’rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ma’rifat so’zining ko’pchilikdagi ma’nosi maorifdir. Ma’rifat atama sifatida – tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi.

E’tiqod – Dunyoqarash. Biror dinga e’tiqod qilish – uni haq deb bilib, uni ta’limotini tan olish.

Tasavvuf – suf arab tilidan olingan bo’lib, jun kiygan kishilar degan ma’noni anglatib, islomdagi diniy-falsafiy oqim. 8 asrda arab mamlakatlarida paydo bo’lgan. Bu ta’limot o’sha davrda savdogarlar va kosiblarning manfaatini ko’zlagan. Tasavvufning asosiy mohiyati inson va uning Xudoga munosabatidir, ya’ni solihning Xudo vasliga yetishishidir.

Komillik – insonning kamolotga erishuv jarayonidagi barkamolligi darajasini ifodalovchi tushuncha. Komillikning har bir davrga xos mezonlari mavjud. Nodonga nisbatan oqil, loqaydga nisbatan sergak, baxilga nisbatan saxiy, tanbalga nisbatan serg’ayrat, qo’rqoqqa nisbatan botirlik kabi xislatlar o’ziga xos o’lchov vositasini o’taydi.

Qadriyatumumbashariy, umuminsoniy, milliy, mintaqaviy, shaxsiy, diniy turlarga bo’linadi.

Aksiologiya – (yun. «axio» - qadriyat va «logos» - fan, ta’limot) – qadriyatshunoslik; qadriyatlar haqidagi fan.

Milliylik – muayyan xalqqa xos bo’lgan, uni boshqalardan farqini ko’rsatuvchi xususiyatlar majmui. Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, an’analari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon bo’ladi.

Ma’naviyat – (arab. – ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.

Umuminsoniy qadriyat – barcha xalqlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi, moddiy va ma’naviy manfaat, mezonlar majmui.

Milliy qadriyat – millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyat shakli.

Umumbashariy – butun dunyo, barcha davlatlar va xalqlarning ishtirokisiz yechish mumkin bo’lmagan muammolarga aytiladi.

Ozodlik – barcha demokratik erkinliklarga erishishning, haq-huquqlari kafolatlangan va ta’minlangan jamiyatning bosh sharti.

Obod Vatan – fuqarolari erkin, ozod, yaratuvchilik faoliyati bilan band bo’lgan, xavfsizligi ta’minlangan farovon hayot qurish makoni.

Fuqarolik jamiyati – iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayot sohasiga to’g’ri keladigan tushunchadir. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi ko’lamiga ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar, fuqarolarning turli shakldagi faoliyati, o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari ham mansubdir.

Ehtiyoj – inson talablari asosida paydo bo’ladigan tabiiy xususiyat; jonli mavjudot hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlarga, uning shularga bog’liq ekanligini ifoda etuvchi holat.

Integratsiya – milliy iqtisodiyotlarning sifat jihatidan yangi sharoitlarga ega bo’lishi va mamlakat taraqqiyoti imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, ixtiyoriy ravishda birlashishi, bir-birlariga o’zaro ta’sir etishi jarayoni.

Vatanparvarlik – Vatanga nisbatan sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo’lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilat.

Demokratik institutlar – jamiyatning demokratik tuzumini barpo etishga xizmat qiluvchi omil bo’lib, unga quyidagilar kiradi. 1) Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar. 2) Yuridik maqomga ega bo’lgan muxolifat. 3) Mulkchilik instituti.

Siyosiy demokratiya - jamiyat siyosiy tizimini xalqqa yaqinlashtirish, siyosiy adolatsizliklarning oldini olish.

Ijtimoiy demokratiya - bugungi davr demokratiyani islohotlar jarayoniga aylantirish.

Irqchilik – odamlar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo’ravonlik va urushlarni kishilarning turli irqlariga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g’ayrimilliy ta’limot. Irqchilar insonlarning ijtimoiy mohiyatini ularning biologik – irqiy (ko’zi, sochi va terisining rangi, bosh va yuz tuzilishi kabi tashqi, ikkinchi darajali jismoniy) belgilar bilan bog’lab, ularni oliy va quyi, bekamu-ko’st va noraso irqlarga ajratadilar.

Aqidaparastlik – muayyan sharoitda, biron-bir g’oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llashga urinish. Bu atama faqat salbiy ma’noda qo’llanib, muayyan olim yoxud oqim tomonidan bayon etilgan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy ravishda kengaytirishga urinishni anglatadi.

Fanatizm – Biron g’oyaga, shaxsga uning mazmunini, mohiyatini chuqur anglamasdan johillarga ishonish va unga ergashishdir va u hayotda turli sohalarda uchraydi.

Manqurt – «Manqurt» o’z eli, tarixi, qon-qarindoshini, hatto o’zi tuqqan onasini ham unutgan, o’z kelajagini tasavvur eta olmaydigan kishilar va xalqlarning majoziy obrazi. U xalqlarning manqurtlarga aylanishida bosh aybdor davlat va mafkuraga to’la bo’ysundirilgan jamiyatdir degan xulosaga keladi. Masalan, CHingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanida «Manqurt» afsonasidagi shaxs obrazi.

Tafakkur – (arab. – fikrlash, aqliy bilish) – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlaydigan, ular o’rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog’lanishlarni aks etadigan bilishning ratsional bosqichi.

Vatan tuyg’usi – Vatan tuyg’usi bo’lgan kishidagina vatanparvarlik jo’sh uradi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: «Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug’iladi. Ya’ni, inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usini ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qanchalik chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi».

Targ’ibot-tashviqot – insonni biror xarakatga rag’batlantirish va kishida biror narsaga shavq uyg’otishga yo’naltirish.

Pragmativ – o’z amaliy faoliyatida ko’proq foyda olishni o’ylaydigan va shunga ko’proq foyda olishni o’ylaydigan va shunga ko’proq ahamiyat berish zarur deb bilguvchi shaxs.

gan intilishlar insoniyat tsivilizatsiyasining ma’no-mazmunini tashkil qiladi.



Kosmopolitizm (grekcha “kosmopolites” – dunyo fuqarosi)- “jahon davlati” tuzishni va “jahon fuqaroligi”ni targ’ib qiluvchi tAnarxiya (grekcha anarhia – beboshlik, hokimiyatsizlik) – har qanday hokimiyat va davlatni inkor etuvchi, har kim o’ziga-o’zi xo’jayin, degan qarashni asos qilib oluvchi g’oyalar asosida shakllangan ijtimoiy-siyosiy oqim.

Neofashizm – fishizmning yangi, zamonaviy shakli, o’ta tajovuzkor, militaristik va shovinistik kuchlarning qarashlarini ifodalovchi reaktsion siyosiy oqim.

Siyosiy partiya – (lotincha “rage” – qism, guruh; eski, o’zbekchasi, arabcha “firqa” – guruh, to’da) – umumiy g’oya va manfaat, ijtimoiy – siyosiy maqsadlar asosida odamlarni ixtiyoriy ravishda uyushtiruvchi turg’un tashkilot.

Suverenitet (frantsuzcha “souverainite” – oliy hokimiyat) – davlatning ichki va tashqi siyosatdagi to’la mustaqilligi.

Totalitarizm (“totalitare” – butunlik, to’lalik, mukammalik, “totalis” jami, to’la) – jamiyat hayotining barcha sohalarini davlat tomonidan to’la nazorat qilish, demokratik tashkilotlarni ta’qib qilish, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni tugatish, har qanday shaxs, ijtimoiy qatlam, guruh manfaatlarini davlat manfaatlariga bo’ysuntirilishini talab qiladigan siyosiy g’oyalar tizimi va ular asosida shakllanadigan davlat tuzumi.

Terrorizm (lotincha. “terror” – qo’rquv, daxshat) – ma’lum yovuz maqsadlar yo’lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo’q qilishdan iborat bo’lgan g’oyaga asoslangan zo’ravonlik usuli.

Fashizm (italyancha “fascismo” – bog’lam, birlashma) – G’arb mamlakatlarida XX asr boshlaridagi og’ir iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy bo’hronlar davrida vujudga kelgan o’ta tajovuzkor va vayronkor g’oyalar asosida shakllangan g’ayriinsoniy nazariya va amaliyot.

Fuqarolik jamiyati – iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hayot sohasiga to’g’ri keladigan tushuncha. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy sohasi ko’lamiga ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar, fuqarolarning turli shakldagi faoliyati, o’zini-o’zi boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari ham mansubdir.

Sharqona demokratiya – demokratiya tushunchasining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, SHarq mamlakatlari, asosan, aholisining ko’pchilik qismi musulmon ma’naviyatidan bahra olgan hududlarga xos bo’lgan demokratik qoidalar majmuining o’ziga xos shakl va mazmunda namoyon bo’lishidir.

Shovinizm – millatchilikning o’ziga xos shakli, boshqa millatlarni mensimaslik va o’z millatining ularga nisbatan ustunligini asoslashga qaratilgan g’oyaviy-nazariy qarashlar tizimi va amaliyoti.

Ekstremizm (lotincha “extremus” – o’ta) – ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal etishda o’ta keskin chora-tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi nazariya va amaliyot.

G’oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o’tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr.

G’oyaviy bo’shliq – muayyan sharoitda jamiyat, undagi toifa va qatlamlarning ongida sodir bo’ladigan g’oyasizlik, mafkuraviy vakuum holati.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati
I.O’zbekiston Respublikasi qonunlari

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., 2009. 40 b.


II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari

va qarorlari

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida”gi PQ-451-sonli Qarori.- “Xalq so’zi” gazetasi, 2006 yil 26 avgust.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. «Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida». «Xalq so’zi» gaz., 2007 yil 19 may.

4. Bolalar sporti ob’ektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. «Xalq so’zi», 2010 yil 6 may.


III. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari

va O’zbekiston Respublikasi vazirliklarining

huquqiy-me’yoriy hujjatlari

5. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 1997 yil 29 avgust.


IV. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari

6. «Tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo’lidagi xamkorlik». O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida 2010 yil 11 iyunь kuni SHanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi, o’ninchi majlisidagi nutq. «Xalq so’zi», 2010 yil 12 iyunь. №116.

7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 18 iyunь kuni Buxoro viloyatiga tashrifi. «Izchil islohotlarning amaliy natijalari». «Xalq so’zi», 2010 yil 19 iyunь. №122.

8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 26 may kuni Andijon viloyatiga tashrifi «Islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilmoqda». «Xalq so’zi», 2010 yil 27 may. №104.

9. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 27 may kuni Farg’ona viloyatiga tashrifi «Islohotlar – yuksak taraqqiyot omili». «Xalq so’zi», 2010 yil 28 may. №105.

10. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Universiada – 2010» sport o’yinlari ishtirokchilariga tabrigi. «Xalq so’zi», 2010 yil 29 may. №106.

11. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O’zbekiston» anjumanlar saroyida 2010 yil 3 may kuni Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 43-yillik majlisining ochilish marosimidagi nutqi. «Xalq so’zi», 2010 yil 4 may.

12. I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasini 2010 yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to’g’risidagi ma’ruzasi. «Xalq so’zi», 2010 yil 30 aprelь. №84.

13. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Prezident Islom Karimovning 2009 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2010 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi, 2010 yil 30 yanvar.

14. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisi to’g’risida to’g’risida Axborot. 2010 yil 28 yanvarь.

15. O’zbekiston Konstitutsiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. «Xalq so’zi», 2009 yil 6 dekabrь.

16. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. -T.: O’zbekiston, 2009.

17. Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dustarning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevralь.

18. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, -2008.

19. Karimov I.A. Ozod yurtning ulug’ tantanasi. //“Xalq so’zi” - 2008 yil 1 sentyabrь.

20. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”,- 2008.

21. Karimov I.A. Bu bayram – barchamizniki, butun xalqimizniki. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi. «Xalq so’zi», 2007 yil 1 sentyabrь.

22. Karimov I.A. O’zbekiston Islom tsivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan xissasi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyadagi so’zi. «Xalq so’zi», 2007 yil 15 avgust.

23. Karimov I.A. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil xarakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish – asosiy vazifamizdir. –T.: O’zbekiston, 2007.

24. Karimov I.A. O’zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo’shgan beqiyos hissasining yuksak e’tirofi. Prezident I.Karimovning «Turkiston – press» nodavlat axborot agentligi muhbiriga bergan intervьyusi. «Xalq so’zi» gaz. 2007 yil 23 fevralь.

25. Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. «Xalq so’zi» - 2006 yil 10 fevralь.

26. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. -T.: O’zbekiston, 2005.

27. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokrat-lashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. T., «O’zbekiston», 2005.

28. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. T., «O’zbekiston»,- 2005.

29. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq. T., «O’zbekiston»,- 2004.

30. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjixatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq. T.12. -T.: O’zbekiston, 2004.

31. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. -T., O’zbekiston,- 2002.

32. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T.11. -T.: O’zbekiston, -2003.

33.Quronov Muhammad Biz anglayotgan haqiqat.T.: “Ma’naviyat”-2008y.

34. Karimov I.A. “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” – T.: “O’zbekiston”, 2011 y.

35. Karimov I.A. 2012 yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. //Xalq so’zi.- 2012 y. 20 yanvarь.

36. Karimov I.A. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi. //Xalq so’zi. -2012 y. 1 sentyabrь.



37. Karimov I.A. Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi qabul qilinganliginining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi “Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish- yorug’ kelajagimizning asosiy omilidir” //Ma’rifat, - 2013 y. 7 dekabr.

V. O’quv qo’llanmalari


  1. Imom Buxoriy. «Xadis», 4-jildlik. -T., 1992, 1-jild.

  2. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. -T.: SHarq, 1994, 9-17-betlar.

  3. Azizxo’jaev A.A. CHin o’zbek ishi. -T.: Akademiya, 2003, 5-45-betlar.

  4. Azizxo’jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. -T.: SHarq, Akademiya, 2001, 6-18-betlar.

  5. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.: Yangi asr avlodi, 2001, 6-22-betlar.

  6. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (Oliy ta’lim muassasalari uchun qo’llanma). -T.: Yangi asr avlodi, 2001, 222-bet.

  7. Milliy istiqlol g’oyasi: ko’rgazmali vositalar. -T.: Ma’naviyat, 2001, 16-betlar.

  8. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (Izohli ko’rgazmali vositalar to’plami). -T.: Yangi asr avlodi, 2001, 80-bet.

  9. Milliy istiqlol g’oyasi: nazariya va amaliyot. -T.: Ijod dunyosi, 2002, 24-b.

  10. Saifnazarov I. Ma’naviy barkamollik va siyosiy madaniyat. -T.: SHarq, 2001, 160-b.

  11. O’zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomli sharqshunoslik instituti. “Ma’naviyat yulduzlari”. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. T.:-1999.

  12. Saifnazarov I. va boshq. Xalqimiz hamjihatligi terrorizmga qarshi kafolatdir. -T.: Yangi asr avlodi, 2004, 56-b.

  13. Nazarov Q., Ochildiev A. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (qichqacha izohli tajribaviy lug’at). -T.: Yangi asr avlodi, 2002, 192-b.

  14. Nazarov Q. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. -T.: «Ijod dunyosi», 2002, 24-bet.

  15. Muxtorov A. SHaxs tarbiyasida milliy g’oya, ehtiyoj va manfaatlar uyg’unligi. -T., «Yangi asr avlodi», 2003.

  16. Toxir Karim. Muqaddas «Avesto» izidan. -T.: CHo’lpon, 2000.

  17. Toxir Karim. Milliy tafakkur taraqqiyotidan. -T.: CHo’lpon, 2003, 160-b.

  18. Ergashev I. Siyosat falsafasi. -T.: Akademiya, 2004, 130-b.

  19. Ochildiev A. Milliy g’oya va millatlararo munosabatlar. -T.: O’zbekiston, 2004, 136-b.

  20. Xodiev B., Bekmurodov A., G’ofurov U., Tuxliev B. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. -T.: Iqtisodiyot, 2009. -120 b.

  21. O’zbekiston jamiyatini demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish yo’lida. -T.: Akademiya, 2005, 640-b.

  22. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.–T.: “O’zbekiston”, 2000 y.

  23. Islom entsiklopediya. – “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. T., 2004 y.

  24. Milliy g’oya: targ’ibot texnologiyalari va atamalar lug’ati. – T.: “Akademiya”, 2007 y.

  25. Ma’naviyat. Asosiy tushunchalarning izohli lug’ati.-T.: G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 2009 y.

  26. Safarova N. Terrorizm. (tarixiy-falsafiy tahlil)-T.: “Noshir”, 2009 y. 60-77.

  27. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari hamda yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish. O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti.

  28. Malaka oshirish kursi ma’ruzalar to’plami. T.: -2011y.

  29. “O’zbekistonning 22 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li” “Ijtimoiy fikr” markazi materiallar asosida O’zA muxbiri A.Ivanova tayyorladi.//Xalq so’zi 2013 y.17 avgust. 2-3 b.

VII. Internet saytlari

  1. www.gov.uz.

  2. www.press-service.uz.

  3. www.bilim.uz.

  4. www.philosophy.ru.

  5. www.filosofiya.ru.

  6. www.philosophy.nsc.ru.

  7. http // philosophy.albertina.ru.

  8. www.history.ru.


MUNDARIJA





Kirish

4



Umumiy talablar

7



Davlat talablari

8



O’quv-mavzu reja

9



Ishchi o’quv dasturi

10-14



Ta’lim texnologiyasi,

texnologik xaritasi



15-24



Ma’ruza matni

25-68



Test savollari

70-74



Glossariy

75-81



Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

82-84


1 Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йўналишлари. Т., «Ўзбекистон», 2002 йил, 12-бет.

2 Глобалистика международный междисциплинарныйэнциклопедический словарь. Москва-Санк-Петербург-Нью-Йорк, 2006. 163-б.

3 Отамуродов С. Глобаллашув ва миллий-маънавий хавфсизлик. T.2008

1 «Туркистон» газетаси, 2002 йил 9 феврал.

2 «Туркистон» газетаси. 1999 йил 3 феврал.

1 Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни халқ, миллатни миллат қилишга хизмат этсин. Т., «Ўзбекистон», 7-жилд, 89-бет.

1 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т., «Ўзбекистон», 2000, 10-бет.

1 Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга, халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букилмас иродасига боғлиқ. Т., «Ўзбекистон», 2004, 6-бет.

2 Ўша китоб. 30-31 бетлар.

1 Каримов И.А. Туркистон умумий уйимиз. Т., «Ўзбекистон», 1995 йил, 11-бет.

1Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т., «Ўзбекистон», 1997 йил, 53-бет.

1 Қаранг: Т.Жўраев «Тузувчи ва бузувчи тизимлар». Тафаккур журнали. 2000 й. №2, 28-бет.

2 Қаранг: Т.Жўраев. Тузувчи ва бузувчи тизимлар. Тафаккур журнали, 29-бет. 2000 й. №2.

3 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари, 66-бет.

1 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т., «Ўзбекистон», 1998 йил, 443-бет.

2 Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.. «Ўзбекистон», 1998 йил, 40-бет.

1 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т., «Ўзбекистон», 2000 йил, 12-бет.

1 Ўзбекистон Республикаси Президенти И.Каримовнинг мамлакатимизни 2013 йилда ижтимоийғиқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2014 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар махкамасининг мажлисидаги маърузаси “2014 йил юқори

2 Каримова В.М. Ёшларни миллий ғояни ва миллий мафкурани шакллантириш омиллари ва шартлари. Таълим ва тарбия. 2000, № 1-2, 40 – бет.

i



Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish