Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Milliy mafkurani o`quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda maktab rahbarining ma`suliyati



Download 4,19 Mb.
bet12/13
Sana07.09.2017
Hajmi4,19 Mb.
#19023
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Milliy mafkurani o`quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda maktab rahbarining ma`suliyati.




savollar

A

B

C

D


1

Milliy g’oyani inson onggiga qanday singdiriladi?


Mutaxassis faylasuf olim va murabbiylar-ning ma’ruza va suhbatlari videofilьmlar, ommaviy axborot vositalari, boy ma’naviy madaniyatimiz, bobokalonlari-mizning pand-nasihatlari, o’gitlari, badiiy asarlar orqali.

Televidenie, Gazeta va jurnallar orqali

Radio, OAV orqali

Maxsus mutaxassislar-ning pand-nasihatlari, o’gitlari orqali

2

Islom dinida Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi muqaddas kitob nomini va uning muallifini aniqlang?


«Al-Jome’ as saxih», Imom Buxoriy

«Tarixi Anbiyo va hukamo», A.Navoiy

«Kitob ash-shifo», Ibn Sino

«Sunani Termiziy», Iso Termiziy

3

Millatlararo totuvlik va hamjihatlik qanday qadriyatlar sirasiga kiradi?

Umumbashariy qadriyat

Milliy qadriyat

Madaniy qadriyat

Siyosiy qadriyat

4

Tasavvufning qaysi namoyondasi qarashlariga ko’ra inson atrof-muhit va jamiyatga foyda keltirish bilan ham komillikka erishishi mumkin?

Naqshbandiya

Kubraviya

Yassaviya


Molikiya

5

Komillikning belgisini ko’rsating?



Xaq yo’lidan borib, xalqqa foyda keltirishdir

Pandnomalar, xalq kitoblari

Mehnatsevarlik, ezgu niyatlar

Kahramonliklar

6

Tasavvuf ta’limotida komil inson tadqiqotchisi deb kim tan olingan?

Aziziddin Nasafiy

Alisher Navoiy

Ibn al Arabiy

Xusayn Voiz Koshifiy

7

"Ilmni CHin (Xitoy)dan bo’lsa ham o’rganing! "Ushbu jumla...?

Hadisi sharifdan olingan.

Xalq maqollaridan olingan.

Qur’oni karimdan olingan.

"Avesto"dan olingan.

8

«Alpomish» dostonining asosiy fazilatlari ko’proq nimaga qaratilgan?

Vatanparvarlikka

Poklanishga

Vijdon erkinligiga

Mehnatsevarlikka

9

Mamlakatimiz xududida nechta ko’hna tarixiy obidalar YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan?

4 mingdan ziyod

100 dan ziyod

3 mingdan ziyod

3 mingga yaqin

10

Hadis ilmining sultoni «Imom Al Buxoriy xalqaro jamg’armasini qo’llab qo’vvatlash to’g’risida»gi Prezident Farmoni qachon qabul qilindi?

1998 yil 24 noyabrda

1997 yil 26 dekabrda

1948 yil 5 martda

1999 yil 5 yanvarda

11

Jaholatga qarshi kurashning quroli nima?

Ma’rifat

Jaholat

Iqtisod

Saxovat

12

O’tgan asrning 50 – yillarida sobiq sho’rolar hukumati «Alpomish» dostoniga qanday qora tamg’a bosdi?

Millatchilik tamg’asini

Zulumkor boy tamg’asini

Diniy manbalar targ’ibotchisi tamg’asini

Tajovuskorlik tamg’asini

13

Toshkent Islom universiteti qachon ochildi?

1999 yil

1997 yil

1996 yil

1998 yil

14

Islom konferentsiyasi tashkilotining ta’lim, fan, ma’naviyat sohalari taraqqiyotini rivojlantirish maqsadida tuzilgan tuzilmasi?

AYSESKO

YuNESKO

BMT

YuNISEF

15

Muayyan dinga e’tiqod qiluvchi kishilar jamoasi qanday nomlanadi?

Diniy konfessiya

Diniy qo’mita

Diniy tashkilot

Diniy federatsiya





glossariy
An’ana – jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma’naviy faoliyat shakllarining, kishilar o’rtasidagi aloqalar va munosabatlarning avloddan-avlodga o’tishi, ajdodlar hayoti, belgilari va xususiyatlarining takrorlanish tarzi.

Ateizm (yunoncha a – inkor, theos – xudo; xudoni inkor etish) – dinni, umuman, ilohiy kuchlarga e’tiqod qilishni inkor etish. Bizda u qadimdan dahriylik, xudosizlik kabi atamalar bilan yuritilib kelinadi.

Afsona (forscha – hikoyat va rivoyatlar) – xalq og’zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri.

Aqida (arabcha - ishonch) – mutaassib dindorlar uchun majburiy bo’lgan, ular shak keltirmasdan, muhokama qilmasdan bajarish, e’tiqod qilish lozim, deb hisoblaydigan diniy talablar.

Aqidaparastlik – muaayyan sharoitda, biron-bir g’oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llashga urinish.

Buyuk davlatchilik shovinizmi – bir davlatning boshqa bir davlat yoki davlatlar ustidan siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy va harbiy hukmronligini o’rnatishga qaratilgan nazariya va amaliyot.

Bibliya–(grekcha-kitoblar)-yahudiylik va xristianlik dinndagilarning muqaddas kitoblari to’plami. Biblyaning xristianlik paydo bo’lmasdan oldindan yaratilgan birinchi va katta qismi Qadimgi Ahd (ahd-xudoning insonlar bilan maxsus aloqasi) Tavrot va Zaburni o’z ichiga olgan. Yangi ahd injil deb aytiladi. Bunda xudoning Iso vositachiligida odamlar bilan yangi ahdlashuvi demakdir.Qadimgi ahd ibriy va aramiy tillarida, yangi ahd esa yunon(qadimgi grek) tilida yozilgan. Xristianlar “Qadimgi ahd” va “yangi ahd” birday muqaddas sanasalar, yahudiylar faqat qadimgi ahd nigina muqaddas biladi. Xristivnlik aqidalari 27 bo’limdan iborat bo’lgan “yangi ahd”, ya’ni “Injil”da jamlangan. Injil yevangelik-yunon tilida xushxabar degan ma’noni bildiradi. Injilda Isoh masihning tug’ilishi, hpayotii yaratgan mu’jizalari, ta’limotldari, gunohkor odamlarni qutqarish uchun o’lim, qayta tirilgnani bayon qilingan. Injil quyidagilarni o’z ichiga oladi; 1)Isoh masihning hayoti va ta’limoti bayon etilgan. Matfey, Mark, Luka va Ioann tomonidan yozilgan to’rtta kitob; 2) havoriylar (isoning o’n ikki shogirdi) faoliyati va favoriylarining qilgan amallari, ilk masih jamoallarining vujudga kelish haqida hikoyalar; 3) xristianlikning asosiy aqidalari bayon qilingan 21 maktub; 4) Isoh Masixning bu olamga qaytishi, qiyomat, jannat va jahannam tasvirlangag Ioann “Vahiynomasi”. Bibliya bugungi kunda ham xristianlarning asosiy kitobi sifatida ular uchun o’z ahamiyatini saqlab qolmoqda.

Buddizm Budda-sankritcha-xotirjam, osoyishta, oliy haqiqatga erishgan-jahon dinlaridan biri-buddizmnmng asoschisi. Bu dinga daxldor bo’lgan manbalarda u bir necha bor qayta tug’ilish va yashash jarayonida mutlaq haqiqatga yetishgan va boshqalarga diniy najot yo’lini ko’rsatishga qodir bo’lgan barcha xudolar , ruhlar hamda tabiat kuchlari ustidan hukmron buyuk va qudratli zot sifatida ta’riflanadi. Asli ismi Siddxartxa Gautama bo’lgan bu zot milloddan avvalgi 624-544 yillar orasida yashab o’tgan. Rivoyatlarga ko’ra, uni 16 yoshida uylantiradilar. 29 yoshida Gautama xotini va yaqindagina tug’ilgan o’g’lini tark etib, sayyor darveshlarga qo’shilib 6-yil davomida Ganga daryosi qirg’oqlarida zohidlik bilan hayot kechiradi. U 35-yoshida 4 hafta davomida meditatsiya (butun ongini oliy haqiqatga erishish g’oyasiga qaratish) holatiga kiradi. Nihoyat, u maqsadga erishadi va koinotning barcha sir-asrorlaridan voqif bo’lgan Buddaga aylanadi. SHundan so’ng 45 yil davomida qadimgi hind davlatlari Koshala va Magadxa bo’ylab o’z ta’limotini targ’ib qiladi va 80 yoshida vafot etadi. Uning muqaddas kitobi miloddan avvalgi 1 asrda yozib olingan “Tripitaka” nomli muqaddas kitoblar majmuasida o’z aksini topgan. Budda ta’limotining asosiy mazmuni Banorasda qilingan xutbada “to’rt oliy haqiqat” shaklida bayon qilingan. Buddaning shogirdlari yer yuzida birinchi rohiblar jamoasini tashkil etganlar. Unga hozir ham ehtirom kuchli. Bugungi kunda SHri Lanka, Birma, Tailand, Laos, Kambodja, Vьetnam kabi davlatlarinig asosiy dinidir.

Vatanparvarlik – Vatanga nisbatan sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun qaol bo’lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilat.

Gegemonizm – (yunoncha – gegemonia, rahnamolik, hukmronlik, rahbarlik) – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlatning boshqalar ustidan hukmronlik qilishini asoslashga qaratilgan nazariya va amaliyot.

Geopolitika (grekcha geo – yer, politika – davlatni boshqarish san’ati) – tashqi siyosatda biron-bir davlat yoki mintaqaning geografik o’rni, hududiy joylashishi, komunikatsion imkoniyatlarni hisobga olib yuritiladigan faoliyat.

Davlat ramzlari – davlat mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, nishona yoki timsollardir. Bular muayyan davlatning bayrog’i, gerbi, milliy valyutasi va madhiyasidir.

Demokratiya – (yun. “demos” – xalq, “kratos” - hokimiyat) – xalq hokimiyati, fuqarolarning ozodligi va tengligi tamoyillarini e’lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shakli.

Din – (arabcha – ishonch, ishonmoq) – borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bo’lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy ko’rinishi sifatida tushiniluvchi oliy mavjudotga, ya’ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir.

Diniy sekta – (lotincha – ta’lim, yo’nalish, maktab) – ibodat qiluvchilar guruhi sifatida diniy tashkilotlarning bir turi.

Dualizm – (lotincha dualis – ikki) – olamning vujudga kelishi, mavjudlik qonuniyatlari ham ruhiy-ilohiy, ham moddiy asosga egaligini e’tirof etuvchi ta’limot.

Dunyoning mafkuraviy manzarasi – jahonda ro’y berayotgan g’oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va o’zaro munosabati bilan bog’liq holat, xususiyat va faoliyatlarni yaxlit tarzda aks ettiruvchi tushuncha.

Zardo’shtiylik – eng qadimiy dinlardan biri. U qadimgi Xorazmda shakllangan. Milloddan avvalgi VII-VI asrlarda butun Turon o’lkasi, shuningdek, Eron, Xuroson, Ozarbayjon, iroq, Kichik Osiyo kabi bir qator mamlakatlar va mintaqalarda davlat dini darajasiga ko’tarilgan.

Idealizm (yunoncha – idea – tasavvur, tushuncha) – olam va odamning yaralishi, tabiat va jamiyatning mohiyati hamda rivojida ruhiy, moddiy bo’lmagan omillarni ustivor deb biluvchi falsafiy yo’nalish.

Iymon – (arabcha – ishonch, e’tiqodli bo’lish) – Allohning yagonaligi va yaratuvchiligiga, ilohiy kitoblarga (Zabur, Tavrot, Injil, Qur’on), payg’ambarlarga, farishtalarga, taqdirga, oxirat kuniga ishonishni bildiradi.

Inkvizitsiya (lotincha “inquisitio” – tekshiruv, qidiruv) – katolik cherkovining erkin fikrlarga, Papa hokimiyatini g’oyaviy dushmanlariga qarshi kurashish maqsadida XIII asrda tuzilgan maxsus sud muassasasi.

Inson qalbi va ongi uchun kurash – hozirgi zamondagi xilma-xil usullarda olib boriladigan mafkuraviy targ’ibot va tashviqotning asosiy ob’ekti va maqsadi.

Irqchilik – odamlar o’rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo’ravonlik va urushlarni kishilarning turli irqlariga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g’ayrimilliy ta’limot.

Islom fundamentalizmi – Qur’on va hadislarni so’zma-so’z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan o’z aqidalarini keng targ’ib qiluvchi, diniy konservativ ruhdagi yo’nalishga nisbatan ishlatiladigan atama.

Istiqlol – (arabcha – ozodlik, mustaqillik, erkin bo’lish) – inson, millat, davlatning erkin rivojlana olish imkoniyatini ifoda etuvchi tushuncha.

Kalom – (arabcha – ravon nutq, jumla, gap, so’z) – islomda muayyan mantiqiy dalillarga tayanib, diniy ta’limotni asoslashga harakat qiluvchi nazariy ilohiyot ilmi.

Komil inson – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri. Komil inson g’oyasi va uni amalga oshirishga bo’la’limot.

Materializm (lotincha “materialis” – moddiy) – borliq, olam, tabiat, jamiyat va odamning mavjudligi, yashash va rivojlanish xususiyatlarini talqin qilishda modda (materiya) va uning xossalarini ustivor deb bilishga asoslangan falsafiy yo’nalish.

Ma’naviyat (arabcha – ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.

Mafkura – (arabcha – fikrlar majmui) – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g’oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi.

Mafkuraviy immunitet (lotincha “immunitatis” – biror narsadan ozod etish) – shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g’oyaviy ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim.

Mafkuraviy poligon – odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli g’oya rning sinov maydoni.la

Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g’oyaviy – tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui bo’lib, u butun g’oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi.

Mafkuraviy tarbiya – inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g’oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo’naltirilgan jarayon.

Milliy mafkura – millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo’lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g’oyaviy asoslash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi.

Milliy g’oya – millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlariva maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoy g’oya shakli.

Modernizatsiya – ingl. modernization – o’zgarish, yangilanish, zamonaviylashtirish.

Mustaqillik mafkurasi – jamiyat a’zolarining, ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, millatlar va elatlar, ommaviy harakatlar, diniy uyushmalar, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar, tadbirkorlarva boshqa ijtimoiy sub’ektlarning umumiy manfaat va muddaolarini o’zida aks ettiruvchi va mujassamlashtiruvchi, ularning xatti-harakatlarini, faoliyatini, fikr-zikrini yagona bir maqsadga – mustaqillikka erishish hamda uni mustahkamlashga yo’naltiruvchi g’oyalar va bilimlar majmui.

Mafkura – fikrlar majmui, g’oyalar tizimi, e’tiqod.

Milliy g’oya - millatning o’tmishi, buguni, istiqboli, manfaat va maqsadini ifodalovchi ijtimoiy g’oya.

G‘oya - muayyan fikr, maqsad sari yetaklovchi kuch.

Manfaat – individ yoki ijtimoiy guruh faoliyatini, xulqini belgilaydigan asosiy omil.

G’oyaviy tarbiya – Jamiyatdagi mavjud g’oyalarga faol munosabat, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishdir. G’oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.

G’oyaning turli ko’rinishlari – Mazmuni va namoyon bo’lish shakliga ko’ra – ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy va umuminsoniy g’oyalarga bo’linadi.

Bunyodkor g’oyalar – 1) Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan tushuncha; 2) Jamiyat va odamlarni, turli guruh va qatlamlar,

millat va davlatlarni taraqqiyot sari yetaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo’lida birgalikda harakat qilishga undovchi g’oya.



Vayronkor (buzg’unchi) g’oyalar – 1) bunyodkor g’oyalarga zid bo’lgan, yovuzlik va jaholatga xizmat qiladigan g’oyalar majmuini ifodalaydigan tushuncha; 2) insonni va jamiyatni tubanlikka boshlaydigan, odamlarni g’arazli niyat va qabih maqsadlarga undaydigan, xalqlar va davlatlarni tanazzul va halokatga mahkum etadigan g’oyalardir.

Milliy istiqlol g’oyasi – Milliy istiqlol g’oyasi O’zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad-muddaolarini o’zida mujassam etadi.

Milliy istiqlol mafkurasi – Milliy istiqlol mafkurasi har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el-yurt oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada ado etayotganini belgilaydigan ma’naviy mezondir.

Milliy istiqlol g’oyasining asosiy g’oyalari – Vatan ravnaqini ta’minlash va yuksaltirish; Yurt tinchligini ta’minlash va asrash; Xalq farovonligini ta’minlash; Komil insonni tarbiyalash; Ijtimoiy hamkorlikni ta’minlash; Millatlararo totuvlikni ta’minlash; Dinlararo bag’rikenglik (tolerantlik);

Milliy istiqlol g’oyasining bosh g’oyasi – Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir.

SHovinizm – millatchilikning o’ziga xos shakli, boshqa millatlarni mensimaslik va o’z millatining ularga nisbatan ustunligini asoslashga qaratilgan g’oyaviy-nazariy qarashlar tizimi va amaliyoti

Millatchilik – o’z millatining manfaatlarini boshqa millatlar haq-huquqlaridan yuqori qo’yib hal etishga intiluvchi siyosiy oqim

Davlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv apparatiga tayanadigan, barcha uchun qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo’lgan siyosiy tashkiloti

Modernizm – dindagi zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalanishni yoqlab chiquvchi oqim

Traditsionalizm – an’anaviylik. Diniy aqidalarni va kontseptsiyalarni fan-texnika va ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlarga qarab qayta ko’rib chiqishni rad etuvchi oqim

Fundamentalizm – ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo’l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari surish

Mafkuraviy immunitet – lotincha Immunitatis so’zidan olingan bo’lib –biror narsadan ozod etish ma’nosini anglatadi. SHaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g’oyaviy ta’sirlardan ximoyalashga xizmat qiluvchi tizim

Barqarorlik – tinchlik, osoyishtalik

Vatan ravnaqi – har bir kishining manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg’unlashtiruvchi, uni xalq baxt-saodati yo’lida xizmat qilishga undovchi bunyodkor g’oyadir

Yurt tinchligi – mamlakat barqaror taraqqiyotining asosiy sharti. Tinchlik –insonning hayotiy ehtiyoji, emin-erkin yashashi va kamol topishining eng zarur omilidir

Xalq farovonligi – har bir shaxs va oila farovonligi insonning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg’unlashib ketadi

Komil inson – insonning ezgulikka, ijtimoiy baxt-saodatga, gumanistik g’oyalarga munosabati

Ijtimoiy xamkorlik – turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo’lidagi hamjihatligi

Millatlararo totuvlik – muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishi

Diniy bag’rikenglik – xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashi

Ichki taxdidlar – o’z Vataniga, vatandoshiga, vatandoshlariga zarar yetkazishga qaratilgan g’oya, xatti-harakatlardir.

Tashqi tahdidlar – tashqi tahdidlar asosan g’oyaviy bo’shliq tufayli sodir bo’ladi.

Ekstremizm – O’z maqsadi yo’lida har qanday keskin tadbir-choralar ko’rishga tarafdorlik.

Hizbut-tahrir – reaktsion ruhdagi diniy-siyosiy tashkilot bo’lib, arab tilidan “Ozodlik partiyasi” degan ma’noni bildiradi

Mulk – iqtisodiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarish va kishilar o’rtasidagi munosabatlarda ifodalanadi. Mulkning ijtimoiy va xususiy shakllari mavjud.

Bozor iqtisodiyoti – iqtisodiy aloqalarning yig’indisi bo’lib o’z qonunlariga ega, ya’ni: erkin raqobat, ehtiyoj va ishlab chiqarish, talab va takliflarning miqdori va tarkibini bir-biriga muvofiqlashtirish, xususiy mulkchilik shakllarining xilma-xilligi, mulkka egalik, xo’jalik yuritish ishlariga faqat iqtisodiy usullar bilan ta’sir ko’rsatish, fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish kabi iqtisodiy qonunlarga bo’ysunadi. Bozor iqtisodi xalqning ijodi va mehnat imkoniyatlarini yuzaga chiqarib, tadbirkorlik va ishbilarmonlik uchun keng yo’l ochadi.

Mentalitet – (lotincha «mens» - aql, idrok) – jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati.

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish