1.1.5-Jadval
Hindsitondagi qishloq xo'jaligi hosildorligining 1990-2011 yillardagi dinamikasi (kg/ga)5
|
1970-71 y.
|
1990-91 y.
|
2010-11 y.
|
Guruch
|
1123
|
1740
|
2240
|
Bug’doy
|
1307
|
2281
|
2938
|
Dukkakli o’simliklar
|
524
|
578
|
689
|
O’simlik yog’lari
|
579
|
771
|
1325
|
Shakarqamish
|
48322
|
65395
|
68596
|
Choy
|
1182
|
1652
|
1669
|
Paxta
|
106
|
225
|
510
|
Haqli savol tug’ilishi mumkin: XX va XXI asrlardagi industrialism va postindustrial iqtiosdiyotlarda qishloq ho’jaligi ulushi tobora kamaytirilib, sanota va xizmat sohalarining ulushi ko’pligi rivojlanish belgisi hisoblanganda, birlamchi hisoblangan agrar sohaning dolzarbligi qanday ahamiyatga ega bo’lishi mimkin? Gap shundaki, qishloq ho’jaligi ulishi kamligi va hajmining ortishi muhimligini iqtiosdchilar yahshi anglaydilar. Har qanday rivojlangan mamalakatda, ayniqsa AQSH, Yaponiya, Isroil va Germaniya mamlakatlarida qishloq ho’jaligi yahshi e’tibor beriladi. Garchi Yaponiyada bu muammo bo’lsada, hukumat ushbu sohaga va fermerlarga katta miqdorda subsidiyalr ajratadi.
Ayniqsa, so’nggi inqirozlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning naqadar dolzarbligini ochiq-oydin ko’rsatmoqda. Shuningdek, dunyoda globalizatsiya jarayoni bir tekis ketmasdan ba’zan milliy iqtiosdiyotlar berkinib olishga majbur bo’lmoqda. Deglobalizatsion kayfiyatlar kuchaygan favqulotda holatlarda qishloq ho’jaligi barqarorlikni ta’minlashning eng sinalgan garovi hisoblanadi. Global muammolar, ayniqsa ekologiya masalasi tobora dolzarb bo’lib borayotgan bir davrda yaqin kelajakda ham dunyo bo’ylab oziq-ovqat yetishmovchiligi kutulmoqda. Bunday tendensiya industrial mamlakatdan ko’ra agrar mamalaktlarning kelajagi porloq bo’lishi ehtimoldan holi emas.
Hindistonda qishloq ho’jaligi samarali yo’lga qo’yilishi yoki yo’lga qo’yilmasligidan qat’iy nazar milliardddan ortiq aholisni ta’minlashdan tashqari jahon bozoriga sezilarli miqdorda eksport qilishga ham etarli hosil olinadi. Milliy iqtisodiyot o’zining ushbu salohiyatidan samarali foydalana olsa, bu soha uning rivojlanishi buguni va istiqboldagi yetakchi omillardan biriga aylanishi mumkin.
Keyingi navbatda qazilama boyliklar va mineral resurslar turadi. Ma’lumki, Hindiston katta miqdordagi mineral hom ashyo zaxiralariga ega bo’lib, qora temir rudalari, boksit, rangli metallar, tabiiy gaz, slanets va boshqa mahulotlar bo’yicha dunyoda yetakchilik qiladi. XX asr davomida Hindiston ushbu resurslarni hom ashyo sifatida katta miqdorda eksport qilar edi, garchi o’z milliy sanoatiga yetarlicha hajmda safarbar qilsa ham. Rivojlanishning ilk davrida va doimiy byudjet taqchilligi sharoitida qazib olish sanoati Hindistonni nafaqat inqirozdan saqlab qoldi, balki rivojlanishiga ham turtki bo’ldi. 1991 yilga qadar import qat’iy nazorat qilingan davrda, sanoat, ayniqsa og’ir sanoat katta hajmda ishlab chiqarilib, ichki iste’molni ta’minlab keldi. Hindistonning mineral resurslari milliy iqtisodiyotning ayniqsa quyidagi tarmoqlari rivojlanishiga poydevor bo’lib xizmat qildi:
Mashinasozlik;
Agrosanoat kompleksi;
Metallurgiya;
Ttransport va aloqa;
Farmatsevtika va kimyo sanoati;
Ilmiy tadqiqot va ta’lim.
So’nggi davrda qazib olish hajmi ortsa ham uning YaIMdagi ulushi tobora kamayib bormoqda. Bu Hindiston qayta ishlash sanoatining yangi bosqichga o’tganidan dalolat beradi. TaTa va Bajaj kabi milliy brendlar jahon bozorida tobora ommalashib bormoqda. Demak, Hindiston navbatdagi bosqichda ushbu omildan avtomobilsozlik, kosmonavtika, mudofaa, transport, axborot texnologiyalari, qurilish, tekstil, hunarmanchilik, kimyo sanoati kabi soha va tarmoqlarni rivojlantirish uchun foydalanmoqda va resurslarni eksport qilishdan ko’ra ko’proq tayyor mahsulot ishlab chiqarishga safarbar qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |