1.1.3-rasm. 1997-2018 yillardagi Hindistonga tashrif buyurgan turistlar soni va sohadan tushgan daromadlar hajmi
Turizm sohasi mamlakat YaIM sining 12% ortiq qismini tashkil qilmoqda. Hindistonda turizmning barcha turlari rivojalangan: madaniy turizm, ziyorat turizmi, tog’ turizmi, medtruizm, sport turizmi, ta’lim va boshqalar. An’anaviy turistlar Hundistondagi Agradagi Toj Mahal, Dehlidagi Qizil Qal’a, Kalkuttadagi Viktoriya saroyi, Jaypurdfagi Hawa Mahal, Ellora va Ajanta, Stupalarni ko’rgani kelishgan bo’lsa, ular va keyingi turistlar bu diyorda o’zlari uchun yanada qiziqarli yangidan-yangi makonlarni kashf etmoqdalar.
Avvallari hindiston tabiyati va tarixidan yahshi xabardor bo’lmagan turistlar, o’zlari bevosita yoki axborot resurslari yordamida ko’p yangiliklarga guvoh bo’lmoqdalar va ularning qiziqishlari tobora ortmoqda. Ya’ni Hindistonda nafaqat ziyorat va madaniy turizmga oid tarixiy yodgorliklar, balki chang’i va tog’ sporti, dengiz sohillaridagi (masalan Goa) va o’rmon qa’ridagi oromgohlar, hech qayerda uchramaydigan, hatto o’simlikshunos olimlar ham haligacha turini aniqlay olmagan sanoqsiz turli gullar va o’simliklarni jamalgan gulzorlar (Tinchlik vodiysi), juda jozibali manzarlarga ega bo’lgan sahrolar (Dekan vodiysi), muzliklar va boshqa mo’jizaviy makonlar mavjudligi turistlarga ayon bo’lib bormoqda.
Hindistonda mavjud qadimiy e’tiqod va falsafalar tarixan ko’plab boshqa xalqlar e’tiqodi va falsafasi paydo bo’lishi uchun poydevor bo’lgan. Masallan, Xitoy, Yaponiya, Koreya, va umuman, janubi-sahrqiy osiyodagi ko’plab e’tiqodlar va ta’limotlarning vatani Hindiston hisoblanadi, shuningdek AQSh va Yevropada keng tarqalgan falsafiy yo’nalishlarning kelib chiqishi ham asli hind falsafasiga taqalishi ma’lum. Shu sababdan ham Hindiston ko’plab sharq va g’arb xalqlari uchun ziyorat makoni hisoblanadi.
Hindsiton so’nggi yillarda o’zining turistik salohiyatidan unumli foydalanishga harakat qilib, turbiznesni rivojlantirish uchun amaliy harakatlar qilmoqda. Mehmonhonalar soni sezilarli ko’payib, qulay turistik infratuzilmalar bino qilinmoqda. Mamlakatda amaliy fan va kasblardan tashqari tarix va madaniyatni o’rganish uchun yirik markazlar tashkil etilmoda. Masalan Agradagi Hindi Kendriya Sansthan oily dargohi hind madaniyati, tarixi, tili va adabiyoti uchun ixtisoslashib, dunyo bo’ylab ushbu yo’nalishlarda faoliyat yuritmoqda. Ko’plab tarixchi olimlar Hindiston tarixini qayta ko’rib chiqib, turli arxeologik izlanishlarni olib borishga kirishgan. Shuningdek PR markazlari tashkil qilinib, yanada ko’proq turistlarni jalb qilish uchun, doimiy turistlarda yahshi taassurotlar qoldirish uchun – bir so’z bilan aytganda – mamlakatning tiristik imidjini va jozibakorligini oshirish uchun hukumat va xususiy tashkilotlar katta miqdordagi sarmoya va vositalarni ushbu sohaga safarbar qilmodalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |