Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm


Hindiston valyuta va moliyaviy tizmimi iqtisodiy rivojlanishi omili sifatida



Download 108,38 Kb.
bet11/16
Sana11.03.2022
Hajmi108,38 Kb.
#489185
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
kurs ishi

1.2. Hindiston valyuta va moliyaviy tizmimi iqtisodiy rivojlanishi omili sifatida
Hindiston valyuta tizmi 1947 yilgacha Angliya funt strelningi bilan bog’liq edi, ya’ni mamlakat Hindiston funt sterling zonasida edi. Bretton Woods konferentsiyasi Buyuk Britaniya milliy valyutasiga, pirovardida hind milliy rupiyasiga ham ta’sir o’tkazib o’z davrida qadrsizlanishiga olib keldi. Hindiston mustaqillikka erishgach to 1991 yilgacha, hatto Yamayka konferenstsiaysida (1971 yil) dunyodagi barcha mamlakatlar suzuvchi kursga o’tgandan keyin ham, hindiston milliy rupiyasining dollarga nisbatan kursi Markaziy Bank tomonidan qat’iy nazorat qilinib keldi. Bu davrda milliy valyuta mamlaktdagi rejali iqtisodiyot strategiyasiga mos kelib, ko’plab tijoriy banklar natsionalizatsiya qilingan sharoitda o’z qiymatini dollarga nisbatan deyarli barqaror saqlab keldi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bu davrlarda hind rupiyasi nafaqat mamalakat ichida balki xorijdagi bir nechta mamlakatlar uchun ham milliy valyuta hisoblanar edi, jumladan: Shartli Ummon, Dubay, Adan, Quvayt, Bahrayn, Qatar, Keniya, Tanzaniya, Seyshel, Mavrikiya mamlakatlarida. Keyinchalik 1965-71 yillrda ushbu mamlakatlar birin-ketin o’z milliy valyutalarini joriy qildilar (Shartli Ummon, Dubay amirliklar BAA tarkibida birlashib 1971 yilda o’z milliy valyutalariga ega bo’ldilar). Nepal, Butan va bir nechta qo’shni mamlakatlarda hindiston milly rupiyasi o’z milliy valyutalaridan tashqari rasmiy ayiraboshlash vositasi hisoblanadi. 2014 yilda Zimbabve hind rupiasini o’z hududidagi rasmiy valyuta sifatida e’lon qildi.
Ushbu omillar Hindistonning valyutasi uning global miqyosdagi rolini namoyon qilib, mamlakatning tashqi savdo aylanmalarida muhim rol o’ynagan. Ma’lumki Hindsiton katta miqdorda neft, oltin va qimmatbaho toshlarni import qiladi. Shunga binoan mamlakatning forz ko’rfazi va afrika mamlakatlariga bo’lgan tashqi investitsiyalari katta hajmda amalga oshiriladi. Rejali iqtiosdiyot davridagi dollar-rupiya kursidagi muammolar bo’lib turganda, ushbu mamalakatlarga bevosita o’z milliy valyutasida sarmoya kiritishi va savdo aylanmalari uchun to’lov amalga oshirishi Hindiston iqtisodiyotida muhim rol o’ynagan. Bir vaqtning o’zida sobiq SSSR bilan rupiya-rubl kursida bevosita katta hajmdagi tashqi savdoni amalga oshirishga muvaffaq bo’lgan. Sobiq Sovet Ittifoqi 1991 yilgacha Hindistonning asosiy savdo va strategik hamkori bo’lgan.
Hindiston milliy valyutasi bir necha bor demonitizatsiya qilinib, so’nggi amaliyot 2016 yil Noyabr oyida amalga oshirilgan. Avvalgilari 1946 yil va 1978 yilda bo’lib, 1978 yildagi amaliyotda 1000 INR, 5000 INR va 10000 INR banknotalari bekor qilingan. Demonitizatsiya amaliyoti orqali hukumat soydagi va xufiyona iqtisodiyotni kamaytirish, noqonuniy jamg’armalar hajmini kamaytirish orqali pul aylanmasini yahshilash, inflyatsiyani jilovlash, soliq tushumini ko’paytirish va kassalarni nazoratga olish kabi maqsadlarni ko’zlaydi.
2016 yil May oyida hukumat navbatdagi deminitizatsiya amaliyotiga tayyorgarlikni boshlab, Hindiston Reserv Banki yangi banknotalarni namoyish qila boshladi. Ular orasida hali mavjud bo’lmagan yangi 2000 INR banknotasi ham bor edi. 2016 yil avgust oyida ushbu banknotalar tasdiqlanib, oktyabbr oyida chop etila boshladi. Biroq eski 500 va 1000 rupiylik banknotalarning bekor qilinishi kutilmaganda 2016 yil 8- noyabrda bosh vazir tomonidan e’lon qilinib, ularni almashtirish 50 kun davomida, 30 dekabrga qadar amalga oshirilishi mumkinligi qayd etildi. Yangi banknotalarga almashtirish barcha banklarda bo’lib, biroq rasman har bir kishi boshiga miqdoriy cheklov bor edi. 2016 yil 8-13 noyabrda ushbu miqdor kishi boshiga ko’pi bilan 4000 rupiy, 14-17 noyabr oylarida 4500 rupiygacha va 18-25 noyabrda 2000 rupiygacha almashtirish mumkin bo’lgan. Aeroprt va turistik tashkilotlarda chet el fuqarolari uchun imtiyoz yaratilib, kishi boshiga 5000 rupiygacha to’lov amalga oshirilishi mumkin edi. Yoqilg’i quyish shohobchalari, davlat shifoxonalari, temir yo’l, havo yo’llari kabi muassasalarda 2016 yilning 2 dekabriga qadar bekor qilingan pullar qabul qilinishiga ruxsat berildi. Hindiston Reserv Banki hisobotiga ko’ra demonitizatsiya qilingan pullarning 99.3% bank depositiga tushgan. Pul birligida bu miqdor 15.3 trillion rupiy bo’lib, 107.2 milliard rupiy bank depositiga yetib kelmagan.
Ushbu amaliyot natijasida xaridlar miqdori keskin oshib, ayniqsa tillo va taqinchoqlarga, mobil telefonlar, texnika va maishiy buyumlarga bo’lgan talab oshadi. Oltinning narxi o’rtacha 3190 rupidan 4500 rupiygacha ko’tariladi. Soliq tushumi ham keskin ortib, ko’plab yuridik va jismoniy shxslarga hisob raqamalri ochiladi.
Hindiston moliyaviy tizimi yahshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, pul va qimmatli qog’ozlar bozori qadimdan mavjud va uzoq tajribaga ega. Ingliz colonial hukumati tomonidan bir nechta yirik banklar bunyod qilingan bo’lib, bular hindiston bank tizmi shakllanishida muhim rol o’ynagan. Masalan, Uni on bank of Calcutta (1829), Joint Stock Bank (1865), Alliance bank of Simla (1913) va boshqalar. Mustaqillik davrida Hindiston rejali iqtisodiyotga o’tgach 1969 yilda Indira Gandi tomonidan 14 eng yirik banklar natsionalizatsiya qilinadi. Ushbu banklar mamlakatdagi jami depositlarning 85% ega edi. 1980 yilda yana 6 bank natsionaliztsiya qilinib, natijada davlat bank ishlarining 91% nazorat qila boshladi. Ushbu davrda banklar o’z depositining kamida 40% mamlaktda qishloq ho’jaligi, kichik sanoat va hunarmanchilik sohalariga ajratishi belgilanib qo’yildi.
1991 yildan iqtisodiyotda erkinlik va xususiylashtirish bank va monetary tizimda ham o’z aksini topdi. Avvaliga kichik tijoriy banklar, keinchalik yirik bankalr xususiy sektorga o’ta boshladi. Agar 1990 yilgacha bank sohasida 8260 tarmoq mavjud bo’lgan bo’lsa, 2001 yilga kelib ularning soni 72170ga yetadi. 1970 yilda bank depositlari 59.1 mlrd rupiy ($830 mln) bo’lgan bo’lsa, 2007 yilda 38309 milliard ($540 mrld) tashkil etadi.
Hindsiton qimmatli qog’ozlar bozori dunyodagi moliyaviy markazlarning eng yirik bozorlaridan hisoblanib, xalqoro reyting agentlikari, jumladan Standart & Poors (S&P), Moody’s tomonidan muntazam yahshi baholanib kelinadi. Quyidagi birjalar hozirgi kunda mamlakat bo’ylab faoliyat yuritadi:

  1. Bombay Stock Exchange (1875);

  2. Calcutta Stock Exchange (1908);

  3. Madras Stock Exchange (1920);

  4. Bengal share and stock exchange Ltd. (1937);

  5. Indian stock exchange Ltd. (1938);

  6. Uttar Pradesh stock exchange (1940);

  7. Nagpur stock exchange (1940);

  8. Hyderabad stock exchange (1944);

  9. Bangalore stock exchange (1963);

  10. National stock exchange (1992).

Yuqorida ko’rsatilagan qimmatlo qog’ozlar bozorlarining soni va tashkil etilgan yillari shuni ko’rastib turibdiki, Hindiston moliayviy xizmatlar sohasida ancha uzoq va yahshi tajribaga ega. Misol uchun Mumbay shahrida joylashgan Bombay SE birjasi juda qadimiy bo’lib 1875 yilda tashkil etilgan bo’lib butun osiyodagi eng qadimiy va yirik birja hisoblanadi. Dunyo bo’yicha esa 10-eng yirik birja bo’lib 2019 yildagi kapitalizatsiyasi 2.2 trillion AQSH dollarini tashkil etgan. Standart & Poors xalqaro reyting agentligi unga BSE SENSEX indexini joriy qilgan. BSE ingo’z qimmatli qog’ozlar platformalari bo’lib, CMC Ltd. va BSE On-line Trading (BOLT) orqali kuniga 8 millionga yaqin buyurtmalarni qabul qiladi.
Calcutta SE birjasi 1908 yilda tashkil etib, $20 mlrd.lik kapitalizatsiyaga ega. 1992 yilda Mumbay shahrida tashkil etilgan National Stock Exchange tashkil topganiga ko’p vaqt bo’lmasada, o’z kapitalizatsiyasi bo’yicha qadimiy birjalarni ham ortda qoldiradi. 2018 yilda NSE kapitalizatsiyasi $2.27 trillionni atshkil etgan. Bu birja dunyoning 11-eng yirik birjasi bo’lib, NIFTY 50, NIFTY Next 50, NIFTY 500 indeksiga ega.
Hindiston moliyaviy tizimidagi muammolar asosan aholining ko’pligi bilan bog’liq. Dunyo aholosining salkam 1/6 qismini tashkil qilgan aholiga byudjet hisobidan tizmli ssuda-kredit hizmatini ko’rsatish juda mushkuldir. Aholining aksari qismida haligacha shaxsiy hisob raqami, hattoki pasporti ham yo’q. kreditlash xizmati cuhun esa shaxsiy va ishi bilan bog’liq bir nechta hujjatlar talab qilinadi. Shunga qaramay, chekka qishloqlarda ham kichik biznes, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik ishlari uchun aholi o’rtasida an’anaviy kreditlash tizimi mavjud. Bu institutlar juda qadimiy bo’lib, hatto shaxsiy iste’mol, to’y va marosimlar uchun ham qarzlar beriladi. Sahukari nomi bilan tanilgan sudxo’rlar va boshqa turdagi nobank kreditlash ishlari shaxsiy jamg’armasi mavjud bo’lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ular mablag’lariga qarab hech qanday idora ochmasa ham o’zlariga bir nechta ishchilar va hisobchilarni yollaydilar. Ko’plab yoshlar ularga hat tashuvchi va kotib bo’lib ishga kiradilar. Hujjatlashtirish ishalri hech qnday notarial xarakterga ega bo’lmay, o’zaro ishonch, garov va guvohlar ishtirokida amalga oshiriladi. Ko’p holatlarda jamg’armasi bo’lgan shaxslar o’zlari shu sih bilan shug’ullanmasada, o’z mablag’larini ulush evaziga tajribali shaxslarga topshiradi. Bunday norasmiy fondlar aholi o’rtasida keng tarqalgan bo’lib, tadbirkorlar ishi davlat va soliq nazoratidan tashqarida qolishiga sabab bo’ladi. So’nngi paytlarda davlat ushbu mablag’larni tijorat banklariga va boshqa kreditlash firmalariga jalb qilish maqsadida, chekka hududlarda ham bank, elektenergiya, aloqa tizimini yahshilashga, aholiga subsidiyalar berib ularga shaxsiy hisob raqamlar ochishga harakat qilmoqda. Agar ushbu islohotlar keng miqyosda muvaffaqiyatli amalga oshsa, mamlakat moliya tizimi yaqin kelajakda keskin o’zgarishi mumkin.



Download 108,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish