2018 – 2019 – o’quv yilida 6 “A” sinf haqida I yarim yillik HISOBATI 6 “A” sinf 2018 – 2019 – o’quv yilini 5 – sentabrda 20\11 ta o’quvchi bilan boshlandi. I chorak boshida jami 20 ta o’quvchi bo’lib, shundan 11 ta qiz bola o’quvchilar hammasi o’quv boshlanmasdan avgust oyida kitoblar bilan to’liq taminlandi. O’quvchilar formasi ota – onalariga aytib oldirildi. Sinf xona toza, yaxshi saqlangan holda o’quvchilarga topshirildi. Sinf xonada gullar bilan bezatilib, pardalar ham ilindi va o’quvchilar o’qishlari uchun tayyor edi. Sinf o’quvchilari muntazam darslarga qatnashdi va I – II chorakda yaxshi baholar oldi. Davomat 98% ni tashkil etdi. “Til bayramida”, “ ertaklar yaxshilikka yetaklar” bayramida o’quvchilar tadbirda qatnashdi. Eng ko’p kitob o’qish bo’yicha Zulqaynarova Farangiz 2 – o’rinni egalladi. Eng ko’p sher yodlash bo’yicha Axmedova Sevara 1 – o’rinni, eng toza sinf naminatsiyasida ham 1 – o’rinni oldi. Ona tili fan oyligida ham o’quvchilarim ertak kitoblar bilan taqdirlandi. Maktab obodonlashtirishda, shanbaliklarda o’z hissasini faol ishtirok etib kelmoqda. Kam ta’minlangan o’quvchi yo’q. I yarim yillik davomida 2 ta sinf majlisi o’tkazildi. Hozir sinfda “Bilimlar bellashuviga” boradigan o’quvchilar har bir fandan tanlab olindi. VI “A” sinfdan matematika, ona tili, ingliz tili, rus tili, biologiya fanlaridan tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Har bir fandan ochiq darslar bo’lib o’tyabdi. Sinf o’quvchilari darslarga yaxshi qatnashadi, davomat ham yaxshi. Hamma darslar to’liq bo’layabdi.
VI “A” sinf rahbari: ______ Xoliqova Dilnovoz
2018 – yil Yakkabog’ tumani 12 – umumiy o’rta ta’lim maktabining
2018 – 2019 – o’quv yilida 6 “A” sinf haqida II yarim yillik
HISOBATI 6 “A” sinf 2018 – 2019 o’quv yilini II yarim yilligini 20/11 o’quvchilar bilan boshladi. O’quvchilar 2 – chorak ta’tilini xam yaxshi tugatib o’qishni boshladi. Tarix fan oyligida o’quvchilar yaxshi qatnashib, fevral oyi VI “A va B” sinflar Xudoyberdi To’xtaboyevning tavalludi kuniga bag’ishlab tadbir qildilar. Fevral oyida “Matematika va informatika” fan oyligi boshlandi. Bu oyda Men Xoliqova Dilnovoz VI “A” sinfda ochiq dars IX “A” ham ochiq dars o’tkazdim. V “A va B” VI “A va B”, VII “A va B”, VIII “A va B”, IX “A va B”, X va XI “A va B” sinflar o’rtasida Zakovat o’yini o’ynatildi. Bunda IX “A” sinf 1 – o’rinni egalladi va hududlar bilan ham o’yin davom ettirildi. V – IX sinflar o’rtasida formulalar bahsi bo’lib o’tdi. Bunda Yo’ldoshov Nizomiddin 1 – o’rinni egalladi. 25 – fevral kuni metod birlashma o’qituvchilarini yig’ib fan oyligida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobatlar tinglandi. 1 – mart kuni Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlab sinfda sherlar bahsi bo’lib o’tdi. 20 – mart kuni navro’z sayli maktabda bo’lib o’tdi. 9 – aprel kuni “Sohibqiron izdoshlari” shiori ostida A.Temur tavalludining 683 – yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Aprel Texnologiya va tasvitiy san’at fan oyligida VI “A” sinf rasm tanlovida qatnashdi. 12 – aprel kuni sinf o’quvchilari bilan Shaxrisabz shahriga sayohatga borib keldik. May oyida 9 – may Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab tadbir bo’lib o’tdi. 25 – may kuni so’ngi qo’ng’iroq tadbiri bo’lib o’tdi O’quvchilar tadbirda faol ishtirok etib, o’quv yili yaxshi baholar bilan tugatdi.