VI “A” sinf rahbari: ______ Xoliqova Dilnovoz 2019 – yil Yakkabog’ tumani 12 – umumiy o’rta ta’lim maktabining
2018 – 2019 – o’quv yilida 11 “A” sinf haqida yillik
HISOBATI 11 “A” sinf 2018 – 2019 – o’quv yilini 5 – sentabrda 20\8 ta o’quvchi bilan boshlandi. I chorak boshida jami 20 ta o’quvchi bo’lib, shundan 8 ta qiz bola o’quvchilar hammasi o’quv boshlanmasdan avgust oyida kitoblar bilan to’liq taminlandi. O’quvchilar formasi ota – onalariga aytib oldirildi. Sinf xona toza, yaxshi saqlangan holda o’quvchilarga topshirildi. Sinf xonada gullar bilan bezatilib, pardalar ham ilindi va o’quvchilar o’qishlari uchun tayyor edi. Sinf o’quvchilari muntazam darslarga qatnashdi va I – II chorakda yaxshi baholar oldi. Davomat 98% ni tashkil etdi.Barcha fan oyliklarida sinf o’quvchilari faol ishtirok etib estalik sovrinlari bilan mukofatlandilar. Har bir fandan ochiq darslar bo’lib o’tdi. Bu sinf mehnatsevarligi bilan ham o’z izdoshlari oldida birinchi o’rinda turib maktab obodonlashtirishda, shanbaliklarda o’z hissasini faol ishtirok etib kelmoqda.Bu yil maktabda 10 ta olma ko’chati va 9 ta o’rik niholini maktab bog’iga ekdik. 1 oktabr ustoz va murabbiy kuniga bag’ishlab tadbir qilindi. Ona tili va adabiyot fan oyligida “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” mavzusida sinflar o’rtasida tadbir bo’lib unda 11 “A” sinf 3 – o’rinni egallab, estalik sovrinlari bilan taqdirlandilar. Sinf o’quvchilari barcha fanlardan a’lo boholarda o’qib kelmoqda. Davomat 98 – 99% larni tashkil qiladi. Fan oyliklarida, har bir bayramlarida devoriy gazetalar chizib ilishadi. Har bir charak oxirida o’quvchilardan ota – onalardan kafolat xatlari olindi. Ota – onalar bilan muntazam suhbatlashib, sinf va ota – onalar majlislari o’tkazib borildi. Har bir bayramlarda faol ishtirok etishib sinf o’quvchilari o’z chiqishlari bilan xammani lol qoldirib kelmoqda. Olimpiadalarda sinf o’quvchilari faol ishtirok etib yaxshi natijalarga erishdi. Tarix fanidan Yo’ldoshova Sevinh saralashga chiqib yaxshi ball olib keldi. Sinf o’quvchilari darslarga yaxshi qatnashadi, davomat ham yaxshi. Hamma darslar to’liq bo’layabdi. O’quvchilarga 2018 – 2019 o’quv yilida __ ta imtihon bo’lib o’tadi. Sinfda kam ta’minlangan o’quvchilar yo’q. O’quvchilar kundaliklarini har hafta juma kunida birma – bir nazorat qilib turaman. Kundaliklar toza va yaxshi saqlangan. 25 – may kuni so’ngi qo’ng’iroq tadbiri bo’lib o’tdi. O’quvchilar tadbirda faol ishtirok etib, o’quv yili yaxshi baholar bilan tugatildi. Hamda yakuniy imtihonlar boshlandi.