II BOB. HINDISTON IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHIDA DAVLAT TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN DASTURLARNING AHAMIYATI VA ULARNING ISTIQBOLI. ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR.
Hindiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan davlat dasturlari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiruvchi omil sifatida.
Hindiston 1947 yilda mustaqillikka erishgach, mamlakat oldida murakkab vazifa turar edi. Avvallo, ingliz sanoatidan qolgan merosni to’g’ri yo’naltirish, qolaversa mamlakat yaxlitligini saqlab qolish.
Har ikkisi ham juda qaltis vaziyatda bo’lib, nozik yondashuv, maustahkam siyosiy iroda va katta mablag’larni talab qilar edi. Britaniya koloniyasi davrida qurilgan ko’plab zavod va fabrikalar, sanoat infratuzilamalar boshqaruvi uchun mahalliy aholi orasida kadrlar etishmas edi. Ikkinchidan, Pokiston ajrab chiqqach, ko’plab turli millat va e’tiqoddan iborat mamlakat yanada bo’linib ketish xavfi kuchaydi. Shunday vaziyatda birinchi bosh vazir Javahar lal Neru va Hindiston Milliy Kongresi bu vaziyatni uddlash uchun favqulodda dasturlar ishlab chiqdi va bir muddatdan keyin mamlaktda barqarorlik va sonoat yanada tiklandi. J.Neruning milliy dasturi “Panja Shila” nomi bilan tanilib, ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy rivojlanishni ko’zlagan 5 asosiy strategiyadan iborat edi.
Keyingi hukumat ham bu ishlarni davom ettirib, mamlakat asosan jahon inqirozlardan o’zini saqlash uchun ikon qadar yopiq iqtisodiyot va import o’rnini qoplash yo’nalishida bordi. Ushbu tendentsiyada Hindiston XX asrda barqarorligi bilan tanilgan SSSR bilan yaqinlashib borib, sotsialsitik model asosi bo’lmish rejali iqtisodiyotni tanladi. Biroq, shu bilan birga bozor munosabatlarini ham qisman saqlab qolishga harakat qilib Xitoy kabi aralash iqtisodiyot modelini ishlab chiqdi.
Mamlakat tabiiy resurslari va sanoat infratuzilmalari keng hududda notekis joylashuvi sharoitida, mamlakatni yaxlit holda ushlash birlamchi va eng ustuvor masala hisoblanar edi. G’arb kapitalistik modeli demokratik g’oyalar bilan uyg’un bo’lgani sababli, yirik mulkdorlar mjutlaq mustaqillikka intilgani bois Hindiston erkin bozor munosabatlarini o’ziga qo’llay olmas edi. Shundan kelib chiqib, J. Neru izdoshlari ham sotsialistik mamlakatlar bilan ittifoqni kuchaytirib, savdo hajmini oshirib bordi. Masalan, Indira Gandi davrida, 1969 yilda eng yirik 14 banklar natsionalizatsiya qilinib, bank ishlari 91% davlat nazoratiga o’tdi. Banklar kamida 40% mablag’larini qishloq xo’jaligi, kichik va o’rta biznes, engil sanoat, hunarmandchilik kabi sohalarga ajratishi majburiy qilib belgilandi.
Bu davrlarda yirik sanoat, qishloq xo’jaligi, moliya va bank – deyarli barcha iqtisodiyot sektorlari davlat nazoratiga o’tib, markazlashib bordi. Valyuta kursi qat’iy nazoratda bo’lib, to 1991 yilgacha, hatto 1969-1971 yildagi Yamayka konferensiyasidan keyin ham qat’iy kursda qoldi. Albatta ushbu siyosat o’z barqarorligi bilan Hindiston iqtisodiyotini tartibga keltirishda va kelgusida rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratishda ulkan hissa qo’shdi. Bu davtda yosh mamlakat turli mamalaktlar iqtisodiy modellarini kuzatib borib, o’z yo’nalishini shakllantirib bordi.
Biroq favqulodda davr uchun mo’ljallangan qat’iy rejali siyosat uzoq istiqbolda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun mos kealvermasligi ayon bo’la boshladi. 1980-yillarda sotsialistik mamlakatlarda turg’unlik, yangi tashkil topgan bozor munosabatlarini erkinlashtirgan mamlakatlarda, masalan “Osiyo yo’lbarslari” mamlakaridagi o’sish Hindiston uchun o’z iqtisodiy siyosatini qayta ko’rib chiqishga ishora bera boshladi. SSSRdagi “qayta qurish” davri esa bu qat’iyan bozor munosabatlariga o’tish davri kelgaini anglatar edi. Bu davrga kelib Hindistonda sotsialistik mamlakatlardan farqli ravishda mulkchilik muosabatlari shakllanib bo’lgan edi.
1991 yilda Manmohan Singh tashabbusi bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish yio’liga rasman o’tila boshladi. Import uchun avval engil sanoat mahsulotlariga yo’l ochilib, xorijiy investorlar uchun ishora berila boshladi. Bu davrdan mamlakatga to’g’ridan-to’g’ri va portfelli xorijiy investitsiyalar soni keskin ko’paydi. 1993 yildan valyuta bozorida rupiya kursi rasman suzuvchi kursga o’tgani belgilanib, qimmatli qog’ozlar bozori erkinlashtirildi. Natijada eksportga keng yo’l ochildi. Yirik tijori banklar xususiyalshtirilib, banklardagi tarmoqlar soni 8600dan 72000ga yetdi.
Hindiston iqtisodiyoti tarixida davlat tomonidan bir nechta keng ko’lamli siyosatlar amalga oshirlib, ular mamlaktdagi monetar va fiskal sohalarni isloh qilish, aholining sharoitini va harid quvvatini yahshilash, ishsizlikni, korrupsiya va qashshoqlikni, yashirin iqtisodiyotni kamaytirish, mamlakatning investitsion va innovatsion muhitini yahshilash kabi maqsadlarni ko’zlaydi. Ushbu davlat dasturlari orasida Good & Service Tax (GST) fiscal siyosatini ko’rsatish mumkin.
Ma’lumki, mamlakatda 29 shtat va 6 ittifoqdosh hududlar mavjud. Har bir shat va ma’muriy hudud o’z hukumati va qonunchiligiga ega. Tovar va xizmatlarga soliq miqdorlari ham mahalliy qonunchilikka muvofiq shatlarda farq qilishi mumkin edi. Albatta ushbu holat shatlararo tovar va xizmatlar harakatini murakkablashtirar edi. Dastlab 1991 yilda taklifga kirilgan, so’gra ko’plab muhokamalardan so’ng N. Modi hukumati tomonidan 2015 yilda muhokamaga kiritldi, va nihoyat bosqich-bosqich shatlarda kuchga kirib, 2017 yil iyul oyidan butun mamlaktda amal qila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |