1.1.2-Jadval
Hindsitonning jaxon to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar exportidagi ulushi3
|
1995-2004 yy. (yiliga o’rtacha)
|
2005-2007 yy. (yiliga o’rtacha)
|
2008 yil
|
2015 yil
|
mlrd $
|
%
|
mlrd $
|
%
|
mlrd $
|
%
|
mlrd $
|
%
|
Butun dunyo
|
703.78
|
100
|
1487.4
|
100
|
1910.5
|
100
|
1474.2
|
100
|
Rivojlanayotgan mamlakatlar:
|
74.3
|
10.6
|
214.33
|
14.4
|
308.89
|
16.2
|
377.94
|
25.6
|
Hindiston
|
0.824
|
0.1
|
11.5
|
0.8
|
19.397
|
1.0
|
7.5
|
0.5
|
Mamlakatdagi iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi omillarni tahlil qilish asnosida, quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi:
Avvalo, Hindistonning tabiiy resurslarga boyligi, qulay geografik joylashuvi, tabiiy iqlim sharoiti, aholisining ko’pligidan iborat omillar. Ushbu fundamental shart-sharoitlar har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojalnishida birlamchi omillardan hisoblanadi.
Ikkinchidan, Hindistonning valyuta va moliyaviy tizimi. Huindiston valyutasi XX asrning uzoq davri davomida Osiyodagi ko’plab mamlakatlar uchun to’lov vositasi vazifasini o’tagan va bir necha xalqaro valyuta tizimlari davrida muhim rol o’ynagan. Xorijiy osiyo mamlakatlari, xususan Yaqin Sharq mamlakatlari o’z milliy valyutasi shakllingunga qadar Hindiston Milliy Rupiyasidan foydalangan va uning tajribasi asosida o’z milliy valyuta tizimini shakllantirgan. Shuningdek, Hindistondagi moliyaviy tizim juda qadimiy bo’lib, hozirda ham mamlakatning Mumbay, Dehli, Madras kabi yirik shaharlarida faoliyat yuritayotgan fond birjalari dunodagi moliyaviy markazlardan hisoblanib S&P, Moody’s kabi xalqaro reyting agenliklari tomonidan yuqori ko’rsatkichga ega deb baho beriladi. Shu sababli mamlakatga xorijiy investitsiyalar ko’p miqdorda kirib keladi va Hindistonnning banklari, davlat va nodavlat qimmatli qog’ozlari jahon qimmtlai qog’ozlar bozorida yuqori baholaadi.
Uchinchidan, mamlaktning iqtisodiy siyosati bosh omillar qatorida ko’rib chiqiladi. Masalan, 1991 yilda Manmohan Singh tashabbusi, soliq tizimidagi Good & Service Tax (GST) va “Make in India” davlat dasturlari. Bu kabi keng miqyosdagi dasturlar mamlaktdagi valyuta tizmi, iqtisodiyotni va iqtisodiy sektorlarni erkinlashtirish, soliq tizimi va shatatlararo savdo aylanmalrini muvofiqlashtirish, ustuvor sohalarni modernizatsoya qilish va innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda muhim rol o’ynagan.
So’nggi o’rinda mamalakatda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar, turli texnoparklar, ularning faoliyati va istiqbollari roli tahlil qilinadi. Ma’lumki, so’nggi davrlarda Hindistonda yangidan-yangi sanoat tarmoqlari tashkil etilib, o’zaro koopertsiya, klasterlashtirish, erkin hududlar, “selikon vodiylar” tamoyillari ommalashmoqda. Bu yo’nalishlar orqali Hindiston yaqin kelajakda dunyoga axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot, muhandislik bo’yicha yetakchi ta’minotchiga aylanishni ko’zlamoqda.
Hindiston iqtisodiyotining rivojlanishida uning tabiiy resurlarga boyligi muhim o’rin tutadi. Mamlakatning export tarkibi dinamikasiga nazar tashlasak quyidagi tendentsiyani kuzatishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |