O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Farg'ona Davlat Universiteti
“Tabiiy fanlar ” fakulteti
“Geografiya” kafedrasi
“Jahon geografiyasi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: INDONEZIYA DAVLATIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF
Bajardi: Geografiya - 19.65 guruh talabasi M.Qurbonov
Ilmiy rahbar: D.Abdurahmonov
Farg'ona - 2022
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………...………....................................……………..3
I BOB INDONEZIYA RESPUBLIKASI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Indoneziya Respublikasining joylashuvi va ma’muriy bo’linishi …......5
Indoneziya Respublikasining aholisi va yirik shaharlari……..…..........…8
Indoneziya Respublikasining tabiiy iqlim sharoiti, flora va faunasi...............................................................................................................11
II BOB INDONEZIYA RESPUBLIKASI IQTISODIYOTI
2.1 Indoneziya Respublikasining iqtisodiyoti,sanoati, qishloq xo’jaligi...14
2.2 Indoneziya Respublikasining ta’lim tizimi va sohasi………………...........17
2.3 Indoneziya Respublikasining O’zbekiston bilan hamkorligi...............20
2.4 Transport infratuzilmasi tarmoqlari………………………..................…………..23
2.5 Joylashtirish sektori………………………………………….......................…....……..29
2.6 Indoneziya Respublikasining san’ati madaniyati va muzeyi………..…..35
2.7 Indoneziya Respublikasining turistik shaharlari……………..……….......…..49
XULOSA…………………………................…………………..............................................52
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………........................……..53
KIRISH
Indoneziya Janubi-sharqiy Osiyoda, Tinch va Hind okeanlari orasida joylashgan bir necha ming orollardan iborat davlat. Jahondagi orol mamlakatlaridan eng yirigi hisoblanadi. Indoneziyadagi eng katta orollar – Yangi Gvineya (g‘arbiy qismi), Kalimantan (markaziy va janubiy qismi), Sumatra, Yava hamda Sulavesi. Aholisining 60 % ga yaqini Yava orolida yashaydi. Bu orol sayyoramizdagi aholi eng zich joylashgan hududlardan biri hisoblanadi. Indoneziya poytaxti Jakarta shahri ham Yavada joylashgan.
Indoneziya YIM hajmi bo‘yicha jahonning 10 ta peshqadam davlat qatoriga kiradi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari – yoqilg‘i (ko‘mirni qazib olish bo‘yicha jahonda 5-o‘rin, tabiiy gazni qazib olish bo‘yicha 10-o‘rin), kimyo, oziq-ovqat, yengil, avtomobilsozlik, o‘rmon, metallurgiya (qalayini qazib olish bo‘yicha jahonda 1-o‘rin).
Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari qatoriga sholi, makkajo‘xori, kokos palmasi, tabiiy kauchuk, choy, kofe, shakarqamish, kakao, tamaki, turli ziravorlar kiradi. Indoneziya ko‘p ekinlarning yalpi hosili bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Baliq ovlash bo‘yicha jahonda 3-o‘rinda turadi.
Indoneziya Osiyo davlatlari o’rtasida o’zining jozibador turistik resurslari bilan alohida ajralib turadigan mamlakat hisoblanadi. Har yili bu yerda dunyoning barcha mintaqalaridan tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlarning umumiy soni yildan-yilga o’sib bormoqda.
Indoneziya mamlakati betakror tabiiy ko’rinishga ega bo’lgan davlatdir. Uning tabiati qulay geografik holatda joylashuvi, mo’tadil iqlim sharoiti, xilma-xil o’simlik va hayvonot dunyosi, qadimgi tarixiy va madaniy meros obyektlari, yuqori va sifatli turistik infratuzilma tarmoqlari, tarixiy shaharlari va barchasi turistlarni o’ziga jalb qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |